PQ-2564-son Qaror · 20.07.2016

“Oʻzbekneftgaz” MXKning geologik qidiruv ishlari uchun yuqori texnologik uskunalarni sotib olish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2564
  • Qabul qilingan sana:20.07.2016
  • Kuchga kirgan sana:20.07.2016
  • Holati:Amalda

[Koʻchirma]

Geologiya-qidiruv ishlarini yanada kengaytirish va samaradorligini oshirish hamda uglevodorod xomashyosi zaxiralari koʻpayishini taʼminlash maqsadida:

1. “Oʻzbekneftgaz” MXKning geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori texnologik asbob-uskunalar xarid qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:

umumiy qiymati 145,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilgan;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari, texnika va texnologiyalar loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini ekspert baholash agentligi tomonidan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizadan oʻtkazildi;

tanlov savdolari yakunlari boʻyicha qiymati 138,98 mln. AQSH dollari boʻlgan 117 dona geofizik va burgʻulash uskunalarini yetkazib berish boʻyicha import shartnomalari tuzildi, shuningdek ular belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazildi.

2. Quyidagilar “Oʻzbekneftgaz” MXKning geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori texnologiyali asbob-uskunalar xarid qilish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

“Oʻzbekneftgaz” MXKning 79,2 mln AQSH dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yil imtiyozli davr bilan yillik 2,5 foizli stavka bilan, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning yillik 0,5 foizli marjasini hisobga olgan holda beriladigan 66,0 mln AQSH dollari miqdoridagi krediti.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

“Oʻzbekneftgaz” MXKning geologiya-qidiruv ishlari uchun asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarga ega boʻlgan yuqori texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditidan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihasining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ hisoblanadi;

asosiy qarzni qaytarish, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekneftgaz” MXKning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari G'.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2016-yil 20-iyul,

2564-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-iyuldagi PQ-2564-son qaroriga1-ILOVA

Investitsiya loyihasi

T/rKoʻrsatkichlar nomiOʻlchov birligiJamiShu jumladan:xususiy mablagʻlarOʻzRTTJ mablagʻlari1.Loyihaning umumiy qiymatiming AQSH doll.145 203,579 203,566 000,02.Kapital qoʻyilmalar summasi, jamiming AQSH doll.139 629,773 629,766 000,0shu jumladan:2.1.mashinalar va uskunalarming AQSH doll.138 978,872 978,866 000,0Erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta bilanming AQSH doll.138 978, 872 978,866 000,0milliy valyutadaming AQSH doll.ekv.2.2.qurilish-montaj ishlariming AQSH doll.ekverkin konvertatsiya qilinadigan valyutadamilliy valyutadaming AQSH doll.ekv2.3.Moliyaviy xarajatlarming AQSH doll.ekv5 573,85 573,8erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaming AQSH doll.3 498,03 498,0milliy valyutadaming AQSH doll.ekv2 075,82 075,82.4.dastlabki aylanma mablagʻming AQSH doll.ekverkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaming AQSH doll..milliy valyutadaming AQSH doll.ekv2.5.boshqa xarajatlarming AQSH doll.ekv650,9650,9erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaming AQSH doll.milliy valyutadaming AQSH doll.ekv650,9650,93.Mavjud boʻlgan asosiy fondlar qiymatiming AQSH doll.ekv605 767,0605 767,0erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaming AQSH doll.milliy valyutadaming AQSH doll.ekv4.Shu jumladan, uskunaning quvvatiMOGT 3D seysmik kompleksi (6000 kanal)700 kv. kmMOGT 3D seysmik kompleksi (9000 kanal)800 kv. kmElektrorazvedka stansiyasi6000 ta jismoniy nuqtaYuk koʻtarish qobiliyati 125 tonna boʻlgan burgʻilash qurilmasi (2 dona)yillik qazish — 27,5 ming pog. m gachaYuk koʻtarish qobiliyati 450 tonna boʻlgan burgʻilash qurilmasi (2 dona)Yuk koʻtarish qobiliyati 600 tonna boʻlgan burgʻilash qurilmasi (1 dona)5.Ish bilan band boʻlganlarning taxminiy soniqoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish nazarda tutilmagan6.Investitsiya davrining muddati24 oy7.Tashkil etiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymatiming AQSH doll.ekv139 629,78.Kredit va boshqa qarz mablagʻlarini berish muddatiYil10shu jumladan valyutaYil10

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-iyuldagi PQ-2564-son qaroriga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan kreditini qaytarishning prognoz jadvali

Kredit summasi— 66,0 mln. AQSH doll.Kredit muddati— 10 yil, shu jumladan 3 yil imtiyozli davrFoiz stavkasi— 2,5% (shu jumladan, bank marjasi 0,5%) yillikMajburiyatlar uchun— 0,3% (shu jumladan, bank marjasi 0,2%) yillik komissiyaTashkil etish komissiyasi— 0,3% (shu jumladan, bank marjasi 0,2%)Toʻlov muddatlariTanlanmaToʻlov miqdoriKomissiyaToʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa*asosiy qarzfoizlar*Tashkil etish uchunMajburiyat uchun2016-yil I yarim yilligi66 000,0198,0198,02016-yil II yarim yillik827,3827,32017-yil I yarim yillik822,7822,72017-yil II yarim yillik827,3827,32018-yil I yarim yillik822,7822,72018-yil II yarim yillik827,3827,32019-yil I yarim yillik4 400,0822,75 222,72019-yil II yarim yillik4 400,0772,15 172,12020-yil I yarim yillik4 400.0717.05 117,02020-yil II yarim yillik4 400,0661,85 061,82021-yil I yarim yillik4 400,0603,35 003,32021-yil II yarim yillik4 400,0551,54 951,52022-yil I yarim yillik4 400.0493.64 893,62022-yil II yarim yillik4 400,0441,24 841,22023-yil I yarim yillik.4 400,0383,94 783,92023-yil II yarim yillik4 400,0330,94 730,92024-yil I yarim yillik4 400,0275,84 675,82024-yil II yarim yillik4 400,0220,64 620,62025-yil I yarim yillik4 400,0164,54 564,52025-yil II yarim yillik4 400,0110,34 510,32026-yil I yarim yillik4 400,054,84 454,8Jami66 000,066 000,010 731,5198,00,076 929,5

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.