PF-6222-son Farmon · 10.05.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-6222
  • Qabul qilingan sana:10.05.2021
  • Kuchga kirgan sana:10.05.2021
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/21/6222/0446

“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida aholining faol dam olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-6122-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 10-may,

PF-6222-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-maydagi PF-6222-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-6122-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. 2021-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:

14-may — juma;

2-sentabr — payshanba;

3-sentabr — juma;

31-dekabr — juma”.

2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. 2021-yilda dam olish kunlari:

27-mart — shanba kunidan 22-mart — dushanba kuniga;

17-iyul — shanba kunidan 21-iyul — chorshanba kuniga;

24-iyul — shanba kunidan 22-iyul — payshanba kuniga koʻchirilsin”.

3. 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2021-yil 2-yanvar — shanba, 20-mart — shanba, 22-mart — dushanba, 15-may — shanba, 21-iyul — chorshanba, 22-iyul — payshanba va 4-sentabr — shanba kunlari barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qatʼi nazar, dam olish kunlari hisoblanadi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.