PQ-376-son Qaror · 21.09.2022

Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-376
  • Qabul qilingan sana:21.09.2022
  • Kuchga kirgan sana:22.09.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/376/0842

Kasanachilikni rivojlantirish orqali oila budjeti daromadlarini oshirish, uy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmat koʻrsatishni rivojlantirish orqali ish bilan band boʻlmagan xotin-qizlar sonini qisqartirish, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida:

1. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab:

(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)

(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)

“Ayollar daftari”ga kiritilgan kamida 5 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda imtiyoz berish shartlariga mos boʻlganda ijara haqi 50 foiz miqdorda undirilsin;

(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)

ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar boʻlgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlik subyektlari davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi toʻlovidan 2027-yil 1-oktabrga qadar ozod etilsin.

Mazkur bandda nazarda tutilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara toʻlovlari uchun beriladigan imtiyozlarning shartlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Kasanachilikni rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z. Mahkamova) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagi choralarni koʻrsin:

har bir tuman (shahar)da xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida lider kasanachilarni jalb etgan holda “maslahat soatlari”ni joriy etish;

hududlarda kasanachilik orqali yangi ish oʻrinlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida “Eng namunali tadbirkor” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

4. Belgilansinki:

mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlar hisobidan hamda davlat-xususiy sheriklik shartlarida yoki xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish vakolati boʻlgan tashabbuskor tadbirkorlarning boʻsh turgan binolarida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari tavsiyasi asosida tashkil etiladi;

(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)

markazlar binolari tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari tomonidan mahallalardagi xotin-qizlar faollarining tavsiyasiga asosan davlat mulkini ijaraga berish tartibiga muvofiq tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasbga oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda ijaraga beriladi;

(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)

xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish faoliyati tashkil etilgan markazlarda bitta yoʻnalish boʻyicha jalb qilingan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining mehnatiga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan haq toʻlashga ruxsat beriladi;

(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)

(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)

Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) hamda Kadastr agentligi (F. Pulatov) bilan birgalikda 3-ilovada koʻrsatilgan mahallalarda boʻsh yer uchastkalari va boʻsh binolarning (binolar bir qismining) markazlar tashkil etish uchun tegishli mahallalarga ajratilishini va ularning toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin;

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (T. Xudaybergenov), Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (M. Ubaydullayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) bilan birgalikda markazlar binolarini tadbirkorlik subyektlariga 5 yilgacha ijaraga berish hamda markazlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda mahallalarga koʻmaklashsin;

mazkur qarorga 3-ilovada keltirilmagan barcha mahallalarda bosqichma-bosqich markazlar barpo etilishi va ularning faoliyati yoʻlga qoʻyilishi choralarini koʻrsin.

6. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) mazkur qarorning mazmun-mohiyatini va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritsin.

7. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari Z.M. Mahkamova, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 21-sentabr,

PQ-376-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi PQ-376-son qaroriga1-ILOVA

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara toʻlovlari uchun beriladigan imtiyozlarning

Izoh:

1. Mazkur ilovada nazarda tutilgan imtiyozlar koeffitsiyenti Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat markazlari hamda boshqa hududlar boʻyicha tegishlicha hududiy zona koeffitsiyenti eng yuqori boʻlgan obyektlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.

2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi oqibatida mazkur ilovada belgilangan meʼyor buzilgan taqdirda, joriy yilning keyingi oyidan boshlab belgilangan meʼyorga muvofiq imtiyoz qoʻllaniladi yoki bekor qilinadi.

* Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu roʻyxatda belgilangan maydonga nisbatan:

kam maydondan foydalanilganda, haqiqatda foydalanilgan maydonga nisbatan imtiyoz qoʻllaniladi;

koʻp maydondan foydalanilganda, imtiyoz faqat belgilangan maydon uchun qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi PQ-376-son qaroriga2-ILOVA

Kasanachilikni rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi PQ-376-son qaroriga3-ILOVA

Mahallalarda tashkil etiladigan xotin-qizlar bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlarining

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.