PF-98-son Farmon · 02.07.2024

Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-98
  • Qabul qilingan sana:02.07.2024
  • Kuchga kirgan sana:04.07.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/24/98/0467

Maktabgacha va maktab taʼlimida yaxlit davlat boshqaruvi tizimini tashkil qilish, ushbu sohadagi dolzarb muammolarni samarali hal etish, davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda maktabgacha taʼlim yoʻnalishida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash maqsadida:

1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Maktabgacha taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) faoliyatini tugatish hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarni 1-ilovaga muvofiq vazirlik tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni bajarish yuklatilsin:

ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

maktabgacha taʼlim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;

maktabgacha taʼlimning oʻquv reja, dastur va oʻquv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy oʻrta taʼlim dasturlari bilan uzviyligini taʼminlash;

davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari orasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini taʼminlash;

nodavlat va davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, ularga qonunchilik hujjatlariga muvofiq subsidiya va kompensatsiyalar ajratish, berilayotgan davlat koʻmagining samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan taʼsirchan nazoratni oʻrnatish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ratsional va belgilangan meʼyorlar asosida sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash;

sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllash, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish va hujjatlar aylanmasini qisqartirish orqali maktabgacha taʼlim xizmatlari sifatini oshirish.

3. Maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida Agentlik faoliyatini tugatish natijasida maqbullashtiriladigan 66 ta shtat birliklari quyidagicha taqsimlansin:

39 ta shtat birligi — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining markaziy apparatiga;

14 ta shtat birligi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga;

13 ta shtat birligi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarining metodik xizmat koʻrsatish boʻlimlariga berilsin.

4. Belgilansinki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Agentlikning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

5. Agentlikning Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 17-uy manzilidagi bino-inshootlari operativ boshqaruv huquqi asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligiga berilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.

7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 2-iyul,

PF-98-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-iyuldagi PF-98-son Farmoniga 1-ILOVA

Maktabgacha taʼlim agentligi tashkiliy tuzilmasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufiga oʻtkazilayotgan tashkilotlar roʻyxati

* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-avgustdan boshlab “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuzilmasiga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-iyuldagi PF-98-son Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:

a) 1-ilovaning “13. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

b) 2-ilovadan 13-bandning 13.1-kichik bandi chiqarib tashlansin;

v) 2a-ilovadan 13.1-pozitsiya chiqarib tashlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-79-son Farmonida:

a) 1-bandda:

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 15-bandning birinchi xatboshisidan “, maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari — Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.V. Shin” soʻzlari chiqarib tashlansin;

v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tashkiliy tuzilmasi

* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuzilmasiga oʻtkaziladi”;

g) 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-son qarorida:

a) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “narxining 50 foizi miqdorida” soʻzlari “uchun qonunchilikda belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovada:

47-bandning uchinchi xatboshisidagi “25 foizi” soʻzlari “20 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

58-bandning uchinchi xatboshisidagi “25 foizi” soʻzlari “20 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

98-banddagi “35 foizi” soʻzlari “25 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

103-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“103. Davlat sherigi zimmasiga loyihani amalga oshirishda qoʻshimcha ravishda quyidagilarni taʼminlash yuklatiladi:

a) 2024-yil 1-avgustdan boshlab Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan miqdorlarda ish haqi toʻlash;

b) 2024-yil 1-avgustdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning 1 va 2-toifadagi tuman (shahar)larida faoliyat yuritayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarga:

ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan ish haqining 75 foizi miqdorida haq toʻlash;

ularda taʼlim olayotgan har bir bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan normativlar boʻyicha ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) hamda dori-darmonlar bilan taʼminlash xarajatlarining 75 foizini qoplash;

v) 2024-yil 1-avgustdan 2025-yil 1-yanvarga qadar 3-toifadagi tuman (shahar)larda faoliyat yuritayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarga:

ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan ish haqining 90 foizi miqdorida haq toʻlash;

ularda taʼlim olayotgan har bir bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan normativlar boʻyicha ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) hamda dori-darmonlar bilan taʼminlash xarajatlarining 90 foizini qoplash;

g) 2025-yil 1-yanvardan boshlab 3-toifadagi tuman (shahar)larda faoliyat yuritayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarga:

ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan ish haqining 85 foizi miqdorida haq toʻlash;

ularda taʼlim olayotgan har bir bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan normativlar boʻyicha ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) hamda dori-darmonlar bilan taʼminlash xarajatlarining 85 foizini qoplash;

d) 4 va 5-toifadagi tuman (shahar)larda faoliyat yuritayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarga:

ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan miqdorlarda ish haqini toʻlash;

ularda taʼlim olayotgan har bir bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan normativlar boʻyicha ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) hamda dori-darmonlar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash;

e) 2021-yil 1-maydan boshlab boquvchisini yoʻqotgan ayollar farzandlarining ota-onalar badali toʻlovlarini tegishli hududdagi 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan miqdorlarda qoplash;

j) maktabgacha taʼlim tuman boʻlimi tomonidan uslubiy yordam koʻrsatish;

z) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda taʼlim tashkilotini maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun moʻljallangan mebel, ashyo va anjomlar bilan jihozlashga koʻmaklashish;

i) jihozlar, asbob-uskunalar va oʻquv materiallarini foydalanishga berish;

k) tegishli qishloq vrachlik punktidan yoki qishloq oilaviy poliklinikasidan tibbiyot xodimini biriktirish;

l) oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari orqali oʻquv materiallari bilan bepul taʼminlash”;

104-bandning uchinchi xatboshisidagi “70 foizi” soʻzlari “35 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 426-son qarorida:

a) 2-ilovada:

11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“11. Oilaviy MTTga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi subsidiyalar toʻlanadi:

a) 2024-yil 1-avgustdan boshlab Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan oilaviy MTTlar tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini toʻlash uchun — 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorlarida;

b) 2024-yil 1-avgustdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning 1 va 2-toifadagi tuman (shahar)larida faoliyat yuritayotgan oilaviy MTTlarga:

ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini toʻlash uchun — 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ish haqining 75 foizi miqdorida;

ularda taʼlim olayotgan har bir bolani ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) hamda dori-darmonlar bilan taʼminlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida belgilangan normativlarning 75 foizi miqdorida;

v) 2024-yil 1-avgustdan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar 3-toifadagi tuman (shahar)larda faoliyat yuritayotgan oilaviy MTTlarga:

ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini toʻlash uchun — 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ish haqining 90 foizi miqdorida;

ularda taʼlim olayotgan har bir bolani ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) hamda dori-darmonlar bilan taʼminlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida belgilangan normativlarning 90 foizi miqdorida;

g) 2025-yil 1-yanvardan boshlab 3-toifadagi tuman (shahar)larda faoliyat yuritayotgan oilaviy MTTlarga:

ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini toʻlash uchun — 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ish haqining 85 foizi miqdorida;

ularda taʼlim olayotgan har bir bolani ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) hamda dori-darmonlar bilan taʼminlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida belgilangan normativlarning 85 foizi miqdorida;

d) 4 va 5-toifadagi tuman (shahar)larda faoliyat yuritayotgan oilaviy MTTlarga:

ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilariga ish haqini toʻlash uchun — 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorlarida;

ularda taʼlim olayotgan har bir bolani ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matraslar, yostiqlar, koʻrpalar, choyshablar, koʻrpa va yostiq jildlari, yopingʻichlar, qop-koʻrpa) hamda dori-darmonlar bilan taʼminlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida belgilangan normativlar boʻyicha;

e) farzandi oilaviy MTTda taʼlim va tarbiya olayotgan boquvchisini yoʻqotgan ayollarning ota-onalar badali toʻlovlarini qoplash uchun — tegishli hududdagi 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar badali toʻlovlari miqdorida”;

quyidagi mazmundagi 17-1-band bilan toʻldirilsin:

“17-1. Oilaviy MTTlarga budjet subsidiyalari muassasaning joylashgan hududidan kelib chiqib mazkur Nizomning 11-bandida keltirilgan tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda hisoblanadi”;

b) 3-ilovada:

38-bandning toʻrtinchi va yettinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “70 foizi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “35 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“55. Oilaviy MTTga Davlat budjetidan qonunchilikda nazarda tutilgan shartlar va miqdorlarda subsidiyalar ajratiladi”.

5. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 350-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Markaz Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 17-uy manzilidagi bino va inshootlarda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” MChJ — Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Zamon 3-tor koʻchasi 1-uy manzilidagi bino va inshootlarda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin”.

Izoh: mazkur ilovaning 3 va 4-bandlari 2024-yil 1-avgustdan eʼtiboran kuchga kiradi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.