PQ-72-son Qaror · 15.02.2024

Andijon viloyatida “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-72
  • Qabul qilingan sana:15.02.2024
  • Kuchga kirgan sana:16.02.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/72/0131

Andijon viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlash, import oʻrnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini toʻliq yoʻlga qoʻyish, qulay investitsiya muhitini yaratish, yuqori texnologiyali va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va hudud aholisining farovonligini oshirish, shuningdek, Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan mamlakatlar, xususan, Xitoy Xalq Respublikasi bilan savdo va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:

1. Andijon viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligining:

Andijon viloyati Andijon tumanida “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Ipak yoʻli” EIZ) tashkil etish;

“Ipak yoʻli” EIZni tashkil etish maqsadida Andijon viloyati Andijon tumanida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan jami 218,18 gektar, shundan 201,23 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalarini 1-ilovaga muvofiq sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi hududlarning chegaralari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Quyidagilar “Ipak yoʻli” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;

mahalliy xom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish, “Ipak yoʻli” EIZ ishtirokchilari oʻrtasida hamda respublikaning boshqa hududlari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori darajadagi sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish;

viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy aholi uchun doimiy ish oʻrinlari yaratish.

4. Belgilansinki:

a) “Ipak yoʻli” EIZning faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik qonunga muvofiq uzaytirilishi mumkin;

b) “Ipak yoʻli” EIZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi;

v) “Ipak yoʻli” EIZ hududida:

investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish ularning bosh reja asosida oʻzlashtirilishiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn auksion orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;

infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish elektron onlayn auksiondan tushgan mablagʻlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;

infratuzilma obyektlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Ipak yoʻli” EIZ hududini muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan taʼminlash dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin.

6. Andijon viloyati hokimligi:

a) ikki hafta muddatda “Ipak yoʻli” EIZ faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

b) bir oy muddatda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “Ipak yoʻli” EIZning hududlari bosh rejasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin, bunda:

Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilansin;

bosh rejani ishlab chiqish boʻyicha pudrat tashkiloti belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolariga asosan aniqlansin;

bosh rejani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Andijon viloyati mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismi, Andijon viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin;

v) yer uchastkalarini bosh rejaga asosan zaxiraga qaytarish qonunga muvofiq amalga oshirilishini, davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini va Yer kodeksida belgilangan tartibda ajratilishini, shuningdek, yer uchastkalari olib qoʻyilayotgan yer egalari, foydalanuvchilari va ijarachilariga yetkaziladigan zararlar, boy berilgan foyda, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini taʼminlasin;

g) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2025-yil 1-yanvarga qadar mazkur qaror bilan yer fondi toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalarining ikki baravari miqdorida yangi yer uchastkalari oʻzlashtirilishini va sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkazilishini taʼminlasin;

d) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda “Ipak yoʻli” EIZ hududida 2025-yil oxiriga qadar 3 mlrd AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari oʻzlashtirilishini, 16 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishini, yiliga 20,1 trln soʻmdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini, yillik 580,7 mln AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha eksport amalga oshirilishini va Davlat budjetiga yillik 1,2 trln soʻm qoʻshimcha soliq tushumlari tushishini taʼminlasin.

7. Kadastr agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga asosan yer uchastkalarining bosh reja asosida oʻzlashtirilishiga va yangi maqsadlar uchun ajratilishiga, shuningdek, yangi yerlarning sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkazilishiga koʻra Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritib borsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmanov belgilansin.

Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 15-fevral,

PQ-72-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-fevraldagi PQ-72-son qaroriga 1-ILOVA

