PQ-18-son Qaror · 25.01.2023

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-18
  • Qabul qilingan sana:25.01.2023
  • Kuchga kirgan sana:26.01.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/18/0054

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining bandligi va daromad manbalarini oshirishga doir mehnat faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralarini yanada kengaytirish maqsadida:

1. 2023-yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi oʻrinda — Dasturlar) doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq bankiga alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 300 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 10 foiz stavkada ajratilsin.

2. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda 2023-yilda Dasturlar doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 25-yanvar,

PQ-18-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.