PQ-355-son Qaror · 18.08.2022

Konya shahrida (Turkiya) boʻlib oʻtgan V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-355
  • Qabul qilingan sana:18.08.2022
  • Kuchga kirgan sana:19.08.2022
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/355/0752

2022-yil 9 — 18-avgust kunlari Konya shahrida (Turkiya) boʻlib oʻtgan V Islom birdamligi oʻyinlarida erishgan yutuqlari bilan Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini oshirishga qoʻshgan hissasi uchun gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar hamda ularni tayyorlagan trenerlarni ragʻbatlantirish, yoshlarni professional sportga keng jalb qilishni davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

1. Belgilab qoʻyilsinki:

a) V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari:

oltin medal uchun — 5 000 AQSH dollari;

kumush medal uchun — 3 000 AQSH dollari;

bronza medal uchun — 2 000 AQSH dollari;

b) V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlagan trenerlar:

oltin medal uchun — 2 500 AQSH dollari;

kumush medal uchun — 1 500 AQSH dollari;

bronza medal uchun — 1 000 AQSH dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

2. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (Sh. Tashmatov, O. Qosimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), tegishli sport federatsiya (assotsiatsiya)lari:

V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari hamda ularni tayyorlagan trenerlar roʻyxatini tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) bilan birgalikda bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirilishi hamda ushbu jarayon ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 18-avgust,

PQ 355-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.