PQ-80-son Qaror · 28.02.2023

Isteʼmolchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlashda qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-80
  • Qabul qilingan sana:28.02.2023
  • Kuchga kirgan sana:01.03.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/80/0122

Respublika isteʼmolchilarining neft mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish hamda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida:

1. Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 1-martdan 2023-yil 31-dekabrga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz soligʻini “nol” stavkada qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-dekabrdagi “Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-440-son qarori 1-bandidagi “2023-yil 1-martga qadar” soʻzlari “2023-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 28-fevral,

PQ-80-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.