PF-101-son Farmon · 08.04.2022

Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-101
  • Qabul qilingan sana:08.04.2022
  • Kuchga kirgan sana:09.04.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/22/101/0288

2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, inklyuziv va barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish orqali kambagʻallikni ikki barobarga qisqartirish, iqtisodiyotda raqobatni taʼminlash, tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish, bozor munosabatlariga toʻlaqonli oʻtishni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, xususiy investitsiyalar hajmini keskin oshirish hamda biznes doiralarning ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida:

1. Quyidagilar iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda xususiy sektorning rolini oshirish, barcha tarmoq va sohalarda xususiy sektorning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

xususiy mulk daxlsizligi va tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash borasidagi institutsional va maʼmuriy islohotlarni davom ettirish hamda bu borada qonun ustuvorligini taʼminlash;

qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini shaffof tarzda xususiylashtirish mexanizmlaridan, eng avvalo, xususiy investorlarni jalb qilishning muhim omili sifatida foydalanish hamda yerlarni auksionga chiqarishda ularning jozibadorligini oshirish uchun infratuzilma va boshqa zaruriy sharoitlarni yaratib berish;

davlat ishtiroki saqlanib qolayotgan tovar va xizmatlar bozorini erkinlashtirish hamda ushbu sohalarga xususiy sektorning kirib kelishi uchun sharoit yaratish, monopoliyaga qarshi organning institutsional salohiyati va vakolatini kuchaytirish orqali sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish;

“tartibga soluvchi gilotina” usulini manzilli qoʻllash orqali imtiyozlar, eksklyuziv huquq va ustunliklarni bekor qilish;

davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish hamda xususiylashtirishni jadallashtirish, iqtisodiyotda samarasiz ishlayotgan korxonalar ulushini kamaytirish hisobiga sifat jihatidan yangi, xususan, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillariga asoslangan investitsiyalar va ishlab chiqarish unumdorligi yuqori boʻlgan texnologiyalarning koʻpayishini ragʻbatlantirish;

pul va kapital bozorlarini yanada erkinlashtirish hisobiga moliya bozoridagi turli segmentlarning rivojlanishiga turtki berish, shu orqali xususiylashtirilgan va transformatsiya jarayonidagi korxonalarga oʻz faoliyatini moliyalashtirishning muqobil manbalarini shakllantirishga sharoit yaratish;

iqtisodiyotning drayver tarmoqlari, xususan, togʻ-kon, neft-gaz, kimyo, qurilish materiallari sanoati va boshqa sohalarni kafolatlangan xom ashyo bazasi bilan taʼminlash uchun geologiya-qidiruv ishlariga, qazib chiqarish va qayta ishlash jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilishni jadallashtirish, mineral xom ashyo bazasi zaxiralarini koʻpaytirishni qoʻllab-quvvatlash;

energiya resurslari, transport va kommunikatsiya bozorlarini rivojlantirish va sohaga xususiy investitsiyalar kirib kelishi uchun sharoitlar yaratish;

ichimlik va oqova suv taʼminoti, issiqlik taʼminoti, obodonlashtirish, yoʻl qurilishi, aviatsiya infratuzilmasi sohalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini keskin koʻpaytirish;

barcha soha va tarmoqlarda korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishiga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish va unga qarshi ayovsiz kurashish;

davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shu jumladan “komplayens” nazorat tizimini keng joriy etish, xaridlar tizimi shaffofligini taʼminlash orqali korrupsiyaning oldini olish.

2. Xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlarini (davlat aksiya paketlari, ulushlari, koʻchmas mulk obyektlari) sotib olgan investorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida:

qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda qonunchilikda belgilangan tartibda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;

(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2024-y., 06/24/135/0696-son)

(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)

(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)

boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz (4 va 5-toifadagi tumanlarda joylashgan mulk huquqi asosidagi yer uchastkalari boʻyicha kamida 15 foiz) miqdoridagi dastlabki toʻlovni oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy muddatda toʻlagan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi berilsin;

(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur bandning uchinchi xatboshisi bilan joriy etilayotgan davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqini berish boʻyicha tartibni ishlab chiqib tasdiqlasin.

3. 2022-yil 1-maydan boshlab roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi koʻchmas mulk obyektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berilsin:

Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000 AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 180 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari;

boshqa hududlarda — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 85 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari.

Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish va yashash guvohnomasini olish uchun asos boʻlmaydi.

(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga 6-ilovaga muvofiq xorijiy mamlakatlar fuqarolariga koʻchmas mulk sotib olish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish uchun talab etiladigan koʻchmas mulk qiymati miqdori Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 400 000 AQSH dollaridan 300 000 AQSH dollari ekvivalentigacha kamaytirilsin.

