PQ-4938-son Qaror · 30.12.2020

Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4938
  • Qabul qilingan sana:30.12.2020
  • Kuchga kirgan sana:31.12.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4938/1680

[Koʻchirma]

“2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. 2021-yil 1-fevraldan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari — 434 000 soʻmdan 1 085 000 soʻmgacha etib belgilansin.

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-avgustdagi PF-6279-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 09/21/6279/0802-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)

2. 2021-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning 3-ilovasida koʻrsatilgan 2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrsin.

4. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:

a) budjet tashkilotlari boʻyicha:

budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga — 99,2 foiz;

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga — 0,4 foiz;

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,4 foiz;

b) boshqa toʻlovchilar boʻyicha:

budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga — 98,4 foiz;

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga — 0,8 foiz;

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.

5. Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Quyidagi soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi toʻliq hajmda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetida qoldirilsin:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;

qoʻshilgan qiymat soligʻi (mazkur qarorning 4-ilovasida koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno);

foyda soligʻi (mazkur qarorning 4-ilovasida koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soligʻi bundan mustasno).

Bunda, soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq toʻlovchilardan tushumlar (mazkur qarorning 4-ilovasida koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) inobatga olinadi.

Moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari oʻzgarishidan kelib chiqib, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar prognozini tasdiqlangan koʻrsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.

Belgilansinki, 2020-yil 4-chorak yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini oʻtkazish 2021-yil yanvar oyida amalga oshiriladi va 2020-yil uchun hisobotlarda aks ettiriladi.

7. 2021-yil uchun oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻim miqdori 1 grammiga 1 000 (bir ming) soʻm miqdorida saqlab qolinsin.

8. Belgilansinki, 2021-yilda Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan hollarda soliq toʻlovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.

9. 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun asosiy fondlarning har yillik, mikrofirma va kichik korxonalar uchun 3 yillik majburiy qayta baholash tartibi bekor qilinsin.

10. 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi oltin, palladiy, kumush va mis boʻyicha 15 foiz miqdorida;

rentabellik darajasidan kelib chiqib “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda soligʻi stavkalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

11. 2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

12. Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatining samaradorligi indikatorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi:

mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan samaradorlik indikatorlarining ijrosini taʼminlasin va monitoringini yuritsin;

hisobot choragi yakuni boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 20 sanasiga qadar mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan samaradorlik indikatorlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni shakllantirish hamda keyinchalik Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot berish uchun Moliya vazirligiga kiritsin.

Belgilansinki, mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan samaradorlik indikatorlarining ijrosini baholash vazirlik va idoralarning Ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

Moliya vazirligi 2022-yil uchun Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda barcha vazirlik va idoralarning budjetlari xarajatlarining samaradorlik indikatorlarini belgilagan holda maqsadli rejalashtirish tizimini joriy qilsin hamda 2022-yil uchun Budjetnomada aks ettirsin.

Rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qilish maqsadida vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining markaziy apparatlari tuzilmasida belgilangan shtat birliklari doirasida ichki audit xizmatlarini joriy qilsin.

13. Hisob palatasi va Moliya vazirligi mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan samaradorlik indikatorlarining ijrosi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Kadastr agentligi, “Oʻzdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelgacha qishloq xoʻjaligi yerlari bor yuridik shaxslar, jumladan dehqon xoʻjaliklariga yerlarni soliqqa tortish uchun normativ qiymatini yetkazsin.

15. Moliya vazirligi:

a) 2021-yil 1-aprelga qadar:

Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida maʼlumotlarni rasmiy veb-saytlarga joylashtirish tartibini;

Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar asosida yangilangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

b) 2021-yil 1-iyulga qadar Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarini, shuningdek, ushbu jamgʻarmalar budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim etish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

16. 2021-yil 1-yanvardan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tugatilsin, jamgʻarma hisobidan ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilmagan qismi hamda jamgʻarmaning joriy yil oxiriga qoldiq mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkazilishi taʼminlansin.

