Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga va turistlarga madaniy xizmatlar koʻrsatish darajasini oshirish, ijodiy jamoalarning respublika hududlari boʻylab gastrol safarlarini tizimli tashkil etish, madaniyat maskanlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, isteʼdodli yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash koʻlamini kengaytirish hamda sohaga xususiy sektorni keng jalb etish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini izchil amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilardan iborat 2024-2025-yillarda respublikada oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejasi (keyingi oʻrinlarda — 2024-2025-yillar uchun reja) tasdiqlansin:
2024-2025-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish rejalari 1.1 — 1.14-ilovalarga muvofiq;
2024-2025-yillarda Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat karvoni” shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 2024-2025-yillar uchun rejada belgilangan tadbirlarning ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
a) Madaniyat vazirligi:
2024-2025-yillar uchun rejada belgilangan madaniy tadbirlar repertuarlarining yuksak badiiy-gʻoyaviy mazmunda ishlab chiqilishini va yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlasin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2024-2025-yillar uchun rejada belgilangan tadbirlarni oʻtkazish joyi, vaqti, ishtirok etadigan ijodkorlar haqida aholini kamida ikki oy oldin xabardor qilish tizimini yoʻlga qoʻysin;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
bir oy muddatda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda 2024-2025-yillar uchun rejada belgilangan madaniy tadbirlar oʻtkaziladigan joy, vaqt, ularni moliyalashtirish hajmi va manbaini aniq belgilagan holda hududiy rejalarni tasdiqlasin;
ikki oy muddatda 2024-yil uchun hududiy kalendar rejalarni, jumladan oʻz hududida faoliyat yurituvchi badiiy jamoalarning konsert-tomosha dasturlarini davlat muassasa, tashkilot va korxonalarida, xiyobon va sayilgohlar, istirohat bogʻlari, madaniyat maskanlarida doimiy oʻtkazishni nazarda tutgan holda tasdiqlasin;
2024-2025-yillar uchun rejada belgilangan tadbirlarning yuqori saviyada oʻtkazilishi uchun zarur tashkiliy masalalarni hal qilsin;
madaniyat kunlari tadbirlari doirasida oʻz hududida faoliyat yuritayotgan madaniyat muassasalari jamoalarining boshqa hududlarga gastrol safarlari xarajatlarini moliyalashtirsin;
v) Turizm qoʻmitasi 2024-2025-yillar uchun rejaga kiritilgan madaniy tadbirlarga turistlarni jalb qilish boʻyicha turoperatorlar orasida targʻibot ishlarini amalga oshirsin.
3. Badiiy havaskorlik jamoalarining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ular tomonidan koʻrsatilayotgan madaniy dasturlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
2024 — 2027-yillarda badiiy havaskorlik jamoalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq;
2024-yilda badiiy havaskorlik jamoalarini musiqa cholgʻulari, sahna liboslari, texnik jihoz va uskunalar toʻplami bilan taʼminlash boʻyicha manzilli reja 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki:
badiiy havaskorlik jamoalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun talab etiladigan musiqa cholgʻulari, sahna liboslari, texnik jihoz va uskunalarning namunaviy toʻplami Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
2025 — 2027-yillar uchun badiiy havaskorlik jamoalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha yillik manzilli reja har yili 1-yanvarga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
mazkur qarorga 3- va 4-ilovalarga muvofiq badiiy havaskorlik jamoalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjetidan Madaniyat vazirligiga qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
budjet hisobidan moddiy-texnika bazasi mustahkamlangan badiiy havaskorlik jamoalarining pulli tushumlarini birinchi yilda ikki baravarga, keyingi yillardan boshlab esa kamida 20 foiz miqdorida oshirib borish parametrlari ularning har biri boʻyicha Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari oʻz hududlarida konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasiga muvofiq oʻtkaziladigan madaniy tadbirlarda va ish beruvchilarning tashabbusi bilan mehnat jamoalarida badiiy havaskorlik jamoalarining konsert-tomosha dasturlarini shartnoma asosida tashkil etishiga masʼul etib belgilansin.
5. Madaniyat vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2024-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oktabr oyida badiiy havaskorlik jamoalari oʻrtasida respublika tanlovini oʻtkazsin.
Bunda, tanlovlarni oʻtkazish hamda gʻolib va sovrindor deb topilgan badiiy havaskorlik jamoalarining nufuzli xalqaro folklor festivallarida ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
6. 2024-yil 1-apreldan boshlab “Madaniyat toʻlqinlari” media loyihasi amalga oshirilsin.