5. Iqtisodiyotda raqobat muhitini yanada yaxshilash va xususiy sektor oldidagi byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:

(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

a) oxirgi kalendar yilida tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravaridan oshmaydigan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar yoxud shaxslar guruhini (tabiiy monopoliya subyektlari, davlat xaridlari va birja savdolari ishtirokchilari, mahsulotlarining narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tashqari) tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqe egallagan deb eʼtirof etmaslik hamda ularga nisbatan monopoliyaga qarshi choralarni qoʻllamaslik;

b) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab, raqobatga qarshi harakatlarni sodir etgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan quyidagilar uchun moliyaviy jarimalarni qoʻllash:

tovar va moliya bozorida raqobatni cheklashga olib keluvchi kelishuvlar (kelishib olingan harakatlar) va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish;

tovar va moliya bozoridagi ustun (monopol) mavqeni hamda yuqori muzokara ustunligini suiisteʼmol qilganlik, ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarini asossiz oshirganlik va insofsiz raqobat;

xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) sotib olish boʻyicha bitimlar tuzishda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik;

ommaviy savdolarda raqobatga zid harakatlar amalga oshirganlik va monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik.

Vazirlar Mahkamasi 2022-yil 1-iyulga qadar moliyaviy jarimalarning aniq miqdorlari va ularni qoʻllash tartibini nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin. Bunda, undirilgan moliyaviy jarimalar summasini toʻliq Davlat budjetiga yoʻnaltirish hamda raqobatga qarshi harakatlarning boshqa turlari uchun ham javobgarlik nazarda tutilsin;

(5-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)

v) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab, quyidagilar uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan xomashyo, tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanishi va realizatsiya qilinishini (koʻrsatilishini) noqonuniy cheklash;

litsenziyalash, roʻyxatga olish, akkreditatsiyadan oʻtkazish va ruxsat berish vakolati berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilish;

monopoliyaga qarshi organ talabiga koʻra, zarur hujjat va axborotlarni taqdim etmaganlik, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etganlik.

Vazirlar Mahkamasi 2022-yil 1-iyulga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin;

(5-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)

g) 1-ilovada nazarda tutilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq xususiy sektorni keng jalb qilish hamda eksklyuziv huquqlarni bekor qilish orqali mavjud monopoliyalarni bartaraf etish;

d) 2023-yil 1-yanvardan boshlab Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan har yili Oliy Majlis Senatiga axborot beriladigan Raqobat rivojlanishi indeksini joriy qilish.

(5-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat xizmatlari va funksiyalarini bajarishga xususiy sektorni keng jalb etishni jadallashtirish boʻyicha qaror loyihasini kiritsin.

7. Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari yoki norezidentlari boʻlgan mijozlar uchun ularning shaxsiy ishtirokisiz qimmatli qogʻozlar uchun depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratsin.

8. Moliya vazirligining 2022-yil 1-maydan boshlab norezident jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlari (dividendlar, foizlar va fraxtdan olinadigan daromadlardan tashqari) boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkasini 12 foiz miqdorida belgilash haqidagi taklifi maʼqullansin.

Moliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksiga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, shuningdek, soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni taqdim etishni tartibga solish maqsadida:

a) 2022-yil 1-maydan boshlab:

tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlarni yaratish uchun cheklangan subyektlarga tatbiq etilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari 2-ilovaga muvofiq tarmoqlardagi barcha subyektlar uchun tatbiq etilsin;

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha 2020-yil 1-iyulga qadar maʼqullangan va Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan olinadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinsin. Mazkur norma tijorat banklari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yangi tuziladigan bitimlar (rasmiylashtirish shakli va usulidan qatʼiy nazar) asosida olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) tatbiq etiladi;

b) ayrim soliqlar va bojxona imtiyozlari 3-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich bekor qilinsin;

v) Vazirlar Mahkamasi xatlov natijasiga koʻra aniqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan taqdim etilgan ayrim soliqlar va bojxona imtiyozlarining amal qilishini davom ettirish zaruriyatini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, 2022-yil 1-avgustga qadar ularni bekor qilish yuzasidan taklif kiritsin;

g) 2022-yil 1-iyuldan boshlab:

bojxona bojlari boʻyicha imtiyozlar faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan berilsin. Bunda, Tarif va notarif tartibga solish kengashi xulosasi olinishi majburiy hisoblansin;

tarmoq vazirlik va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari sohani va (yoki) hududni rivojlantirish uchun berilgan alohida soliq va bojxona imtiyozlari samaradorligi toʻgʻrisidagi hisobotlarni yil yakunlari boʻyicha har yili 1-martga qadar Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etib borsin.

10. Moliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda:

a) 2022-yil 1-mayga qadar tajribali investitsiya bankini jalb etib, 2022-yil yakuniga qadar “Oʻzbekneftgaz” AJning, shu jumladan aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali kamida 49 foiz ulushini, shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini xususiylashtirish ishlarini boshlasin;

b) 2022-yil 1-noyabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyasi xulosalari asosida “Oʻzbekgidroenergo” AJni isloh qilish strategiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

(10-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son)

Bunda, yangi kichik va oʻrta gidroelektrostansiyalarni qurishda xususiy sektor ishtirokidagi, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik berilsin;

v) 2022-yil 1-sentabrga qadar “Uzbekistan airways” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushining savdoga chiqarilishini, shu jumladan aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) ishlarini boshlasin;

g) 2022-yil 1-avgustga qadar xalqaro investitsiya banki va konsultantlarni jalb etgan holda, “UzAuto Motors” AJ aksiyalar paketining 10 foizgacha qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtirsin (IPO) va bu korxonaning qolgan ulushini hamda “UzAuto Motors Powertrain” AJ, “Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJni strategik investorlarga sotish strategiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻztransgaz” AJning magistral tarmoqlarini toʻliq davlat ixtiyorida saqlab qolishni nazarda tutgan holda, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2023-yil yakuniga qadar, “Oʻztransgaz” AJ tomonidan 2024-yil yakuniga qadar xalqaro kredit reytingi qoʻlga kiritilishi, moliyaviy intizomga qatʼiy rioya etgan holda mustaqil ravishda xalqaro banklar va kapital bozoridan mablagʻ jalb etishga erishilishini;

xalqaro moliya institutlari va konsultantlar xulosalari asosida 2022-yil 1-sentabrga qadar “Hududgaztaʼminot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatini takomillashtirish, jumladan ularning operatsion samaradorligini oshirish, sohaga xususiy sektorni jalb qilish, bunda tajriba tariqasida, dastlab oʻn toʻrtta shahar va tumanda, aholi uchun belgilanadigan tariflarni oshirmagan holda tabiiy gaz va elektr energiyasini ulgurji xarid qilish va sotish funksiyasini xususiy operatorga berish boʻyicha qaror qabul qilinishini taʼminlasin.

12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:

a) ikki oy muddatda “Uzbekistan Airports” AJning Toshkent shahridagi va hududiy xalqaro aeroportlarini modernizatsiya qilish va operatsion samaradorligini oshirish uchun xususiy sektorga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, Fargʻona vodiysidagi aeroportlarni maqbullashtirish orqali ulardan samarali foydalanish choralari nazarda tutilsin;

b) bir oy muddatda Jahon bankini jalb etib, 2022-yil 1-iyunga qadar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJni transformatsiya qilish, rivojlantirish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilishini taʼminlasin.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJni transformatsiya qilish boʻyicha maxsus ishchi guruh 4-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.

Ishchi guruh (J. Qoʻchqorov) 2022-yil 1-avgustga qadar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJni transformatsiya qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini kiritsin:

oʻzining yoʻlovchi va yuk vagonlariga ega xususiy operatorlar faoliyatini rivojlantirish hamda temir yoʻl transporti xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan shaffof va moslashuvchan tarif tizimini yaratish yoʻli bilan tarif siyosatini takomillashtirish;

temir yoʻl transporti korxonalarida operatsion va biznes jarayonlar samaradorligini oshirish, shu jumladan xizmat koʻrsatuvchi va isteʼmolchi oʻrtasidagi munosabatlarni raqamli transformatsiya qilish yoʻli bilan integratsiyalash;

temir yoʻl orqali ichki va xalqaro yuk hamda yoʻlovchi tashuvlarini davlat-xususiy sheriklik yoki franshiza asosida xususiy sektorga berish;

v) 2022-yil 1-avgustga qadar xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida jamoat transporti faoliyatiga xususiy sektorni, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirishga jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.

Vazirlar Mahkamasi 2022-yil 1-dekabrga qadar Toshkent shahri misolida Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqib, joriy etishni boshlasin.

13. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasini isloh qilish boʻyicha maxsus ishchi guruh 5-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.

Ishchi guruh (T. Ishmetov) ikki oy muddatda sohada nazorat va xoʻjalik funksiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, xususiy sektor korxonalarini jalb qilish, budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimidan pudrat va ishlab chiqarish korxonalarini chiqarish orqali uni isloh qilish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

14. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va jalb qilingan professional konsultantlar bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar “Oʻzbektelekom” AK va “Oʻzbekiston pochtasi” AJni isloh qilish strategiyasi ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun kuzatuv kengashiga kiritilishini taʼminlasin.

15. Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) boshqaruv organlarining faoliyati samaradorligini, masʼuliyati va javobgarligini oshirish maqsadida belgilab qoʻyilsinki:

2022-yil 1-apreldan keyin ijro organi rahbari sifatida tayinlangan (qayta tayinlangan) shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ijro organi rahbari boʻlishi mumkin emas;

2022-yil 1-maydan boshlab kuzatuv kengashi aʼzolaridan iborat Strategiya va investitsiyalar qoʻmitasi, Audit qoʻmitasi, Tayinlovlar va haq toʻlash qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qoʻmitasi tashkil etiladi;

kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi boʻyicha saylangan aʼzolar faoliyati korxonada transformatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish, korxonaning tashqi qarzlarini optimallashtirish, zamonaviy xarid tizimini joriy etish, ushbu Farmonda nazarda tutilgan talablarni bajarish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga muqobil mablagʻlarni jalb etish kabi mezonlar asosida baholanadi.

