Mamlakatimizda ipak qurtini parvarish qilishda kasanachilikni yanada rivojlantirish, yangi tutzorlarni barpo etish orqali pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi klasterlar va fermer xoʻjaliklari hamda pilla yetishtirishga ixtisoslashgan uy xoʻjaliklari tashkil etish, shuningdek, pilla xom ashyosi yetishtirishning ozuqa bazasini yanada kengaytirish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
1. 2023-yil iyun oyidan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan hududlarda:
ipak qurtini parvarishlash, yetishtirilgan pilla xom ashyosini xarid qilish, qayta ishlash, qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, tayyor mahsulotni ichki bozorga yoʻnaltirish va eksport qilish bilan shugʻullanadigan yangi pillachilik klasterlari;
tut koʻchatlarini yetishtirish, tutzorlarni barpo qilish, ipak qurtini parvarishlash, pilla xom ashyosini tayyorlash bilan shugʻullanadigan pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi yangi fermer xoʻjaliklari tashkil etilsin.
2. Pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan yangi tutzorlar barpo qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 1-ilovaga muvofiq yer maydonlarini ularning konturlarini aniq belgilagan holda “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun joylashtirsin, hududiy “Agropilla” MCHJlar va pillani qayta ishlash korxonalariga qarashli rekonstruksiya qilinadigan tutzorlar bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
3. Belgilansinki, yangi tutzorlar barpo qilish uchun yer uchastkalari 10 gektardan kam boʻlmagan oʻlchamda pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklariga elektron onlayn auksion savdolari orqali ijara huquqi asosida ajratiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
4. 2024 — 2027-yillarda 105 ming gektar yer maydonida yangi tutzorlar barpo qilishning prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoʻmita va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining takliflariga asosan, hududiy “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga tegishli boʻlgan va aholiga oilaviy pudrat shartnomasi asosida biriktiriladigan tutzorlar maydoni 0,5 gektardan 2 gektargacha etib belgilansin. Bunda:
Qoʻmita va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi eskirgan tutzorlarni ularni rekonstruksiya qilish sharti bilan pillachilik uy xoʻjaliklariga biriktiradi;
tutzorlarni mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan oʻlchamlarda pillachilik uy xoʻjaliklariga biriktirish aholi bilan oldin tuzilgan oilaviy pudrat shartnomalari muddatlari tugagandan soʻng amalga oshiriladi;
pillachilik uy xoʻjaliklarining faoliyati pillachilik klasterlari bilan kooperatsiya asosida yoʻlga qoʻyiladi;
pillachilik uy xoʻjaliklariga biriktirilgan yer maydonining tut qatorlari orasiga sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni ekishga ruxsat beriladi;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari oilaviy pudrat shartnomasi shartlari asosida pillachilik uy xoʻjaliklari faoliyatini yoʻlga qoʻyib, aholi bandligini taʼminlashga shaxsan masʼul hisoblanadi.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2023-yil 1-iyundan boshlab:
a) kasanachilar, pillachilik uy xoʻjaliklari hamda fermer xoʻjaliklariga ipak qurti urugʻi va uni parvarish bilan bogʻliq resurslar, jumladan toʻshama qogʻoz, termometr, polietilen plyonka, psixirometr (inkubatoriyalar uchun) va boshqa zaruriy resurslar pillachilik klasterlari tomonidan bepul beriladi;
b) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli dalolatnomasiga asosan subsidiya ajratiladi;
v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoʻmita 2023-2024-yillarda Osiyo taraqqiyot bankidan 10 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini tut yetishtirish, pillani qabul qilish, saralash, saqlash va qayta ishlash kompleksini qurishga jalb etish choralarini koʻradi.
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-225-son qaroriga asosan:
pillachilik uy xoʻjaliklari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari va pillachilik klasterlariga — tut yetishtirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan urugʻlik va koʻchat yetkazib berish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish uchun;
qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga, shu jumladan pillachilik klasterlariga — tayyorlangan (yetishtirilgan) pilla xom ashyosini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun yillik 14 foiz stavkada qarz mablagʻlarini ajratish choralarini koʻrsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-113-son qarori doirasida xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan kasanachilarga yashash joylarida ipak qurti urugʻini parvarish qilish uchun qurtxona qurish, shuningdek, qayta ishlovchi, saqlovchi, eksport qiluvchilar va pillachilik klasterlariga tayyorlangan (yetishtirilgan) pilla xom ashyosini saqlash, saralash, qayta ishlash sexlarini qurishga 10 yil muddatga, yillik 14 foiz stavkada mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin.
