PQ-3465-son Qaror · 09.01.2018

Yangi tashkil etilayotgan “Navoiy KMK” DK ishlab chiqarish quvvatlarini 2026-yilgacha elektr energiyasi bilan kafolatli taʼminlash chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3465
  • Qabul qilingan sana:09.01.2018
  • Kuchga kirgan sana:09.01.2018
  • Holati:Amalda

2020 — 2026-yillarga moʻljallangan “Navoiy KMK” DKda qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturining belgilangan prognoz parametrlarini bajarish, yangi tashkil etilayotgan kon-metallurgiya ishlab chiqarish obyektlarining barqaror elektr taʼminotini taʼminlash va Oʻzbekiston energetika tizimining Shimoliy-Gʻarbiy qismining elektr tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:

1. “Navoiy KMK” DKda qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi doirasida 2026-yilgacha 27 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida kombinatning talab qilinadigan elektr quvvati 400 MVtdan 2026-yilga borib 703 MVtga yetkazilishi;

“Energosetproyekt” AJ tomonidan “Navoiy KMK” DK tomonidan ishga tushiriladigan quvvatlarga boʻlgan ehtiyoj va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston energetika tizimining Shimoliy-Gʻarbiy qismini 2020 — 2026-yillarga moʻljallangan rivojlantirish sxemasi ishlab chiqilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida yangi tashkil etilayotgan “Navoiy KMK” DK ishlab chiqarish quvvatlarini 2026-yilgacha elektr energiyasi bilan kafolatli taʼminlash chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

3. “Navoiy KMK” DK va “Oʻzbekenergo” AJ bir oy muddatda Dasturda belgilangan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. Belgilansinki:

a) “Navoiy KMK” DK ichki energiya taʼminoti obyektlari boʻyicha Dasturni amalga oshirish doirasida:

“Navoiy KMK” DK — bosh buyurtmachi;

“OʻzInjiniring” RPI — loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh pudratchi;

“Uzelektroaparat-elektroshit” AJ — qurilish, elektromontaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajargan holda, istisno tariqasida, tanlov savdolari oʻtkazmasdan, “tayyor holda topshirish” shartlarida kompleks ishlarni bajarish, shu jumladan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va materiallarni tayyorlash va yetkazib berish boʻyicha bosh pudratchi tashkilot;

b) Energetika tizimi Shimoliy-Gʻarbiy qismining tarmoqli va podstansiya qurilishi obyektlari boʻyicha

“Oʻzbekenergo” AJ — bosh buyurtmachi;

“Sredazenergosetproyekt” AJ — loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh pudratchi;

“Elektrqishloqqurilish” AJ — qurilish boʻyicha bosh pudratchi;

“Oʻzbekenergo” AJ tarkibiy boʻlinmalari — istisno tariqasida, tanlov savdolari oʻtkazmasdan pudrat qurilish-montaj tashkilotlari hisoblanadi.

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, Dastur doirasida:

“Navoiy KMK” DK ichki elektr taʼminoti investitsiya loyihalarini amalga oshirish “Navoiy KMK” DKning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston energetika tizimining Shimoliy-Gʻarbiy qismi obyektlarining tarmoq va podstansiya qurilishi investitsiya loyihalarini amalga oshirish “Oʻzbekenergo” AJning oʻz mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari, ishlab chiqaruvchi quvvatlar — xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda amalga oshiriladi.

6. “Navoiy KMK” DK va “Oʻzbekenergo” AJga Dasturni amalga oshirish doirasida:

investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqqan holda loyihaoldi hujjatlarini bir bosqichli tartibda ishlab chiqish;

loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berilsin.

7. “Navoiy KMK” DK va Oʻzbekiston energetika tizimining Shimoliy-Gʻarbiy qismi ichki energiya taʼminoti tarmoq va nimstansiyalar qurilishi obyektlari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda loyihalarni amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.

9. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov, “Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev va “Navoiy KMK” DK bosh direktori K.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 9-yanvar,

PQ-3465-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PQ-3465-son qaroriga1-ILOVA

