PQ-3608-son Qaror · 16.03.2018

Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3608
  • Qabul qilingan sana:16.03.2018
  • Kuchga kirgan sana:16.03.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/3608/0857

Arxitektura va qurilish normalariga muvofiq hududiy infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal surʼatlarda hal etish, aholi farovonligini yaxshilash, suv taʼminoti va kanalizatsiya muammolarini bartaraf etish, mahallalarning ichki yoʻllarini taʼmirlash, ijtimoiy obyektlarni qurish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy soxa xodimlari uchun xizmat uylarini qurish maqsadida:

1. Samarqand viloyati xokimligining Samarqand viloyati hokimligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan Samarkand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

2. Quyidagilar Jamgarma daromadlarini shakllantirish manbalari etib hisoblansin:

Samarqand viloyati hokimligi muassisligida tashkil etilgan tijorat tashkilotlarining ajratmalari;

davlat, chet el va halqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar;

yuridik va jismoniy shaxslarning xomiylik hayriyalari;

halqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va mahalliy ichki yoʻllarni taʼmirlash;

koʻp qavatli turar joylarning umumfoydalaniladigan qismini taʼmirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;

(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)

kam taʼminlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olishda boshlangʻich badalni qisman yoki toʻliq qoplab berish hamda maishiy texnika vositalariga boʻlgan birlamchi extiyojni qondirish;

mahalla fuqarolar yigʻinlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mahallalar hududida kutubxonalar tashkil etish hamda ularni badiiy va boshqa adabiyotlar bilan boyitish.

4. Belgilansinki, Samarqand viloyati hokimligining Jamgʻarmaga dastlabki badali Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining Samarqand viloyati hokimligiga 13 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, foiz stavkasi yiliga 2,25 foizni, 2019-yil 27-dekabrdan — yillik 2 foizni tashkil qiladigan, vositachilik yigʻimlari undirilmagan holda 50 million AQSH dollari miqdorida ajratilgan krediti hisobidan shakllantiriladi.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi PQ-113-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 07/25/113/0253-son)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5249-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 07/21/5249/0898-son)

6. Belgilansinki:

Jamgʻarma mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Samarqand viloyati xokimligi tomonidan tuziladigan manzilli roʻyxatlarga muvofiq foydalaniladi;

Samarqand viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditidan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, Jamgʻarmani oʻz vaqtida shakllantirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb qilinadigan kreditini qoplash va xizmat koʻrsatish bilan bogʻlik xarajatlar Samarqand viloyatining mahalliy budjeti qoʻshimcha manbalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Samarqand viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda besh kun muddatda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb qilinadigan kreditini qoplashning uning aniq manbalarini koʻrsatgan holda mexanizmini nazarda tutuvchi nizom loyihasini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan birgalikda Jamgʻarmaga ajratilgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, uning oʻz vaqtida qaytarilishi yuzasidan taʼsirchan monitoring oʻrnatsin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5249-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 07/21/5249/0898-son)

9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining krediti boʻyicha Samarqand viloyati hokimligi majburiyatlariga doir Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatini berish vakolati berilsin.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5249-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 07/21/5249/0898-son)

10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchkorov Samarkand viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamgʻarmaning moliyaviy manbalarini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi (M.M. Ikramov) mazkur qarorning amaliy ijrosini alohida nazoratga olib, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi toʻgʻrisida har oy yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga maʼlumot kiritib borilishini taʼminlasin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat kilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Samarqand viloyati hokimi T.I. Djurayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 16-mart,

PQ-3608-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3608-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash

* Kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.

** Haqiqiy toʻlovlar.

(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi PQ-113-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 07/25/113/0253-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.