PF-173-son Farmon · 20.07.2022

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-173
  • Qabul qilingan sana:20.07.2022
  • Kuchga kirgan sana:21.07.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/22/173/0657

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining favqulodda holatning amal qilishini muddatidan avval tugatish toʻgʻrisidagi murojaatini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida jamoat tartibi tiklanganligini va koʻrilgan choralar natijasida fuqarolarning xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari himoyasi taʼminlanganligini inobatga olib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 11-moddasiga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-164-son Farmoni bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 2022-yil 21-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatilsin.

2. Mazkur Farmon 2022-yil 21-iyul kuni soat 05:00 dan eʼtiboran kuchga kiradi va ommaviy axborot vositalarida darhol eʼlon qilinishi shart.

3. Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun yuborilsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 20-iyul,

PF-173-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.