PQ-5267-son Qaror · 25.10.2021

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5267
  • Qabul qilingan sana:25.10.2021
  • Kuchga kirgan sana:25.10.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5267/0993

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlash hamda ushbu resurslar narxi keskin oʻsishining oldini olish, shuningdek, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida:

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)

2. Belgilansinki:

2022-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz soligʻi solinmaydi;

tadbirkorlik subyektlariga tabiiy va suyultirilgan gazni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning toʻlanishini taʼminlash talab etilmagan holda, kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi beriladi.

3. Quyidagilar:

tabiiy gazni, shuningdek, aholiga suyultirilgan gazni realizatsiya qilish tartibga solinadigan tariflar (narxlar) boʻyicha amalga oshirilishi;

tabiiy gazni, shuningdek, aholiga suyultirilgan gazni uning sotib olish narxidan (tannarxidan) past narxda realizatsiya qilishda, soliqlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan belgilangan narxdan kelib chiqib hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

4. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar mazkur qarordan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.A. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 25-oktabr,

PQ-5267-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.