PQ-4806-son Qaror · 12.08.2020

Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4806
  • Qabul qilingan sana:12.08.2020
  • Kuchga kirgan sana:12.08.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4806/1163

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq:

1. 2016-yil 28-oktabrda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha Maslahat kengashini tashkil etish toʻgʻrisida 1992-yil 13-noyabrdagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomaga qoʻshilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirishda koʻmaklashsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomaga qoʻshilishi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 12-avgust,

PQ-4806-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.