Hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos jun yoʻnalishlaridagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish, ozuqa bazasini rivojlantirish, teri va junni qayta ishlash, ulardan yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash, yaylov maydonlarida tabiiy ravishda oʻsuvchi kavrak plantatsiyalari zaxiralaridan barqaror foydalanish, shuningdek, pillachilik tarmogʻi ozuqa bazasini koʻpaytirish, eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida:
1. Belgilansinki:
a) 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar:
har yili yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi;
tutzorlarni sugʻorish uchun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qoʻllaniladi;
b) oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar jun yoʻnalishidagi qoʻylarni, shuningdek, qoʻlda jun yigirish, ipak matolari, gilam va kigiz toʻqish uskunalarini sotib olishga ham yoʻnaltiriladi;
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PF-24-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2023-y., 06/23/24/0096-son)
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4539-son qarori 9-bandida nazarda tutilgan moliyalashtirish tartibi, istisno tariqasida, qoʻlda jun yigiruvchi, gilam va kigiz toʻquvchi hamda qoʻy va echki terilaridan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi hunarmandlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarori bilan Moliya vazirligi tomonidan qorakoʻlchilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 200 milliard soʻm mablagʻ ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki:
a) mazkur mablagʻlarning 50 milliard soʻm qismi 1-bosqich sifatida jun yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlardagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan loyihalarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda kredit ajratishga yoʻnaltiriladi.
Bunda, ixtisoslashtirilgan tumanlarda mazkur mablagʻlar hisobidan:
respublika iqlimiga mos jun yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni import qilish orqali ularning soni oshiriladi;
yaylovlarda ozuqabop ekinlarni yetishtirish hajmi va yem ishlab chiqarish quvvatlari oshiriladi, jun qirqish va yigʻish shoxobchalari tashkil etiladi;
junni qayta ishlash quvvatlari tashkil etiladi hamda aholi junni qayta ishlash va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish yoʻnalishida hunarmandchilikka oʻrgatiladi;
b) 2-bosqichda — 2022-yil 1-aprelga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlar 1-bosqich mablagʻlarining ishlatilishi natijalariga koʻra tijorat banklari orqali belgilangan tartibda kredit ajratishga yoʻnaltiriladi.
3. Quyidagilar:
Hunarmandchilik asosida qoʻlda shoyi matolar, shu jumladan aʼlo baxmal toʻqish hajmini oshirish va toʻqilgan matolarni respublikada keng targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2021 — 2025-yillarda pillachilik klasterlari tomonidan tutzorlarda hamda paxta va gʻalla maydonlari atrofida tut koʻchatlarini ekish prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, 2-ilovaga muvofiq ekiladigan tut koʻchatlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi pillachilik klasterlarining mablagʻlari hisobidan ekiladi.
4. 2021 — 2025-yillarda:
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi har yili 30 million tup;
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti har yili 10 million tup tut koʻchatlari yetishtirib berishni taʼminlasin.
5. Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi va uyushma aʼzolarining:
Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasini Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) deb qayta nomlash;
Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasini “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) deb qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
6. Belgilansinki, Qoʻmitaning doimiy egaligidagi yaylovlar hududida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan dorivor oʻsimliklarni, shu jumladan kavrak oʻsimligini yigʻish, ekish va yetishtirish Qoʻmita bilan tuzilgan ijara shartnomalari asosida va unda belgilangan hududlarda amalga oshiriladi.
7. Quyidagilarga qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
a) Qoʻmitaga:
junni qayta ishlash sanoatida raqobatni rivojlantirish, jun yetishtirish va uni qayta ishlash yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash;
junni qayta ishlashga hunarmandlarni keng jalb qilish orqali aholi bandligini taʼminlashga va ularning daromadini oshirishga koʻmaklashish;
xorijiy investitsiyalar, jumladan xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish yoʻli bilan sohani rivojlantirish;
b) Uyushmaga:
jun yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish, jun ishlab chiqarish hajmini oshirish va uni chuqur qayta ishlash;
Qoʻmitaning doimiy egaligidagi yaylovlar hosildorligini oshirish, yaylov oʻsimliklari urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish va kavrak plantatsiyalarini tashkil etishga koʻmaklashish, shuningdek, tabiiy holda oʻsuvchi kavrak oʻsimliklaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos keladigan ozuqabop oʻsimliklar hamda kavrakni plantatsiyalarda yetishtirishni tashkil etish va tayyor mahsulotni yetkazib berish boʻyicha takliflar tayyorlash;
(7-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116--sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida yetishtirish hajmini koʻpaytirish choralarini koʻrish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport hajmini oshirish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish.