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoʻmita bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar mazkur Farmonga muvofiq ajratib berilgan yer maydonlaridan foydalanish holatini Qishloq xoʻjaligi vazirligining Geoaxborot tizimi orqali muntazam monitoring qilib borish tizimini joriy etsin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD)ni Qishloq xoʻjaligi vazirligining Geoaxborot tizimiga integratsiya qilishni taʼminlasin.
9. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining hududlarda ipak qurti urugʻini tayyorlovchi yangi urugʻchilik korxonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoʻmita:
2023-yil yakuniga qadar qishloq xoʻjaligiga jalb qilingan xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) huzuridagi genetik tadqiqot laboratoriyasini ipak qurtining super elita urugʻini yaratish va undan elita urugʻliklarini olish uchun kerakli uskunalar bilan jihozlash choralarini koʻrsin;
Institut bilan birgalikda 2023 — 2025-yillar davomida Xitoy va Vyetnam davlatlaridan olib kelinadigan ipak qurti toza zotlarining boshlangʻich tuxum qoʻymalari va super elita urugʻi asosida mahalliy sharoitga mos yangi sermahsul zotlarning super elita urugʻini yaratish va undan elita urugʻliklarini olish ishlarini amalga oshirsin;
2023-yil yakuniga qadar Institut huzurida xususiy sektorni jalb etgan holda ipakchilik sohasi olimlari tomonidan yaratilib, davlat reyestriga kiritilgan ipak qurtining mahalliy zotlardan olingan elita urugʻini tayyorlash naslli urugʻchilik stansiyasini tashkil qilsin hamda faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
Institutga xususiy sektor ishtirokida naslli urugʻchilik xoʻjaliklarini biriktirish va sanoatlashgan urugʻni tijoratlashtirishni yoʻlga qoʻysin;
ikki oy muddatda ipak qurtining yangi zot va duragaylarini yaratgan mualliflarni ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, yaratilgan elita urugʻini pilla xom ashyosi yetishtiruvchilarga tarqatishdan ulush olish nazarda tutiladi.
11. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bir oy muddatda ipak qurtining mahalliy toza zotlari super elita urugʻini yaratish va undan elita urugʻliklarini olish hamda tutning yangi navlarini yaratish boʻyicha amaliy, fundamental va innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qilsin.
12. Qoʻmita Institutning Toshkent shahridagi bino-inshootlari va yer maydonlarini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan:
Institut talabnomasiga muvofiq ipak qurtining mahalliy sharoitga mos super elita urugʻini yaratish va undan elita urugʻliklarini olish uchun kerakli uskunalar bilan jihozlash, mahalliy zotlardan olingan sanoat urugʻini tayyorlash maqsadida naslli urugʻchilik stansiyasini tashkil qilish uchun talab etiladigan mablagʻlarning bir qismini qoplasin;
Institut bino-inshootlarini rekonstruksiya qilish va seleksiya ishlarini olib borishni taʼminlash maqsadida ipak qurtlarini parvarishlash uchun maxsus bino-inshootlarni barpo etish, ularni tabiiy gaz, muqobil energiya tejovchi vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Institut huzurida ipakchilik sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish doimiy ravishda olib borilishini yoʻlga qoʻyish uchun oʻquv markazini tashkil etsin hamda uni koʻrgazmali va oʻquv materiallari bilan jihozlasin.
13. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Andijon viloyati hokimligi Andijon viloyati, Marhamat tumani, “Guliston” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 1-A uy manzilida joylashgan Marhamat agrotexnologiyalar texnikumining bino-inshootlari va yer maydonlarini operativ boshqaruv huquqi asosida Institutga oʻtkazib berishni taʼminlasin.
Andijon viloyati hokimligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Marhamat agrotexnologiyalar texnikumida tahsil olayotgan talabalar oʻqishining 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Andijon veterinariya meditsinasi texnikumiga koʻchirilishini taʼminlasin.
14. Andijon viloyati hokimligi bir oy muddatda onalik tutzorlar va tajriba-sinov xoʻjaligini tashkil etish uchun Marhamat tumanida 14 gektar yer maydonini Institutga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratsin.
15. Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov) bir oy muddatda Hindiston bilan pilla mahsulotlari import bojini kamaytirish boʻyicha hukumatlararo muzokara oʻtkazish yuzasidan taklif kiritsin.
16. Transport vazirligi (I. Mahkamov), Madaniyat va turizm vazirligi (O. Nazarbekov) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan Vyetnamga qoʻshimcha aviareyslarni qoʻyish yuzasidan taklif kiritsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
18. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni hamda tutchilikka va pillachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi maqomini belgilovchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov hamda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-iyun,
PF-85-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-son Farmoniga 1-ILOVA
Pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan yangi tutzorlar barpo qilish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun joylashtiriladigan, shuningdek, mavjud yer maydonlarining koʻrsatkichlari
T/r Tumanlar nomi Barpo qilinadigan yangi tutzorlar maydoni (gektar) Shundan (gektar): “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun joylashtiriladigan yer maydonlari “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun joylashtiriladigan Ipakchilik qoʻmitasining doimiy foydalanishidagi mavjud yaylovlar maydonlari Hududiy “Agropilla” MCHJlar va pillani qayta ishlash korxonalariga qarashli rekonstruksiya qilinadigan tutzorlar Respublika boʻyicha jami: 105 000 86 629,6 14 113,3 4 257,3 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Toʻrtkoʻl 200 53 147 2. Beruniy 200 200 3. Ellikqalʼa 200 200 4. Amudaryo 200 200 5. Xoʻjayli 500 500 6. Taxiatosh 50 50 7. Shumanay 500 500 8. Qonlikoʻl 500 500 9. Qoʻngʻirot 500 500 10. Nukus 120 120 11. Kegeyli 350 350 12. Boʻzatov 100 100 13. Chimboy 500 500 14. Qoraoʻzak 500 500 15. Taxtakoʻpir 500 500 16. Moʻynoq 80 80 Jami 5 000 4 853 147 Andijon viloyati 1. Andijon 1 409 1 374 35 2. Izboskan 32 12 20 3. Marhamat 720 720 4. Paxtaobod 57 24 33 5. Baliqchi 40 25 15 6. Boʻston 30 10 20 7. Ulugʻnor 145 61 84 8. Asaka 590 510 80 9. Oltinkoʻl 23 3 20 10. Xoʻjaobod 739 695 44 11. Shahrixon 27 20 7 12. Jalaquduq 1 035 1 024 11 13. Qoʻrgʻontepa 153 134 19 Jami 5 000 4 612 388 Buxoro viloyati 1. Jondor 1 200 1 200 2. Romitan 1 200 1 200 3. Kogon 1 000 1 000 4. Buxoro 1 000 1 000 5. Peshku 1 200 1 200 6. Shofirkon 1 200 1 200 7. Gʻijduvon 1 200 1 200 8. Olot 1 000 1 000 9. Qorakoʻl 1 000 1 000 Jami 10 000 10 000 Jizzax viloyati 1. Forish 1 400 1171 229 2. Baxmal 1 300 1274,9 20 5,1 3. Zomin 1 400 1397,4 2,6 4. Yangiobod 1 400 94 1 306 5. Arnasoy 1 000 972,5 27,5 6. Mirzachoʻl 1 000 1000 7. Gʻallaorol 1 300 955,9 1,2 342,9 8. Sh. Rashidov 1 200 1200 Jami 10 000 8 065,7 252,8 1 681,5 Qashqadaryo viloyati 1. Qarshi 1 000 579,2 420,8 2. Koson 1 000 1000 3. Qamashi 1 000 0 1 000 4. Kitob 1 650 0 1 650 5. Muborak 1 000 0 1 000 6. Chiroqchi 1 000 0 1 000 7. Koʻkdala 700 363,3 336,7 8. Shahrisabz 1 650 985,1 664,9 9. Yakkabogʻ 1 000 0 1 000 Jami 10 000 2 927,6 7 072,4 Navoiy viloyati 1. Qiziltepa 1 100 27 1 073 2. Konimex 100 0 100 3. Navbahor 1 100 0 1 100 4. Nurota 800 0 800 5. Karmana 700 140 560 6. Xatirchi 1 200 0 1 200 Jami 5 000 167 4 833 Namangan viloyati 1. Mingbuloq 500 500 2. Kosonsoy 600 600 3. Chust 650 650 4. Uychi 250 250 5. Yangiqoʻrgʻon 