Bunda:
ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida milliy gʻurur, Vatanga sadoqat, turli sohalarda kasbiy madaniyatni rivojlantirish, oilaviy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalar kabi umuminsoniy ezgulik gʻoyalarini targʻib qilish hamda media makonni ushbu mavzudagi materiallar bilan boyitish nazarda tutiladi;
media loyiha doirasida tanlov oʻtkaziladigan yoʻnalishlar va ularning konsepsiyasi Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan belgilab beriladi;
tanlov doirasida jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va gʻoyaviy yuksak eng yaxshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
tanlovni tashkil etish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
7. Turistik obyektlarda milliy va tarixiy sahnalarni yaratish orqali sayyohlar uchun ularning jozibadorligini yanada oshirish maqsadida turizm obyektlarida ijodiy jamoalarning teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari tashkil etilsin.
Madaniyat vazirligi, Turizm qoʻmitasi va Madaniy meros agentligining quyidagi tashabbuslariga rozilik berilsin:
2024-yil 1-apreldan boshlab “Xon qabuli” teatrlashtirilgan tarixiy tantanali rasmiy qabul marosimini namuna sifatida Qoʻqon shahridagi Xudoyorxon oʻrdasida tashkil etish hamda uning ijobiy natijalarini bosqichma-bosqich Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlarida qoʻllash;
5-ilovada belgilangan turizm obyektlarida teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlarini tashkil etish hamda ularni sahnalashtirish vaqti va davriyligini Turizm qoʻmitasi tomonidan belgilash;
Madaniyat vazirligi tomonidan har bir obyektning tarixi hamda hududning oʻziga xos qadriyat, urf-odat va anʼanalari asosida teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlarini ishlab chiqish hamda ijodiy jamoalarni tayyorlash;
teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlarini tashkil etish uchun har yili Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashi ijobiy qarori asosida Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga mablagʻ ajratib borish.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
8. Milliy madaniyatimizni xorijiy davlatlarda faol targʻib etish va ommalashtirish bilan shugʻullanuvchi chet el fuqarolari, jumladan vatandoshlar faoliyatini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oʻzbek madaniyati elchisi” maqomini berish tizimi joriy etilsin.
Belgilansinki:
“Oʻzbek madaniyati elchisi” maqomi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligining Hayʼat qaroriga muvofiq beriladi hamda ularga koʻkrak nishoni va yorliq topshiriladi;
“Oʻzbek madaniyati elchisi” maqomini olgan chet el fuqarolariga milliy madaniyatimizni targʻib qilishda zarur boʻlgan milliy liboslar, musiqa cholgʻulari, adabiyotlar, hunarmandchilik va madaniyatimizni targʻib qiluvchi boshqa mahsulotlar Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali yetkazib beriladi;
Oʻzbek madaniyati elchilarining faoliyat natijadorligidan kelib chiqib, Madaniyat vazirligi tomonidan ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish toʻgʻrisida takliflar kiritib boriladi;
“Oʻzbek madaniyati elchisi” maqomini olgan chet el fuqarolariga mahsulotlarni xarid qilish hamda ularning faoliyatini ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar “Vatandoshlar” jamoat fondi mablagʻlari hamda Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
9. Hududlarning oʻziga xos turistik salohiyatini targʻib qilish va sayyohlar tashrifini yanada oshirish maqsadida:
a) 2024-yil 1-apreldan boshlab aholi orasida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda mashhur boʻlgan mahalliy va xorijiy shaxslar ishtirokida “Yulduz bilan sayohat” loyihasi amalga oshirilsin.
Bunda:
Madaniyat vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda 500 mingdan ortiq obunachisi boʻlgan shaxslar roʻyxati va ular ishtirokida tashkil etiladigan tadbirlar dasturini shakllantiradi;
loyiha ishtirokchisining tadbirlar dasturi kamida bir oy oldin uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va tashkilotchilarning axborot manbalarida eʼlon qilib boriladi;
loyiha doirasida Madaniyat vazirligiga ishtirokchining gonorarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va u bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi;
loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplash uchun har yili Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashi ijobiy qarori asosida Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga mablagʻ ajratib boriladi.
(9-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
b) 2024-yil 1-apreldan boshlab 6-ilovadagi roʻyxatda belgilangan manzillarda “Koʻcha sanʼati va musiqasi” loyihasi amalga oshirilsin.
Bunda:
Madaniyat vazirligi va Turizm qoʻmitasi tomonidan ijodkorlarning koʻcha sanʼati va musiqasi konsert dasturlari muvofiqlashtirib boriladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tegishli koʻchalarda cholgʻu asboblari, rassomchilik va hunarmandchilik savdo rastalari tashkil etiladi;
har chorak yakunida har bir hududdan 10 nafar faol ijodkor Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 baravari miqdoridagi pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantirib boriladi. Bunda, loyiha ishtirokchilari faoliyatini reyting asosida baholash va ularning ragʻbatlantirilishi Madaniyat vazirligi tomonidan raqamlashtirish orqali monitoring qilinib, muvofiqlashtiriladi.