kavrak plantatsiyasini tashkil etuvchilarga plantatsiya tashkil etish va xom ashyo yetishtirish yuzasidan metodik yordam koʻrsatish va tavsiyalar ishlab chiqish;
ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni kavrak yetishtirish jarayoniga joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
kavrak yetishtirishga jalb etiladigan mutaxassislarni plantatsiyalarda agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish boʻyicha oʻqitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilib, eksportga sotilgan har bir dona qorakoʻl va qorakoʻlcha terilari uchun;
yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiya Qoʻmita tomonidan beriladi.
Moliya vazirligi 2022-yildan boshlab budjet parametrlarini shakllantirishda tegishli mablagʻlarning Qoʻmitaga ajratib borilishini taʼminlasin.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2022-yil 1-yanvarga qadar Qoʻmita taklifiga asosan qoʻy va uning goʻshti hamda goʻsht va ipak mahsulotlarini eksport qilishda import bojlarini bekor qilish masalasini shunday import bojlari mavjud boʻlgan xorijiy davlatlar bilan oʻtkaziladigan hukumatlararo komissiya majlislarining kun tartibiga kiritsin.
10. Qoʻmita:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar Fargʻona, Namangan va Andijon viloyatlarida, 2025-yilga qadar respublikaning boshqa hududlarida qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilishga subsidiya ajratish tizimidan keng foydalangan holda, aʼlo baxmal ishlab chiqarish hajmini 1 million metrga yetkazish choralarini koʻrsin. Bunda, Fargʻona viloyati hokimligi va tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik asosida Fargʻona viloyatining tumanlarida Ipakchilik-hunarmandchilik markazlarini tashkil etish tajribasi Namangan va Andijon viloyatlarida ham tatbiq etilishi taʼminlansin;
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Turizm va sport vazirligi hamda Transport vazirligi bilan birgalikda xalqaro tadbirlarda ishtirok etuvchi hamda taʼlim muassasalarida, avia va temir yoʻllar tizimida xizmat koʻrsatuvchi ayollar kiyimida, shuningdek, respublikaning diqqatga sazovor joylarida milliy ipak matolaridan foydalanish boʻyicha amaliy choralarni koʻrsin.
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoʻmitaning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, har yili 1-oktabrga qadar keyingi yil uchun qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplashga beriladigan subsidiyalar miqdorini shakllantirsin va belgilangan tartibda ajratib borilishini taʼminlasin.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari:
tumanlarda zamonaviy pillani qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun yetarli boʻlgan ozuqa bazasining yaratilishini;
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda ishsiz aholi roʻyxatining shakllantirilishini, ular pillachilik klasterlariga biriktirilishini hamda pilla yetishtirib, daromad topish boʻyicha targʻibot ishlarining olib borilishini taʼminlasin.
13. Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ipak qurti urugʻchiligi, tutchilik va choʻl-yaylov ozuqabop ekinlar seleksiyasi, yetishtirish agrotexnikasi sohasidagi mavjud muammolarning ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan tadqiqot loyihalarining tanlov asosida shakllantirilishini va zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
14. Davlat bojxona qoʻmitasi Qoʻmita bilan birgalikda qoʻlda toʻqilgan gilamlar eksporti hajmini oshirish maqsadida xorijiy davlatlardan respublika hududiga olib kirilayotgan tayyor va yarim tayyor gilamlarni “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlab, eksport qilishda tadbirkorlik subyektlariga barcha zaruriy sharoitlarni yaratsin.
