PQ-5133-son Qaror · 02.06.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5133
  • Qabul qilingan sana:02.06.2021
  • Kuchga kirgan sana:03.06.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5133/0515

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6240-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Texnik jihatdan tartibga solish agentligi) quyidagi qoʻshimcha vakolatlar berilsin:

mutasaddi idoralar tomonidan xalqaro standartlar va texnik reglamentlarning jadal joriy etilishini muvofiqlashtirib borish;

mahsulotlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarni buzganlikda aybdor boʻlgan tayyorlovchilar (ishlab chiqaruvchilar), sotuvchilar va ijrochilarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash boʻyicha sudga murojaat qilish;

korxonalarda texnik reglament va standartlar talablariga rioya etmaganlik uchun korxona va tarmoq rahbarlariga taqdimnomalar kiritish;

texnik reglamentlar, standartlar va qonunchilikda belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish va reyestrini yuritish.

2. Quyidagilar:

(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.02.2024-y., 06/24/41/0166-son)

(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.02.2024-y., 06/24/41/0166-son)

Hududlarda sanoat tarmoqlari kesimida 2021-2022-yillarda tashkil etiladigan sinov laboratoriyalari manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;

Tarmoqlar va mahalliy korxonalarda standartlashtirish, mahsulot sifatini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar va hisobotlarni eshitib borish sxemasi 4.1 va 4.2-ilovalarga muvofiq;

Tarmoqlar va sanoat korxonalarida 2021-2022-yillarda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish reja-jadvali 5-ilovaga muvofiq;

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va metrologiya sohasini rivojlantirishning asosiy indikatorlari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Sanoat tarmoqlari rahbarlari mazkur qarorning 3 va 4.1-ilovalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan hisobotlarni har oyda Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) kiritib borsin.

Hukumat komissiyasi mazkur qarorning 6-ilovasida keltirilgan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va metrologiya sohasini rivojlantirishning asosiy indikatorlari roʻyxati boʻyicha har yillik koʻrsatkichlarni tasdiqlasin va ijrosi yuzasidan Texnik jihatdan tartibga solish agentligining hisobotini eshitib borsin.

4. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga:

zarur hollarda, Texnik jihatdan tartibga solish agentligining va uning tizimidagi boshqa tashkilotlarning tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish;

mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ishga jalb etish huquqi berilsin.

5. Belgilansinki:

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi “Oʻzstandart” agentligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti xodimlari mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlariga koʻra Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi;

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining taqdimnomasiga asosan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori oʻrinbosarlari hamda uning tarkibidagi tizim tashkilotlari rahbarlari agentlik bosh direktori taqdimnomasiga asosan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori maqomi‚ mehnatga haq toʻlash‚ moddiy ragʻbatlantirish‚ tibbiy va transport xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga oʻrindoshlik asosida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xodimini tayinlashga ruxsat etiladi;

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi uchun moliyaviy va maʼmuriy jarimalar Texnik jihatdan tartibga solish agentligining maxsus jamgʻarmasiga toʻliq oʻtkaziladi va ushbu mablagʻlarning 50 foizdan kam boʻlmagan qismi mahalliy korxonalar tomonidan xalqaro standartlarni xarid qilish va joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladi.

6. Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish faoliyatiga xalqaro tajribaga asoslangan holda ixtiyoriy tus berish va tartibotini soddalashtirish maqsadida:

akkreditatsiyadan oʻtishga buyurtma berishda sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya sohasiga tashqi koʻrik tavsiflarini (instrumental va organoleptik tahlillardan tashqari) kiritishi talabi bekor qilinadi;

muvofiqlikni baholash organlari xodimlarini sifat boʻyicha ekspert-auditorlikka attestatsiyadan oʻtkazish va sertifikatlashtirish majburiy talablari bekor qilinadi;

qonunchilik hujjatlarida muvofiqlikni baholash xizmatlarini koʻrsatish uchun yagona idoralarni belgilashga (mudofaa va davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadlaridan tashqari) yoʻl qoʻyilmaydi.

7. Quyidagilarga:

Standartlar institutiga xalqaro standartlashtirish tashkilotlari va xorijiy davlatlarning standartlashtirish idoralarining qoidalari va shartnomalariga muvofiq, xalqaro va xorijiy davlatlar standartlarini respublikada tarqatishga va ushbu tashkilotlarga badallarni toʻlab berishga;

Standartlar instituti va Milliy metrologiya institutiga ilmiy-texnik loyihalar rahbarligiga ilmiy darajaga ega xodimlarni (fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD), fan doktorlari (DSc) fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etishga ruxsat berilsin.

