Mamlakatda mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, ularga bogʻliq boʻlgan sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi “Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5159-son qaroriga muvofiq:
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligining:
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan “Eltech Industrial” texnoparkini (keyingi oʻrinlarda — Texnopark) tashkil etish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Texnoparkni joylashtirish uchun Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 1-ilovaga muvofiq “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi boʻsh turgan va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan jami 138,0 gektar, shundan 120,7 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalarini erkin iqtisodiy zona tarkibidan chiqarish hamda ularni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Texnoparkning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
mis, noyob metallar va boshqa maʼdanli mineral resurslarni qayta ishlashning koʻp pogʻonali texnologik zanjirlarini oʻzlashtirish orqali elektrotexnika, elektronika va boshqa yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish;
kon-metallurgiya va unga bogʻliq sanoat tarmoqlarida foydalaniladigan uskunalar va texnikalar, ular uchun ehtiyot va butlovchi qismlar, avtomatlashtirish vositalari hamda boshqa asbob-uskunalar ishlab chiqarish;
Texnopark hududida ekologiya va mehnatni muhofaza qilish standartlariga javob beradigan, energiya samarador va “yashil” texnologiyalarni qoʻllash asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Texnopark hududida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun zarur ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish;
“Yagona darcha” tamoyili asosida texnopark ishtirokchilariga xalqaro standartlarni qoʻllash, mahsulotlar muvofiqligini baholash va sertifikatlashtirish, maʼmuriy, logistika, davlat organlaridan ruxsatnomalar olish va roʻyxatdan oʻtishga koʻmaklashish kabi xizmatlarni koʻrsatishni tashkil etish;
Texnopark ishtirokchilari va mahalliy korxonalar oʻrtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasi uchun qulay shart-sharoit yaratish.
3. Texnopark faoliyatini tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taʼsischiligida “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
5. Direksiya faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Direksiya faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin;
Moliya vazirligi ikki oy muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hisob-kitoblariga muvofiq Direksiya taʼminoti uchun 2022-yilda respublika budjetidan 2 milliard soʻm miqdorida mablagʻlarni ajratsin;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda uch oy muddatda Texnopark faoliyatini boshqarish uchun ushbu sohada ilgʻor tajribaga ega chet el kompaniyasini taklif qilsin.
6. Belgilansinki:
a) Direksiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarori bilan tasdiqlangan Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) tomonidan muvofiqlashtiriladi;
b) Texnopark hududida:
investitsiya loyihalari mahalliy va chet el xususiy (davlat kafolatisiz) investitsiyalarini jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi;
qonunchilikka muvofiq maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari va ularning direksiyalari uchun nazarda tutilgan alohida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar Texnopark ishtirokchilari va Direksiyaga nisbatan ham tatbiq etiladi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish loyiha ofisining (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) xulosasi asosida Maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi;
Direksiya oʻz faoliyatini mustaqil yuritadi va Loyiha ofisiga har chorak yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot kiritib boradi;
yer uchastkalari mahalliy va xorijiy investorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmonida belgilangan tartibda ijaraga beriladi;
bino va inshootlarni ijaraga berish, sotish, lizingga berish yoki qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari asosida sotish (ijaraga berish) Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq auksion orqali amalga oshiriladi. Bunda, auksionda bitta ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham savdolar oʻtkazilgan hisoblanadi;
Texnopark ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-153-son Farmonining 4- va 5-bandlarida nazarda tutilgan tartib tatbiq etiladi;
ajratilgan yer maydonlarining 1 gektari uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar yillik 10 mln soʻm miqdorida ijara toʻlovlari amalga oshiriladi, kelgusi yillar uchun ijara toʻlovlarining miqdori Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan har hisobot yili inflyatsiya darajasidan hamda yer soligʻi stavkasidan kelib chiqib, eʼlon qilib boriladi.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
7. Texnopark ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning quyidagi mexanizmlari joriy etilsin:
mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini taʼminlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga sarflangan xarajatlarning 50 foiz miqdori, biroq 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan qismi;
ushbu ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy qilish boʻyicha loyihalash, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini koʻrsatish (ishlarini bajarish) bilan bogʻliq xarajatlarning 20 foizigacha miqdori Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab beriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini amalga oshirish tartibini belgilash boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJning kon-metallurgiya sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni va innovatsion ishlanmalarni jalb qilishga ixtisoslashgan Navoiy shahrida Ilgʻor togʻ-kon texnologiyalari markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, Markazni tashkil etish uchun talab etiladigan mablagʻlar “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ tomonidan mos ravishda 65 foiz va 35 foiz ulushlarda moliyalashtirilishi belgilansin.
