PQ-5008-son Qaror · 25.02.2021

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5008
  • Qabul qilingan sana:25.02.2021
  • Kuchga kirgan sana:25.02.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5008/0172

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2019-yil 15-aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Qozogʻiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlgan mehnatkash-migrantlar va Oʻzbekiston Respublikasidagi Qozogʻiston Respublikasining fuqarolari boʻlgan mehnatkash-migrantlarning mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani Qozogʻiston tomoniga yuborsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 25-fevral,

PQ-5008-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.