PQ-1741-son Qaror · 17.04.2012

Oʻzbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik oʻtish davlat dasturi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1741
  • Qabul qilingan sana:17.04.2012
  • Kuchga kirgan sana:17.04.2012
  • Holati:Amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Raqamli teleradioeshittirishga oʻtish masalalari boʻyicha idoralararo ishchi guruh tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1394-son qaroriga muvofiq, shuningdek radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini oshirish va teleeshittirishning raqamli formatiga rejali oʻtishni taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik oʻtish boʻyicha Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

texnik va texnologik rivojlanishni hisobga olgan holda raqamli teleeshittirishni joriy qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

2017-yil oxirigacha mamlakat aholisining raqamli televideniye xizmatlaridan toʻliq foydalanishini taʼminlash bilan ikki bosqichda (2012 — 2015-yillar — I bosqich, 2016-2017-yillar — II bosqich) respublikada raqamli teleeshittirishga oʻtish;

raqamli televideniyening hamma olishi mumkin boʻlgan ijtimoiy paketini ishlab chiqarish, shakllantirish, efirga uzatish hamda tele-radio arxiv materiallarini raqamli formatga oʻtkazishning texnik imkoniyatini taʼminlovchi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi korxona va tashkilotlarining texnologik bazasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish;

analog teleeshittirish tizimlarini raqamli tizimlarga bosqichma-bosqich almashtirgan holda yer usti raqamli televizion eshittirish tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, xizmatlarning yangi turlarini, shu jumladan interaktiv va mobil televideniyeni joriy etish;

mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholini raqamli teleeshittirish signallarini qabul qiluvchi zamonaviy qurilmalar bilan taʼminlash.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasida oʻtish davrida (2017-yil oxirigacha) teleeshittirish bir vaqtning oʻzida analog va raqamli formatlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Davlat dasturining sifatli amalga oshirilishi uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklansin.

2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi korxonalarining teleradiokanallarini hamda Oʻzbekiston MTRKning hududiy boʻlinmalari mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boʻyicha xizmatlarga Oʻzbekiston MTRK uchun har yili nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hisobidan teleradiokanallar boʻyicha eshittirishning belgilangan oʻrtacha sutka davomidagi hajmlar doirasida, belgilangan oʻrtacha sutka davomidagi hajmlardan ortiq boʻlsa — Oʻzbekiston MTRKning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlash tartibi belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasida Raqamli teleradioeshittirishga oʻtish masalalari boʻyicha idoralararo ishchi guruhi Davlat dasturi doirasidagi loyihalar va tadbirlarning amalga oshirilishi tahlilini tashkil etish va monitoring qilishni taʼminlasin va har chorakda uning bajarilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.

Idoralararo ishchi guruhiga Davlat dasturini bajarishning oxirgi muddatini oʻzgartirmagan holda uning chora-tadbirlarini tuzatish huquqi berilsin.

4. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston MTRK, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy kreditlarni, asosan, imtiyozli kreditlarni jalb etish choralarini koʻrsin.

5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi hamda Oʻzbekiston MTRK, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar daromad soligʻidan, shuningdek, import qilinadigan asbob-uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha boʻshatilgan mablagʻlarni moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda 2018-yil 1-yanvarga qadar ozod etilsin.

6. Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qaror bilan taqdim qilingan soliq toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar natijasida boʻshatilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishi ustidan nazoratni oʻrnatsin.

7. Oʻzbekiston MTRK, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raqamli telekanallar sonini kengaytirish va ularning sifatli toʻldirilishi toʻgʻrisida taklif kiritsin.

