PQ-124-son Qaror · 19.04.2023

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-124
  • Qabul qilingan sana:19.04.2023
  • Kuchga kirgan sana:19.04.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/124/0217

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-72-son qaroriga muvofiq shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yanada yaxshilash, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) bilan 59,0 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimini imzolash boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilganligi;

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida olinadigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi;

Loyihani amalga oshirish muddati 5 yil (2023 — 2027-yillar) etib belgilanganligi;

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, OTB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ sifatida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-410-sonli qarori tahririda)

2. Quyidagilar:

“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini soʻndirish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini 2028-yildan boshlab qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognoz jadvali 2a-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi 2-komponenti doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognozi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-410-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs sifatida Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilsin.

(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-410-sonli qarori tahririda)

Bunda, Loyihani amalga oshirish guruhi xodimlariga OTB krediti hisobidan taʼminlanadigan oylik maoshi yagona ijtimoiy toʻlovni inobatga olgan holda toʻlanadi.

4. Belgilansinki, Loyihani amalga oshirish doirasida hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi, toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

5. Iqtisodiyot va moliya vaziriga:

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasida qarz va grant bitimlarini imzolash hamda zarur hollarda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari hokimliklari, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va Tabiat resurslari vazirligi bilan birgalikda tegishliligi boʻyicha OTB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash hamda zarur hollarda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.

6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasidagi qarz bitimi, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha bitimlarga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.

7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari hokimliklari hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ zimmasiga qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq OTB qarzini soʻndirish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda Loyihaning belgilangan tartibda tegishli davr uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.

9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari hokimliklari va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ:

qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq OTB qarzini qaytarish va foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar oʻz vaqtida jamlanib borilishini taʼminlash uchun javobgar hisoblansin;

2028-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda budjet parametrlarida OTB qarzi boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarish uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 19-aprel,

PQ-124-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-apreldagi PQ-124-son qaroriga 1-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari

* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-apreldagi PQ-124-son qaroriga 2-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini soʻndirish va foizlarni toʻlashning

Izoh. Investitsiya davridagi qarz boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq moliyaviy xarajatlar OTB hisobidan qoplanadi va asosiy qarzga kapitalizatsiya qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-apreldagi PQ-124-son qaroriga 2a-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini 2028-yildan boshlab qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining

Izoh. Har yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda yuqorida keltirilgan davlat tashkilotlari moliyaviy holatidan kelib chiqib OTBning moliyaviy mablagʻlariga xizmat koʻrsatishda ushbu maqsadlar uchun xarajatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ulushiga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishib mazkur tashkilotlarning ulushi oʻzgarishi mumkin.

Bunda qarzning 67,3 foizi — Jizzax, 18,3 foizi — Sirdaryo va 14,4 foizi — Xorazm viloyatlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-apreldagi PQ-124-son qaroriga 3-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi 2-komponenti doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining

Izoh. Har yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda “Jizzax suv taʼminoti” MCHJ moliyaviy holatidan kelib chiqib OTBning moliyaviy mablagʻlariga xizmat koʻrsatishda ushbu maqsadlar uchun xarajatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ulushiga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishib mazkur korxonaning ulushi oʻzgarishi mumkin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.