Belgilansinki, 2021-yilda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish xarajatlari doirasida moliyalashtiriladi.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5978-son Farmoniga 1-ilovada nazarda tutilgan tovarlarni (oq va boshqa shakardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi 2021-yil 31-dekabrga qadar qoʻllanilsin.

22. Moliya vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida belgilanadigan dasturlarda ishtiroki natijasida 2021-yil 1-yanvardan boshlab olingan bonuslar, mukofotlar koʻrinishidagi pul toʻlovlarining jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

23. Davlat soliq qoʻmitasiga 2021-yilda ajratilgan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6098-son Farmonida koʻzda tutilgan onlayn nazorat-kassa mashinalarining cheklari asosida sovrinli oʻyinlarni 2021-yilda oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga ruxsat berilsin.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2021-yil 1-yanvardan 9-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 30-dekabr,

PQ-4938-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga2-ILOVA

2021-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari

mln. soʻm T/r Budjet mablagʻlari taqsimlovchilarining nomi Summa 1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 3 691 921,3 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 1.1. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi 39 743,0 1.2. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi 4 098,7 1.3. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati 265 571,0 2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 852 040,3 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 2.1. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi 94 353,9 shundan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 7 547,7 2.2. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi 92 023,7 shundan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 18 208,5 2.3. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi 17 015,1 3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 1 313 140,0 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 3.1. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi 2 220,6 3.2. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi 180 000,0 4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 1 095 539,9 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 4.1. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi 87 723,9 shundan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 14 000,0 5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1 759 501,6 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 5.1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 6 050,4 5.2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi 14 761,3 5.3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 11 514,0 5.4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi 2 113,4 5.5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita 68 429,1 5.6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi 2 990,9 5.7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi 2 252,2 5.8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 11 058,2 shundan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 356,2 5.9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi 3 640,0 5.10. “Nurli jol” va “Ovozi tojik” gazetalari tahririyatlari 1 172,2 5.11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 3 962,4 5.12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi 8 566,7 5.13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 7 590,3 5.14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi 5 000,0 5.15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi 3 063,7 5.16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 416 963,0 shundan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 225 000,0 5.17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi 2 210,2 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi 832 245,9 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 6.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi 19 842,1 6.2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi 8 630,6 6.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti 20 965,9 6.4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 29 188,6 6.5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 53 575,5 6.6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 7 149,4 6.7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi 111 197,1 shundan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 23 000,0 7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 199 627,3 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 7.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi 45 782,2 7.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti 8 856,3 8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 1 375 709,6 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 8.1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi 602 289,5 shundan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 259 500,0 8.2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 161 718,5

Izoh. Mazkur ilovada koʻrsatilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlarini tasdiqlash va ularni oʻzgartirish Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga3-ILOVA