9. Mineral xom ashyo bazasini kengaytirishga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalarini tezkor ishga tushirish maqsadida 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan geologiya-qidiruv ishlarining maqsadli dasturi doirasida “Oʻzbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati va uning ulushi mavjud boʻlgan ixtisoslashgan korxonalarga qimmatbaho, rangli va noyob metallarga batafsil geologik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun oʻzaro toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida ishlarni tashkillashtirishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Texnopark hududida joylashtiriladigan loyihalar uchun zarur boʻlgan tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini yaratish bilan bogʻliq tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qarorida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan hamda ushbu qarorda belgilangan tartibda moliyalashtiriladi;
Texnoparkni elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi va podstansiyani qurish tadbirlari “Oʻzbekiston MET” AJ tomonidan unga respublika budjetidan kamida 5 yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan imtiyozli budjet ssudasi hisobidan amalga oshiriladi.
11. Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzbekiston MET” AJ 2023-yil 1-yanvarga qadar Texnoparkning tashqi elektr energiyasi taʼminotini yaratish uchun 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi va podstansiyani qurish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin va pudratchilarni aniqlasin.
Bunda:
loyihaoldi va loyiha hujjatlari (shu jumladan tender hujjatlari)ni ishlab chiqish uchun tender oʻtkazish orqali loyiha instituti tanlab olinadi;
qurilish ishlarini qisqa muddatlarda va maqbul narxlarda amalga oshirish maqsadida tender oʻtkazish orqali “tayyor holda topshirish” sharti asosida pudratchi tanlab olinadi.
12. Belgilansinki, mazkur qarorga asosan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasi oʻzgartirilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
13. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 3-ilovaga muvofiq taʼlim muassasalari, Texnopark ishtirokchilari, shuningdek, elektrotexnika, elektronika, kon-metallurgiya va unga bogʻliq sohalarda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar oʻrtasida mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha dual taʼlimni joriy etishga doir hamkorlikni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda dual taʼlim shakli joriy etiladigan professional taʼlim muassasalariga va dual taʼlim tamoyili asosida ishlab chiqarish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladigan oliy taʼlim muassasalariga taʼlim jarayonini tashkil etish, xususan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini shakllantirishda har tomonlama koʻmaklashsin.
14. Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika hududlarida misga ishlov berish va undan tayyor buyumlar tayyorlash boʻyicha milliy hunarmandchilik (misgarlik) faoliyatini kengaytirish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib, “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi B.F. Islamovga — rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, misni qayta ishlash sohasida koʻp pogʻonali texnologik zanjirlarni yaratishga qaratilgan strategik yoʻnalishlarni belgilash hamda Texnopark faoliyatini samarali tashkil etish;
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari B.Q. Abdinazarovga — Texnopark faoliyatini boshqarish uchun ushbu sohada ilgʻor tajribaga ega chet el kompaniyasini jalb qilish, Texnoparkning asosiy faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq yuqori samarador investitsiya loyihalarini tanlab olish, Texnopark hududida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini barpo etish, texnopark ishtirokchilariga “Yagona darcha” tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etish;
Toshkent viloyati hokimi v.b. Z.T. Mirzayevga — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Angren” erkin iqtisodiy zonasi tarkibidan ajratib olinadigan yer uchastkalarini Texnoparkka doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib berish hamda ushbu qaror bilan toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda yangi sugʻoriladigan yer maydonlari oʻzlashtirilishini taʼminlash;
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi M.M. Yunusovga — Texnopark hududida mis, noyob metallar va boshqa maʼdanli mineral resurslarni qayta ishlashning koʻp pogʻonali texnologik zanjirlarini oʻzlashtirish orqali elektrotexnika, elektronika va boshqa yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish;
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi Q.S. Sanaqulov va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanovga — kon-metallurgiya va unga bogʻliq sanoat tarmoqlarida foydalaniladigan uskunalar va texnikalar, ular uchun ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, kon-metallurgiya sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni va innovatsion ishlanmalarni jalb qilishga ixtisoslashgan Ilgʻor togʻ-kon texnologiyalari markazi faoliyatini tashkil etish;
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulovga va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi M.M. Yunusovga — professional va oliy taʼlim muassasalari, Texnopark ishtirokchilari, shuningdek, elektrotexnika, elektronika, kon-metallurgiya va unga bogʻliq sohalarda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar oʻrtasida mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha dual taʼlimni joriy etishga doir hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
17. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-iyun,
PQ-295-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-295-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidagi “Angren” erkin iqtisodiy zonasi tarkibidan chiqarilayotgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan va Parkent tumani Qiziltogʻ qoʻrgʻonidagi, Xorazm viloyati Urganch tumani “Chakkasholikor” qishlogʻi “Al-Xorazmiy” massividagi hamda Fargʻona viloyati “Eko shahar” hududidagi “Eltech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer uchastkalari
Izoh: “Eltech Industrial” texnoparki tarkibiga kiruvchi Ohangaron tumanidagi hudud chegarasining tavsifi:
1-uchastka:
1-nuqtadan (40°56'0.53''S, 69°39'57.72''V) janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha 2-nuqtaga qadar 441,3 metr choʻzilgan.
2-nuqtadan (40°55'56.48''S, 69°40'15.82''V) janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha 3-nuqtaga qadar 1231,3 metr choʻzilgan.
3-nuqtadan (40°55'28.54''S, 69°40'53.43''V) janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha 4-nuqtaga qadar 1003,6 metr choʻzilgan.
4-nuqtadan (40°55'4.70''S, 69°40'24.25''V) janubiy-gʻarbiy yoʻnalish boʻyicha 5-nuqtaga qadar 1094,7 metr choʻzilgan.
5-nuqtadan (40°55'29.49''S, 69°39'50.77''V) shimoliy-gʻarbiy yoʻnalish boʻyicha 1-nuqtaga qadar 970,8 metr choʻzilgan.
2-uchastka:
Avtomobil yoʻli boʻyida joylashgan nuqta boshlangʻich 1-nuqta deb qabul qilindi. (WGS-84 koordinatlar tizimida, shimoliy kenglik koordinatlari 40°56'00,313'', sharqiy uzoqlik koordinatlari 69°39'56,272'').
