PQ-422-son Qaror · 29.12.2023

Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-422
  • Qabul qilingan sana:29.12.2023
  • Kuchga kirgan sana:01.01.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/23/422/0994

Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

2024-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;

2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;

2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi 3-ilovaga muvofiq;

2024-yilda foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Quyidagi soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida quyidagi miqdorlarda qoldirilsin:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻliq hajmda;

foyda soligʻi toʻliq hajmda (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soligʻi bundan mustasno);

qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno).

Bunda soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq toʻlovchilardan tushumlar (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan foyda va qoʻshilgan qiymat soliqlari bundan mustasno) hududlar kesimida inobatga olinadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari oʻzgarishidan kelib chiqib, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar prognozini tasdiqlangan koʻrsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.

Belgilansinki, 2023-yil IV chorak yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini oʻtkazish 2024-yil yanvar oyida amalga oshiriladi va 2023-yilgi hisobotlarda aks ettiriladi.

3. Belgilab qoʻyilsinki, 2024-yilda ijtimoiy soliq tushumlari boʻyicha 2023-yilda amal qilgan taqsimlash meʼyorlari saqlab qolinadi.

4. 2024-yil uchun quyidagi soliq stavkalari:

a) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun rentabellik darajasidan kelib chiqqan holda foyda soligʻi boʻyicha 5-ilovaga muvofiq;

b) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha quyidagi miqdorlarda:

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun oltin boʻyicha — 10 foiz va palladiy, kumush, mis boʻyicha — 15 foiz;

“Navoiyuran” DK uchun uran boʻyicha — 16 foiz;

“Oʻzbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati boʻyicha — 15 foiz;

v) oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻim 1 grammiga 1 000 soʻm miqdorida tasdiqlansin.

Bunda, mazkur bandning “b” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan soliq stavkalari barcha litsenziyalangan yer qaʼri uchastkalariga nisbatan qoʻllaniladi.

5. Belgilansinki, 2024-yilda uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan:

2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi, 2023-yil uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;

jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi summasi 2023-yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

Belgilab qoʻyilsinki, koʻchmas mulk qiymatini baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda mustaqil baholashni oʻtkazgan va baholash hisobotini soliq organlariga taqdim etgan soliq toʻlovchilarning tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari 2024-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)

6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2024-yil 1-aprelga qadar “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Soliq qoʻmitasi va Statistika agentligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻini hisoblash uchun ushbu yerlarning normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazsin.

7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan kelib tushgan mablagʻlarning hamda mazkur jamgʻarmalarning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 40 foizini Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkazsin.

8. Belgilansinki, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralari tomonidan undiriladigan ayrim turdagi davlat bojlari, majburiy yigʻimlar, toʻlovlar, jarimalar va ajratmalar 6-ilovaga muvofiq taqsimlanadi.

Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2024 — 2026-yillar uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki:

vazirliklar va idoralar rahbarlari budjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi;

vazirliklar va idoralar maqsadli indikatorlarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni hisobot choragidan keyingi oyning yigirmanchi sanasiga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi hamda yigirma beshinchi sanasiga qadar oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirib boradi;

har chorak yakuni boʻyicha har bir vazirlik va idoraning maqsadli indikator koʻrsatkichlari bajarilishi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida tizimli va tanqidiy tahlil qilinadi. Bunda, vazirliklar va idoralarning maqsadli indikator koʻrsatkichlari bajarilishida sustkashlik va masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan tegishli vazirlik va idora rahbarlariga taʼsirchan choralar koʻriladi;

tasdiqlangan budjet parametrlariga oʻzgartirish kiritilgan taqdirda vazirliklar va idoralar maqsadli indikator koʻrsatkichlarini mablagʻlarning aniqlashtirilgan miqdoriga mutanosib ravishda oʻzgartiradi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

10. Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) Qonunchilik palatasiga taqdim etiladigan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot turlarini kengaytirish;

b) Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida:

har olti oyda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari bajarilishi yuzasidan vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini;

har chorak yakunida Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat budjeti daromadlari prognozi bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish;

v) Hisob palatasi tomonidan hisobot yili yakuni boʻyicha birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari bajarilishini auditdan oʻtkazish.