15. Qoʻmita, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi va uning tarkibidagi korxonalarning 2022-yilda yetishtiriladigan pilla (tirik pilla) xarid narxini 10 foizga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
16. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga ularda yetishtirilib eksportga sotilgan har bir dona qorakoʻl va qorakoʻlcha terilari hamda yetishtiriladigan pilla (tirik pilla) hosili uchun subsidiyalar ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha axborot kiritib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-iyul,
PQ-5178-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PQ-5178-son qaroriga1-ILOVA
Hunarmandchilik asosida qoʻlda shoyi matolar, shu jumladan aʼlo baxmal toʻqish hajmini oshirish va toʻqilgan matolarni respublikada keng targʻib qilish boʻyicha
T/r Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Masʼul ijrochilar Qoʻl mehnatiga moʻljallangan uskunalar xarid qilishga subsidiya ajratish tizimini takomillashtirish 1. Ipak mato va gilam toʻqish dastgohlarini xarid qiluvchi pillachilik korxonalari roʻyxati va mazkur dastgohlarni xarid qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotni shakllantirish. 2021-yil 15-iyul “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Shakllantirilgan roʻyxat va maʼlumotga asosan pillachilik tashkilotlariga qoʻlda ipak mato va gilam toʻqish dastgohlarini xarid qilish uchun belgilangan tartibda subsidiya mablagʻlarini ajratish. 2021-yil 1-avgust Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi Aʼlo baxmal matosini ishlab chiqarishni jadallashtirish 2. Fargʻona viloyati hokimligi va tadbirkorlar hamkorligida davlat-xususiy sheriklik asosida qoʻl mehnatiga moʻljallangan uskunalarni xarid qilishga subsidiya ajratish tizimidan keng foydalangan holda Fargʻona viloyatining 13 ta tumanida (Oltiariq, Bagʻdod, Beshariq, Buvayda, Dangʻara, Fargʻona, Furqat, Quva, Toshloq, Soʻx, Uchkoʻprik, Oʻzbekiston va Yozyovon) jami 5,2 million AQSH dollari ekvivalentidagi investitsiya mablagʻlarini jalb qilish orqali (har bir tumanda 400 ming AQSH dollari) Hunarmandlar markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2021-2022-yillar Fargʻona viloyati hokimiyati, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Ushbu markazlarda 3,9 ming nafar xotin-qizlarning aʼlo baxmal toʻqishda bandligini taʼminlash va yiliga 236 ming metr aʼlo baxmal ishlab chiqarish. 2022-yil yakuniga qadar 3. Andijon viloyati hokimligi va tadbirkorlar hamkorligida davlat-xususiy sheriklik asosida hunarmandlar markazlari faoliyatini viloyatning 14 ta tumanida jami 5,6 million AQSH dollari (har bir tumanda 400 ming AQSH dollari) miqdorida investitsiya kiritish orqali yoʻlga qoʻyish. Ushbu markazlarda 4,2 ming nafar xotin-qizlarning aʼlo baxmal toʻqishda bandligini taʼminlash va yiliga 254 ming metr aʼlo baxmal ishlab chiqarish. 2022-yil yakuniga qadar Andijon viloyati hokimiyati, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 4. Namangan viloyati hokimligi va tadbirkorlar hamkorligida davlat-xususiy sheriklik asosida hunarmandlar markazlari faoliyatini 11 ta tumanda jami 4,4 million AQSH dollari (har bir tumanda 400 ming AQSH dollari) miqdorida investitsiya kiritish orqali yoʻlga qoʻyish. Ushbu markazlarda 3,3 ming nafar xotin-qizlarning aʼlo baxmal toʻqishda bandligini taʼminlash va yiliga 200 ming metr aʼlo baxmal ishlab chiqarish. 