PF-5578-son Farmon · 19.11.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5578
  • Qabul qilingan sana:19.11.2018
  • Kuchga kirgan sana:19.11.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/20/5578/0984

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5400-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3654-son qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 19-noyabr,

PF-5578-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-noyabrdagi PF-5578-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmonida:

a) 1-ilovaning 2-bandi oʻn uchinchi xatboshidagi “konsullik boshqarmasi” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovaning 2-bandi oʻninchi xatboshidagi “konsullik boshqarmasi” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenta” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 16-avgustdagi PF-4554-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporta toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 4-bandsagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda ― Konsullik boshqarmasi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquq departamenti tomonidan (keyingi oʻrinlarda ― Konsullik-huquq departamenti)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 12-banddagi “Konsullik boshqarmasi tomonidan” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenti tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 13-banddagi “Konsullik boshqarmasi” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenta” soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 14-banddagi “Konsullik boshqarmasi” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

d) 16-bandning ikkinchi xatboshidagi “Konsullik boshqarmasi” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

e) 18-bandning ikkinchi xatboshidagi “Konsullik boshqarmasi tomonidan” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenti tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son Farmonining 3-bandi sakkizinchi xatboshidagi “Konsullik boshqarmasi” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi PQ-614-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnining 52-bandidagi “Slujbu diplomaticheskogo servisa” soʻzlari “Byuro po obslujivaniyu diplomaticheskogo kopusa” sshzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.