1-nuqtadan chegara chizigʻi avtomobil yoʻlining janub tomoni boʻylab sharqiy yoʻnalishda 257 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°56'00,203'', sharqiy uzoqlik 69°4'07,264'');
2-nuqtadan chegara chizigʻi avtomobil yoʻlining janub tomoni boʻylab umumiy sharqiy yoʻnalishda 800 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°56'02,284'', sharqiy uzoqlik 69°40'40,909'');
3-nuqtadan chegara chizigʻi avtomobil yoʻlining gʻarb tomoni bilan janubiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda 656 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'43,720'', sharqiy uzoqlik 69°40'53,899'');
4-nuqtadan chegara chizigʻi avtomobil yoʻlining gʻarb tomoni bilan janubiy-sharqiy yoʻnalishda 401 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'34,705'', sharqiy uzoqlik 69°41'06,223'');
5-nuqtadan chegara chizigʻi avtomobil yoʻlining gʻarb tomoni bilan janubiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda 431 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'21,985'', sharqiy uzoqlik 69°41'13,785'');
6-nuqtadan chegara chizigʻi avtomobil yoʻlining gʻarb tomoni bilan janubiy-sharqiy yoʻnalishda 90 metr masofani oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'19,787'', sharqiy uzoqlik 69°41'16,324'');
7-nuqtadan chegara toʻgʻri chiziq orqali janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda ekin yer maydoni boʻylab 78 metr masofada ekin yer maydonida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'18,302'', sharqiy uzoqlik 69°41'13,642'');
8-nuqtadan chegara toʻgʻri chiziq orqali gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 359 metr masofada ekin yer maydonini kesib oʻtib, dala tuproq yoʻli boʻyida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'24,213'', sharqiy uzoqlik 69°41'00,426'');
9-nuqtadan chegara toʻgʻri chiziq orqali gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 273 metr masofada ekin yer maydonlarini kesib oʻtib, 10-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'28,682'', sharqiy uzoqlik 69°40'50,378'');
10-nuqtadan chegara toʻgʻri chiziq orqali shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 679 metr masofada ekin yer maydonlarini kesib oʻtib, 11-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'44,077'', sharqiy uzoqlik 69°40'29,657'');
11-nuqtadan chegara toʻgʻri chiziq orqali shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 553 metr masofada ekin yer maydonlarini kesib oʻtib, 12-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'56,623'' ( sharqiy uzoqlik 69°40' 12,767'');
12-nuqtadan toʻgʻri chiziq orqali gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 402 metr masofada ekin yer maydonlarini kesib oʻtib, boshlangʻich 1-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°56'00,313'', sharqiy uzoqlik 69°39'56,272'').
3-uchastka:
Ariq boʻyida joylashgan nuqta boshlangʻich 1-nuqta deb qabul qilindi. (WGS-84 koordinatlar tizimida, shimoliy kenglik koordinatlari 40°56'03,346'', sharqiy uzoqlik koordinatlari 69°37'34,045'').
1-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimi boʻylab sharqiy yoʻnalishda 534 metr masofani oʻtib, ariq boʻyida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°56'01,776'', sharqiy uzoqlik 69°37'56,760'');
2-nuqtadan chegara quruq chiziq orqali sharqiy yoʻnalishda 326 metr masofada dala tuproq yoʻlini kesib oʻtib 3-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°56'02,420'', sharqiy uzoqlik 69°38'10,649'');
3-nuqtadan chegara quruq chiziq orqali ekin yer chegarasi boʻylab sharqiy yoʻnalishda 389 metr masofani oʻtib 4-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°56'00,797'', sharqiy uzoqlik 69°38'27,157'');
4-nuqtadan chegara quruq chiziq orqali janubiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 152 metr masofani oʻtib, ariq boʻyida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'56,374'', sharqiy uzoqlik 69°38'24,328'');
5-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimi boʻylab oʻng tomoni bilan gʻarbiy yoʻnalishda 70 metr masofani oʻtib, ekin yer maydoni chegarasida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'56,771'', sharqiy uzoqlik 69°38'21,361'');
6-nuqtadan chegara quruq chiziq orqali janubiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 130 metr masofani oʻtib, 7-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'52,769'', sharqiy uzoqlik 69°38'19,638'');
7-nuqtadan chegara quruq chiziq orqali gʻarbiy yoʻnalishda 282 metr masofada ishlab chiqarish korxonasiga olib kiruvchi yoʻlni kesib oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'54,641'', sharqiy uzoqlik 69°38'07,850'');