11. Belgilab qoʻyilsinki:

avval qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va Hukumat topshiriqlariga asosan ayrim xarajatlarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar miqdorini belgilash amaliyoti (jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan qismi bundan mustasno) bekor qilinadi;

jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalar hisobidan toʻlanishi belgilangan kompensatsiya toʻlovlaridan qarzdorlik yoki (va) mahalliy budjetlarning Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti oldida budjet ssudalari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik qoplanmasdan tegishli mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi.

12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining respublika mulkida boʻlgan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, jumladan tijorat banklarining (mahalliy hokimiyat organlari muassisligidagi jamiyatlardan tashqari) ijroiya organiga toʻlanadigan haq va ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash hamda jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, shuningdek ularga oʻzgartirish kiritish boʻyicha masalalarni kuzatuv kengashi tomonidan maʼqullangandan soʻng aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga kiritish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tartibni respublika mulkida boʻlgan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, jumladan tijorat banklarining (mahalliy hokimiyat organlari muassisligidagi jamiyatlardan tashqari) ustaviga kiritish choralarini koʻrsin.

13. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda 2024-yil uchun budjet siyosati konsepsiyasida belgilangan yoʻnalishlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, qoʻshimcha daromad manbalarini aniqlash, xarajatlar samaradorligini oshirish hamda budjet intizomiga rioya qilish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.

14. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilsin.

15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

19. Belgilansinki, ushbu qaror 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 29-dekabr,

PQ-422-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga 1-ILOVA

2024-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga 2-ILOVA

2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga3-ILOVA

2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga4-ILOVA

Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar

Izoh: roʻyxatda qayd etilgan korxonalar boshqa korxonalar tarkibiga kirganda va boshqa korxona bilan birlashganda yoki qayta tashkil etilgan holatlarda ushbu roʻyxatga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga5-ILOVA

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda soligʻi stavkalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga6-ILOVA

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralari tomonidan undiriladigan ayrim turdagi davlat bojlari, majburiy yigʻimlar, toʻlovlar, jarimalar va ajratmalar

* ushbu normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tegishli taqsimotlar mazkur ilovada keltirilgan tartibda amalga oshiriladi;

** Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga taqsimlangandan soʻng qolgan qismidan hisoblanadi.

*** a) undirilgan soliq summalari toʻliq Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi;

b) agar kameral soliq tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan berilgan maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan boʻlsa, kameral soliq tekshiruvi natijasida koʻp va juda koʻp miqdorda soliqlar va yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash holatlari boʻyicha undirilgan penyalar summalarining 10 foizi Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hamda 10 foizi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

**** auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun yer qaʼri uchastkasining sotilgan narxidan 1 foizi operator hisobvaragʻiga vazirlikka taqsimlangan mablagʻni kamaytirish hisobiga oʻtkaziladi.

***** a) hududi 10 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlari (bundan mazkur izohning “b” kichik bandi mustasno), shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari qarorlari asosida sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar:

90 foizi — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga teng ulushlarda;

10 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga;

b) mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotishdan tushadigan mablagʻlar tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmalariga;

v) xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan davlat aktivlarini (bundan mazkur izohning “a” kichik bandi mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmasiga;

g) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara yoki mulk huquqini sotishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

****** Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan:

Tranzit karantin ruxsatnomasini olish uchun arizani koʻrib chiqishdan olinadigan toʻlovlarning 30 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, 65 foizi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, 5 foizi Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga;

transport birligini ochish dalolatnomasi rasmiylashtirilishidan olinadigan toʻlovlarning 30 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, 65 foizi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, 5 foizi Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;

chegara oʻtkazish punktlarida qoʻl yuki va 1000 kg gacha yuk ortilgan bir transport birligi uchun fitosanitariya sertifikati berishdan olinadigan toʻlovlarning 30 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, 65 foizi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, 5 foizi Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;

mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni ikkilamchi koʻrik oʻtkazish xizmatlaridan olinadigan toʻlovlarning 30 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, 65 foizi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, 5 foizi Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.

******* suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish xizmatidan kelib tushadigan mablagʻlarning Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga7-ILOVA

Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2024 — 2026-yillar uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq

* 2025-2026-yillar uchun rivojlantirish dasturlari va maqsadli indikatorlarining reja koʻrsatkichlari kelgusi yillar uchun Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida qayta tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3504-son qarori 8-bandining “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidan “budjet mablagʻlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3802-sonli qarorida:

a) 9-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

b) 15-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

v) 20-bandda:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3824-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasining izoh qismidagi “20 — 25” soʻzlari “30 — 35” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3856-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalaridan ajratiladigan mablagʻlar”.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “Harbiy-maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3897-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalaridan ajratiladigan mablagʻlar”.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3931-son qarorida:

a) 4-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili 250 milliard soʻm miqdorida ajratiladigan mablagʻlar”;

b) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4318-son qarorida:

a) 3-banddagi “Moliya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 4-bandda:

“Moliya vazirligi va” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarini xorijiy valyutadagi yillik jamlanma xarajatlar smetalarini roʻyxatga olishda, ularning chet eldagi bank hisob-raqamlarida yil boshiga qoldiq mablagʻlari hisobga olinadi”.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan, biroq soliq davri davomida yuz million soʻmdan oshmaydigan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. Bunda soliq davrida yuz million soʻmdan oshgan daromadlar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartib asosida soliqqa tortiladi”.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5020-son qarorining 7-bandida:

a) ikkinchi xatboshi “yoʻnaltirsin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari talabnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman (shahar) budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga mablagʻ ajratish yuzasidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlariga har chorakda taklif kiritilishini taʼminlasin”.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5152-son qarorida:

a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “2025” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin;

b) 4-bandning “b” kichik bandida:

toʻrtinchi xatboshidagi “30” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;

beshinchi xatboshidagi “35” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin;

v) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-son qaroriga3-ILOVA

2022 — 2023-yillarda koʻp kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini obodonlashtirish boʻyicha reja koʻrsatkichlari

* Mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasiga ajratiladi.

** Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida aniqlik kiritilishi mumkin”.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5216-son qarorining 4-bandida:

a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2024-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi uchun ajratilgan mablagʻlar tarkibida alohida satrda mablagʻlar rejalashtiriladi”;

b) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“2024-yildan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni hisoblash uchun uy-joylarning bir kvadrat metrining eng yuqori narxi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Statistika agentligi tomonidan hududlar kesimida belgilanadi”;

v) toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;

g) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bunda, taʼmirlash va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlar tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, “Mehr daftari” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi”.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-73-son qarori 22-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2024-yil 1-yanvardan boshlab Soliq qoʻmitasi “Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi” davlat unitar korxonasini Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin”.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-92-son qarorining 22-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hududiy boʻlinmalarining talabnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek, tuman (shahar) budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga mablagʻ ajratish yuzasidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga har chorakda taklif kiritilishini taʼminlasin”.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarori 13-bandining oltinchi xatboshisidagi “yanvardan” soʻzi “apreldan” soʻzi bilan almashtirilsin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-241-son qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2030-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalaridan tashqari) budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi”.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-405-son qaroriga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2023 — 2026-yillarda Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarini oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va mebel bilan taʼminlashning

* Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

** Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi va tizim tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

*** Yakuniy narx koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender (tanlov) natijalari asosida batafsil belgilanadi.