8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va metrologiya sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarga oylik ish haqi toʻlanishida, tegishli yoʻnalish boʻyicha 7-ilovada keltirilgan xalqaro va xorijiy tashkilotlarning bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikatiga ega boʻlganda uning amal qilishi davrida, biroq 2 yildan koʻp boʻlmagan muddat davomida, oylik maoshiga nisbatan — 20 foiz, ekspert sifatida roʻyxatga olinganda oylik maoshiga nisbatan — 40 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haq toʻlash tizimini joriy etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan etalonlar roʻyxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorning 8-ilovasida qayd etilgan yillarda etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini xarid qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni nazarda tutsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar standartlarning yalpi ichki mahsulot oʻsishiga va tashqi savdo aylanmasiga ijobiy taʼsirini baholash boʻyicha uslubiy qoʻllanmani xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ishlab chiqsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasining yillik investitsiya dasturlarini shakllantirishda, respublikada sinov imkoniyatlari mavjud boʻlmagan yoʻnalishlar boʻyicha, oʻzlashtirilayotgan yangi mahsulotlarning xalqaro talablarga muvofiqligini tasdiqlashni taʼminlaydigan sinov laboratoriyalarini tashkil etishni investitsiya loyihalari doirasida yoki alohida loyiha sifatida inobatga olish amaliyoti joriy etilsin.

12. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi:

a) 2021-yil 1-avgustga qadar standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan yangilashni toʻliq yakunlasin. Bunda, ishlab chiqarish korxonalariga 2023-yil 1-yanvarga qadar yangi standartlarga oʻtish muddati belgilansin va amaldagi standartlardan foydalanishga ruxsat berilsin;

b) 2021-yil 1-noyabrga qadar inson omilini kamaytirish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali toʻliq avtomatlashtirish choralarini koʻrsin;

v) xorijiy davlatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasida faoliyat olib boruvchi yetakchi tashkilotlarida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari mutaxassislarini oʻqitish va malakasini oshirib borish boʻyicha samarali tizimni joriy etsin;

g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi va Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti toʻgʻrisidagi nizom loyihalarini;

Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi va “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi amaldagi qonunlari normalarini oʻz ichiga oluvchi yangi “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini, shuningdek, yangi tahrirdagi “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi va “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarini kiritsin;

d) sanoat tarmoqlarida tashkil etiladigan laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishga koʻmaklashsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 9-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

14. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 2-iyun,

PQ-5133-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.02.2024-y., 06/24/41/0166-son)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.02.2024-y., 06/24/41/0166-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-son qaroriga3-ILOVA

Mahsulotlar sinovlarini xalqaro talablarga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlovchi, sanoat tarmoqlari tomonidan tashkil etiladigan laboratoriyalar

Izoh:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qarori 9-bandiga muvofiq tasdiqlangan Avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni toʻla-toʻkis sinovdan oʻtkazishni taʼminlash uchun mahalliy laboratoriyalarni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash boʻyicha Kompleks dastur asosida “Oʻzavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar tasarrufidagi 25 ta sinov laboratoriyalari bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinadi*;

loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganidan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi**.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-son qaroriga4.1-ILOVA

Tarmoqlar va mahalliy korxonalarda standartlashtirish, mahsulot sifatini taʼminlashga qaratilgan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-son qaroriga4.2-ILOVA

Tarmoqlar va mahalliy korxonalarda standartlashtirish, mahsulot sifatini taʼminlashni oʻrganish va hisobotini eshitib borish ketma-ketligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-son qaroriga5-ILOVA

Tarmoqlar va sanoat korxonalarida 2021-2022-yillarda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-son qaroriga6-ILOVA

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va metrologiya sohasini rivojlantirishning asosiy indikatorlari

1. Xalqaro standartlarni qabul qilish va milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish.

2. Profilaktika tadbirlarini onlayn tarzida hamda joyiga chiqqan holda oʻtkazish.

3. Texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida faoliyat koʻrsatayotgan kadrlar malakasini oshirish.

4. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

5. Qiyoslash laboratoriyalarini modernizatsiya qilish.

6. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish maqsadida axborot tizimlarini joriy qilish.

