PQ-453-son Qaror · 23.12.2022

Fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-453
  • Qabul qilingan sana:23.12.2022
  • Kuchga kirgan sana:27.12.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/453/1122

Oʻtgan uch yilda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish uchun normativ-huquqiy baza shakllantirilib, qulay shart-sharoitlar yaratilishi natijasida bugungi kunga kelib, 560 mln AQSh dollarlik toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga jami 896,6 MVt quvvatli 3 ta fotoelektr stansiyasini barpo etish boʻyicha ishlar boshlandi.

Shu bilan birga, erga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, erning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish maqsadida yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibi belgilandi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish uchun yangi barpo etilayotgan fotoelektr stansiyalari qurilishi uchun amaldagi qonunchilikka asosan yer uchastkalarini ajratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, erga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:

xorijiy investorlar bilan tuzilgan investitsiya shartnomalari va elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan fotoelektr stansiyalari, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish;

Energetika vazirligiga ajratilgan yer uchastkalarini investorlarga fotoelektr stansiyalarini qurish va ularni ishlatish muddatiga teng davrga ijaraga berish;

fotoelektr stansiyalarini qurish va ularni ishlatish doirasida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratiladigan yer uchastkalari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasiga mansub boʻlsa, ularni sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish.

2. Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi uch oy muddatda sanoat miqyosida quyosh (fotoelektr) va shamol elektr stansiyalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida ushbu stansiyalar va ularga tutash elektr uzatish tarmoqlari uchun ajratiladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan mazkur loyihalar tashabbuskorlari bilan birgalikda qoʻshimcha loyihalarni ishlab chiqsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 23-dekabr,

PQ-453-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-453-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-yanvardagi “Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida quvvati 456,6 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-85-son qarorida:

a) 1-bandning “d” kichik bandida:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“d) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 2-avgustda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) hamda 2022-yil 25-iyulda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv imzolanganligi va ularga muvofiq”;

toʻrtinchi xatboshi “maʼlumot uchun qabul qilinsin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) 3-bandda:

“bitim” soʻzidan keyin “hamda unga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Imzolangan oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimning asosiy koʻrsatkichlariga, shu jumladan amalga oshirish muddatlari, ishlab chiqarilgan 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun oʻrnatilgan tarif miqdori hamda loyiha bilan bogʻliq boshqa parametrlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;

v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqarilgan 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun tarif miqdori Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim va unga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi kelishuvda nazarda tutilgan miqdorda va xorijiy valyutada oʻrnatilganligi belgilab qoʻyilsin hamda toʻlov narxlarining AQSh dollariga bogʻlanishiga ruxsat berilsin”;

g) quyidagi mazmundagi 10-1 va 10-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

“10-1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining fotoelektr stansiyasi, podstansiya hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini joylashtirish uchun ajratilgan Surxondaryo viloyati Sherobod, Qiziriq va Jarqoʻrgʻon tumanlaridagi mazkur qarorga ilovaga muvofiq 642,99 gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Surxondaryo viloyati hokimligi 2023-yil 1-yanvarga qadar toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin.

10-2. Investitsiya loyihasi doirasida Energetika vazirligi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomalari asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin”;

d) quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-yanvardagi PQ-85-son qaroriga ILOVA

“Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida umumiy quvvati 456,6 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari ROʻYXATI

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-yanvardagi “Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-86-son qarorida:

a) 1-bandning “d” kichik bandida:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“d) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 12-iyulda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) hamda 2022-yil 20-iyulda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv imzolanganligi va ularga muvofiq”;

toʻrtinchi xatboshi “maʼlumot uchun qabul qilinsin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) 3-bandda:

“bitim” soʻzidan keyin “hamda unga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Imzolangan oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimning asosiy koʻrsatkichlariga, shu jumladan amalga oshirish muddatlari, ishlab chiqarilgan 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun oʻrnatilgan tarif miqdori hamda loyiha bilan bogʻliq boshqa parametrlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;

v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqarilgan 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun tarif miqdori Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim va unga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi kelishuvda nazarda tutilgan miqdorda va xorijiy valyutada oʻrnatilganligi belgilab qoʻyilsin hamda toʻlov narxlarining AQSh dollariga bogʻlanishiga ruxsat berilsin”;

g) quyidagi mazmundagi 10-1 va 10-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

“10-1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining fotoelektr stansiyasi, podstansiya hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini joylashtirish uchun ajratilgan Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi mazkur qarorga ilovaga muvofiq 658,71 gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Jizzax viloyati hokimligi 2023-yil 1-yanvarga qadar toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin.

10-2. Investitsiya loyihasi doirasida Energetika vazirligi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomalari asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin”;

d) quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-yanvardagi PQ-86-son qaroriga ILOVA

“Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida umumiy quvvati 220 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari ROʻYXATI

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-yanvardagi “Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-87-son qarorida:

a) 1-bandning “d” kichik bandida:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“d) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 12-iyulda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) hamda 2022-yil 20-iyulda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv imzolanganligi va ularga muvofiq”;

toʻrtinchi xatboshi “maʼlumot uchun qabul qilinsin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) 3-bandda:

“bitim” soʻzidan keyin “hamda unga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Imzolangan oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi kelishuv bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimning asosiy koʻrsatkichlariga, shu jumladan amalga oshirish muddatlari, ishlab chiqarilgan 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun oʻrnatilgan tarif miqdori hamda loyiha bilan bogʻliq boshqa parametrlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;

v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqarilgan 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun tarif miqdori Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim va unga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi kelishuvda nazarda tutilgan miqdorda va xorijiy valyutada oʻrnatilganligi belgilab qoʻyilsin hamda toʻlov narxlarining AQSh dollariga bogʻlanishiga ruxsat berilsin”;

g) quyidagi mazmundagi 10-1 va 10-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

“10-1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining fotoelektr stansiyasi, podstansiya hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini joylashtirish uchun ajratilgan Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi mazkur qarorga ilovaga muvofiq 445,5 gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Samarqand viloyati hokimligi 2023-yil 1-yanvarga qadar toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin.

10-2. Investitsiya loyihasi doirasida Energetika vazirligi bilan tuzilgan yer uchastkasining ijara shartnomalari asosida berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin”;

d) quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-yanvardagi PQ-87-son qaroriga ILOVA

“Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida umumiy quvvati 220 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari ROʻYXATI

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.