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida yangi tashkil etilayotgan “Navoiy KMK” DK ishlab chiqarish quvvatlarini 2026-yilgacha elektr energiyasi bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha

mln AQSH dollari ekvivalentidaT/rElektr taʼminoti sxemalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish tadbirlariAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilarJamijumladan, moliyalashtirish manbalari boʻyicha:oʻz mablagʻlaribudjet mablagʻlaribanklar va XMI kreditlariTTF kreditiI. 2026 yilgacha qimmatbaho metallarni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi doirasida “Navoiy KMK” DK tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining maydon ichidagi elektr taʼminoti obyektlari1.Tarmoq qurilishi obyektlarining jami:110-220 kV kuchlanishli 381 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari;umumiy quvvati 968 MBA boʻlgan 220/35/6 kV podstansiyalar;reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish va elektr tarmoqlari rejimlarini boshqarish tizimlari.2018 — 2026 yillar“Navoiy KMK” DK390,8390,8---1.1.“2-gidrometallurgiya zavodining qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish (I-II bosqichlar)” loyihasining sanoat obyektlarini elektr taʼminoti.1. Elektr taʼminoti obyektlari boʻyicha qidiruv ishlarini olib borish, loyihaoldi, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.2018 yil“Navoiy KMK” DK,“OʻzInjiniring” RLI,“Oʻzelektroapparat-elektroshchit” AJ13,213,2---2. Uskunalarni yigʻish, ikkita 63 MVA transformator va 1 km uzunlikdagi 220 kV qoʻsh tutashuvli havo liniyalariga ega 220/6 kV podstansiya qurish.2018-2019-yillar3. Ishga tushirish.2019 yil IV chorak1.2.“Auminzo-Omontogʻ maʼdanli maydoni (GMZ-5) oltin tarkibli maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash konini qurish” (I-II bosqichlar) loyihasining sanoat obyektlarini elektr taʼminoti.1. Qidiruv ishlarini olib borish, elektr taʼminoti obyektlarining loyihadan oldingi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.2018 yil“Navoiy KMK” DK,“OʻzInjiniring” RLI,“Oʻzelektroapparat-elektroshchit” AJ41,241,2---2. Uskunalarni yigʻish, 220/35/6 kV kuchlanishli 2 ta 80 MVA transformator va 40 km uzunlikdagi 220 kV qoʻsh tutashuvli elektr uzatish liniyalari oʻrnatilgan podstansiya qurish.2018-2019-yillar3. Ishga tushirish.2019 yil IV chorak1.3.“MQKVZ texnogen chiqindilarini qayta ishlash kompleksini qurish (I-II bosqichlar)” loyihasining sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash.1. Qidiruv ishlarini olib borish, elektr taʼminoti obyektlarining loyihadan oldingi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.2018 yil“Navoiy KMK” DK,“OʻzInjiniring” RLI,“Oʻzelektroapparat-elektroshchit” AJ24,324,3---2. Uskunalarni yigʻish, ikkita 63 MVA transformator va 12 km uzunlikdagi 220 kV qoʻsh zanjirli elektr uzatish liniyalariga ega 220/6 kV podstansiya qurish.2018-2019-yillar3. Ishga tushirish.2019 yil IV chorak1.4.“Muruntov karyerini qayta ishlash (V navbat)” loyihasining sanoat obyektlarini elektr taʼminoti.1. Elektr taʼminoti obyektlari boʻyicha qidiruv ishlarini olib borish, loyihaoldi, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.2018-2019-yillar“Navoiy KMK” DK,“OʻzInjiniring” RLI,“Oʻzelektroapparat-elektroshchit” AJ109,7109,7---2. Uskunalarni komplektlash, qurish:2019-yil IV-chorak220/110 kV kuchlanishli “Prikarernaya” podstansiyasi, 125 MVA li ikkita transformator va uzunligi 12 km boʻlgan 220 kV ikki zanjirli BL;2019-yil IV-chorak110/35/6 kV li “GPP-3” podstansiyasi, 40 MVA li ikkita transformator va uzunligi 5 km boʻlgan 110 kV li ikki zanjirli BL;2022-yil IV-chorak110/35/6 kV li “GPP-2” podstansiyasi, 40 MVA li ikkita transformator va 10 km uzunlikdagi 110 kV li ikki zanjirli BL;2025-yil IV-chorak110/35/6 kV kuchlanishli “GPP-1” podstansiyasi, 40 MVA li ikkita transformator va 10 km uzunlikdagi 110 kV ikki zanjirli BL.2025-yil IV-chorak3. Elektr taʼminoti majmuasini ishga tushirish navbati.2018-20191.5.“Zarmitan oltin maʼdanli zonasi energiya taʼminoti konlari negizida togʻ-kon majmuasining quyi gorizontlarini qayta ishlash” loyihasining sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash.1. Qidiruv ishlarini olib borish, elektr taʼminoti obyektlarining loyihadan oldingi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.2018 yil“Navoiy KMK” DK,“OʻzInjiniring” RLI,“Oʻzelektroapparat-elektroshchit” AJ8,68,6---2. 25 MVA 110/35/6 kV kuchlanishli ikkita transformatorli “Gornorudnaya-2” podstansiyasini jihozlash, qurish.2018-2019-yillar 3. Ishga tushirish.2019 yil IV-chorak1.6.“Pistali” konining oltin tarkibli rudalarini qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (GMZ-6)” loyihasining sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash.1. Qidiruv ishlarini olib borish, elektr taʼminoti obyektlarini loyihalashdan oldingi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish:2022 yil“Navoiy KMK” DK,“OʻzInjiniring” RLI,“Oʻzelektroapparat-elektroshchit” AJ28,128,1---2. Uskunalarni yigʻish, ikkita 25 MVA 110/35/6 kV transformator va 65 km uzunlikdagi 110 kV ikki pallali havo elektr uzatish liniyalariga ega GMZ-6 podstansiyasini qurish.2023 yil IV-chorak3. Ishga tushirish.2023 yil1.7.“Yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini qurish” loyihasining sanoat obyektlarini elektr taʼminoti.1. Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.2018 yil165,7165,7---2. Uskunalarni komplektlash, montaj qilish va “Besopan” SHKga 2X100 MVar IRMni oʻrnatish.2018 yil IV-chorak3. 200 MVAr reaktiv quvvat manbaini ishga tushirish.2018 yil4. Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.2018 yil5. Uskunalarni komplektlash, 226 km uzunlikdagi 220 kVli Sarimoy-Zarafshon bir zanjirli havo liniyasini qurish.2018-2019-yillar IV-chorak5. Foydalanishga topshirish.2019 yilII “Oʻzbekenergo” aj tomonidan sotiladigan energetika tizimining 220-500 kv shimoliy-gʻarbiy qismini rivojlantirish obyektlari2.Umumiy uzunligi 662,8 km boʻlgan 110-220-500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining tarmoq qurilishi obyektlari;umumiy quvvati 1401 MVA boʻlgan 500/220/110 kV podstansiyalar;900 MVt quvvatli generatorlar2017 — 2025-yillar“Oʻzbekenergo” AJ1557,95217,1872,71118,07150,02.1.Energetika tizimining Shimoliy-Gʻarbiy qismi tarmoq qurilishini rivojlantirish obyektlarini moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish.Qurilish obyektlari uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish2018-yil fevral“Oʻzbekenergo” AJ,Moliya vazirligi,Iqtisodiyot vazirligi-----2.2.Energotizimning Shimoli-Gʻarbiy qismi tarmoq qurilishini rivojlantirish obyektlarining loyiha-texnologik hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish.1. Izlanish ishlarini olib borish.2. Obyektlar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.2018-yilBosh loyihachi,“Energosetproyekt” AJ”-----2.3.Taxiatosh IESdan “Navoiy KMK” DK podstansiyalari va tarmoqlarigacha tashqi energiya taʼminoti obyektini qurish.1. Taxiatosh IESning 220 kV OTQni rekonstruksiya qilish va kengaytirish.2. Uzunligi 197,7 km boʻlgan 220 kV “Taxiatosh-Xorazm” havo liniyasini qurish.3. “Xorazm” podstansiyasini rekonstruksiya qilish.4. Uzunligi 166,1 km boʻlgan 220 kV “Xorazm-Sarimay” havo liniyasini qurish.5. 220 kVli “Sarimay” podstansiyalarini qurish.2019-yil IV-chorak“Oʻzbekenergo” AJ,“Energosetproyekt” AJ,qurilish-montaj tashkilotlari — “Oʻzbekenergo” AJning tarkibiy boʻlinmalari258,535,872,7(Oʻzbekiston Respublikasi ulushi)150,0-2.4.“Navoiy KMK” DK tashqi energiya taʼminoti tarmoq obyektlarini Navoiy IESdan “Navoiy KMK” DK podstansiyalari va tarmoqlarigacha qurish*.1. Navoiy issiqlik elektr stansiyasida quvvati 450 MVt boʻlgan uchinchi gidravlik uzatish qurilmasini qurgan holda 220 kVli ochiq taqsimlash qurilmasini qurish.2023-yil IV-chorak“Oʻzbekenergo” AJ,NKMK,“Energosetproyekt” AJ qurilish-montaj tashkilotlari — “Oʻzbekenergo” AJning tarkibiy boʻlinmalari540,040,0-500,0-2. Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli “Besopan” oʻtkazish punktigacha 177 km masofada 500 kVli gabaritda 220 kVli liniya qurish.2019-yil IV-chorak79,6535,84-43,81-3. 500/220 kV kuchlanishli uchta 167 MVA transformatorli Muruntov podstansiyasini qurish.2023 — 2025-yillar82,537,13-45,37-4. Navoiy IESda 500 kVli ochiq taqsimlash qurilmasini qurish.2023 — 2025-yillar5,22,61-2,59-Navoiy IES 220 kV liniyasini oʻtkazish.2025-yil I-chorak15,67,0-8,6-2.5.Zarmitan oltin maʼdanli zonasining tashqi energiya taʼminoti tarmoq obyektlarini qurish.“Ishtixon” podstansiyasidan “Togʻ-ruda-2” podstansiyasigacha (NKMK) boʻlgan 61 km uzunlikdagi 110 kV li ikkinchi elektr uzatish liniyasini qurish:2018-2019-yillar“Oʻzbekenergo” AJ,NKMK,“Energosetproyekt” AJ,qurilish-montaj tashkilotlari — tarkibiy boʻlinmalar,“Oʻzbekenergo” AJ15,86,9-8,9-1. Elektr taʼminoti obyektlari boʻyicha qidiruv ishlarini olib borish hamda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.2018-yil2. Uskuna va materiallarni komplektlash.2018-yil3. Qurilish-montaj ishlarini bajarish.2018-2019-yillar4. Foydalanishga topshirish.2019-yil IV-chorak2.6.“Pistali” konining oltin tarkibli rudalarini qazib olish va qayta ishlash kompleksi (GMZ-6) tashqi energiya taʼminoti tarmoq obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish.61 km uzunlikdagi 110 kVli L-Oʻzbekiston-1 va L-Nurota elektr uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish.2020 — 2022-yillar“Oʻzbekenergo” AJ,“Energosetproyekt” AJ,qurilish-montaj tashkilotlari — tarkibiy boʻlinmalar,“Oʻzbekenergo” AJ13,56,1-7,4-1. Elektr taʼminoti obyektlari boʻyicha qidiruv ishlarini olib borish hamda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.2020-yil2. Uskuna va materiallarni komplektlash.2021-yil3. Qurilish-montaj ishlarini bajarish.2021-2022-yillar4. Foydalanishga topshirish.2022-yil IV-chorak2.7.“Navoiy KMK” DK tashqi elektr taʼminoti obyektlarining generatsiya quvvatlarini qurish va ishga tushirish.Navoiy IESda quvvati 450 MBt boʻlgan ikkinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish va ishga tushirish.2018-2019-yillar“Oʻzbekenergo” AJ,“Navoiy IES” AJ,“Mitsubishi Corporation and MHPS” Konsorsiumi547,245,8-351,4(JAYKA qarz mablagʻlari)150,01. Elektr taʼminoti obyektlari boʻyicha qidiruv ishlarini olib borish hamda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.2018-yil2. Uskuna va materiallarni komplektlash.2018-2019-yillar3. Qurilish-montaj ishlarini bajarish.2018-2019-yillar4. Ishga tushirish-sozlash ishlari.2019-yil5. Foydalanishga topshirish.2019-yil III-chorak