(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son)

17. Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 6-ilovada koʻrsatilgan aksiyadorlik jamiyatlarida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan maxsus boshqaruv tizimini joriy etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:

jamiyat kuzatuv kengashining Strategiya va investitsiyalar qoʻmitasi raisi uning mustaqil aʼzolari orasidan tayinlanadi va mazkur qoʻmitaga korxonaning transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlarini doimiy boshqarish vazifalari yuklatiladi;

jamiyat ijro organi rahbarining transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi va unga boʻysunadigan loyiha ofisi tashkil etiladi;

jamiyat ijro organi rahbarining transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosariga ijro organining barcha rahbar oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalar transformatsiyaga tegishli masalalar boʻyicha hisobdor boʻladi;

jamiyat ijro organi rahbarining transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari va loyiha ofisining xarajatlar smetasi kuzatuv kengashi tomonidan alohida tasdiqlanadi;

jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan ijro organi rahbariga xususiylashtirish jarayonlarini, shu jumladan aksiyalarni ommaviy joylashtirishni (IPO) sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirganligi uchun alohida mukofot (mazkur Farmonning 16-bandida koʻzda tutilgan ragʻbatlantirishdan tashqari) yoki amalga oshirmaganlik uchun javobgarlik choralari belgilanadi.

18. Davlat ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiyotdagi ishtirokini cheklash va qisqartirish maqsadida, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida nazarda tutilmagan hollarda:

asosiy faoliyatiga xos boʻlmagan yangi koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish yoki qurish;

raqobat rivojlangan sohada asosiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanish;

(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)

asosiy faoliyatiga xos boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etish yoki undagi ulushni sotib olish taqiqlansin.

Belgilansinki, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan asosiy faoliyatiga xos boʻlgan yangi koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish yoki qurish hamda xoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi ulushni sotib olish, shuningdek, asosiy faoliyatidan tashqari qoʻshimcha faoliyat bilan shugʻullanish kuzatuv kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

19. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

davlat ishtirokidagi korxonalar va davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan tijorat banklari tomonidan mulkni begonalashtirish, uni sotish shakli va mexanizmi, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning tarkibidagi korxonalar ustav kapitaliga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritish boʻyicha kelishuvlari (bitim, shartnoma, memorandum va boshqalar) majburiy tarzda ushbu korxonalar kuzatuv kengashi bilan kelishilgandan keyin tuziladi;

davlat ishtirokidagi korxonalarning homiylikka sarflanadigan har yilgi xarajatlari oʻtgan yilda olingan sof foydaning 3 foizidan oshmasligi kerak hamda bu xarajatlar ular biznes-rejasining oʻtgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi koʻrsatkichlari bajarilganda amalga oshiriladi (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno).

20. Davlat soliq xizmati organlariga xoʻjalik jamiyatlarida davlat ulushi boʻyicha dividendlar miqdorini belgilashda moliyaviy natijaning toʻgʻri shakllantirilishi ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.

21. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 2022 — 2024-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning sohalar kesimidagi “Yoʻl xaritasi” 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

22. Moliya vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va uni qisqartirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

23. Mazkur Farmonda belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida:

Bosh vazir A.N. Aripov boshchiligida Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuzilsin va uning tarkibi 8-ilovaga muvofiq;

Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda xususiy sektorning rolini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

24. Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh (A.N. Aripov):

bir oy muddatda ijro muddatlari va masʼullarning vazifasini aniq belgilagan holda, har bir korxona boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarning tarmoq jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

6-ilovada nazarda tutilgan korxonalarning kuzatuv kengashlari raislari va ijro organi rahbarining transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarining ishini muhokama qilib, ular faoliyatini muvofiqlashtirsin va nazorat qilsin;

har bir korxona rahbarining mazkur Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini soʻzsiz va belgilangan muddatlarda taʼminlash borasidagi hisobotini eshitib borsin, zarur hollarda ularning oʻz lavozimiga loyiqligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin;

davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan loyihalarning ijro holati boʻyicha vazirlik va idoralar rahbarlarining shaxsiy hisobotini har chorakda tanqidiy muhokama qilib borsin;

zarur hollarda, davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilgan alohida investitsiya loyihalarining samaradorligi va natijadorligini mustaqil auditorlik kompaniyasini jalb qilgan holda baholash tashabbusi bilan chiqsin.