2022-yil yakuniga qadar Namangan viloyati hokimligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Sifatli ipak matolar ishlab chiqarishni va ularning savdosini tashkil qilish 5. Respublikada ipak mato toʻqishga ixtisoslashgan korxonalarda zamonaviy mato toʻqish uskunalarini oʻrnatish ishlarini jadallashtirish. 2021-yil 1-dekabr “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Respublikaning barcha hududlarida ipak matolar (aʼlo baxmal) va ulardan toʻqilgan kiyimlar savdosiga ixtisoslashgan maxsus doʻkonlarni tashkil qilish. 2021-yil 1-noyabr “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xalqaro moda koʻrgazmalarida ipak matolardan toʻqilgan modellar bilan qatnashish va shu orqali milliy matolarimizni keng targʻib qilish. Doimiy “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Madaniyat, sport va turizm sohasida milliy ipak matolarni targʻib qilish 6. Respublika miqyosida hamda hududlarda oʻtkaziladigan madaniy tadbirlar va bayramlarda ishtirokchilarning kiyimlarida hamda bayram oʻtkaziladigan maydonlar (amfiteatr, madaniyat saroylari va boshqalar), avtomobil yoʻllari va piyodalar yoʻlaklari chetlarini milliy qadriyatlarimizni targʻib qilgan holda bayramona bezashda atlas, adras, shoyi va aʼlo baxmal matolaridan keng foydalanish choralarini koʻrish. Doimiy Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Respublikadagi turistlar tashrif buyuradigan madaniy va tarixiy obida (obyekt)larda ishlovchi ayol xodimlarning ish kiyimlarida milliy “ikat” tasviri tushirilgan shoyi matolardan foydalanish choralarini koʻrish. Doimiy Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 7. Xalqaro va milliy darajadagi sport musobaqalarida (olimpiada, xalqaro va milliy sport chempionatlari, xalqaro sport anjumanlari) ayol sportchilarning kiyimlarini milliy “ikat” elementlari bilan boyitish. Doimiy Turizm va sport vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasining transport operatorlari tomonidan milliy ipak matolarni targʻib qilish 8. Yangi ochiladigan metro bekatiga “Ipakchilik” nomini berish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan ipak matolar ekspozitsiyasini va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisidagi videoroliklarni namoyish etish uchun metro bekatida maxsus joy ajratish. 2021-2022-yil “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Transport vazirligi 9. Milliy bayramlarimiz arafasida aeroportlar, temir yoʻl vokzallari va avtovokzallarni bezashda atlas, adras, shoyi va aʼlo baxmal matolardan keng foydalanish. Doimiy Transport vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi 10. “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida milliy qadriyatlarimizni namoyon yetuvchi milliy ipak matolar, tayyor kiyim-kechaklar va ipakli aksessuarlar “Showroom” markazini tashkil qilish. “Showroom” markazini tashkil qilish uchun 100 kv.m joyni shartnoma asosida milliy ipak matolar, tayyor kiyim-kechaklar va ipakli aksessuarlarni sotuvchi tashkilotlarga ajratish. 