Andijon viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari

T/r Hudud nomi Yerdan foydalanuvchi nomi Kontur raqami Jami yer maydoni, ga shundan Tuproq ball boniteti Oʻzgartirishga taklif etilayotgan yer maydoni toifasi Taklif etilayotgan foydalanish maqsadi Sugʻoriladigan yerlar, ga Boshqa yerlar, ga Andijon tumani 1. Mingoʻrik MFY (A. Ismoilov massivi) “QODIRBOBO OZOD ZAMINI” fermer xoʻjaligi 10022 9,24 8,36 0,88 71,7 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Erkin iqtisodiy zona tashkil etish 10024 5,76 5,30 0,46 10025 8,56 7,67 0,89 2. Mingoʻrik MFY (A. Ismoilov massivi) “MANMUDSHOH” fermer xoʻjaligi 9933 12,98 11,72 1,26 76,5 9934 9,77 9,28 0,49 10007 7,49 7,02 0,47 10008k 2,88 2,81 0,07 10015 10,73 10,21 0,52 10019 10,79 10,21 0,58 10020 4,74 4,41 0,33 3. Mingoʻrik MFY (A. Ismoilov massivi) “NAFOSATLI DALA RAVNAQI” fermer xoʻjaligi 9924 8,65 8,10 0,55 75,1 9942 12,84 12,14 0,70 9944 7,57 7,17 0,40 9945 7,61 7,12 0,49 9949 6,32 6,04 0,28 4. Mingoʻrik MFY (A. Ismoilov massivi) “NUKIRDINOV ZUXRIDDIN ISHONCNI” fermer xoʻjaligi 9948 0,73 0,65 0,08 76,5 9935k 1,19 1,06 0,13 5. Mingoʻrik MFY (A. Ismoilov massivi) “AZIZBEK” fermer xoʻjaligi 10014 5,57 5,30 0,27 76,5 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Erkin iqtisodiy zona tashkil etish 6. Mingoʻrik MFY (A. Ismoilov massivi) “XURSHIDBEK ORZUSI” fermer xoʻjaligi 9954k 3,05 2,78 0,27 47,6 9955 5,07 4,66 0,41 7. Mingoʻrik MFY (A. Ismoilov massivi) “ABDUMANNOB ZIYO YOG'DUSI” fermer xoʻjaligi 9954k 1,58 1,50 0,08 47,6 8. Mingoʻrik MFY (A. Ismoilov massivi) “IBRAGIMOV JASURBEK” fermer xoʻjaligi 10010 0,62 0,58 0,04 76,5 10013 2,77 2,63 0,14 9. Mingoʻrik MFY (A. Ismoilov massivi) “JAXONGIR ELEGANT BARAKA” fermer xoʻjaligi 9954k 1,09 1,00 0,09 47,6 10. Mingoʻrik MFY (A. Ismoilov massivi) “KUZ MEVASI” fermer xoʻjaligi 10023 5,14 4,56 0,58 69,3 11. Mingoʻrik MFY (A. Ismoilov massivi) “AGRO PILLA” MChJ 9931 3,60 3,34 0,26 76,5 9932 4,72 3,69 1,03 9936 1,07 1,01 0,06 9943 0,94 0,87 0,07 9946 2,49 2,27 0,22 9947 0,92 0,76 0,16 12. Mingoʻrik MFY (A. Ismoilov massivi) “VODIY KLASTER TEKSTIL” MChJ 9925 6,12 5,48 0,64 74,6 9927 14,30 13,59 0,71 9929 6,19 5,23 0,96 10021 25,09 22,71 2,38 Jami 218,18 201,23 16,95 68,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-fevraldagi PQ-72-son qaroriga 2-ILOVA

“Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi hududlarning

T/r Hudud va uning chegaralari tavsifi maydoni (ga) Andijon viloyati Andijon tumani “A. Ismoilov” massivi 1. Sharq tomondan 1-nuqta 40°42'25.02''S 72°17'52.23''V 2-nuqta 40°42'11.18''S 72°18'20.07''V 3-nuqta 40°42'10.58''S 72°18'16.65''V 4-nuqta 40°42'0.24''S 72°18'26.59''V 218,18 2. Janub tomondan 5-nuqta 40°41'53.13''S 72°18'14.77''V 6-nuqta 40°41'55.26''S 72°18'11.03''V 7-nuqta 40°41'51.72''S 72°18'7.80''V 8-nuqta 40°41'50.03''S 72°18'13.28''V 9-nuqta 40°41'47.20''S 72°18'10.95''V 10-nuqta 40°41'43.61''S 72°18'20.10''V 11-nuqta 40°41'32.98''S 72°18'11.82''V 12-nuqta 40°41'36.80''S 72°18'0.72''V 13-nuqta 40°41'26.71''S 72°17'52.18''V 14-nuqta 40°41'39.19''S 72°17'35.12''V 15-nuqta 40°41'38.78''S 72°17'32.09''V 16-nuqta 40°41'17.71''S 72°17'39.44''V 17-nuqta 40°41'11.03''S 72°17'27.64''V 18-nuqta 40°41'0.45''S 72°17'35.83''V 19-nuqta 40°41'6.51''S 72°17'44.41''V 20-nuqta 40°41'2.30''S 72°17'49.05''V 21-nuqta 40°40'50.73''S 72°17'36.12''V 3. Gʻarb tomondan 22-nuqta 40°41'9.40''S 72°17'22.37''V 23-nuqta 40°41'10.11''S 72°17'23.91''V 24-nuqta 40°41'19.34''S 72°17'20.63''V 25-nuqta 40°41'29.53''S 72°17'18.16''V 26-nuqta 40°41'27.45''S 72°17'8.08''V 27-nuqta 40°41'42.12''S 72°17'3.84''V 4. Shimol tomondan 28-nuqta 40°41'47.82''S 72°17'12.96''V 29-nuqta 40°41'45.28''S 72°17'13.99''V 30-nuqta 40°41'48.05''S 72°17'19.08''V 31-nuqta 40°41'50.29''S 72°17'17.10''V 32-nuqta 40°41'55.18''S 72°17'25.68''V 33-nuqta 40°41'39.35''S 72°17'32.12''V 34-nuqta 40°41'40.64''S 72°17'37.74''V 35-nuqta 40°41'58.67''S 72°17'30.62''V

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.