8-nuqtadan chegara quruq chiziq orqali umumiy janubiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 113 metr masofada ariqni kesib oʻtib, ariq boʻyida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'53,901'', sharqiy uzoqlik 69°38'03,228'');
9-nuqtadan chegara quruq chiziq orqali janubiy yoʻnalishda 72 metr masofada ariqni, dala tuproq yoʻlini kesib oʻtib, ekin yer maydoni boʻyida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'51,626'', sharqiy uzoqlik 69°38'02,605'');
10-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda ekin yer maydoni chegarasi boʻylab 38 metr masofani oʻtib, 11-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'51,280'', sharqiy uzoqlik 69°38'04,176'');
11-nuqtadan chegara toʻgʻri chiziq orqali janubiy yoʻnalishda 900 metr masofada ekin yer maydonlarini kesib oʻtib, ekin yer maydoni boʻyida joylashgan 12-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'22,357'', sharqiy uzoqlik 69°37'59,200'');
12-nuqtadan chegara toʻgʻri chiziq orqali shimoliy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda ekin yer maydoni boʻylab 164 metr masofani oʻtib, 13-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'27,508'', sharqiy uzoqlik 69°37'57,487'');
13-nuqtadan chegara toʻgʻri chiziq orqali gʻarbiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 173 metr masofada dala tuproq yoʻlini kesib oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 14-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'26,154'', sharqiy uzoqlik 69°37'50,326'');
14-nuqtadan chegara chizigʻi dala tuproq yoʻlining gʻarb tomoni bilan janubiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda 243 metr masofada dala tuproq yoʻlini kesib oʻtib, yoʻl boʻyida joylashgan 15-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'18,773'', sharqiy uzoqlik 69°37'53,901'');
15-nuqtadan chegara toʻgʻri chiziq orqali gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 106 metr masofada dala tuproq yoʻlini, ekin yer maydonini kesib oʻtib, zovur boʻyida joylashgan 16-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'19,609'', sharqiy uzoqlik 69°37'49,523'');
16-nuqtadan chegara toʻgʻri chiziq orqali gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 816 metr masofada zovurni, ekin yer maydonini kesib oʻtib, ekin yer maydonida joylashgan 17-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'26,067'', sharqiy uzoqlik 69°37'15,704'');
17-nuqtadan chegara toʻgʻri chiziq orqali shimoliy yoʻnalishda 205 metr masofada ekin yer maydonini kesib oʻtib, ariq boʻyida joylashgan 18-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'32,696'', sharqiy uzoqlik 69°37'16,566'');
18-nuqtadan chegara toʻgʻri chiziq orqali shimoliy yoʻnalishda tomorqa chegarasi boʻylab 345 metr masofani oʻtib, ariq boʻyida joylashgan 19-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'43,839'', sharqiy uzoqlik 69°37'18,016'');
19-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning suv oqimiga qarshi tomoni boʻylab shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 447 metr masofani oʻtib, zovur boʻyida joylashgan 20-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'55,031'', sharqiy uzoqlik 69°37'30,173'');
20-nuqtadan chegara quruq chiziq orqali umumiy sharqiy-shimoliy-sharqiy yoʻnalishda barcha burilishlarni hisobga olgan holda 165 metr masofani oʻtib, dala tuproq yoʻli boʻyida joylashgan 21-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°55'56,884'', sharqiy uzoqlik 69°37'36,539'');
21-nuqtadan chegara quruq chiziq orqali shimoliy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 208 metr masofani oʻtib, boshlangʻich 1-nuqtaga tutashadi, (shimoliy kenglik 40°56'03,346'', sharqiy uzoqlik 69°37'34,045'').
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PQ-124-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-295-son qaroriga2-ILOVA
Mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan “Eltech Industrial” texnoparki faoliyatini tashkil etish boʻyicha
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarori bilan tasdiqlangan Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiyaga ushbu “yoʻl xaritasi”ga zaruratga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-295-son qaroriga3-ILOVA
“Eltech Industrial” texnoparki ishtirokchilari, shuningdek, elektrotexnika, elektronika, kon-metallurgiya va unga bogʻliq sohalarda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar bilan dual taʼlim shakli asosida mutaxassislar tayyorlanadigan taʼlim muassasalari
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Izoh: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarori bilan tasdiqlangan Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha Maxsus komissiya bilan kelishgan holda dual taʼlim joriy etiladigan taʼlim muassasalari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi ega.