Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 4-oktabrdagi PQ-3309-sonli qaroriga muvofiq, transport inshootlarini qurish va rivojlantirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularni saqlash va ekspluatatsiya qilishni yanada taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Koʻprikqurilish” tresti” UK avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar (yondoshish yoʻllari bilan birga 500 pogon metrdan koʻproq uzunlikda) va boshqa sunʼiy inshootlarni ekspluatatsiya qilish boʻyicha vakolatli tashkilot etib belgilandi;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan “Koʻprikqurilish” tresti” UK tarkibida “Ko'prikqurilishta'mirlash Direksiyasi” — “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish Direksiyasi” unitar korxonasi hamda “Ko'prikqurilishloyiha” — “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyihalash instituti” unitar korxonasi tashkil etildi;
“Ko'prikqurilishta'mirlash Direksiyasi” unitar korxonasi zimmasiga avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi vazifalarini bajarish, “Ko'prikqurilishloyiha” UK zimmasiga esa bosh loyiha tashkiloti vazifasi yuklandi.
2. Quyidagilar:
2018 — 2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash Dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
““Koʻprikqurilish” tresta” UKni modernizatsiyalash va jihozlash boʻyicha maqsadli parametrlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. 2018 — 2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash Dasturi oʻz vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Komissiya (A.J. Ramatov):
dahldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan xolda avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda ularni saqlash boʻyicha texnikaviy boshqarish sohasidagi zarur normativ hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkillashtirsin;
avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish borasida jahon tajribasini tatbiq etgan xolda zamonaviy loyihalar ishlab chiqilishini tashkil qilsin;
Dasturni sifatli va uz vaqtida bajarish uchun avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshoatlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish sohasida yetakchi xorijiy mutaxassislar, zarur xollarda jalb etilishini taʼminlasin;
tarmoqning haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olgan xolda oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimiga ega malakali kadrlarga boʻlgan talabini aniqlash, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish institutida, Toshkent arxitektura-qurilish institutida, Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutida, shuningdek, sohaga oid kasb-hunar kollejlarida har yilgi qabul, shu jumladan kadrlar tayyorlashning tegishli yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha maxsus sirtqi taʼlimga qabul kvotalarini shakllantirish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqishda ishtirok etsin;
tarmoq mutaxassislarining koʻprik xoʻjaligi sohasida jahon tajribasini oʻrganish uchun chet ellarda stajirovkadan oʻtishlarini tashkil qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Komissiyaga zarur xollarda Dastur parametrlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish xamda amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib;
umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarida joylashgan inshootlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
xoʻjalik avtomobil yoʻllari, shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarida joylashgan inshootlar uchun, shu jumladan turar-joylar va noturar joy imoratlarini buzish, shuningdek, yer ustida piyodalar oʻtadigan yoʻlkalar qurish, transport inshootiga tutash hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, jala suvlarini chiqarib tashlash va sugʻorish vodoprovodlarini qurish qismidagi xarajatlarni qoplash uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari belgilab qoʻyilsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Loyihalarni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-sonli qarori xamda “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish toʻgʻrisida” 2018-yil 8-yanvardagi PQ-3464-sonli qarori bilan oʻrnatilgan tartibda roʻyobga chiqarilishi belgilab qoʻyilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan belgilangan tartibda tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
