PQ-341-son Qaror · 23.10.2023

Gulchilik va koʻchatchilik sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-341
  • Qabul qilingan sana:23.10.2023
  • Kuchga kirgan sana:24.10.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/341/0794

Respublika hududlarida gulchilik va koʻchatchilikni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy gul navlarini parvarishlash hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida:

1. 2023-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvarga qadar tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik oʻsimliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 23-oktabr,

PQ-341-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.