PQ-26-son Qaror · 11.03.2005

Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-26
  • Qabul qilingan sana:11.03.2005
  • Kuchga kirgan sana:11.03.2005
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 10-11

Import operatsiyalarini boj-tarif bilan batartib boshqarishni takomillashtirish, tovarlarning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishni yanada tartibga solish, mahalliy raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-sentabrdagi PQ-183-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 40-son, 304-modda)

2. Belgilansinki, 2005-yilning 1-apreligacha bojxonaning “vaqtincha saqlash” rejimiga joylashtirilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish chogʻida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli va “Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-yanvardagi 4-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan stavkalar 2005-yilning 1-mayiga qadar qoʻllaniladi.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PF-5459-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 06/18/5459/1374-son)

4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmalariga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 11-mart,

PQ-26-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.