6. “Qurilishmashlizing” respublika ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi “Koʻprikqurilish” tresti” UKning buyurtmanomalari asosida Dasturni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yoʻl-qurilish xamda ixtisoslashtirilgan texnika va mexanizmlar oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 989-F-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 4-oktabrdagi PQ-3309-sonli qaroriga 4-ilovaga muvofiq qushimcha va oʻzgartishlar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-mart,
PQ-3632-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-son qaroriga 1-ILOVA
2018 — 2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash
T/r Obyekt nomlanishi va joylashuvi Quvvati, pm* Ijro muddatlari Hisob-kitob qiymati, mlrd soʻm.* Moliyalashtirish manbalari Loyiha ishlari Qurilish ishlari Jami: 22 481,07 1 861,09 ulardan: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari 12 553,40 850,90 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari 9 427,67 1 010,79 shu jumladan ishlar turlari boʻyicha: Yangi avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish 15 250,00 1 546,50 Avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni rekonstruksiya qilish 2 333,48 234,42 Avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni mukammal taʼmirlash 4 897,59 80,77 shu jumladan hududlar boʻyicha: Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “4r181- A380 avtoyoʻli — Qipchoq pristani — Mangʻit sh. — Toshovuz sh. — Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining 4 km qismida avtoyoʻl koʻprigini rekonstruksiya qilish 360,0 2018 2022 36,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Andijon viloyati 2. 4R249 “Quruq Qayragʻoch — Janubiy Olomushuk — Oxunboboyev” avtomobil yoʻlining 24 km qismida yangi avtoyoʻl koʻprigini qurish 150,0 2021 2022 15,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Buxoro viloyati 3 M37 “Samarkand — Buxoro — Turkmanboshi” avtoyoʻlining 264 km va A380 “Gʻuzor — Buxoro — Beyneu” avtomobil yoʻli kesishmasida 224 km qismida yangi yoʻl oʻtkazgich qurish 100,0 2021 2022 10,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 4. A380 “Gʻuzor — Buxoro — Beyneu” avtomobil yoʻlining 208 km qismida temir yoʻldagi yoʻl oʻtkazgichni rekonstruksiya qilish 350,0 2018 2020 35,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Jizzax viloyati 5. 4R38 avtoyoʻli va “M39 (962 km) — Uchtepa q. — Jizzax sh. M39 avtomobil yoʻl (1013 km)” kesishmasida yoʻl oʻtkazgichni mukammal taʼmirlash 601,7 2020 2022 60,17 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Qashqadare viloyati 6. 4R79 “Qarshi — Chim — Chiroqchi — Shahrisabz” avtomobil yoʻlining 20 km qismida avtomobil yoʻllari koʻprigini rekonstruksiya qilish 42,18 2021 2022 4,22 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Navoiy viloyati 7. 4N380 “Yangiobod-Jarma-Chuya” avtomobil yoʻlinining 29,4 km qismida koʻprikni rekonstruksiya qilish 24,0 2018 2019 3,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 8. 4K387 “Tashrabot — Gamxur” avtomobil yoʻlining 8 km qismida avariya holatidagi avtomobil yoʻllari koʻprigini rekonstruksiya qilish 24,0 2018 2019 3,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Namangan viloyati 9. 4R261 “avtoyoʻl 4R117 — Namangan temiryoʻl stansiyasi” avtomobil yoʻlining 2 km qismi va I. Karimov koʻchasi kesishmasida yangi yoʻl oʻtkazgichini qurish 270,0 2021 2022 27,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 10. Namangan sh. 4R117 (20 km) va 4R114 (3 km) kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 100,0 2018 2021 27,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 11. Namangan shahri Goʻzal va Hamrox koʻchalari kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 300,0 2021 2022 30,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 12. Namangan shahri A. Temur va I. Karimov koʻchalari kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 270,0 2019 2020 27,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 13. Navoiy, Qoʻqon va Nodira koʻchalari kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish (Namangan shahri, Sardoba bozori hududida) 280,0 2020 2021 28,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti Samarqand viloyati 14. Boʻstonsaroy va Rudakiy koʻchalari kesishmasida yangi yoʻl oʻtkazgichini qurish 120,0 2018 2019 12,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 15. M. Ulugʻbek va Gagarin koʻchalari kesishmasida yangi yoʻl oʻtkazgichini qurish 60,0 2018 2019 6,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 16. Ibn Sino va Daxbet koʻchalari kesishmasida yangi yoʻl oʻtkazgichini qurish 100,0 2019 2020 10,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 17. Rudakiy va Gagarin koʻchalari kesishmasida yangi yoʻl oʻtkazgichini qurish 75,0 2020 2021 7,5 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 18. S. Ayniy va Termiz koʻchalari kesishmasida yangi yoʻl oʻtkazgichini qurish 110,0 2021 2022 11,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 19. M37a (23 km) va 4R46 avtomobil yoʻllari kesishmasida yangi yoʻl oʻtkazgichini qurish 120,0 2021 2022 12,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Surxondare viloyati 20. 4R101 g avtoyoʻli — Denov sh. kirish yoʻliga 1 km qismida avtomobil yoʻli koʻprigini rekonstruksiya qilish 262,0 2020 2022 26,2 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 21. 4R1016 avtoyoʻli — Shoʻrchi sh. kirish yoʻli 0 km qismida avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish 250,0 2021 2022 25,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Sirdare viloyati 22. M34 “Toshkent — Dushanbe” avtomobil yoʻlining 117 km qismida yoʻl oʻtkazgichni rekonstruksiya qilish 447,0 2018 2019 44,7 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 23. M34 “Toshkent — Dushanbe” avtomobil yoʻlining 121 km qismida yoʻl oʻtkazgichni rekonstruksiya qilish 235,2 2018 2020 23,5 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 24. A376 “Qoʻqon — Jizzax” avtomobil yoʻlining 214 km qismida yoʻl oʻtkazgichni rekonstruksiya qilish 199,1 2021 2022 19,9 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Toshkent viloyati 25. 4K786 “Bekobod sh. — Oʻzbekiston q. — Mallaboy q. — Zafar q.” 9 km va 4N733 “Sirdaryo — Bekobod — Turkman q.” 8 km qismida avtomobil yoʻlini birlashtiruvchi yangi avtomobil yoʻl oʻtkazgich koʻprigini qurish 670,0 2019 2022 67,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 26. Toshkent viloyati Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridan oʻtuvchi qurilayetgan avtomobil yoʻlida (Chirchiq daresida qurilayetgan yangi koʻprik obyekti, 1 bosqich) yangi yoʻl oʻtkazgich va avtomobil yoʻli koʻpriklarini qurish 250,0 2018 2019 25,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 27. Toshkent viloyati Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridan oʻtuvchi qurilayetgan avtomobil yoʻlida (Mahtumquli (Taraqqiyot koʻchasi) va Doʻrmon qarorgohidagi avtoyoʻl kesishmasida qurilayetgan yangi yoʻl oʻtkazgich obyekti, 2 bosqich) yangi yoʻl oʻtkazgich va avtomobil yoʻli koʻpriklarini qurish 1300,0 2018 2019 130,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 28. Toshkent viloyati Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridan oʻtuvchi qurilayetgan avtomobil yoʻlida (4R12 avtoyoʻli 15+300 km kesishmasida qurilayetgan yangi yoʻl oʻtkazgich obyekti, 3 bosqich) yangi yoʻl oʻtkazgich va avtomobil yoʻli koʻpriklarini qurish 1520,0 2018 2019 152,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 29. M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” yoʻl oʻtkazgichini mukammal taʼmirlash (865+200 oʻngi) 92,49 2018 2019 9,2 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Xorazm viloyati 30. Shovot kanali orqali kichik halqa avtomobil yoʻli boʻylab (Maʼrifatchi koʻchasi) yangi avtomobil yoʻli koʻprigini qurish 105,0 2020 2021 15,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 31. 4R162 avtoyoʻli — Urganch sh. aylanma yoʻli 6 km qismida avtomobil yoʻli koʻprigini rekonstruksiya qilish 104,0 2018 2021 10,4 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 32. 