(24-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 10-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 11-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

27. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 8-aprel,

PF-101-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga 1-ILOVA

Xususiy sektorni keng jalb qilish hamda eksklyuziv huquqlarni bekor qilish orqali mavjud monopoliyalarni bartaraf etish boʻyicha

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga 2-ILOVA

2022-yil 1-maydan boshlab tarmoqlardagi barcha tadbirkorlik subyektlari uchun tatbiq etiladigan soliq va bojxona imtiyozlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga 3-ILOVA

Bekor qilinayotgan ayrim soliq va bojxona imtiyozlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga 4-ILOVA

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJni transformatsiya qilish boʻyicha maxsus ishchi guruh

Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga 5-ILOVA

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasini isloh qilish boʻyicha maxsus ishchi guruh

Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga 6-ILOVA

Xususiylashtirish va transformatsiya qilish boʻyicha maxsus boshqaruv tizimi joriy etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari

1. “Oʻzbekneftgaz” AJ

2. “Oʻztransgaz” AJ

3. “Hududgaztaʼminot” AJ

4. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

5. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

6. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

7. “Oʻzbekgidroenergo” AJ

8. “Uzbekistan airways” AJ

9. “Uzbekistan airports” AJ

10. “Oʻzavtosanoat” AJ

11. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

12. “Oʻzbektelekom” AK

13. “Navoiy KMK” AJ

14. “Olmaliq KMK” AJ

15. “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ

16. “Oʻzkimyosanoat” AJ

17. “Navoiyazot” AJ

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga 7-ILOVA

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 2022 — 2024-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning sohalar kesimida

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/86/0456-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga 8-ILOVA

Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh

Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

(8-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga 9-ILOVA

Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda xususiy sektorning rolini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi

(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga 10-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4933-son Farmonida:

a) 1-bandda:

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga teng ulushlarda yoʻnaltiriladi, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi tasarrufida qoladigan mablagʻlar bundan mustasno”;

toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5005-son Farmonining 8-bandi “bojxona rasmiylashtiruvlari uchun yigʻimlardan” soʻzlaridan keyin “va qoʻshilgan qiymat soligʻidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5044-son Farmonining 5-bandida:

a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5052-son Farmonining 6-bandida:

a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son Farmonining 13-bandida:

a) yettinchi xatboshi “toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

b) sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5326-son Farmonida:

a) 8-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“a) asosiy faoliyat turi tematik xiyobonlar xizmatlarini tashkil qilish boʻlgan yuridik shaxslarni ular tomonidan tematik xiyobonlar 2022-yil 1-iyuldan kechiktirmay foydalanishga topshirilganda foydalanishga topshirilgan sanadan eʼtiboran 3 yil muddatga — yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yer soligʻi va mol-mulk soligʻi, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan”;

b) 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5388-son Farmonining 7-bandi ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5630-son Farmonida:

a) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “yer uchastkalariga boʻlgan huquqni va” soʻzlari “qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara va mulk huquqini hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 6-bandda:

“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning (ushbu bandning “v” va “g” kichik bandlari bundan mustasno):

87 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;

10 foizi — Jamgʻarmaga;

3 foizi — Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga”;

“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar:

90 foizi — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga teng ulushlarda;

10 foizi — Jamgʻarmaga”;

quyidagi mazmundagi “g” va “d” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

“g) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara yoki mulk huquqini sotishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlarida aniq davlat aktivini sotishdan tushgan mablagʻlarni boshqa maqsadlarga toʻliq yoki qisman yoʻnaltirish koʻzda tutilgan taqdirda, mazkur bandning “b” va “v” kichik bandlari mablagʻlarning qolgan qismiga nisbatan tatbiq etiladi”.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5666-son Farmonining 11-bandi ikkinchi xatboshisidagi “(xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno)” soʻzlari “(qonunchilik hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno), avtomototransport vositalarni hamda boshqa asosiy vositalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmonining 4-bandida:

a) oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6096-son Farmonining 12-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“davlat ulushlarini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan oldi-sotdi shartnomalari doirasida belgilangan grafikka asosan qisman toʻlovni amalga oshirgan xaridorlarga toʻliq toʻlovlar amalga oshirilgunga qadar ulush qiymatining toʻlangan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividendlar olish huquqi asosida shakli Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan “tasarruf etish huquqisiz” egalik sertifikati beriladi, bundan davlat ulushi jamiyatning oʻziga sotilgan holatlar mustasno”.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6167-son Farmonida:

a) quyidagi mazmundagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:

“3-1. “UzAssets” AJ investitsiya kompaniyasi ustav kapitaliga berish orqali sotilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni sotishdan tushgan mablagʻlar (“UzAssets” AJ Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan saqlash xarajatlari, jumladan, korxonalarni sotishdan oldingi tayyorlash va sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chegirgan holda) har chorakda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Bunda, ushbu aktivlarni sotishdan tushgan mablagʻlar boʻyicha “UzAssets” AJ foyda soligʻi hamda toʻlov manbaidan ushlab qolinadigan dividendlardan olinadigan soliq summasini toʻlashdan ozod etiladi”;

b) 1-ilovada:

ilova matnining (“**” va “***” belgili izohlar hamda roʻyxatning ularga havola qiluvchi pozitsiyalardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-son Farmonining 1-ilovasi 15-bandi bilan bayon etilgan tahriri haqiqiy emas deb hisoblansin;

ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2021-yilda savdoga chiqariladigan davlat aktivlarining

ROʻYXATI

Izoh.