2021-yil 1-avgust Transport vazirligi, “Uzbekistan airports” AJ, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi 11. Transport vazirligi huzuridagi yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi davlat korxonalari va davlat ulushi mavjud transport tashkilotlarida yoʻlovchilarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi ayol xodimlarning maxsus kiyimlarida milliy ipak mato elementlaridan foydalanish. Forma kiyimi reja boʻyicha yangilangan paytda Transport vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, “Uzbekistan airways” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Taʼlim tizimida milliy ipak matolarni targʻib qilish 12. Maktablarda ipakchilik tarixi boʻyicha ochiq darslarni tashkil etish. Doimiy Xalq taʼlimi vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Oliy taʼlim muassasalari va litseylarda oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ishtirokchilari, taʼlim muassasalarining turli yoʻnalishlardagi tanlov musobaqalari jamoalari, toʻgarak va klublar aʼzolari, milliy bayramlar arafasida talaba qizlarning kiyimlari milliy atlas, adras, shoyi va aʼlo baxmal matolardan boʻlishini taʼminlash. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Joylarda ipak matolarni targʻib qilish 13. Respublika hududlarida milliy matolarimizning aholi oʻrtasida oʻziga xos qadr-qimmatga ega ekanligini hamda xotin-qizlar tomonidan atlas, adras, shoyi va aʼlo baxmal mato�ardan tikilgan kiyimlarni milliy kiyim sifatida kiyilishi toʻgʻrisida mahallalarda oʻtkaziladigan uchrashuvlarda keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish. Doimiy Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PQ-5178-son qaroriga2-ILOVA
2021 — 2025-yillarda pillachilik klasterlari tomonidan tutzorlarda hamda paxta va gʻalla maydonlari atrofida tut koʻchatlarini ekish
ming tup T/r Korxonalar nomi Tumanlar nomi 2021-yil kuz mavsumi 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Turtkul Silk Carpets” MCHJ Toʻrtkoʻl 133 1 193 1 568 365 257 2. “Boʻston-Silk” MCHJ Ellikqalʼa 227 1 193 1 568 365 257 3. “KKR Ipak Cluster” MCHJ Beruniy 57 1 172 1 540 358 252 4. “Jayxun Silk” MCHJ Amudaryo 235 1 275 1 680 393 277 Jami 651 4 832 6 356 1 481 1 042 Andijon viloyati 5. “Andijan Silk Co” MCHJ Andijon 338 1 603 2 133 489 339 6. “Andijon Xanoy ipagi” MCHJ Baliqchi 427 1 732 2 311 531 368 7. “Asaka Ipagi” MCHJ Asaka 115 1 153 1 513 345 238 8. “Oltin Zar Ipagi” MCHJ Oltinkoʻl 142 1 249 1 645 376 260 9. “Sapfir Sanoat” MCHJ Shahrixon 1 1 178 1 548 353 244 10. “Xarir Tola” MCHJ Jalaquduq 261 1 498 1 988 456 316 Jami 1 284 8 413 11 138 2 550 1 764 Buxoro viloyati 11. “Romstar” QK Romitan 76 1 706 2 274 521 360 12. “Buxoro Brilliant Silk” MCHJ Peshku 392 1 603 2 133 488 338 13. “Kumushkent ipagi” MCHJ Vobkent 201 1 599 2 127 487 337 14. “Silk Service” MCHJ Buxoro 31 1 603 2 133 488 338 15. “G'ijduvon ipag tola” MCHJ Gʻijduvon 492 2 010 2 694 618 428 16. “Olot ipak tolasi” MCHJ Olot 671 2 039 2 733 627 435 17. “Qorako'l ipak cluster” MCHJ Qorakoʻl 774 2 503 3 372 775 538 Jami 2 637 13 062 17 466 4 003 2 773 Jizzax viloyati 18. “Silk Expert Processing” QK Doʻstlik 531 1 595 2 122 487 338 19. “Zomin asl ipak tolasi” XK Zomin 307 1 291 1 704 390 269 20. “Al Abbos silk” MCHJ Arnasoy 523 1 568 2 085 478 332 21. “G'allaorol silk eksport” MCHJ Gʻallaorol 249 1 458 1 934 443 307 Jami 1 609 5 912 7 845 1 798 1 246 Qashqadaryo viloyati 22. “Radiant Silk” QK MCHJ Qarshi 152 1 679 2 237 511 353 23. “Koson silk” MCHJ Koson 497 2 715 3 665 840 582 24. “Kasbi silk” MCHJ Kasbi 502 1 834 2 451 560 387 25. “Chiroqchi-tolasi” MCHJ Chiroqchi 291 1 703 2 270 519 358 26. “Shahrisabz Silk Praduktion” MCHJ Shahrisabz 517 1 824 2 437 557 385 27. “Yakkabog' silk production” MCHJ Yakkabogʻ 778 2 458 3 311 759 525 Jami 2 737 12 213 16 371 3 746 2 590 Navoiy viloyati 