PQ-3461-son Qaror · 04.01.2018

“Chirchiq-Boʻzsuv traktida Kamolot GESni qurish, “Qadiriya GESlari Kaskadini” UK (GES-3) Xitoy Xalq Respublikasidan uskunalar yetkazib berish bilan modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3461
  • Qabul qilingan sana:04.01.2018
  • Kuchga kirgan sana:04.01.2018
  • Holati:Amalda

[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni izchil oshirish, shu asosda yangi ekologik toza ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, shuningdek, energiya resurslarining mutanosibligini taʼminlash, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻliq qondirish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2982-son qaroriga muvofiq:

“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan Xitoyning bir qator ixtisoslashgan kompaniyalari bilan oʻtkazilgan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalariga koʻra, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan Xitoyning “Dongfang Electric International Corporation” kompaniyasi bilan Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan umumiy qiymati 26,92 mln AQSH dollari boʻlgan elektr va mexanik uskunalarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolandi;

“Gidroproyekt” AJ “Oʻzbekgidroenergo” AJning “Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Chirchiq-Boʻzsuv traktida “Kamolot” GES qurilishi” va “Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Qodiriya GESlar kaskadi” UK (GES-3) ni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan;

qiymati 50,18 mln AQSH dollarigacha boʻlgan va 2017 — 2020-yillarda amalga oshirish muddati belgilangan “Chirchiq-Boʻzsuv traktida “Kamolot” GESini qurish, asbob-uskunalarni Xitoy Xalq Respublikasidan yetkazib bergan holda “Qodiriya GESlari kaskadi” UKni (GES-3) modernizatsiya qilish” yagona investitsiya loyihasining (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazildi;

b) quyidagilar investitsiya loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

XXR Eksimbankining “Turonbank” ATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan 22,88 mln AQSH dollari miqdoridagi 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2 foiz miqdoridagi marjasini hisobga olgan holda yillik 2,0 foizli stavka bilan beriladigan qarzi;

“Oʻzbekgidroenergo” AJning 27,3 mln AQSH dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari;

v) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq XXR Eksimbankining qarz mablagʻlari hisobiga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi.

2. Quyidagilar:

“Chirchiq-Boʻzsuv traktida “Kamolot” GESini qurish, uskunalarni Xitoy Xalq Respublikasidan yetkazib bergan holda “Qodiriya GESlari kaskadi” UKni (GES-3) modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar bilan;

investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan XXR Eksimbanki qarzi boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

“Oʻzbekgidroenergo” AJ qarzdan maqsadli foydalanish va investitsiya loyihasini samarali amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan buyurtmachi va ijro etuvchi organ hisoblanadi;

asosiy qarzni qaytarish, qarzga xizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirishni tashkil etish bilan bogʻliq foizlar, vositachilik haqi va boshqa xarajatlarni toʻlash “Oʻzbekgidroenergo” AJning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;

“Oʻzbekgidroenergo” AJning 1-son qurilish direksiyasi loyiha yechimlarining obyektlardan foydalanishning ishonchliligi va xavfsizligi boʻyicha talablarga muvofiqligini aniqlash, shuningdek, texnik nazoratni taʼminlash va amalga oshirish uchun masʼul organ hisoblanadi.

4. “Turonbank” ATBga investitsiya loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirishni oʻz vaqtida tashkil etish uchun XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini va XXR Eksimbanki qarzini qayta moliyalashtirish boʻyicha “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan kredit shartnomasini belgilangan tartibda tuzish tavsiya etilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini berishga vakil qilinsin:

XXR Eksimbankiga — “Turonbank” ATB va XXR Eksimbanki oʻrtasidagi yakka tartibdagi qarz bitimida nazarda tutilgan shakl boʻyicha “Turonbank” ATBning toʻlov majburiyatlari yuzasidan;

“Turonbank” ATB — XXR Eksimbankining jalb etilayotgan qarzi doirasida “Oʻzbekgidroenergo” AJning toʻlov majburiyatlari boʻyicha.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Turonbank” ATBning XXR Eksimbanki oldidagi majburiyatlari boʻyicha XXR Eksimbanki bilan tuzilgan yakka tartibdagi qarz bitimida nazarda tutilgan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.

7. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan tegishli sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda — investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida olib kiriladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va uzellar, materiallar, ehtiyot qismlar, priborlar, instrumentlar, texnologik hujjatlar, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashtirish tartib-taomilidan ozod qilinsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda investitsiya loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekgidroenergo” AJ buyurtmanomalariga binoan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekgidroenergo” AJning buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda davlat boji toʻlamasdan taʼminlasin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzbekgidroenergo” AJning buyurtmanomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi A.A. Sangitov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 4-yanvar,

PQ-3461-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3461-son qaroriga1-ILOVA

“Chirchiq-Boʻzsuv traktida “Kamolot” GES qurilishi, uskunalarni Xitoy Xalq Respublikasidan yetkazib bergan holda “Qodiriya GESlar kaskadi” UKni (GES-3) modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasining TIAsi

T/rKoʻrsatkich nomiOʻlchov birligiJamishu jumladan:xususiy mablagʻlarXXR Eksimbanki qarzi1.Loyihaning umumiy qiymatiming AQSH doll. ekv.50 184,0527 299,9622 884,092.Jami qoʻyilmalar summasiming AQSH doll. ekv.50 184,0527 299,9622 884,09 shu jumladan: 2.1mashinalar va uskunalarming AQSH doll.33 092,4610 208,3722 884,09 Erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta bilanming AQSH doll.26 922,464 038,3722 884,09 milliy valyutadaming AQSH doll. ekv.6 170,06 170,0-2.2qurilish-montaj ishlariming AQSH doll. ekv.14 089,3214 089,32- milliy valyutadaming AQSH doll. ekv.14 089,3214 089,32-2.3investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar*ming AQSH doll. ekv.1 194,551 194,55- erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaming AQSH doll.940,96940,96- milliy valyutadaming AQSH doll. ekv.253,59253,59-2.4dastlabki aylanma mablagʻming AQSH doll. ekv.9,679,67- milliy valyutadaming AQSH doll. ekv.9,679,67-2.5boshqa xarajatlarming AQSH doll. ekv.1 798,051 798,05- milliy valyutadaming AQSH doll. ekv.1 798,051 798,05-3.Mavjud boʻlgan asosiy fondlar qiymatiming AQSH doll. ekv.189,19189,19- milliy valyutadaming AQSH doll. ekv.---4.GESning oʻrnatilgan quvvati — oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishMVt23,46mln kVt/soat165,845.Ish bilan band boʻlganlarning taxminiy sonikishi 15 6.Loyihaning hisoblangan oʻzini oqlash muddatiyil 8,2 7.Investitsiya davrining davomiyligioyi 36 8.Tashkil etiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymatiming AQSH doll. ekv. 50 174,38 9.Qarz berish muddatiXXR Eksimbankining 22 884,09 ming AQSH dollari miqdoridagi qarzi 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan beriladigan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3461-son qaroriga1a-ILOVA

“Chirchiq-Boʻzsuv traktida “Kamolot” GESini qurish, uskunalarni Xitoy Xalq Respublikasidan yetkazib bergan holda “Qodiriya GESlari kaskadi” UKni (GES-3) modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi

T/rLoyihalar nomiLoyiha quvvati,MVtOʻrtacha yillik ishlab chiqarish elektr energiyasimln kVt/soatAmalga oshirish muddatlariUmumiy qiymat loyihashu jumladan:Stoimost kontraktaboshlanishitugallanishSMPqiymat uskunalarJamishu jumladan:85%kreditlar15%xususiy mablagʻlar1.Chirchiq-Boʻzsuv traktida “Kamolot” GES qurilishi8,1641,872017-yil IV kv.2020-yil IV kv.22,595,2216,1715,3613,062,302.“Qodiriya GESlari kaskadi” UKni modernizatsiya qilish (GES-3)15,34124,02017-yil IV kv.2020-yil IV kv.27,598,8716,9211,569,831,73 Jami23,5165,872017-yil IV kv.2020-yil IV kv.50,1814,0933,0926,9222,884,04

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3461-son qaroriga2-ILOVA

“Chirchiq-Boʻzsuv traktida “Kamolot” GESini qurish, Xitoy Xalq Respublikasidan asbob-uskunalar yetkazib bergan holda “Qodiriya GESlari kaskadi” UKni (GES-3) modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida beriladigan XXR Eksimbanki qarzi boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlash

Qarz miqdori22 884.1 ming AQSH doll.Foiz stavkasi2.00% yillik“Turonbank” ATB marjasi0.20% yillikTashkilot komissiyasi0.25% bir martalikMajburiyat uchun komissiya0.25% bir martalikQarz muddati20 yilshu jumladan imtiyozli davr5 yilToʻlovlar davriyligi6 oyAsosiy summa toʻlovlari soni30 Toʻlov kuniTanlanma yigʻindisiToʻlov summasiQarz summasiQarz foizlariTashkilot komissiyasi“Turonbank” ATB marjasiMajburiyat uchun komissiyaJami toʻlash uchunJami yillar boʻyicha2018-yil 1-fevral6 865,23-6 865,23------2018-yil 1-dekabr--6 865,23113,9857,2111,4047,49230,08230,082019-yil 1-yanvar9 153,64-16 018,8611,66-1,17-12,83-2019-yil 1-iyun--16 018,86132,54-13,2519,97165,76-2019-yil 1-dekabr--16 018,86160,63-16,068,61185,30363,892020-yil 1-yanvar6 865,23-22 884,0927,21-2,72-29,93-2020-yil 1-iyun--22 884,09190,60-19,068,61218,26-2020-yil 1dekabr--22 884,09229,47-22,95-252,41500,612021-yil 1-iyun--22 884,09228,21-22,82-251,04-2021-yil 1-dekabr--22 884,09229,47-22,95-252,41503,452022-yil 1-iyun--22 884,09228,21-22,82-251,04-2022-yil 1-dekabr--22 884,09229,47-22,95-252,41503,452023-yil 1-iyun-762,8022 121,29228,21-22,82-1 013,84-2023-yil 1-dekabr-762,8021 358,48221,82-22,18-1 006,802 020,642024-yil 1-iyun-762,8020 595,68214,17-21,42-998,39-2024-yil 1-dekabr-762,8019 632,88206,52-20,65-989,981 988,372025-yil 1-iyun-762,8019 070,08197,79-19,78-980,37-2025-yil 1-dekabr-762,8018 307,27191,22-19,12-973,151 953,522026-yil 1-iyun-762,8017 544,47182,57-18,26-963,63-2026-yil 1-dekabr-762,8016 781,67175,93-17,59-956,321 919,952027-yil 1-iyun-762,8016 018,86167,36-16,74-946,90-2027-yil 1-dekabr-762,8015 256,06160,63-16,06-939,491 886,392028-yil 1-iyun-762,8014 493,26152,98-15,30-931,08-2028-yil 1-dekabr-762,8013 730,45145,33-14,53-922,671 853,752029-yil 1-iyun-762,8012 967,65136,93-13,69-913,42-2029-yil 1-dekabr-762,8012 204,85130,03-13,00-905,841 819,262030-yil 1-iyun-762,8011 442,05121,71-12,17-986,69-2030-yil 1-dekabr-762,8010 679,24114,73-11,47-889,011 785,702031-yil 1-iyun-762,809 916,44106,50-10,65-879,95-2031-yil 1-dekabr-762,809 153,6499,44-9,94-872,181 752,142032-yil 1-iyun-762,808 390,8391,79-9,18-863,77-2032-yil 1-dekabr-762,807 628,0384,14-8,41-855,361 719,122033-yil 1-iyun-762,806 865,2376,07-7,61-846,48-2033-yil 1-dekabr-762,806 102,4268,84-6,88-838,531 685,012034-yil 1-iyun-762,805 339,6260,86-6,09-829,75-2034-yil 1-dekabr-762,804 576,8253,54-5,35-821,701 651,452035-yil 1-iyun-762,803 814,0245,64-4,56-813,01-2035-yil 1-dekabr-762,800 051,2138,24-3,82-804,871 617,882036-yil 1-iyun-762,802 288,4130,60-3,06-796,46-2036-yil 1-dekabr-762,801 525,6122,95-2,29-788,041 584,502037-yil 1-iyun-762,80762,8015,21-1,52-779,54-2037-yil 1-dekabr-762,800,007,65-0,76-771,221 550,76Jami22 884,0922 884,09 5 330,8457,21533,0884,6728 889,9028 889,90

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.