10. Madaniyat va sanʼat sohasidagi tanlovlarning keng jamoatchilik ishtirokida va shaffof tarzda oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida, tajriba tariqasida, 2024-yildan boshlab:
7-ilovada koʻrsatilgan Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladigan koʻrik tanlovlar teletanlov shakliga oʻtkaziladi;
8-ilovada koʻrsatilgan koʻrik tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish xususiy sektorga beriladi.
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorga 7-8-ilovalardagi tanlovlar boʻyicha:
tashkilotchilar Madaniyat vazirligi tomonidan eng yaxshi taklifni aniqlash yoʻli bilan tanlab olinadi;
amaldagi moliyalashtirish manbalari va hajmi saqlab qolinadi hamda tanlovlarni oʻtkazish tartibi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazishga yoʻnaltirilgan homiylik xayriyalari metsenatlik koʻmagi hisoblanadi hamda ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari qoʻllanadi.
11. Madaniyat vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-avgustga qadar ommaviy madaniy va konsert-tomosha tadbirlari oʻtkaziladigan obyektlarni ijaraga berish jarayonlarini raqamlashtirishni nazarda tutuvchi axborot tizimini ishlab chiqsin.
12. Madaniyat vazirligi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
xalqaro madaniyat va sanʼat festivallarini rejalashtirish va oʻtkazish, ularning ommaviyligi va samaradorligini oshirish toʻgʻrisida;
qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov, Turizm qoʻmitasi raisi U.R. Shodiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-dekabr,
PQ-406-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.1.-ILOVA
2024-2025-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.2.-ILOVA
2024-2025-yillarda Andijon viloyatida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.3.-ILOVA
2024-2025-yillarda Buxoro viloyatida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.4.-ILOVA
2024-2025-yillarda Jizzax viloyatida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.5.-ILOVA
2024-2025-yillarda Qashqadaryo viloyatida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.6.-ILOVA
2024-2025-yillarda Navoiy viloyatida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.7.-ILOVA
2024-2025-yillarda Namangan viloyatida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.8.-ILOVA
2024-2025-yillarda Samarqand viloyatida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.9.-ILOVA
2024-2025-yillarda Surxondaryo viloyatida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.10.-ILOVA
2024-2025-yillarda Sirdaryo viloyatida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.11.-ILOVA
2024-2025-yillarda Toshkent viloyatida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.12.-ILOVA
2024-2025-yillarda Fargʻona viloyatida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.13.-ILOVA
2024-2025-yillarda Xorazm viloyatida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga1.14.-ILOVA
2024-2025-yillarda Toshkent shahrida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga2-ILOVA
2024-2025-yillarda Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat karvoni” shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish
Izoh: Madaniyat vazirligiga, zaruratga koʻra, ushbu rejada koʻrsatilgan hududlar va muddatlarga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ushbu rejaga kiritilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi, mahalliy budjet, metsenatlik koʻmagi, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga3-ILOVA
2024 — 2027-yillarda badiiy havaskorlik jamoalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga4-ILOVA
2024-yilda badiiy havaskorlik jamoalarini musiqa cholgʻulari, sahna liboslari, texnik jihoz va uskunalar toʻplami bilan taʼminlash boʻyicha
Izoh: Madaniyat vazirligi tomonidan ushbu roʻyxatga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga5-ILOVA
Turizm obyektlarida madaniy dasturlarni namunaviy tashkil etish boʻyicha
Izoh: Madaniyat vazirligi tomonidan ushbu roʻyxatga Turizm qoʻmitasi, Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga6-ILOVA
“Koʻcha sanʼati va musiqasi” loyihasini namunaviy amalga oshirish boʻyicha
Izoh: Madaniyat vazirligi tomonidan ushbu manzilli rejaga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga7-ILOVA
Televizion shou shakliga oʻtkaziladigan madaniyat va sanʼat sohasidagi tanlovlar
Izoh: Madaniyat vazirligi tomonidan tanlovlarni oʻtkazish muddatlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga8-ILOVA
2024-yildan boshlab tashkil etish va oʻtkazish xususiy sektorga oʻtkaziladigan madaniyat va sanʼat sohasidagi koʻrik-tanlovlar
Izoh: Madaniyat vazirligi tomonidan roʻyxatda keltirilgan tanlovlar muddatlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.