8. OʻzAAA Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston MTRK va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi oʻrtasida raqamli teleeshittirishga oʻtishning maqsadlari, afzalliklari va tartibini keng tushuntirishni, shuningdek, Davlat dasturini amalga oshirish jarayonini muntazam yoritishni taʼminlasin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 17-aprel,

PQ-1741-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-apreldagi PQ-1741-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik oʻtish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiBajarish muddatiMasʼul ijrochilarMoliyalashtirish manbalariAmalga oshirish shakli va mexanizmiI-boʻlim. Raqamli teleeshittirishni joriy qilish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.1.Oʻzbekiston Respublikasida Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash2012-yil dekabrOʻzAAA,MTRK,Adliya vazirligiOʻzAAAning oʻz mablagʻlariRaqamli televideniye abonentlariga xizmatlar koʻrsatishning yagona tartibini belgilaydigan va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiladigan Raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish.2.Raqamli televideniye signallarini (yer usti, kabel, mobil) shakllantirish va translyatsiya qilishga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi normativ hujjatlarni qabul qilish.2012-yil dekabrOʻzAAA,MTRK,kabel televideniyesi operatorlari va provayderlariOʻzAAA va MTRKning oʻz mablagʻlariTelevizion signallarning raqamli televideniye tizimi bilan texnik moslashuvchanligini belgilovchi, ushbu signallarni shakllantirish, translyatsiya qilish vositalariga qoʻyiladigan texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.3.Raqamli televideniye signallarini qabul qiluvchi abonent qurilmalari uchun standartlarni tasdiqlash2012-yil dekabrOʻzAAA,“Oʻzstandart” agentligiOʻzAAAning oʻz mablagʻlariBozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni taʼminlaydigan raqamli televideniye signallarini qabul qiluvchi abonent qurilmalariga qoʻyiladigan talablar va standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.4.Respublika hududlarida analog teleeshittirishni bosqichma-bosqich toʻxtatish mexanizmini belgilash.2015-yil martAloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi,MTRK,Moliya vazirligi,Iqtisodiyot vazirligi Nazarda tutilmaydiOʻzbekiston Respublikasi hududida analog teleeshittirishni toʻxtatish tartibini belgilovchi qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.5.Raqamli formatda audiovizual yozuvlar va fonogrammalarni raqamlashtirish, saqlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani yaratish.2013-yil iyun“Oʻzarxiv” agentligi“Oʻzbekkino” MA,MTRK,“Oʻzstandart” agentligi,vazirliklar va idoralarIjrochilarning oʻz mablagʻlariRaqamli formatda audiovizual yozuvlar va fonogrammalarni raqamlashtirish, saqlash boʻyicha davlat va tarmoq standartlarini ishlab chiqish.II boʻlim. Yer usti efir, kabel tarmoqlari tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, telesignallarni shakllantirish va tarqatish6.Raqamli televideniyening umumiy foydalanish mumkin boʻlgan ijtimoiy paketi uchun kamida 2 ta raqamli telekanallarni ishlab chiqarish, shakllantirish va efirga uzatishning texnik imkoniyatini taʼminlovchi Oʻzbekiston MTRK korxonalari va tashkilotlarining texnologik bazasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish.2013-2014-yillarMTRK,Moliya vazirligi,Iqtisodiyot vazirligi,TIAISVImtiyozli xorijiy kreditlarTexnik-iqtisodiy hisob-kitobni ishlab chiqish va tasdiqlash. Oʻzbekiston MTRK boʻlinmalarining texnik vositalarini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish.7.Oʻzbekiston Respublikasining yer usti raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish. Birinchi bosqich.2012 — 2015-yillarAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,Moliya vazirligi,Iqtisodiyot vazirligi,Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,MTRK,xizmat koʻrsatuvchi bankImtiyozli xorijiy kreditlarTexnik-iqtisodiy hisob-kitobni tasdiqlash. Raqamli televideniye uzatgichlarini oʻrnatishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi yer usti raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish.8.Oʻzbekiston Respublikasining olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish. Ikkinchi bosqich.2016-2017-yillarAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,Moliya vazirligi,Iqtisodiyot vazirligi,Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,MTRK,xizmat