28. “Qiziltepa pilla xazinasi” XK Qiziltepa 381 2 024 2 712 636 451 29. “AL-AZIZ IPAGI” MCHJ Navbahor 303 1 813 2 422 567 401 30. “Navoiy Silk Produktion” MCHJ Nurota 20 836 1 077 244 168 31. “Ipak qurti urug'i” MCHJ Karmana 126 1 183 1 554 359 250 32. “Xatirchi pilla xazinasi” MCHJ Xatirchi 449 2 276 3 059 720 511 Jami 1 279 8 131 10 825 2 526 1 779 Namangan viloyati 33. “VERIGROW IPAGI” MCHJ Mingbuloq 141 1 303 1 719 397 276 34. “SilkRow” MCHJ Yangiqoʻrgʻon 176 1 215 1 598 368 256 35. “FABRICTEX” MCHJ Uchqoʻrgʻon 70 1 178 1 548 356 247 36. “GOLDEN SILK” MCHJ Namangan 41 1 230 1 620 373 259 37. “MARJON TOLA FAYZ” MCHJ Uychi 1 1 183 1 554 358 248 38. “ZILOL SILK” MCHJ Toʻraqoʻrgʻon 64 1 256 1 655 381 265 39. “SOF IPAK INVEST” MCHJ Chortoq 82 1 272 1 676 387 269 Jami 574 8 637 11 371 2 619 1 821 Samarqand viloyati 40. “Elbek TRJ” MCHJ Pastdargʻom 543 1 576 2 096 480 332 41. “Ishtixon silk” MCHJ Ishtixon 528 1 576 2 096 480 332 42. “Jomboy silk” MCHJ Jomboy 773 1 684 2 245 515 357 43. “Oqdaryo ipagi” MCHJ Oqdaryo 502 1 576 2 096 480 332 44. “Tayloq ipagi” MCHJ Toyloq 433 1 462 1 940 444 307 45. “Kumush Tola” XK Kattaqoʻrgʻon 163 1 639 2 182 500 346 46. “Samarkand silk ao” MCHJ Narpay 453 1 587 2 110 484 335 47. “Ziyovuddin silk” MCHJ Paxtachi 323 1 566 2 082 477 330 48. “Zar oltin pilla” MCHJ Bulungʻur 324 1 446 1 916 438 303 49. “Urgut Silk Fiber Company” MCHJ Urgut 581 1 525 2 025 464 321 50. “Payariq ipagi” MCHJ Payariq 246 1 530 2 031 465 322 Jami 4 867 17 167 22 820 5 227 3 618 Surxondaryo viloyati 51. “Surxon Ipagi” MCHJ Sherobod 172 1 363 1 802 413 286 52. “Nuashen Silkworm Pro” MCHJ Angor 171 1 363 1 802 413 286 53. “Silk village” MCHJ Jarqoʻrgʻon 214 1 514 2 009 461 320 54. “Inter Silk Pro” QK MCHJ Termiz 171 1 363 1 802 413 286 55. “Silk town” MCHJ Qumqoʻrgʻon 214 1 514 2 010 461 320 56. “Sino Silk” MCHJ Denov 258 1 514 2 010 462 320 Jami 1 201 8 632 11 435 2 623 1 818 Sirdaryo viloyati 57. “AGRO GLOBAL” MCHJ Sirdaryo 353 1 380 1 826 421 294 Toshkent viloyati 58. “RAVNAQ-SILK” MCHJ Bekobod 170 1 305 1 723 398 277 59. “Toshkent Silk PRO” MCHJ Boʻka 235 1 302 1 717 396 276 60. “TURON SILK” MCHJ Oqqoʻrgʻon 148 1 274 1 680 387 270 61. “JINJUZ SILK CO” MCHJ Ohangaron 182 1 222 1 608 370 257 62. “TCT Agrocluster” MCHJ Quyichirchiq 134 1 228 1 617 372 259 63. “BIO FARM ELIT” MCHJ Yangiyoʻl 184 1 186 1 558 358 249 64. “Oltin pilla 2020” MCHJ Chinoz 177 1 206 1 587 365 254 65. “Javoxir Silver Silk” MCHJ Boʻstonliq 197 1 248 1 644 379 264 Jami 1 427 9 972 13 135 3 026 2 105 Fargʻona viloyati 66. “NURLI TONG SILK” MCHJ Oʻzbekiston 244 1 510 2 005 458 317 67. “BESNARIQ IPAGI” MCHJ Beshariq 217 1 626 2 165 495 343 68. “DANG'ARA IPAGI” MCHJ Dangʻara 247 1 542 2 048 468 324 69. “Silk World Business” MCHJ Bagʻdod 141 1 331 1 758 401 277 70. “VODIL IPAK YIGIRUV” SHK Fargʻona 273 1 542 2 048 468 324 71. “VODIY MARJONI” KTICHF Soʻx 177 984 1 279 290 199 72. “Uchko`prik ipagi” MCHJ Uchkoʻprik 204 1 415 1 874 428 296 73. “TOSNLOQ SILK” MCHJ Toshloq 226 1 437 1 904 435 300 Jami 1 728 11 386 15 081 3 445 2 378 Xorazm viloyati 74. “Bog'ot silk CO” MCHJ Bogʻot 75 1 549 2 060 473 328 75. “KNIVA SILK FABRIC” MCHJ Xiva 74 1 691 2 255 519 360 76. “Shovot silk” MCHJ Shovot 50 1 445 1 915 439 305 77. “XORAZM PILLA XOLDING” MCHJ Yangiariq 88 1 572 2 090 480 333 Jami 287 6 257 8 319 1 911 1 327 Respublika boʻyicha jami: 20 633 115 994 153 987 35 377 24 555