Izoh:

Kadastr agentligi tomonidan 2023 — 2026-yillarda Kadastr agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarni oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy taʼminot va mebel bilan taʼminlashning asosiy koʻrsatkichlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Kadastr agentligining tizimidagi tashkilotlarga ularning mablagʻlari hisobidan belgilangan oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va mebellar xarid qilish ushbu tashkilotlarning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi”.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-427-son qarorida:

a) 3-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari taklifiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjeti va tuman (shahar) budjetlarining qoʻshimcha manbalaridan ajratiladigan mablagʻlar”;

b) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi talabnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek, tuman (shahar) budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan Jamgʻarmaga mablagʻ ajratish yuzasidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga har chorakda taklif kiritilishini taʼminlaydi”.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-noyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-430-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “2024” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-dekabrdagi “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-443-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalar tomonidan avtotransport vositalarini biriktirish meʼyorlari doirasida elektromobillar va gibrid avtomobillarni 1-ilovaga muvofiq xarid qilishga ruxsat beriladi.

Bunda, mazkur xaridlar davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan sotib olinadigan avtotransport vositasining eng yuqori narxi boʻyicha oʻrnatilgan cheklovlar hamda ularning yangisiga almashtirish davri talabiga muvofiq amalga oshirilishi shart”.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori 9-bandning “b” kichik bandi chiqarib tashlansin.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171-son qarorida:

a) 8-bandda:

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin;

“transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadigan utilizatsiya yigʻimining 3 foizi Vazirlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi”;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“2024-yil 1-iyuldan boshlab pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar uchun utilizatsiya yigʻimining 10 foizi Vazirlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi”;

b) 5-ilova 29-pozitsiyasining “Chora-tadbir nomi”ustunida:

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yagona dastur asosida amalga oshiriladigan tadbirlarni yer egalarining oʻz mablagʻlari va Sirdaryo viloyatining mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutish”;

toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi “moliyalashtirish uchun” soʻzlaridan keyin “Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qaroriga 1b-ilovaning 21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Yoʻl xoʻjaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qarorida:

a) 8-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarida koʻkalamzorlashtirish ishlarining uzluksizligini taʼminlash maqsadida, belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” davlat muassasasining hududiy boʻlinmalarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar:

2024-yil 1-aprelga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi;

2024-yil 1-apreldan boshlab tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish” davlat muassasasining hududiy boʻlinmalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin”;

b) 15-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yigʻimdan tushadigan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi:

90 foizi — Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;

10 foizi — Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga”;

v) qarorga 1-ilovada:

22-pozitsiya chiqarib tashlansin;

43-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “5 foiz miqdorida” soʻzlari “(tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida) 5 foiz miqdorigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.

25. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 414-son qarorida:

a) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “2024” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin;

b) ilovaning 29-bandida:

quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“Bunda, homiylikdan kelib tushgan mablagʻlar tushumi va sarflanishining hisobi alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yuritiladi.

Vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan homiylik mablagʻlarini qabul qilish, ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har chorak yakuni bilan ularning rasmiy veb-sahifalarida eʼlon qilib boriladi”;

oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

26. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 250-son qarorida:

a) 1-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:

“3. Vazirliklar huzuridagi qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar markaziy apparati yuridik xizmat xodimlari uchun mehnatga haq toʻlash razryadlari tegishlicha vazirlik markaziy apparati yuridik xizmat xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlaridan bir pogʻona past miqdorda qoʻllaniladi”;

b) 4-ilovada:

1-pozitsiyaning “Belgilangan shtatlar miqdori” ustunidagi “8” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin;

2-pozitsiyaning “Belgilangan shtatlar miqdori” ustunidagi “5 — 7” soʻzlari “7 va undan ortiq” soʻzlari bilan almashtirilsin.

27. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi “Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1004-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin.

28. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 299-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “2023” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin.

29. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyundagi “Sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 422-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshisidagi “respublika budjeti” soʻzlari “yer egalarining oʻz” soʻzlari bilan almashtirilsin.

30. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 811-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandida:

a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida qoʻshimcha undirilgan summalar boʻyicha (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan tashqari) penyalar hamda soliq qonunchiligini buzganlik uchun qoʻllanilgan moliyaviy jazo choralari summalarining 20 foizi”;

b) uchinchi xatboshidagi “40” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin.

31. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 59-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “25” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.

32. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-apreldagi “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 260-son qarori 6-bandi “e” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “LIBOR” qisqartmasi “SOFR” qisqartmasi bilan almashtirilsin.

33. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-iyundagi “Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 347-son qarorida:

a) qaror nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ayrim turdagi tovarlar uchun utilizatsiya yigʻimini joriy etish toʻgʻrisida”;

b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. 2020-yil 1-avgustdan boshlab, utilizatsiya yigʻimi miqdorlari va utilizatsiya yigʻimi toʻlanadigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalarining turlari va toifalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;

2024-yil 1-iyuldan boshlab utilizatsiya yigʻimi toʻlanadigan pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalarning roʻyxati va utilizatsiya yigʻimi miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;

v) ilova 1-ilova deb hisoblansin;

g) quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:

“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga2-ILOVA

Utilizatsiya yigʻimi toʻlanadigan pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalarning roʻyxati va utilizatsiya yigʻimi miqdorlari

34. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizomning 58-bandi oʻn uchinchi xatboshisidagi “Ijtimoiy sohani rivojlantirish davlat dasturlari, konsepsiyalari va sxemalarining” soʻzlari “Budjet tizimi budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan qurish-taʼmirlash ishlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar, konsepsiyalar va sxemalarning” soʻzlari bilan almashtirilsin.

35. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 54-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“54. Soliq organlari tomonidan oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida qoʻshimcha undirilgan summalar boʻyicha penyalar hamda soliq qonunchiligini buzganlik uchun qoʻllanilgan moliyaviy jazo choralari, tegishli maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllanilgan jarimalar summalarining 80 foizi davlat budjetiga, 20 foizi Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

Agar kameral soliq tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan berilgan maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan boʻlsa, kameral soliq tekshiruvi natijasida koʻp va juda koʻp miqdorda soliqlar va yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash holatlari boʻyicha qoʻshimcha undirilgan summalar boʻyicha penyalar hamda soliq qonunchiligini buzganlik uchun qoʻllanilgan moliyaviy jazo choralari, tegishli maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllanilgan jarimalar summalarining 10 foizi Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hamda 10 foizi Departamentning maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

Bunda, soliq tekshiruvlari natijasida aniqlangan va oʻz vaqtida budjetga oʻtkazilmagan soliqlar toʻliq davlat budjetga yoʻnaltiriladi.

Sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish va undirilgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi Soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan kelishgan holda tasdiqlanadi”.

36. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qarori bilan tasdiqlangan Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi uchinchi xatboshisi “boʻyicha razryadlari va” soʻzlaridan keyin “Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

37. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 358-son qarori bilan tasdiqlangan Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 10-1-band bilan toʻldirilsin:

“10-1. Ilgari “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan transport vositalari uchun toʻlangan utilizatsiya yigʻimini toʻlovchiga qaytarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

utilizatsiya yigʻimini hisoblashda ortiqcha toʻlanganlik fakti aniqlanganda;

bojxona hududiga olib kirilgan tovarga nisbatan utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha imtiyoz tiklangan boʻlsa;

“reeksport” bojxona rejimida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqib ketilgan boʻlsa”.

38. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3 5-bandida:

quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Bunda mazkur 5 foiz chegirmani qoʻllash amaliyoti “Tashabbusli budjet” jarayonida gʻolib deb topilgan loyihalarga tatbiq etilmaydi”;

oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.

39. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 145-son qarorida:

a) 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman (shahar) budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari xarajatlarini moliyalashtirishga yetarli boʻlgan miqdorda “Ayollar daftari” jamgʻarmasiga mablagʻ yoʻnaltirish yuzasidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga taklif kiritilishini taʼminlasin”;

b) 2-ilova 4-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlari qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman (shahar) budjetlari qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar”.

40. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-sonli qarori bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 37-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “2023” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.

41. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

42. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 312-son qarorida:

a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar”;

b) 1-ilovada:

4-bandda:

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar”;

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari qarorlariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlarni, birinchi navbatda, tegishli hududning qoʻshimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga oʻtkazib borish yuzasidan takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritib borsin”;

5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari qaroriga asosan tuman (shahar) budjetlari qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar”.

43. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar ishtirokidagi audit oʻtkaziladigan obyektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibi toʻgʻrisida nizomning 13-bandi ikkinchi xatboshisi “Bunda,” soʻzidan keyin “eng koʻp marta tanlangan nazorat obyektlarida tanlashlar soni bir xil boʻlganda, ularning barchasida nazorat tadbirlari oʻtkaziladi hamda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

44. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati toʻgʻrisida namunaviy nizomda:

a) 2-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “mablagʻlari taqsimlovchilari va ular tizimidagi budjet tashkilotlari hamda” soʻzlari “mablagʻlarini taqsimlovchilar va” soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ichki audit obyekti — ichki audit tadbiri amalga oshirilishi nazarda tutilgan vazirlik va idoralarning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari hamda tasarrufidagi budjet tashkilotlari”;

b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5. Ichki audit xizmati vazirlik va idoralarning asosiy faoliyati natijalariga javobgar hisoblanmaydi hamda ularga asosiy faoliyat yoʻnalishidan tashqari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa funksiyalarning yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;

v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Vazirlik va idoralar tomonidan ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom ushbu nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda ichki audit tadbirlari ichki auditning milliy standartlari va ichki audit tadbirlarini oʻtkazish qoʻllanmasi asosida oʻtkaziladi”;

g) 20-banddagi “yanvardan” soʻzi “apreldan” soʻzi bilan almashtirilsin.

45. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab amalga oshirilgan ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tizimini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 484-son qarori 3-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“a) 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan va 2024-yildan boshlab har yili sayohat xarajatlarini qaytarishning navbatdagi bosqichlarini moliyalashtirish uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlar ajratilishi nazarda tutiladi”.

46. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisida nizomda:

a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidan “ular tizimidagi budjet tashkilotlari hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) 10-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“sertifikatlash jarayonidagi, shuningdek, imtihon komissiyasi va apellyatsiya komissiyasi faoliyatida yuzaga keladigan masalalar hamda oʻzaro nomuvofiq holatlarni koʻrib chiqadi”;

v) 11-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“test savollari yoʻnalishlari boʻyicha mavzularni, adabiyotlar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxatini, test savollarini (javob variantlarisiz) oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi”;

g) 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“23. Talabgor Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi lozim”;

d) 25-bandda:

toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

e) 30-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“mazkur Nizomning 23-bandi talablariga javob bermaganda”;

j) 42-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“42. Test sinovi Auditorlar palatasi tomonidan tasdiqlangan 100 ta savoldan iborat boʻladi”.

47. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 377-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisida nizomda:

a) 9-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Bunda, baholash baholovchi tashkilot rahbarining qarori asosida amalga oshiriladi”;

b) 13-bandning beshinchi xatboshisida “tizimidagi” soʻzidan keyin “xavf darajasi yuqori boʻlgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

v) Nizomga 3-ilova nomidagi “xizmati” soʻzi “obyekti” soʻzi bilan almashtirilsin.

48. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 500-son qarorida:

a) 1-ilova 41-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“41. Inspeksiya markaziy apparati faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hamda uning hududiy boshqarmalari faoliyati tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi”;

b) 3-ilova 2-bandining “a” kichik bandida:

quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“lavozim maoshi”;

ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qaroriga9-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2647-son qarorining 1-bandi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3955-son qarori 1-bandining “g” kichik bandi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4486-son qarorining 6-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4653-son qaroriga 10-ilovaning 7-bandi.

5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi nizom 15-bandining “b” kichik bandi.

6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-fevraldagi “Tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlarni import qilishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 49-son qarori.

7. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi “Import qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar tatbiq qilinmaydigan dorivor vositalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 132-son qarori.

8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tayyor dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishni tartibga solish bilan bogʻliq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 752-son qarori.

9. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyundagi “Sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 422-son qarorining 1 va 4-bandlari hamda ilovasi.

Izoh: 1 va 6 — 8 bandlar 2024-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.