650 650 6. Norin 250 250 7. Uchqoʻrgʻon 250 250 8. Namangan 250 250 9. Toʻraqoʻrgʻon 300 300 10. Chortoq 650 650 11. Pop 650 650 Jami 5 000 5 000 Samarqand viloyati 1. Pastdargʻom 1 000 1 000 2. Nurobod 1 000 331 669 3. Ishtixon 1 500 1 500 4. Jomboy 500 500 5. Qoʻshrabot 1 000 0 1 000 6. Kattaqoʻrgʻon 1 000 1 000 7. Narpay 500 500 8. Paxtachi 500 251 249 9. Bulungʻur 2 000 2 000 10. Payariq 1 000 963 37 Jami 10 000 8 045 1 955 Surxondaryo viloyati 1. Angor 1 000 1 000 2. Bandixon 500 500 3. Boysun 200 200 4. Qiziriq 1 000 1 000 5. Muzrabot 1 000 1 000 6. Sherobod 1 000 1 000 7. Jarqoʻrgʻon 1 000 1 000 8. Termiz 800 800 9. Oltinsoy 500 500 10. Shoʻrchi 1 000 1 000 11. Qumqoʻrgʻon 1 000 1 000 12. Denov 1 000 1 000 Jami 10 000 10 000 Sirdaryo viloyati 1. Boyovut 877 600 277 2. Guliston 642 400,3 241,7 3. Mirzaobod 1 255 999,8 255,2 4. Oqoltin 331 200,3 130,7 5. Sardoba 871 625,8 245,2 6. Sayxunobod 135 0 135 7. Sirdaryo 148 0 148 8. Xovos 741 573 168 Jami 5 000 3 399,2 1 600,8 Toshkent viloyati 1. Oqqoʻrgʻon 732 732 2. Ohangaron 5 288 5 288 3. Bekobod 1 183 1 183 4. Boʻka 1 142 1 142 5. Quyi Chirchiq 1 242 1 242 6. Yuqori Chirchiq 350 350 7. Qibray 371 371 8. Parkent 2 500 2 500 9. Piskent 861 861 10. Oʻrta Chirchiq 761 761 11. Chinoz 230 230 12. Yangiyoʻl 340 340 Jami 15 000 15 000 Fargʻona viloyati 1. Quvasoy 350 297,5 52,5 2. Beshariq 450 450 3. Bagʻdod 72 0 72,0 4. Buvayda 90 75,7 14,3 5. Dangʻara 464 461,1 2,9 6. Yozyovon 110 55,5 54,5 7. Quva 600 559,1 40,9 8. Oltiariq 260 260 9. Qoʻshtepa 87 65,7 21,3 10. Rishton 150 108,6 41,4 11. Soʻx 150 150 12. Toshloq 52 25,2 26,8 13. Oʻzbekiston 103 32,1 70,9 14. Uchkoʻprik 50 49,5 15. Fargʻona t 2 013 1969,8 42,9 Jami 5 000 4 560 440 Xorazm viloyati 1. Bogʻot 650 650 2. Gurlan 500 500 3. Qoʻshkoʻpir 2 000 2 000 4. Urganch 600 600 5. Hazorasp 1 000 1 000 6. Xonqa 300 300 7. Xiva 700 700 8. Shovot 1 000 1 000 9. Yangiariq 1 500 1 500 10. Yangibozor 800 800 11. Tuproqqalʼa 950 950 Jami 10 000 10 000
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-son Farmoniga 2-ILOVA
2024 — 2027-yillarda 105 ming gektar yer maydonida yangi tutzorlar barpo qilishning
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-son Farmoniga3-ILOVA
Hududlarda tashkil etiladigan ipak qurti urugʻini tayyorlovchi yangi urugʻchilik korxonalari roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-son Farmoniga4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-24-son Farmoniga 1-ilovaning 10-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoniga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4567-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli dalolatnomasiga asosan subsidiya taqdim etiladi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-fevraldagi “Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-73-son qarorida:
2-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “, Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5-banddan “hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-martdagi “Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 128-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli dalolatnomasiga asosan subsidiya ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
b) ilovadagi 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 10 gektar uchun har bir metriga 600 ming soʻmdan 120 million soʻmgacha subsidiya beriladi”.