PQ-3601-son Qaror · 13.03.2018

Yekaterinburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulligini ochish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3601
  • Qabul qilingan sana:13.03.2018
  • Kuchga kirgan sana:13.03.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/3601/0886

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqi va manfaatlarini samarali himoya qilish, ularga sifatli konsullik — huquqiy yordamni koʻrsatish, Oʻzbekiston fuqarolarining migratsiya oqimlarini monitoring qilishni amalga oshirish, shuningdek, respublika hududlari hamda Rossiyaning Ural mintaqasi subyektlari oʻrtasida mintaqalararo savdo-iqtisodiy hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirish maqsadida:

1. Yekaterinburg shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulligi ochilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Yekaterinburg shahrida ochilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasini hisobga olgan holda, 2018-yilda xorijiy muassasani moliyalashtirishni amalga oshirsin;

Yekaterinburg shahridagi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulligiga uch dona avtomobilni taʼminlab turish uchun limit ajratsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

Yekaterinburg shahridagi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulligini kadrlar bilan butlash uchun shtat jadvaliga muvofiq nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin;

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi va Yekaterinburg shahri maʼmuriyati bilan birgalikda Bosh konsullikni joylashtirish va jihozlash, shuningdek, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalariga muvofiq uning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni hal etsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 13-mart,

PQ-3601-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.