PF-131-son Farmon · 30.04.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-35-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-131
  • Qabul qilingan sana:30.04.2022
  • Kuchga kirgan sana:30.04.2022
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/22/131/0374

Ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida aholining faol dam olishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-35-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 30-aprel,

PF-131-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PF-131-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-35-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. 2022-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:

a) barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 3-yanvar — dushanba, 22-mart — seshanba, 23-mart — chorshanba, 3-may — seshanba, 11-iyul — dushanba, 2-sentabr — juma;

b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4-yanvar — seshanba, 4-may — chorshanba, 12-iyul — seshanba, 3-sentabr — shanba va 31-dekabr — shanba”.

2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. 2022-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirilsin:

8-yanvar — shanba kunidan 4-yanvar — seshanba kuniga;

7-may — shanba kunidan 4-may — chorshanba kuniga;

16-iyul — shanba kunidan 12-iyul — seshanba kuniga”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.