PF-251-son Farmon · 17.11.2022

Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-251
  • Qabul qilingan sana:17.11.2022
  • Kuchga kirgan sana:18.11.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/22/251/1023

Jahondagi oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi sharoitida aholini ijtimoiy ahamiyatga ega birlamchi mahsulotlar bilan taʼminlash hamda ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib ketishining oldini olish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmoniga muvofiq 2022-yil 1-maydan boshlab 2023-yil 1-yanvarga qadar import bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar roʻyxati tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmonida:

a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “1-yanvarga qadar” soʻzlari “1-iyulga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovada:

nomlanishidagi “1-yanvarga qadar” soʻzlari “1-iyulga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi 23-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 17-noyabr,

PF-251-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.