1. Ushbu ilovada koʻrsatilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning (aktivlarni savdolarga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chegirgan holda) 95 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladi, 5 foizi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi tasarrufida qoldiriladi.

2. Obyektlar ulush yoki mulkiy majmua sifatida savdolarga chiqariladi. Ulush sifatida chiqarilganda ushbu ilovada koʻrsatilgan obyektlar jamiyat ustav fondiga balans qiymatida beriladi.

3. Sotish shartlari va usullari (jumladan professional tashkilotlarni jalb etish zarurati) Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

4. Obyektlarning maydoniga kadastr hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi.

5. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar boshqaruv organlari qarorlari asosida ushbu ilovada koʻrsatilgan obyektlar yuridik shaxslarning davlat va xoʻjalik jamiyati ulushini obyektning balans qiymatiga kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish orqali savdoga chiqariladi.

* “Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushi va unga operativ boshqaruvga berilgan davlat koʻchmas mulk obyekti jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish uchun balans qiymatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi.

** “Beldirsoy oromgohi” dam olish maskani, “Chorvoq oromgohi” dam olish maskani va “Qizil suv sport sogʻlomlashtirish” MCHJ davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning (aktivlarni savdolarga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chegirgan holda) 90 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga va 5 foizi Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi, 5 foizi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi tasarrufida qoldiriladi.

*** “Ichan qalʼa” mehmonxona majmuasi davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning (aktivlarni savdolarga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chegirgan holda) 90 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga va 5 foizi Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi, 5 foizi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi tasarrufida qoldiriladi”.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxatida:

a) 14-pozitsiyada:

“Axborotning turi, toifalar nomlanishi (parametrlar)” ustunidagi “saqlash xarajatlari toʻgʻrisidagi” soʻzlaridan keyin “va boshqa” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

“Maʼlumot joylashtirilgan resurs” ustunidagi “Rasmiy veb-saytlar” soʻzlaridan oldin “Ochiq maʼlumotlar portali,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

b) 15-pozitsiyasidagi “Axborotning turi, toifalar nomlanishi (parametrlar)” ustunidagi “boshqa koʻchmas mulklar” soʻzlaridan keyin “, qurilishi tugallanmagan obyektlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

v) quyidagi mazmundagi 34-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-maydagi “Fosforit xom ashyosini ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1975-son qarori rus tilidagi matnida 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. Osvobodit v ramkax realizatsii proyekta “Rasshireniye sushestvuyushego proizvodstva po obogasheniyu fosforitnogo sirya na baze deystvuyushego Kizilkumskogo fosforitovogo kompleksa GP “Navoiyskiy GMK”:

ot tamojennix platejey (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost i tamojennix sborov) texniku, oborudovaniye i zapasnie chasti k nim, a takje materiali, ne proizvodimie v Respublike Uzbekistan, vvozimie GP “Navoiyskiy GMK”, po perechnyam, formiruyemim v ustanovlennom poryadke;

OOO “Qizilqum fosforit kompleksi” v chasti proizvodstva mitogo obojjennogo fosforitnogo konsentrata, srokom do 1-yanvarya 2024 goda, ot uplati naloga za polzovaniye vodnimi resursami, naloga na imushestvo yuridicheskix lits i zemelnogo naloga s yuridicheskix lits”.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-sentabrdagi “Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish toʻgʻrisida”gi PQ-2237-son qarori 5-bandi uchinchi xatboshisi va 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2776-son qarorida:

a) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

b) 6-bandda:

ikkinchi xatboshi “ozod qilinsin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2856-son qarori 7-bandida:

a) ikkinchi xatboshidagi “yuridik shaxslarning yagona soliq toʻlovini” soʻzlari “aylanmadan olinadigan soliqni” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) uchinchi xatboshida ““Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish, pillani tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari tomonidan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) beshinchi xatboshidagi “yagona ijtimoiy toʻlovdan” soʻzlari “ijtimoiy soliqdan” soʻzlari bilan almashtirilsin.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2939-son qarorining 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“16. Yuridik shaxslar 2023-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda lichinka, baliq chavoqlari va tovar baliq yetishtirishdan, baliqchilik mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashdan olingan daromadlar boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod etilsin”.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2992-son qarori 16-bandida “bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari” soʻzlaridan keyin “va qoʻshilgan qiymat soligʻi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3068-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-oktabrdagi “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3309-son qarori 8-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.

