1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari — “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimi tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda takliflar tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-sentabr,
PQ-3941-son