PF-5541-son Farmon · 18.09.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 29-maydagi PQ-3751-sonli qarori)

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5541
  • Qabul qilingan sana:18.09.2018
  • Kuchga kirgan sana:18.09.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/20/5541/0978

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgrisida” 2018-yil 29-maydagi PQ-3751-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 18-sentabr,

PF-5541-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-sentabrdagi PF-5541-sonli FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 17-noyabrdagi PF-4857-sonli Farmonida:

a) 1-bandining toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) 2-bandida:

oltinchi xatboshidagi “va servis” soʻzlari chiqarib tashlansin;

yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va sotish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish”;

v) 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “va “Oʻzagroservis” AJ” soʻzlari chiqarib tashlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-sonli qarori 6-ilovasi “Masʼul ijrochilar” grafasining 36-pozitsiyasidagi ““Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari ““Oʻzagroservis” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.