Eslatmalar:

* loyihani amalga oshirish uchun asos:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiya va diversifikatssiya qilishni taʼminlash chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 4-martdagi PF-4707-son Farmoni;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 18-maydagi F-4647-son farmoyishi.

Loyihalarning yakuniy qiymati va moliyalashtirish manbalari loyihalarning TIHK/TIAlarini tasdiqlash va tender savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlanishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PQ-3465-son qaroriga2-ILOVA

“Navoiy KMK” DK va Oʻzbekiston energetika tizimining shimoliy-gʻarbiy qismi ichki energiya taʼminoti tarmoq va podstansiya qurilishi obyektlari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhining

1.A.S. Sultanov—Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, ishchi guruh rahbari2.D.D. Asamov—Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari3.A.Ya. Xaydarov—Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari4.J.T. Mirzamahmudov—Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari boʻyicha IAD boshligʻi5.K.S. Sanaqulov—“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori6.U.M. Mustafoyev—“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi7.T.R. Oʻrazayev—“OʻzInjiniring” RLI direktori v.b.8.D.I. Kulbatskiy—“Energosetproekt” OAJ bosh direktori9.V.P. Royuk—“Oʻzelektroaparat-Elektroshchit” AJ bosh direktori10.D.O. Isaqulov—“Oʻzgosenergonadzor” davlat inspeksiyasi boshligʻi11.D.S. Fayzullayev—Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, ishchi guruh kotibi

Eslatma. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga ushbu funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.