4K937 avtoyoʻli 0 km qismida avtomobil yoʻli koʻprigini qurish 36,0 2020 2021 3,5 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Toshkent shahri 33. Bunedkor va Choʻponota koʻchalari kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 510,0 2018 2018 51,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 34. Toshkent — Angren temir yoʻl kesishmasi orqali Qipchoq koʻchasi boʻylab yangi transport chorrahasini qurish 520,0 2018 2018 52,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 35. Toshkent shahridan chiquvchi A373 avtoyoʻli bilan M396 avtomobil yoʻli kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 720,0 2019 2019 72,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 36. Kichik halqa avtomobil yoʻli va Sagʻbon koʻchasi kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 480,0 2019 2020 48,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 37. Kichik halqa avtomobil yoʻli va Beruniy koʻchasi kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 480,0 2018 2019 48,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 38. M. Ulugʻbek va Parkent koʻchalari kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 620,0 2019 2020 62,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 39. Kichik halqa avtomobil yoʻli va Qatortol koʻchasi kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 520,0 2019 2020 52,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 40. Sebzor va Nurafshon koʻchalari kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 710,0 2019 2020 71,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 41. A. Navoiy va Abay koʻchalari kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 450,0 2019 2020 45,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 42. Toshkent avtomobil halqa yoʻli va Bogʻishamol koʻchasi kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 180,0 2019 2020 18,0 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi 43. Kichik halqa avtomobil yoʻli va Qorasaroy koʻchasi kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 710,0 2020 2021 71,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 44. Choʻponota koʻchasi boʻylab kichik halqa avtomobil yoʻli va temir yoʻl orqali aeroport tomoniga yangi transport chorrahasini qurish 1200,0 2020 2021 120,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 45. A. Donish va Yangi shahar koʻchalari kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 620,0 2020 2021 62,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 46. A. Qodiriy va Abay koʻchalari kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 410,0 2021 2022 41,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 47. Buyuk Ipak yoʻli va Mirzo Ulugʻbek koʻchalari kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 570,0 2021 2022 57,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 48. Mirzo Ulugʻbek va Doʻrmon yoʻli koʻchalari kesishmasida yangi transport chorrahasini qurish 650,0 2021 2022 65,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 49. Kichik halqa yoʻli va Bunedkor koʻchasi kesishmasida yoʻl oʻtkazgichni mukammal taʼmirlash 425,0 2018 2018 1,2 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 50 Bobur koʻchasi boʻylab temir yoʻl va Kichik halqa avtomobil yoʻli orqali aeroport tomonida transport chorrahasini mukammal taʼmirlash 746,1 2018 2018 2,0 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 51. Fargʻona yoʻli koʻchasi boʻylab temir yoʻllar orqali (Risoviy bozori) transport chorrahasini mukammal taʼmirlash 525,0 2018 2018 1,4 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 52 Kichik halqa avtomobil yoʻli A. Temur koʻchasi orqali transport chorrahasini mukammal taʼmirlash 550,8 2018 2018 1,5 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 53. Usta Shirin va Miskin Abdurahmon kesishmasi A. Donish koʻchasi boʻylab transport chorrahasini mukammal taʼmirlash 912,0 2018 2019 2,5 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 54. 4R1 avtoyoʻli va Fargʻona yoʻli (Qoʻyliq) kesishmasida transport chorrahasini mukammal taʼmirlash 558,2 2018 2019 1,5 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti 55. A. Donish va A. Temur koʻchalari kesishmasida (Yunusobod bozori) transport chorrahasini mukammal taʼmirlash 486,3 2018 2019 1,3 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
* Obyektlarning yakuniy quvvati va qiymati loyiha-smeta hujjati tasdiqlanganidan soʻng aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-son qaroriga 2-ILOVA
“Koʻprikqurilish” tresti” UKni modernizatsiya qilish va jihozlash boʻyicha