7. Milliy texnik qoʻmitalarning xalqaro tashkilotlar texnik qoʻmitasiga aʼzoligini taʼminlash.

8. Ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejment tizimlarini joriy etish.

Izoh: Hukumat komissiyasi tomonidan mazkur indikatorlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.*

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-son qaroriga7-ILOVA

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya sohasidagi xalqaro tashkilotlar

1. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO);

2. Xalqaro elektr texnika komissiyasi (IEC);

3. Sertifikatlangan auditorlarning xalqaro reyestri (IRCA);

4. Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (GLOBAL G.A.P.);

5. Yevropa standartlashtirish qoʻmitasi (CEN);

6. Yevropa elektrotexnika standartlashtirish qoʻmitasi (CENELEC);

7. Yevropa telekommunikatsiya standartlari instituti (ETSI);

8. Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF);

9. Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC);

10. Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS);

11. Qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti (OIML);

12. Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi (BIPM);

13. Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi (KOOMET);

14. Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP).

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-son qaroriga8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan etalonlar

Izoh:

Etalon va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalarining qiymati oʻzgaruvchan boʻlib, texnik vazifalarni ishlab chiqish va shartnomalar tuzish davriga qarab aniqlanadi.

Mazkur roʻyxatga Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

*Oʻzbekiston Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2935-son qarorida xarid qilinishi nazarda tutilgan etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalari roʻyxati (10 dona — 2,9 mln doll.);

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-son qaroriga9-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-martdagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3643-son qarorida:

a) 3-band va qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

b) 4-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Markaz direktori manfaatdor vazirliklar, idoralar, nodavlat tashkilotlar vakillari, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar orasidan tashkil etiladigan Akkreditatsiya boʻyicha kengashning tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”;

v) 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Markazning tuzilmasini va shtatlarini tasdiqlash”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3818-son qarorining 3-bandida:

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4059-son qarorida:

a) 7-bandda:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 11-bandning birinchi xatboshisida “Oʻzstandart” agentligi qoshida Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti” soʻzlari “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 12-bandda:

birinchi xatboshida ““Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi va uchinchi xatboshilarda tegishli kelishikdagi “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston standartlar instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 13-bandda:

ikkinchi-uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin va quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti tuzilmasi 8-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlari davlat inspektorlarining cheklangan soni 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 153 nafar, shu jumladan markaziy apparati — 66 nafar etib belgilansin”.

d) 14-bandda:

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirdagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

“Agentlik va Departamentning yuqori malakali, tashabbuskor xodimlariga Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlash fondining ikki baravari miqdorigacha qoʻshimcha haq toʻlash, mukofotlash va boshqa ragʻbatlantirish tusidagi hamda kompensatsiya toʻlovlarni amalga oshirish;

Departament xodimlariga qoʻshimcha haq, mukofot va boshqa ragʻbatlantirish tusidagi hamda kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash uchun Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rivojlantirish maxsus jamgʻarmasiga kelib tushayotgan mablagʻlarning 20 foizigacha miqdorini Departamentning budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish”;

oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;

e) 5, 6 va 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

j) 8-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga 8-ILOVA

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining jami cheklangan soni — 87 nafar

Davlat inspektorlarining cheklangan sonini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan koʻpaytirishga ruxsat berilsin.”.

z) 9-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga 9-ILOVA

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlari davlat inspektorlarining

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qarori bilan tasdiqlangan Ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladigan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxatining 3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-4135-son qarorining 7-bandi:

quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Vazirlik “Oʻzbekekspertiza” AJ aksiyalarining davlat paketlari boʻyicha aksiyador vazifasini amalga oshiradi”;

ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4998-son qarorining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“11. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvarga qadar zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi.

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga mazkur bandda nazarda tutilgan kompensatsiya berishning vaqtinchalik tartibini tasdiqlash vakolati berilsin”.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-5011-son qarori 7-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“eksport qiluvchi elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan tovarlar ular boʻyicha toʻlovlarni kechiktirib toʻlash sharti bilan eksport qilinganda, ularning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etiladi. Bunda, ushbu resurslar hisobidan kreditlar toʻlovlar kechiktirilgan muddatga va eksport qilinayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda yillik 4 foizli stavka (shundan, 2 foizi bank marjasi) bilan ajratiladi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.