PQ-89-son Qaror · 09.03.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3439-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-89
  • Qabul qilingan sana:09.03.2023
  • Kuchga kirgan sana:10.03.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/89/0131

Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ilgʻor tajriba hamda imtiyozli mablagʻlarni keng jalb qilish, shuningdek, vazirlik va idoralarning xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan aloqalarini muvofiqlashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3439-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 9-mart,

PQ-89-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-martdagi PQ-89-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3439-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish

1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. Oʻzbekiston Respublikasidan quyidagilar:

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — xalqaro moliya institutlari (Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bundan mustasno) bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi);

Markaziy bank — Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi);

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev — Osiyo taraqqiyot banki va Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov — Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov — Islom taraqqiyot banki guruhi va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Sh.A. Vafayev — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki guruhi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari;

Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov — Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari;

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari S.I. Xamidov — Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Islom taraqqiyot banki guruhi va Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari etib belgilansin.”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.