2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga4-ILOVA

Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati

T/r Soliq toʻlovchilarning nomi Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) 1. “Andijon gidroelektrstansiya” UK 200248365 2. “Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ 200595949 3. “Asia trans gas” MCHJ 206948470 4. “Baraka holding” MCHJ 305162024 5. “Bekobodsement” AJ 200459808 6. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ 202080378 7. “Chirchiq gidroelektrstansiyalar kaskadi” UK 200942018 8. “Chirchiq transformator zavodi” AJ 200941525 9. “Coca-cola ichimligi Uzbekiston, Ltd” MCHJ 200798458 10. “Coscom” MCHJ 201788904 11. “Epsilon development company” MCHJ 305922787 12. “Ertoshsoy gidroelektrstansiya” UK 207151221 13. “Farg'ona issiqlik elektr markazi” AJ 200202146 14. “Fargona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ 200202099 15. “Farg'onaazot” AJ 200202240 16. “Farxod GES” UK 202256591 17. “Gissarneftgaz” MCHJ 205678302 18. “GM O`zbekiston” AJ Xorazm filiali 207228908 19. “Nisorak gidroelektrstansiya” UK 206976058 20. “International beverages Tashkent” MCHJ 301975029 21. “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJ 200640719 22. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 306349304 23. “JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ 301305243 24. “Ketring” MCHJ 201676062 25. “Ko'kdumaloqgaz” MCHJ 205222807 26. “Maxam-Chirchiq” AJ 200941518 27. “Jarkurgonneftqaytaishlash” MCHJ 204917978 28. “Muborak issiqlik elektr markazi” AJ 200698044 29. “Natural gas-stream” MCHJ 207245357 30. “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ 200850647 31. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK 201204514 32. “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ 200003243 33. “Navoiyazot” AJ 200002933 34. “O`ztemiryo`lkonteyner” AJ 203607858 35. “Ohangaronsement” AJ 200463344 36. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ 202328794 37. “O'zaeronavigatsiya” markazi” DUK 201052000 38. “O'zavtosanoat” AJ 201053918 39. “Andijon gidroelektrstansiya-2” UK 207068774 40. “Katta Farg'ona kanalidagi kichik gidroelektrostansiyalar kaskadi” UK 305909492 41. “O'rta chirchiq gidroelektrstansiyalari kaskadi” UK 200439436 42. “Oxangaron gidroelektrostansiya” UK 301266689 43. “Tuyabo'g'iz kichik gidroelektrstansiya” UK 305916113 44. “Tuyamo'yin gidroelektrostansiyasi” UK 200209151 45. “Qodiriya gidroelektrstansiyalar kaskadi” UK 200605332 46. “O'zbekgidroenergo” AJ 304952767 47. “O'zbekiston metallurgiya kombinati” AJ 200460222 48. “O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 306347741 49. “O'zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ 200933985 50. “O'zbekiston temir yo'llari” AJ 201051951 51. “O'zbekneftgaz” AJ 200837914 52. “O'zbektelekom” AJ 203366731 53. “O'zelektroapparat-electroshield” AJ 201052167 54. “O'ztransgaz” AJ 200626188 55. “Perfect plast profil” AJ 303431839 56. “Qizilqumsement” AJ 200002878 57. “Quvasoycement” AJ 200124805 58. “Quyi-bo'zsuv gidroelektrstansiyalar kaskadi” UK 200588275 59. “Rubicon wireless communication” MCHJ 201501439 60. “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJ QK 202137344 61. “Samarqand gidroelektrstansiyalari kaskadi” UK 205240509 62. “Samarqand xalqaro aeroporti” MCHJ 200791776 63. “Shahrixon gidroelektro stansiyalar kaskadi” UK 205244122 64. “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ 203195074 65. “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ 201169179 66. “Tahiyatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ 200366401 67. “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ 201284979 68. “Tashkent tobacco” MCHJ 205442074 69. “To'palang gidroelektrostantsiya” UK 206695638 70. “To'raqo'rg'on issiqlik elektr stansiyasi” UK 306455520 71. “Toshkent gidroelektrstansiyalari kaskadi” UK 200796373 72. “Toshkent issiqlik elektr stansiya” AJ 200605388 73. “Toshkent issiqlikelektrmarkazi” AJ 200624673 74. “Toshkentvino kombinati” AJ 200547634 75. “Unitel” MCHJ 201838002 76. “Universal mobile systems” MCHJ 303020732 77. “Uzauto motors” AJ 200244767 78. “Uzauto trailer” MCHJ 302320834 79. “Uzbat” AJ 200987017 80. “Uzbekistan airways” AJ 306628114 81. “Uzbekistan airways technics” MCHJ 200640797 82. “Uzbekistan GTL” MCHJ 207041936 83. “VL Galperin nomidagi Toshkent truba zavodi” MCHJ 200897524 84. “Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ 200595838 85. “Jizzakh petroleum” MCHJ 304936120 86. “Hududgaztaʼminot” AJ 306605769 32 ta tijorat banklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga5-ILOVA

“Navoiy kon-togʻ metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-togʻ metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda soligʻi stavkalari

T/r Soliq solish obyekti Soliq stavkasi, foizda 1. Soliq solish bazasining, tovar (ish, xizmat) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 15 foiziga teng miqdordagi qismiga 15 2. Soliq solish bazasining qolgan qismiga 75

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga6-ILOVA

2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari

mln. soʻm Budjetlar nomi Aylanma kassa mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti 1 000 000,0 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti 28 200,0 Andijon viloyatining mahalliy budjeti 21 714,0 Buxoro viloyatining mahalliy budjeti 24 828,0 Jizzax viloyatining mahalliy budjeti 13 157,0 Qashqadaryo viloyatining mahalliy budjeti 22 709,0 Navoiy viloyatining mahalliy budjeti 12 100,0 Namangan viloyatining mahalliy budjeti 19 524,0 Samarqand viloyatining mahalliy budjeti 36 279,0 Surxondaryo viloyatining mahalliy budjeti 17 260,0 Sirdaryo viloyatining mahalliy budjeti 12 078,0 Toshkent viloyatining mahalliy budjeti 32 417,0 Fargʻona viloyatining mahalliy budjeti 26 900,0 Xorazm viloyatining mahalliy budjeti 17 747,0 Toshkent shahrining mahalliy budjeti 34 324,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga7-ILOVA

2021-yil uchun Davlat dasturlari va budjet xarajatlarining maqsadli indikatorlari

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2021-y., 07/21/5124/0487-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandida:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi uchinchi xatboshi “Bunda” soʻzidan keyin “qonun hujjatlariga asosan yuridik xizmat xodimi faoliyat yuritayotgan tashkilotda mazkur qarorda belgilangan miqdordan yuqori ustama belgilangan taqdirda, xuddi shu shakldagi ustama toʻlash yuqori miqdor boʻyicha amalga oshiriladi hamda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnining 17-bandida:

ikkinchi xatboshidagi “territorialnix finansovix organov” soʻzlari “territorialnix organov” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshining ikkinchi jumlasi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 3-ilovasidan 52-pozitsiya chiqarib tashlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-son “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori 1-ilovasining rus tilidagi matnining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Sredstva respublikanskogo budjeta Respubliki Uzbekistan, videlyayemie rasporyajeniyami Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PQ-3694-son “Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandida:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PQ-3818-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:

a) 2-bandda:

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;

b) 3-bandning beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari” soʻzlari “qonun hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) rus tilidagi matnining 1-ilovasining “2308 00” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 2308 00 Produkti rastitelnogo proisxojdeniya i rastitelnie otxodi, rastitelnie ostatki i pobochnie produkti, negranulirovannie ili granulirovannie, ispolzuyemie dlya kormleniya jivotnix, v drugom meste ne poimenovannie ili ne vklyuchennie 0 ”.

g) rus tilidagi matnining 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-iyuldagi PQ-3841-son “Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Xavfsiz daryo” DUKga daryo oʻzanlarini tozalash natijasida olingan qum-shagʻal materiallarining har bir kub metri uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlariga shartnoma tuzilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi va respublikaning boshqa hududlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi toʻlovlar”.

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 9-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PQ-3989-son “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandida:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“40 foiz — yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga, shundan (100 foiz deb hisoblanganda) 50 foizi miqdorida yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida foydalaniladi”.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandida:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:

a) 26-band quyidagi mazmundagi oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“2021-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlari, vazirliklar, idoralar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining:

xorijiy valyutadagi budjetdan tashqari mablagʻlari hisobi faqat Yagona gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi;

vaqtincha boʻsh turgan xorijiy valyutadagi mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, ularning soʻrovlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan elektron auksion orqali amalga oshiriladi;

tijorat banklari depozitlariga 2021-yilgacha joylashtirilgan xorijiy valyutadagi mablagʻlari depozit muddati tugagandan soʻng, muddat uzaytirilmasdan Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Bunda tijorat banklari depozitlariga kredit resursi sifatida maqsadli joylashtirilgan mablagʻlar mazkur resurs hisobiga berilgan kreditlar soʻndirilgandan soʻng Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”.

b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2020-yil uchun ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari

mln.soʻm T/r Budjet mablagʻlari taqsimlovchilarining nomi Summa 1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 5 719 017,6 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 1.1. Hukumatga qarashli boʻlmagan “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi 45 007,4 1.2. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi 4 035,2 1.3. Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi 1 459,3 1.4. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi 1 623 963,8 2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 627 414,3 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 2.1. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi 80 391,1 2.2. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi 71 801,0 shundan, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 927,5 2.3. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi 10 099,6 3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 678 038,6 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 3.1. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi 4 338,9 3.2. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi 100 000,0 4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 885 675,9 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 4.1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 5 194,7 4.2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi 3 491,8 4.3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 10 706,7 4.4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi 1 892,6 4.5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita 54 067,6 4.6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi 3 742,2 4.7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi 2 062,7 4.8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 15 981,2 shundan, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 5 850,0 4.9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi 1 568,1 4.10. “Nurli jol” va “Ovozi tojik” gazetalari tahririyatlari 1 079,9 4.11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 3 081,7 4.12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi 7 569,2 4.13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 4 728,9 4.14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi 927,9 4.15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 124 515,9 4.16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi 2 029,9 5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi 886 352,8 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 5.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi 17 215,6 5.2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi 8 141,6 5.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti 19 222,6 5.4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 101 940,1 5.5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 57 669,7 5.6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 4 947,0 5.7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi 122 919,4 6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 129 059,0 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 6.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi 43 033,9 6.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti 7 560,7 7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 932 609,7 shundan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar mablagʻlari: 7.1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi 271 624,4 7.2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 105 195,9

Izoh. mazkur ilovada koʻrsatilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlarini tasdiqlash va ularni oʻzgartirish Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-ilovasida:

39-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 39-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

52-pozitsiya chiqarib tashlansin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-son “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:

4-banddagi “Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan” degan soʻzlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7-bandning uchinchi xatboshidagi “2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan” degan soʻzlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-son “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida:

a) 1-bandning “a” kichik bandida:

ikkinchi xatboshi “qiymati” soʻzidan keyin “bir shartnoma boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan va umumiy qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan ortiq boʻlgan davlat xaridlari boʻyicha tender komissiyalari tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchilari majburiy tartibda kiritiladi”;

b) 4-bandning toʻrtinchi xatboshida “qiymati” degan soʻzdan keyin “bir shartnoma boʻyicha” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

16. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning “B” boʻlimida:

1.3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “ajratmalar” degan soʻz “xarajatlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;

1.3.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qonun hujjatlari bilan belgilangan stavkalar boʻyicha mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga ijtimoiy soliq”;

1.5.1.2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

17. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

18. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-son “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandida:

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.

19. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 1-ilovasining 11-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 11. Moliya vazirligi Budjet tashkilotlarini va budjet mablagʻlaridan foydalanuvchilarni taftish qilish va tekshirishlar natijalari boʻyicha Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadiga undirilgan rastratalar, talon-toroj, kamomad, noqonuniy xarajatlar summalari, shuningdek taftish va tekshirishlar natijalari boʻyicha paxta tozalash korxonalaridan undirilgan rastratalar, talon-toroj va kamomad summalari 8 Aksiyalarning davlat ulushidan dividendlar oʻz vaqtida budjetga oʻtkazilmaganligi uchun jarimalar summasi Xizmatlar koʻrsatilganligi uchun bojxona yigʻimlari va toʻlovlari koʻrinishida kelib tushgan tushumlar 2,5 Budjet soʻrovini, roʻyxatdan oʻtkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etish tartibini buzish uchun jarimalar summasi 100 Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish uchun jarimalar summasi 100 Tayyorlov tashkilotlarining foizsiz qarz ajratish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga muvofiq Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasining maqsadli mablagʻlarini qaytarish bilan bogʻliq oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki tegishli ravishda bajarmaganligi uchun jarimalar va penyalar summasi 100 ”.

20. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 1-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “yagona yer soligʻini” degan soʻzlar “qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻini (keyingi oʻrinlarda — yer soligʻi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “dehqon xoʻjaliklari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

b) 2-bandning oʻn birinchi xatboshi “yuridik shaxs” degan soʻzlardan keyin “shuningdek dehqon xoʻjaliklari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

v) 8-band va 34-bandning birinchi xatboshidagi “yagona yer soligʻini” degan soʻzlar “yer soligʻini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

g) 1-ilovada:

nomlanishida, “Tadbirlar” grafasining “5-bosqich”, “6-bosqich” pozitsiyalarida va “Muddatlar” grafasining “7-bosqich” pozitsiyasidagi “yagona yer soligʻini” degan soʻzlar “yer soligʻini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

“8-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 8-bosqich Yer soligʻini hisoblash va uning tushishini nazorat qilish. Davlat soliq qoʻmitasi Hisoblash, toʻlov muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan. ”.

21. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-avgustdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining — axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi “bitimlariga” degan soʻzidan keyin “davlat xaridlariga” degan soʻzlari bilan toʻldirilsin.

22. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxatida:

15-pozitsiyadagi “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

16-pozitsiyadagi “jamoat fondi” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

23. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi “a” kichik bandidagi “80 foizi” degan soʻzlar “20 foizi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

24. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:

4-banddan “bank hisobvaraqlariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

25-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

26-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida belgilangan tartibda ochiladigan valyuta hisobvaraqlariga” degan soʻzlar “chet el valyutasidagi Yagona gʻazna hisobvaraqlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

25. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi “Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish ishlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 459-son qarorida:

a) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan” degan soʻzlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 4-banddan “Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

v) ilovaning 2-bandida:

“s” kichik bandning:

oʻn birinchi xatboshidagi “2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi” degan soʻzlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;

oʻn uchinchi xatboshidagi “Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan zarur mablagʻlarni talabgor joylashgan hududdagi tuman budjeti” degan soʻzlar “Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;

oʻn toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oʻn beshinchi xatboshi oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;

“x” kichik bandida:

“8-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi” degan soʻzlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;

“9-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “talabgor joylashgan hududdagi tuman budjeti” degan soʻzlar “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;

“10-bosqich” pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

“11-bosqich” pozitsiyasining “Bosqich” ustunidagi “11-bosqich” degan soʻzlar “10-bosqich”degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

26. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yigʻimlari stavkalarining 3-pozitsiyasi “Bojxona yigʻimi turi” ustuni “b” kichik bandining birinchi xatboshidagi “koʻzdan kechiruvni” degan soʻzlar “bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

27. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-noyabrdagi “Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 718-son qarori 5-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “mahalliy budjetining” degan soʻzlar “hokimligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari boʻlinmalarini saqlash xarajatlarini oʻz ichiga olgan holda Namangan shahar budjetining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga9-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 37-ilovasi 29-bandi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4022-son “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qarori 33-ilovasining 10-bandi “b” kichik bandi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-oktabrdagi PQ-4470-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori ilovasining 2-bandi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi va 9-ilovasi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyuldagi PQ-4406-son “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarorining 14-bandi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-apreldagi PQ-4665-son “Tamaki mahsulotlari bozorini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi va ilovasi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-iyundagi PQ-4739-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining 1-1-bandi.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 812-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qarori.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-son “Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaroriga ilovaning 1-bandi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.