Qashqadaryo viloyati tarkibida Koʻkdala tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida:
1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2022-yil 2-martdagi 1901-IV-son hamda Oliy Majlis Senatining 2022-yil 17-martdagi SQ-503-IV-son “Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralarini oʻzgartirish va Koʻkdala tumanini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilinganligi hamda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralari oʻzgartirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qashqadaryo viloyati tarkibida Koʻkdala tumani hokimligi tashkil etilsin.
3. Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani hokimligi, davlat organlari va tashkilotlarining Koʻkdala tumanidagi boʻlinmalari roʻyxati hamda ularning shtat birliklari cheklangan umumiy soni 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining boshqaruv xodimlari vazirlik va idoralarning umumiy shtat birliklari doirasida kiritiladi.
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
a) bir oy muddatda:
Koʻkdala tumanini tashkil etish bilan bogʻliq zarur kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqib tasdiqlasin va uning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tashkil etsin;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda Koʻkdala tumani hokimligini hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarini ular uchun bino qurilgunga qadar “Koʻkdala” MFY hududidagi pedagogika kolleji binosining boʻsh turgan qismiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin hamda moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlasin;
b) ikki oy muddatda:
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Koʻkdala tumani hokimligini hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarini saqlash xarajatlarini oʻz ichiga olgan Koʻkdala tumani budjetining va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Koʻkdala tumani hokimligi hamda boshqa davlat organlari va tashkiloti boʻlinmalari uchun maʼmuriy binolar qurilishini taʼminlasin. Bunda, maʼmuriy binolar Koʻkdala tumani hokimligi uchun — respublika budjeti mablagʻlari hisobidan, boshqa davlat organlari va tashkilotlari uchun — ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qurilishi belgilab qoʻyilsin;
v) Koʻkdala tumanini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalar oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin;
g) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Koʻkdala tumani tashkil etilishi munosabati bilan yangi tashkil etilayotgan davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarini yetarli tajribaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
6. Koʻkdala tumani hokimligi Koʻkdala tumanida faoliyat yuritayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomalari yuzasidan Chiroqchi tumani hokimligining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha vorisi hisoblanishi belgilansin.
7. Milliy statistika qoʻmitasi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirish va yuritishda Koʻkdala tumanining maʼmuriy hududlarini inobatga olsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
8. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bir oy muddatda Koʻkdala tumani tashkil etilishi natijasida maʼmuriy-hududiy chegaralar oʻzgarishi munosabati bilan yer hisobotlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
9. Oliy sud, Mudofaa vazirligi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar ikki oy muddatda Koʻkdala tumanida oʻz tuzilmalarini tashkil etish choralarini koʻrsin hamda budjet mablagʻlari hisobidan maʼmuriy binolar qurish masalasini koʻrib chiqsin.
10. Tijorat banklariga Koʻkdala tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida mazkur tuman hududida bank infratuzilmasini tashkil etish tavsiya etilsin.
11. Adliya vazirligi:
ikki oy muddatda Koʻkdala tumaniga oʻtkazilgan maʼmuriy hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining joylashgan joyiga (pochta manziliga) oid maʼlumotlar ulardan ariza yoki maʼlumot talab etmagan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri elektron tizim orqali bepul oʻzgartirilishini;
Moliya vazirligi bilan birgalikda Koʻkdala tumanida umumiy shtat birliklari doirasida adliya boʻlimi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarini tashkil etish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshirilishini;
Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Koʻkdala tumanida davlat xizmatlari markazi binosining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yoki mahalliy budjet yoxud oʻz mablagʻlari hisobidan qurilishini taʼminlasin.
12. Qashqadaryo viloyati hokimligi Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va “OʻzshaharsozlikLITI”DUK bilan birgalikda uch oy muddatda Koʻkdala tumani maʼmuriy-hududiy chegarasini hisobga olgan holda, tumanning 2040-yilgacha boʻlgan bosh rejasi ishlab chiqilishini taʼminlasin.
13. Moliya vazirligi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgunga qadar tashkil etilayotgan Koʻkdala tumani hokimligi hamda mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining saqlash xarajatlarini moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
15. Qashqadaryo viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-aprel,
PQ-211-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi PQ-211-son qaroriga 1-ILOVA
Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani hokimligi, davlat organlari va tashkilotlarining Koʻkdala tumanidagi boʻlinmalari roʻyxati hamda ularning shtat birliklari cheklangan umumiy soni
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni doirasida belgilanadi.
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuman tuzilmalari ularning umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-apreldagi PQ-211-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qaroriga 3v-ilovada:
a) “Qashqadaryo viloyati” boʻlimida:
“I toifa” kichik boʻlimining 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“II toifa” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 5-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Jami” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 164-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: