Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi davrida koʻrsatgan jasorati, bukilmas irodasi va matonati, insonparvarlik fazilatlari avlodlar uchun muqaddas xotira va odamiylikning yuksak namunasi boʻlib qolmoqda. Bugungi tinch va osoyishta, erkin va farovon hayot uchun aziz jonini fido qilgan ajdodlarimizning yorqin xotirasini yod etib, ularning ezgu ishlarini munosib davom ettirish — tinchlikni buyuk neʼmat deb biladigan bagʻrikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Butun dunyoda millionlab insonlarning qurbon boʻlishiga sabab boʻlgan, mislsiz yoʻqotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan Ikkinchi jahon urushi bashariyat tarixidagi eng dahshatli, qonli qirgʻin boʻlganini, oradan qancha yillar oʻtsada, ezgu niyatli dunyo ahli hech qachon unutmaydi. Jang maydonlarida fashizmga qarshi mardona kurashgan 2 millionga yaqin oʻzbekistonliklarning 500 mingdan ziyodi halok boʻlganini xalqimiz aslo yodidan chiqarmaydi.
Koʻpmillatli tinchliksevar Oʻzbekiston xalqi uchun fashizm ustidan gʻalaba qozonilgan 9-may sanasi avvalo Xotira va qadrlash kuni sifatida aziz va moʻtabardir. Biz uchun xotira insonning insonligini anglatadigan tushuncha, uni oʻtmish va istiqbol bilan bogʻlab turadigan buyuk ruhiy-maʼnaviy qudratdir. El-yurt tinchligi va ozodligi uchun kurashgan mard va jasur insonlar xotirasini yod etish orqali biz Vatan uchun jonini fido etgan qahramon ota-bobolarimizning nomlarini sharaflash, ularga yuksak hurmat koʻrsatishni tushunamiz.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida “Inson qadrini ulugʻlash” gʻoyasi asosiy oʻrin egallaydi. Ushbu tamoyil ham xotira va qadrlash tushunchasi bilan uygʻun va hamohang boʻlib, xalqimizning azaliy ezgu orzu-intilishlariga toʻla javob beradi.
Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan barcha mehnat va urush faxriylariga hurmat-ehtirom koʻrsatish, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini ulugʻlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishchi guruh (A. Aripov]:
dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning “Inson qadri ulugʻ — xotira muqaddas”, “Mardlik va jasorat — hamisha barhayot” shiorlari ostida oʻtishini, uch avlod uchrashuvlarini, madaniy-maʼnaviy tadbirlar, targʻibot aksiyalari, tasviriy sanʼat koʻrgazmalari, ijodiy kechalar, tanlovlar, ommaviy sport musobaqalarini tashkil etsin;
Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda harbiy qism komandirlari tomonidan ushbu toifadagi shaxslarni qutlash uchun ularning yashash joyiga tashrif buyurish hamda ular koʻrsatgan mardlik va jasoratning ahamiyatini keng aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida tushuntirish va targʻib qilish boʻyicha madaniy-maʼrifiy va vatanparvarlik tadbirlarini tashkil qilsin;
yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar-joyi va uy xoʻjaliklarini taʼmirlash, obodonlashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirsin;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega xodimlarni (shartnoma asosida) biriktirgan holda, doimiy ravishda patronaj xizmatini tashkil qilsin;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining istaklari asosida ularni respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborishni tashkil etsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda:
viloyat, shahar va tumanlarda bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
koʻcha va maydonlarning Xotira va qadrlash kunining maʼno-mazmunini ifoda etadigan plakat va stendlar bilan bezatilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2022-yil 9-may kuni soat 21:00 da Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram salyutini tashkil qilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda tantanali tadbirlar oʻtkaziladigan hamda bayram salyutlari tashkil etiladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, Xotira va qadrlash kuni bayramini nishonlash bilan bogʻliq barcha ommaviy tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi tavsiyalari asosida amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni, ushbu qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni keng yoritish, shuningdek, mavzuga oid telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlab efirga uzatish, maqolalar eʼlon qilish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-aprel,
PQ-229-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PQ-229-son qaroriga1-ILOVA
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
T/r Tadbirlarning nomi Bajarish muddati Moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar 1. Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalarini tuzish. 2022-yil 2-mayga qadar Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti 2. Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida hamda barcha shahar va tumanlarda “Inson qadri ulugʻ — Xotira muqaddas”, “Mardlik va jasorat — hamisha barhayot” shiorlari ostida kompleks tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish. 2022-yil Reja-jadval asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun shu hududda istiqomat qilayotgan taniqli fan arboblari, ijodkor ziyolilar, sportchilar, shu bilan birga, belgilangan tartibda shartnoma asosida madaniyat, sanʼat xodimlari ishtirokini taʼminlash, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy boʻlinmalari, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi aʼzolaridan iborat targʻibot-tashviqot va ijodiy guruhlarni tuzish. 