Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamlarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–1741-sonli Farmonining 2-bandida koʻzda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2008-yilning 1-apreliga qadar uzaytirilsin.
2. Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy-bezak sanʼati buyumlari asosiy turlarining yangilangan roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi PF–1741-sonli Farmoniga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-mart,
PF-3588-son