koʻrsatuvchi bankImtiyozli xorijiy kreditlarTexnik-iqtisodiy hisob-kitobni ishlab chiqish va tasdiqlash. Oʻzbekiston Respublikasining olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida yoʻldosh aloqasidan foydalangan holda raqamli eshittirish tarmogʻini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish.9.Raqamli televideniye dasturlari paketini shakllantirish uchun EOAVMA nodavlat televizion studiyalarini modernizatsiya qilishAlohida jadvalga muvofiq EOAVMAEOAVMA mablagʻlariRaqamli televideniye dasturlari paketini shakllantirish uchun EOAVMA nodavlat televizion studiyalarini modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.10.Raqamli eshittirish formatiga oʻtishni hisobga olgan holda kabel televideniyesi tarmoqlarini modernizatsiya qilish2013 — 2015-yillarKabel televideniyesi operatorlariKabel televideniyesi operatori mablagʻlariYagona raqamli televideniye signalidan foydalanishni hisobga olgan holda kabel televideniyesi tarmoqlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.11.Oʻzbekiston MTRK tele-, radioarxiv materiallaridan yangi raqamli telekanallarni shakllantirishda foydalanish uchun ularni raqamli arxivlash, qayta ishlash va tasniflashni rivojlantirish.2012 — 2014-yillarMTRK,Moliya vazirligi,Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiImtiyozli xorijiy kreditlarDavlat tele-, radioarxiv materiallarini raqamli formatga oʻtkazish, keyinchalik qayta ishlash va tasniflashni taʼminlash uchun raqamli arxivlash tizimining apparat-dasturiy komplekslarini joriy etish.12.“Oʻzarxiv” agentligining arxiv audiovizual yozuvlari va fonogrammalarini raqamli formatda qayta ishlash va saqlash boʻyicha moddiy-texnik bazasini takomillashtirish.2012-2013-yillar“Oʻzarxiv” agentligi“Oʻzbekkino” Milliy agentligiMoliya vazirligi,Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiJalb etilgan mablagʻlar, imtiyozli xorijiy kreditlar, grantlarArxiv audiovizual yozuvlari va fonogrammalarini raqamli formatda raqamlashtirish va saqlash boʻyicha apparat-dasturiy komplekslarini joriy etish.13.Raqamli televideniye sohasida texnik ekspluatatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, seminarlar va konferensiyalar, shu jumladan xorijiy mutaxassislar ishtirokida tashkil etish.2012 — 2015-yillarAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,MTRK,Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiOʻz mablagʻlari va grantlarTaʼlim muassasalarida raqamli televideniye sohasida texnik ekspluatatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda amalga oshirish.III boʻlim. Ishlab chiqarishni tashkil etish va aholini raqamli teleeshittirish signallarini qabul qiluvchi zamonaviy qurilmalar bilan taʼminlash14.Xorijiy kompaniyalarning mablagʻlari va texnologiyalarini jalb etgan holda mavjud va yangi ishlab chiqarish korxonalari negizida raqamli teleeshittirish signallarini qabul qiluvchi qurilmalar ishlab chiqarishni, shu jumladan ushbu mahsulotning mahalliy ishlab chiqaruvchilari davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini nazarda tutgan holda yanada rivojlantirish.2012-yil dekabrIqtisodiyot vazirligi,“Oʻzeltexsanoat” uyushmasiMoliya vazirligi,Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,OʻzAAA,vazirliklar va idoralarNazarda tutilmaydi1. Raqamli teleeshittirish signallarini qabul qiluvchi qurilmalarining yangi ishlab chiqarishlarini rivojlantirish va tashkil etish.2. Ushbu mahsulotni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar va preferensiyalar berish orqali davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.15.Aholiga, shu jumladan yosh oilalarga raqamli teleeshittirish signallarini qabul qiluvchi raqamli qoʻshimcha moslamalarni va boshqa qurilmalar sotib olish uchun imtiyozli isteʼmol kreditlari berishdoimiyMarkaziy bank,Iqtisodiyot vazirligi,tijorat banklariTijorat banklari kreditlariAholiga, jumladan, yosh oilalarga raqamli qoʻshimcha moslamalar va televizorlarni sotib olish uchun imtiyozli isteʼmol kreditlarini berish dasturini amalga oshirish.16.Raqamli teleeshittirish uskunasini oʻrnatish uchun imtiyozli tariflarni taqdim etishdoimiyAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,Mehnat vazirligi,“Mahalla” jamgʻarmasi,raqamli televideniye operatorlariRaqamli televideniye operatorlarining oʻz mablagʻlariAholiga raqamli teleeshittirish uskunasini imtiyozli oʻrnatish tartibini ishlab chiqish.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.