Mln AQSH dollari T/r Rivojlanish yoʻnalishlari Moliyaviy mablagʻlar ehtiyoji* 2018-y. 2019-y. 2020-y. 1. Mavjud qurilish mashinalari va mexanizmlari parkini koʻprik qurilishi ishlarining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda yangilash va rivojlantirish 16,25 6,25 0,6 1.1. Avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishda qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun qurilish texnikalari, mashinalar, mexanizmlar va uskunalarni sotib olish 14,5 5,5 0,35 1.2. Avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishda qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun mavjud qurilish texnikalari, mashinalar, mexanizmlar va uskunalar parkini taʼmirlash va xizmat koʻrsatishni amalga oshirish 1,75 0,75 0,25 2. Yangidan tashkil etilayotgan korxonalarning mavjud qurilish bazalarini yangilash va rivojlantirish hamda yangi texnologik liniyalar bilan jihozlash: 11,25 5,65 0,7 2.1. Armaturani qayta ishlash uchun 2,8 2,25 0,25 2.2. Yigʻiladigan temir beton ishlab chiqarish uchun 2,8 0,6 0,1 2.3. Beton tayyorlash va tovar beton chiqarish uchun 1,7 0,6 0,1 2.4. Monolit temir beton uchun opalubkalar tayyorlash 1,7 1,1 0,15 2.5. Metall konstruksiyalar uchun 2,25 1,1 0,1 3. Yangidan tashkil etilayotgan korxonalarni jihozlash 17,85 11,25 1,25 3.1. Qurilish faoliyati uchun qurilish texnikalari, mashinalar, mexanizmlar va uskunalarni soʻnggi yutuqlarni inobatga olgan holda sotib olish (qurilish va ekspluatatsiya uchastkalarida): - Avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishda qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun 12,6 9,3 0,8 - Avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni ekspluatatsiyasi uchun** 3,3 1,95 0,45 - “Laboratoriya po kachestvu stroitelstva” UK faoliyatini amalga oshirish uchun 0,5 3.2. Loyiha institutini qurilishni loyihalashtirish sohasida dolzarb dasturiy taʼminoti boʻlgan zamonaviy kompyuter, taqdimot, koʻpaytirish, va kommunikatsiya orgtexnikalari bilan jihozlash 1,95 4. Turli xildagi konstruktiv elementlarni monolit qurish texnologiyalarini oʻzlashtirish 6,25 5,6 0,6 Jami: 51,6 28,75 3,15 83,5
* “Koʻprikqurilish” tresti”ni modernizatsiya qilish va jihozlash boʻyicha moliyalashtirish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi moliyalashtirish manbai boʻlib hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-son qaroriga 3-ILOVA
2018 — 2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash Dasturi oʻz vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish komissiyasi
A.J. Ramatov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi L.A. Abduvaliyev — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat avtomobil yoʻllar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, komissiya raisi B.I. Zakirov — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, komissiya raisi oʻrinbosari M.M. Mirzayev — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari D.N. Sattarov — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari M.M. Inoyatov — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari A.A. Riskulov — Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti rektori M.L. Allaberganov — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl fondi direktori Z.E. Maxamatov — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Koʻprikqurilish” Tresti” UK boshqaruvchisi O.K. Ziyayev — Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti direktori S.S. Kaxxarov — “Yoʻl-loyiha byurosi” MCHJ direktori R.V. Roʻziyev — “Boshtransloyiha” direktori O.N. Roʻziboyev — “Ko`prikqurilishta`mirlash Direksiyasi” UK boshligʻi K.T. Isayev — “Ko`prikqurilishloyiha” UK direktori lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qurilish, kommunikatsiya, kommunal xoʻjalik va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Komissiya zarur hollarda oʻz ishiga boshqa vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 4-oktabrdagi PQ-3309-sonli qaroriga kiritiladigan
1. 2-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyihalash instituti” soʻzlaridan oldin “Ko`prikqurilishloyiha” — “ soʻzi bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” soʻzlaridan oldin “Ko`prikqurilishta`mirlash Direksiyasi” — “soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” UK” soʻzlaridan oldin “Ko`prikqurilishta`mirlash Direksiyasi” — ” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyihalash instituti” UK” “Ko`prikqurilishloyiha” — ” soʻzi bilan toʻldirilsin.