23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi “Respublikada ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3472-son qarorining 10-bandida:

a) “a” kichik band birinchi xatboshisidagi “va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) tashkilotlar tutzorlar bilan band boʻlgan yer maydonlari qismida yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi toʻlashdan”;

v) “v” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-fevraldagi “Xorijdagi davlat mulkidan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3570-son qarorida:

a) 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasiga (keyingi oʻrinlarda — Markaz)” soʻzlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Markaz” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

v) 3-bandda:

birinchi xatboshidagi “markazining” soʻzi chiqarib tashlansin;

ikkinchi xatboshidagi “Markazning” soʻzi “Agentlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshidagi “Markazning” soʻzi “Agentlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumat qarorlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, Agentlik tomonidan umumiy tartibda taqsimlanadi”;

g) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi hududida mulkka boʻlgan egalik huquqini rasmiylashtirish hamda amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlardan ozod qilinsin”;

d) 5-bandda:

birinchi xatboshidagi “Markaz” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlari xorijiy davlatlarda ijro etilganidan keyin mulklarni inventarizatsiya qilishni va Oʻzbekiston Respublikasining mulkka egalik huquqi rasmiylashtirilishini taʼminlasin;

mulkni yanada samarali tasarruf etish, shu jumladan uni sotish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga belgilangan tartibda ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga topshirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin”;

e) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari boʻyicha huquqlarini himoya qilish, daʼvo, sud, arbitraj va boshqa ishlarni koʻrib chiqish, shuningdek, xorijiy auditorlik, advokatlik, konsalting tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni, mustaqil ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar yuzaga kelgan taqdirda Agentlikning maxsus hisobvaraqlarida jamgʻarib borilayotgan mablagʻlari hisobiga, mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda esa Agentlikning asoslangan talabnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi”;

j) 7-banddagi “Markaz Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

z) 9-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “, Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda Markazning” soʻzlari “bilan birgalikda Agentlikning” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “Markazga” soʻzi “Agentlikka” soʻzi bilan almashtirilsin.

25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3573-son qarori 12-bandida:

ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.

26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3693-son qarorining 10-bandi uchinchi xatboshisidan “faqat Uyushmaga aʼzolari — tashkilotlarga” soʻzlari chiqarib tashlansin.

27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3694-son qarorining 4-bandida:

a) toʻrtinchi xatboshi “toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

b) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3701-son qarori 2-bandida:

sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshlari tegishincha sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshlar deb hisoblansin.

29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3802-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4005-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi “Respublikada pillachilik tarmogʻini jadal rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4047-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Tashkilotlar pilla yetishtirish amalga oshirilayotgan koʻchmas mulklar va yer uchastkalari qismida 2023-yil 1-yanvarga qadar muddatga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soliqlarini toʻlashdan ozod etilsin, buning natijasida boʻshaydigan mablagʻlar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, shu jumladan texnologik uskunalar sotib olish uchun maqsadli tarzda yoʻnaltirilsin”.

32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4095-son qarori 14-bandida “bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan” soʻzlaridan keyin “va qoʻshilgan qiymat soligʻidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4453-son qarorining 3-bandida:

a) uchinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

b) toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.

34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻida sogʻlom raqobat muhitini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4969-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻida faoliyat yurituvchi mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilar qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va unga servis xizmatini koʻrsatish uchun butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomalaga (importga) chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini 270 kun kechiktirib toʻlashiga ruxsat berilsin”.

35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5252-son qarorining 2-bandi “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “shtrix-kodlar” soʻzlaridan oldin “chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun -” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-168-son qarorining 4-ilovasida:

quyidagi mazmundagi 17-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

37. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-sentabrdagi “Toshkent shahrida xalqaro toifadagi mehmonxona qurilishini yakunlash chora-tabirlari toʻgʻrisida”gi 279-son qarorining rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 11-1-band bilan toʻldirilsin:

“11-1. Ustanovit, chto pri izmenenii organizatsionno-pravovoy formi GUP “Poytaxt kurilish va xizmat” (gostinitsa “Xayatt Ridjensi”), k vnov voznikshemu yuridicheskomu litsu perexodyat vse prava i obyazannosti reorganizovannogo unitarnogo predpriyatiya, vklyuchaya vse predostavlennie nalogovie lgoti i preferensii”.

38. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi “Toshkent shahrida “Xayatt Ridjensi” savdo belgisi ostida xalqaro toifadagi mehmonxona qurilishini oʻz vaqtida tugallash va mehmonxonaning samarali ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 49-son qarorining rus tilidagi matnida:

a) quyidagi mazmundagi 4-1-band bilan toʻldirilsin:

“4-1. Ustanovit, chto:

pri izmenenii organizatsionno-pravovoy formi GUP “Poytaxt kurilish va xizmat” (gostinitsa “Xayatt Ridjensi”), k vnov voznikshemu yuridicheskomu litsu perexodyat vse prava i obyazannosti reorganizovannogo unitarnogo predpriyatiya, vklyuchaya vse predostavlennie lgoti i preferensii;

Ministerstvu finansov sovmestno s xokimiyatom goroda Tashkenta predusmotret v parametrax Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan yejegodnoye videleniye sredstv na pogasheniye osnovnogo dolga i viplatu protsentov po privlechennomu kreditu Fonda rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan s uchetom utverjdennix prognoznix grafikov soglasno prilojeniyu № 2”;

b) 8-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

39. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 53-son qarorining 6-bandida:

a) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.

40. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 63-son qarori 15-bandida:

ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.

41. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-yanvardagi “Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 5-son qarorining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“11. Boshqaruv kompaniyalarining shartnoma doirasida koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash uchun olingan daromadlari qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻidan ozod etilsin”.

42. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi “Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 138-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etadigan, shuningdek, qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni qayta ishlaydigan tadbirkorlik subyektlariga 2024-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga:

a) quyidagilardan:

qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirishda va (yoki) qayta ishlashda foydalaniladigan (olinadigan) obyektlar (foyda, daromad) qismida yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan;

belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha oʻzlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan olib kelinadigan texnologik uskunalar, maxsus qishloq xoʻjaligi texnikalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar urugʻlari va koʻchatlari uchun bojxona bojidan ozod qilish.

b) plantatsiyalar tashkil etish uchun ekish materiallarini (urugʻ, qalamchalar) tayyorlash (yigʻish) maqsadida ruxsatnoma olish uchun yigʻimlar toʻlovini kechiktirish tarzida imtiyozlar berilsin”.

43. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-iyuldagi “Jizzax viloyatida goʻsht-sut mahsulotlari yetishtirish yoʻnalishidagi agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 619-son qarorining 9-bandida:

a) “a” kichik bandda “yagona ijtimoiy toʻlovni” soʻzlari “ijtimoiy soliqni” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi “bojxona yigʻimlardan” soʻzlaridan keyin “va qoʻshilgan qiymat soligʻidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

44. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 656-son qarori 3-bandi “e” kichik bandi “bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari” soʻzlaridan keyin “va qoʻshilgan qiymat soligʻi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

45. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish toʻgʻrisida”gi 77-son qarorining 3-bandida:

a) birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

b) ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin.

Izoh.

Mazkur ilovaning 1-bandi “b” kichik bandi, 5 — 7, 15, 16, 20, 21, 25, 28, 29, 39, 40 va 43-bandlari 2022-yil 1-iyuldan hamda 2, 4, 10, 17, 22, 32 — 34, 41 va 44-bandlari, 38-bandning “b” kichik bandi 2023-yil 1-yanvardan amalga kiritiladi.

Mazkur ilovaning 30-bandiga asosan bekor qilinayotgan imtiyozdan foydalanayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun uning amal qilish muddati saqlab qolinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga 11-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4720-son Farmonining 10-bandi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4986-son Farmoniga ilovaning 6-bandi “b” kichik bandi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi ““Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5466-son Farmoni 3-bandining “d” kichik bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PF-52-son Farmoniga 1-ilovaning 15-bandi.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-744-son qaroriga 31-ilovaning 12-bandi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-maydagi “Motor moylari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1759-son qarorining 8-bandi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi “Nukus shahrida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3055-son qarorining 8-bandi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi “Toshkent shahrida bolalar buyumlari va oʻyinchoqlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonani tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3115-son qarorining 6-bandi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3217 qarorining 11-bandi.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-avgustdagi “Respublikada sellyuloza va qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlar tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3244-son qarorining 6-bandi.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3457-son qarorining 12-bandi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3578-son qarorining 17-bandi.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi “Pillachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3616-son qarorining 13-bandi.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4008-son qarori 5-bandining “b” kichik bandi.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-noyabrdagi “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4030-son qarorining 4-bandi.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4755-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.

18. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-yanvardagi “Afgʻoniston hududiga tijorat yuklarini transportda tashishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 41-son qarorining 2-bandi.

19. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 14-maydagi “Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishini tugallash toʻgʻrisida” 158-son qarorining 11-bandi.

20. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 279-son qaroriga 4-ilovaning “III-1” boʻlimi.

21. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-son qarori)”gi 837-son qaroriga ilovaning 1-bandi “d” kichik bandining oʻttiz ikkinchi — oʻttiz yettinchi xatboshilari.

22. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 498-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandi “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi.

23. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoni)”gi 425-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi “g” kichik bandining ellik toʻqqizinchi va oltmishinchi xatboshilari.

Izoh. Mazkur ilovaning 2, 3, 7, 8, 9, 14, 16 va 18-bandlari 2022-yil 1-iyuldan, 1, 6, 10 — 13, 15, 17 va 19-bandlari 2023-yil 1-yanvardan amalga kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.