2022-yil may Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy boʻlinmalari, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 4. Toshkent shahridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat madhiyasi”, Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumentlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gul qoʻyish marosimlarini tashkil etish. 2022-yil 7 — 9-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, barcha vazirlik va idoralar hamda davlat va jamoat tashkilotlari 5. Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilot hamda harbiy qism va muassasa boshliqlari tomonidan ushbu toifadagi shaxslarni qutlash uchun ularning yashash joyiga tashriflarini uyushtirish. 2022-yil 1 — 10-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, davlat va jamoat tashkilotlari 6. 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini oʻz xohishlariga koʻra respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborishni tashkil etish. 2022-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablagʻlari Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi 7. Oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini Vatanga muhabbat, sadoqat, mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash maqsadida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlashda qahramonlik koʻrsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan xizmatchilarning ular oʻqigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻrnatilgan byustlari poyiga gul qoʻyishni tashkillashtirish. 2022-yil 1 — 9-may Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablagʻlari Xalq taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti 8. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida: majmua hududida obodonlashtirish ishlarini olib borish (turli xil dekorativ gullar ekish); “Amfiteatr” ustki qismi qoplamasining tozalash ishlarini tashkillashtirish. 2022-yil 5-may kuniga qadar Toshkent shahar mahalliy budjeti hamda homiylik xayriyalari mablagʻlari Toshkent shahar hokimligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 9. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hududidagi Ikkinchi jahon urushi davriga oid samolyot va zirhli texnikalar eksponatlariga texnik xizmat koʻrsatish va zarur taʼmirlash ishlarini tashkillashtirish. 2022-yil 5-may kuniga qadar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ mablagʻlari va Mudofaa vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ, Mudofaa vazirligi 10. Oʻquvchi va talaba yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida ularni harbiy qismlarda, oliy harbiy taʼlim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish uchun “Mard askar — yoshlarga namuna” shiori ostida “ochiq eshiklar kuni”ni uyushtirish hamda ushbu maskanlarda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, suhbat-munozaralar, sport oʻyinlarini tashkil etish. yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 11. Ikkinchi jahon urushi yillarida frontga safarbar etilgan vatandoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish maqsadida bitta viloyat misolida tumanlar kesimida alifbo tartibida jangchilar nomlari bitilgan “Vatan fidoyilari” (ishchi nomi) kitobining nishona nusxasini tayyorlash. 2022-yil 9-may kuniga qadar Mudofaa vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari Mudofaa vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 12. Ikkinchi jahon urushida Oʻzbekiston xalqining gʻalabaga qoʻshgan munosib hissasini aks ettiruvchi “Oʻzbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida” turkumida kitob-albomni chop etish. 2022-yil may Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi 13. Arxiv va aholi uylarida saqlanayotgan frontdan yozilgan maktublarni jamlagan holda kitob tayyorlash va chop etish. 2022-yil may Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari “Oʻzarxiv” agentligi, Mudofaa vazirligi 14. Vafot etgan urush va mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qabrlarini obodonlashtirish. 2022-yil may Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti II. Madaniy-maʼnaviy tadbirlar 15. Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi “Urush xotiralarda” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini tashkil etish. 2022-yil 9-may kuniga qadar Mudofaa vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti, Oʻzbekiston “Hunarmand” uyushmasi 16. Ikkinchi jahon urushi yillarida suratga olingan Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi “Oʻchmas u kunlar shuhrati” mavzusida fotolavhalar koʻrgazmasini tashkil etish. 2022-yil 1 — 15-may Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari Mudofaa vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi 17. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush xotiralariga bagʻishlangan askar maktublari, oʻzbek tilida chop etilgan Front gazetalari, Ikkinchi jahon urushi lavhalari aks ettirilgan gazeta va kitoblar (maʼlumotlar) namunalaridan iborat koʻrgazma tashkil etish. 2022-yil 1 — 15-may Mudofaa vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi 18. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tuzilmalarning harbiy orkestrlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi madaniyat maskanlari, xiyobonlarda “Ajdodlarimiz jasorati — mangu barhayot” nomli konsert dasturlari namoyishini belgilangan tartibda tashkil etish. 2022-yil 9-may kuni Vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 19. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi teleradiokanallarda hamda nodavlat telekanallarda 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan hujjatli va badiiy filmlarni efirga uzatish, maxsus koʻrsatuvlar tashkil etish. 2022-yil may Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiya agentligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 20. Oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylar, umumtaʼlim maktablarida urush va mehnat faxriylari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida Oʻzbekiston xalqining fidoyiligi, jasorati va matonatini aks ettiruvchi hujjatli va badiiy filmlar namoyish etiladigan darslarni tashkil etish va oʻtkazish. 2022-yil may Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiya agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti 21. “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida “Musaffo osmon” shiori ostida umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida respublika rasmlar tanlovini oʻtkazish. 2022-yil may Xalqaro politsiya assotsiatsiyasining Oʻzbekistondagi tashkiloti, Mudofaa vazirligi 22. “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini va front ortida fidokorona mehnat qilganlar faxriylarni eʼzozlash — Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlardan biri” mavzusida seminar tashkil etish. 2022-yil may Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamda davlat va jamoat tashkilotlari 23. 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS-tabriklar joʻnatish. 2022-yil 9-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 24. “Men gʻolib” shiori ostida 10 kmga yugurish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari chempionatining ikkinchi bosqichini oʻtkazish. alohida rejaga asosan Vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablagʻlari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Turizm va madaniy meros vazirligi III. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlar xodimlari oilalarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish yoʻnalishidagi tadbirlar 25. 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy va vatanparvarlik turkum tadbirlarini tashkil etish. Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oilalari holidan xabar olishni, ularga moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatishni tashkil etish. 2022-yil 1 — 15-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Yeshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi 26. Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti nogironlari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida sogʻligʻini yoʻqotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga maqsadli yordam koʻrsatish, ularni protezlar, nogironlar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan taʼminlash. 2022-yil 1 — 15-may kunlari Vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablagʻlari Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi 27. Yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xoʻjaliklarini taʼmirlash, obodonlashtirish. 2022-yil 1 — 15-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari, vazirliklarning (idoralarning) budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, homiylik xayriyalari mablagʻlari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 28. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirish. 2022-yil 9-may kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PQ-229-son qaroriga2-ILOVA
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh
1. A.N. Aripov — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, ishchi guruh rahbari 2. V.V. Maxmudov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari 3. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi 4. T.A. Xudaybergenov — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri 5. A.A. Abduxakimov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri 6. A.A. Joʻraboyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari 7. Q.M. Rafikov — Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi 8. T.A. Ishmetov — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri 9. B.N. Kurbanov — Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri 10. P.R. Bobojonov — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri 11. R.M. Djurayev — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni 12. A.H. Qoʻldoshev — Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri 13. A.H. Toshkulov — Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri 14. B.O. Saidov — Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri 15. O.A. Nazarbekov — Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri 16. Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari 17. S.E. Xusanov — Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni 18. S. Turdiyev — Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari 19. Sh.T. Axmedov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi devonining shuʼba mudiri 20. A.D. Xadjayev — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi 21. A.K. Koʻchimov — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori 22. X.A. Batirov — Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi 23. M.M. Xojimatov — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari 24. S.S. Saidov — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi 25. R. Abdullayev — Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi 26. O.A. Oʻsarov — Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi