Aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, elektr energiyasini ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda gidroenergetika sohasining mavjud salohiyatidan samarali foydalanishni yanada oshirish maqsadida:
1. Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻzbekgidroenergo” AJning (keyingi oʻrinlarda — Jamiyat) 2028-yil yakuniga qadar gidroelektr stansiyalari umumiy quvvatini 5 508 MVtga yetkazish, shu jumladan umumiy quvvati 1600 MVt boʻlgan gidrotoʻplash elektr stansiyalarini qurish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. 2024 — 2028-yillarda gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) tasdiqlansin:
“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan umumiy quvvati 1018 MVt boʻlgan gidroelektr stansiyalarini qurish boʻyicha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda umumiy quvvati 449 MVt boʻlgan gidroelektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1a-ilovaga muvofiq;
Gidroenergetika sohasida xususiy investorlar ishtirokida amalga oshiriladigan umumiy quvvati 2 275 MVt boʻlgan investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq.
3. Gidroenergetika sohasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarida — Respublika komissiyasi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Respublika komissiyasi (A. Aripov):
xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlardan jalb qilinayotgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini hamda Dasturda belgilangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb qilinishini;
Dasturda inobatga olingan investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish hamda investitsiya loyihalari belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini;
gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish uchun zarur uskuna va ehtiyot qismlarning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi orqali bosqichma-bosqich ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilishini;
yangi gidroelektr stansiyalarini qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishning har bir bosqichida xalqaro qurilish standartlari va ilgʻor xorijiy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini;
Dasturning oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining gidroelektr stansiyalarini qurishga xususiy tadbirkorlarni jalb etish va ularga koʻmaklashish borasida amalga oshirayotgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarining bir yilda kamida ikki marta eshitib borilishini;
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishining qatʼiy nazoratga olinishini hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish boʻyicha vazirlik va idoralar faoliyatining muvofiqlashtirilishini taʼminlansin.
Respublika komissiyasiga, zaruratga koʻra, Dasturning umumiy parametrlari va koʻrsatkichlarini saqlagan holda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. Mahallalarda mikro va kichik gidroelektr stansiyalari xususiy sektor ishtirokida qurib ishga tushirilishini jadallashtirish maqsadida:
a) bir hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari rahbarligida ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarida — ishchi guruhlar) tuzilsin;
b) ishchi guruhlar:
bir oy muddatda mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurish imkoniyati mavjud loyiha maydonlari roʻyxatini shakllantirsin;
mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurishga mahalliy tadbirkorlarni keng jalb qilish chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ bilan birgalikda mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurishda loyiha tashabbuskorlarini auksion savdolari orqali aniqlash maqsadida loyihalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni asosida auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin;
har chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Respublika komissiyasiga kiritib borsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Dasturda koʻzda tutilgan istiqbolli investitsiya loyihalari doirasida, Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda:
loyiha hujjatlarini xorijiy loyiha va konsalting tashkilotlari takliflariga asosan xalqaro qurilish standartlari asosida ishlab chiqish, ekspertiza organlarining xulosasini olish va qurilishga tatbiq etishga;
xorijiy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha xorijiy investorlarni (xususiy sherikni) eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aniqlashga va shartnomalar tuzishga;
xorijiy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha xalqaro tajribaga ega konsultantlar bilan eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi;
b) Jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan, shuningdek, Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalari doirasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-martdagi “Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarorining 13-bandi qoidalari tatbiq etiladi;
kompensatsiya toʻlovlarining barcha turlari, daraxt va butalar qimmatbaho navlarini koʻchirish (daraxtlar va butalar ekish, ularni parvarish qilish), shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa barcha xarajatlar, agar ushbu xarajatlar tasdiqlangan loyihaoldi va loyiha hujjatlarida koʻzda tutilmagan boʻlsa, loyihaoldi va loyiha hujjatlariga mazkur xarajatlarni inobatga olish yuzasidan oʻzgartirish kiritish talab etilmaydi.
Bunda mazkur xarajatlar Jamiyat tomonidan qoplab beriladi va kelgusida obyektning qiymatini hisoblashda inobatga olinadi.
6. Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jamiyat bilan birgalikda ikki oy muddatda:
mikro va kichik gidroelektr stansiyalari qurilishida xorijiy davlatlar, shu jumladan Turkiya va Xitoy Xalq Respublikasi tajribasini oʻrgangan holda sohaga xususiy investorlarni jalb qilish hamda ularni ragʻbatlantirish boʻyicha taklif kiritsin;
2025 — 2030-yillarda Jamiyatning operatsion samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda xarajatlarni qisqartirishning maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi (J. Qoʻchqorov):
Dasturda koʻzda tutilgan investitsiya loyihalarining 2028-yilga qadar amalga oshirilishini taʼminlash uchun Jamiyat tarkibidagi gidroelektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotish tariflarini qayta koʻrib chiqsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 7-band uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi mazkur qarorga 1a-ilovada koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini 2025-yil uchun davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxatiga kiritilishini hamda oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat kafolati berilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-iyul,
PQ-252-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladigan gidroelektr stansiyalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalari
T/r Loyihalar nomi Loyiha quvvati, MVt shu jumladan qoʻshimcha quvvat, MVt Yillik oʻrtacha ishlab chiqarish, mln kVt-soat shu jumladan qoʻshimcha ishlab chiqarish, mln kVt-soat Amalga oshirish muddati Loyihaning taxminiy qiymati, mln doll. JAMI 1 550,3 1 018,3 5 816,7 3 666,9 2 865,9 I. Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari 635,9 635,9 2 278,3 2 278,3 1 485,7 1. Toshkent viloyati Pskom daryosida Pskom GES qurilishi 248,0 248,0 585,3 585,3 2018 — 2027 yy. 705,8 2. Toshkent viloyati Chotqol daryosida Quyichotqol GES qurilishi 90,0 90,0 292,0 292,0 2020 — 2025 yy. 169,5 3. Qashqadaryo viloyati Rabat, Chappasuy, Tamshush GESlari qurilishi 24,0 24,0 105,1 105,1 2020 — 2025 yy. 69,5 4. Namangan viloyati Katta Andijon kanalida kichik GESlar kaskadi qurilishi 23,0 23,0 172,5 172,5 2023 — 2025 yy. 60,7 5. Surxondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Zarchob 3 KGES qurilishi 16,0 16,0 65,0 65,0 2022 — 2025 yy. 32,6 6. Andijon viloyati Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 KGES qurilishi 6,9 6,9 33,0 33,0 2023 — 2025 yy. 19,1 7. Namangan viloyati Norin daryosida Norin GESlar kaskadi qurilishi 228,0 228,0 1 025,4 1 025,4 2024 — 2028 yy. 428,5 II. Amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari 867,8 335,8 3 377,8 1 228,0 981,9 8. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Yuqori Pskom GES qurilishi 160,0 160,0 498,4 498,4 2024 — 2028 yy. 294,0 9. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Mullalaq GES qurilishi 140,0 140,0 396,0 396,0 2024 — 2028 yy. 313,8 10. Toshkent viloyati Ohangaron shahri Doʻkentsoy daryosida Doʻkentsoy GES qurilishi 5,0 5,0 24,1 24,1 2024 — 2028 yy. 10,6 11. Janubiy Fargʻona kanali (PK-571) JFK-5 GES qurilishi 12,2 12,2 51,4 51,4 2023 — 2027 yy. 23,0 12. “Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-19) modernizatsiya qilish 9,0 36,3 19,9 2024 — 2027 yy. 16,5 13. “Shahrixon GESlari kaskadi” UKni (GES-5a) modernizatsiya qilish 7,6 29,6 19,1 2024 — 2027 yy. 12,2 14. “Shahrixon GESlari kaskadi” UKni (GES-ba) modernizatsiya qilish 3,8 13,1 7,5 2024 — 2027 yy. 7,7 15. “Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-22) modernizatsiya qilish 5,4 0,8 29,2 6,1 2024 — 2027 yy. 12,3 16. “Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-23) modernizatsiya qilish 18,2 0,6 90,1 20,0 2024 — 2027 yy. 15,8 17. “Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi” UKni (GES-28) modernizatsiya qilish 124,0 4,0 437,1 14,1 2026 — 2028 yy. 35,0 18. “Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi” UKni (GES-7) modernizatsiya qilish 86,0 2,0 465,8 10,8 2026 — 2028 yy. 40,0 19. “Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-18) modernizatsiya qilish 7,5 0,5 25,0 12,0 2026 — 2028 yy. 18,0 20. “Qodiriya GESlar kaskadi” UKni (GES-15) modernizatsiya qilish 10,2 1,2 60,1 6,1 2026 — 2028 yy. 15,0 21. “Toshkent GESlar kaskadi” UKni (GES-21) modernizatsiya qilish 4,0 0,4 20,9 1,9 2026 — 2028 yy. 10,0 22. “Qodiriya GESlar kaskadi” UKni (GES-12) modernizatsiya qilish 12,7 1,5 65,2 70,1 2026 — 2028 yy. 25,0 23. “Toshkent GESlar kaskadi” UKni (GES-4) modernizatsiya qilish 7,0 0,6 45,0 5,0 2026 — 2028 yy. 18,0 24. “Chirchiq GESlar kaskadi” UKni (GES-8) modernizatsiya qilish 74,0 2,0 400,5 15,5 2026 — 2028 yy. 45,0 25. “Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi” UKni (GES-27) modernizatsiya qilish 170,0 5,0 600,0 50,0 2026 — 2028 yy. 50,0 26. “Qodiriya GESlar kaskadi” UKni (GES-11) modernizatsiya qilish 11,2 90,0 2026 — 2028 yy. 20,0 III. Amalga oshirilayotgan mikro va kichik GES qurilishi loyihalari 26,6 26,6 110,6 110,6 50,3 27. Andijon viloyati Xonobod shahri Oʻng qirgʻoq kanali PK-37 da KGES qurilishi (“Teyit” MFY) 0,65 0,65 3,27 3,27 2023-2024 yy. 1,12 28. Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Isfara kollektorida mikro GES-1 qurilishi (“Tinchlik” MFY) 0,23 0,23 1,16 1,16 2023-2024 yy. 0,47 29. Andijon viloyati Andijon tumani Derevatsiya kanali PK-1 da mikro GES qurilishi (“Yangi toʻlqin” MFY) 0,20 0,20 1,00 1,00 2023-2024 yy. 0,41 30. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Ispaysoy-2 mikro GES qurilishi (“Ispaysoy” MFY) 0,20 0,20 1,00 1,00 2023-2024 yy. 0,41 31. Samarqand viloyati Urgut tumani Aylanma Dargʻom kanalida KGES-10 qurilishi (“Oʻroqboyjar” MFY) 0,80 0,80 3,30 3,30 2023-2024 yy. 1,50 32. Samarqand viloyati Urgut tumani Aylanma Dargʻom kanalida KGES-8 qurilishi (“Oʻroqboyjar” MFY) 0,72 0,72 3,00 3,00 2023-2024 yy. 1,50 33. Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani Qumqoʻrgʻon kanalida KGES qurilishi (“Joziba” MFY) 0,55 0,55 2,30 2,30 2023-2024 yy. 0,80 34. Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani Ulugʻnor kanalida PK-60 da mikro GES qurilishi (“Xoʻja” MFY) 0,38 0,38 1,60 1,60 2023-2024 yy. 0,97 35. Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani Samak mikro GES qurilishi (“Samak” MFY) 0,25 0,25 1,00 1,00 2023-2024 yy. 0,80 36. Qashqadaryo viloyati Hisorak suv ombori qoshida KGES qurilishi (“Miraki” MFY) 3,50 3,50 5,50 5,50 2023-2024 yy. 1,50 37. Surxondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Zarchob 1a KGES qurilishi (“Navobod” MFY) 3,00 3,00 13,30 13,30 2023-2024 yy. 4,90 38. Surxondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Zarchob 2a KGES qurilishi (“Navobod” MFY) 3,00 3,00 13,30 13,30 2023-2024 yy. 3,40 39. Toshkent viloyati Ohangaron suv ombori qoshida KGES qurilishi (“Djigaristan” MFY) 2,50 2,50 6,60 6,60 2023-2024 yy. 1,90 40. Fargʻona viloyati Fargʻona tumani Koʻksuv daryosida Shohimardon KGES qurilishi (“Shohimardon” QFY) 2,00 2,00 13,00 13,00 2023-2024 yy. 4,20 41. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Ugam daryosida KGES-3 qurilishi (“Chorbogʻ” MFY) 1,73 1,73 8,70 8,70 2023-2024 yy. 6,90 42. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Ugam daryosida KGES-2 qurilishi (“Chorbogʻ” MFY) 1,63 1,63 8,10 8,10 2023-2024 yy. 7,30 43. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Ugam daryosida KGES-1 qurilishi (“Chorbogʻ” MFY) 1,48 1,48 7,50 7,50 2023-2024 yy. 4,20 44. Samarqand viloyati Urgut tumani Aylanma Dargʻom kanalida KGES-2 qurilishi (“Beshkapa “ MFY) 0,82 0,82 3,40 3,40 2023-2024 yy. 1,50 45. Samarqand viloyati Pasdargʻom tumani Dargʻom kanalida KGES-3 qurilishi (“Kamolot” MFY) 0,76 0,76 3,20 3,20 2023-2024 yy. 1,40 46. Samarqand viloyati Urgut tumani Aylanma Dargʻom kanalida KGES-3 qurilishi (“Beshkapa” MFY) 0,64 0,64 2,70 2,70 2023-2024 yy. 1,50 47. Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida Vodil mikro GES qurilishi (“Vodil” MFY) 0,43 0,43 1,80 1,80 2023-2024 yy. 1,20 48. Andijon viloyati Xonobod tumani Shahrixonsoy kanalida mikro GES-1 (kinetik turbina) qurilishi (“Tapolina” MFY) 0,40 0,40 2,30 2,30 2023-2024 yy. 0,80 49. Andijon viloyati Xonobod tumani Shahrixonsoy kanalida mikro GES-2 (kinetik turbina) qurilishi (“Tapolina” MFY) 0,40 0,40 2,30 2,30 2023-2024 yy. 0,80 50. Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Varganza mikro GES qurilishi (“Varganza” MFY) 0,30 0,30 1,30 1,30 2023-2024 yy. 0,80 IV. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish investitsiya loyihalari 20,0 20,0 50,0 50,0 28,0 51. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Chorvoq shamol stansiyalari” qurilishi 20,0 20,0 50,0 50,0 2023 — 2026 yy. 28,0 V. Suv omborlari boʻyicha investitsiya loyihalari 300,0 52. “Oʻzbekgidroenergo” AJ tizimidagi suv omborlaridan samarali foydalanishga qaratilgan va ular faoliyatining xavfsizligini bosqichma-bosqich oshirish boʻyicha investitsiya loyihalari - - - — 2021 — 2028 yy. 300,0 VI. Mahalliylashtirish boʻyicha investitsiya loyihalari 20,0 53. Gidroagregatlarni ishlab chiqarish zavodi qurilishi - - - - 2023 — 2025 yy. 20,0
* Loyiha koʻrsatkichlariga ishlab chiqilgan TIA (ishchi loyiha)ga asosan aniqlik kiritiladi.
** Mazkur roʻyxatga yangi aniqlangan istiqbolli investitsiya loyihalarining kiritilishi “Oʻzbekgidroenergo” AJning Tarmoq ilmiy-texnik kengashi yoki Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
*** Mazkur roʻyxatga kiritilmagan istiqbolli investitsiya loyihalari DXSH tamoyillari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga 1a-ILOVA
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda gidroelektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga 2-ILOVA
Gidroenergetika sohasida xususiy investorlar ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari
T/r Loyihalar nomi Loyiha quvvati, MVt Yillik oʻrtacha ishlab chiqarish, mln kVt-soat Loyihaning taxminiy qiymati, mln doll. Amalga oshirish muddati JAMI 2 275 5 042 3 638,3 1. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Xoʻjakent gidrotoʻplash elektr stansiyasi (GTES) qurilishi 200 400 320 2024 — 2028 yy. 2. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskem daryosida Yuqori Pskom gidrotoʻplash elektr stansiyasi (GTES) qurilishi 600 1 050 1 020 2024 — 2028 yy. 3. Jizzax viloyati Forish tumani Aydarkoʻl gidrotoʻplash elektr stansiyasi (GTES) qurilishi 300 450 350,7 2024 — 2028 yy. 4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani Karateren daryosida Karateren gidrotoʻplash elektr stansiyasi (GTES) qurilishi 500 900 477,1 2024 — 2028 yy. 5. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Qorongʻitugʻoy GES qurilishi 320 842 671,5 2024 — 2028 yy. 6. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Oygaing GESlar kaskadi qurilishi 130 390 260 2024 — 2028 yy. 7. Boʻstonliq tumani Oqbuloq daryosida Oqbuloq GES qurilishi 50 180 120 2024 — 2028 yy. 8. Surxondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Kishtut GES qurilishi 25 100 50 2024 — 2028 yy. 9. Surxondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Mizot GES qurilishi 20 80 44 2024 — 2028 yy. 10. Xususiy sektor ishtirokidagi mikro va kichik GESlar qurilishi (150 ta loyiha) 130 650 325 2024 — 2028 yy.
Izoh. Xususiy investorlar tomonidan qiziqish bildirilmagan loyihalar “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga 3-ILOVA
Gidroenergetika sohasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi
A. Aripov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi rahbari J. Mirzamahmudov — energetika vaziri, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari L. Kudratov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri B. Zakirov — qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonov — qishloq xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayev — suv xoʻjaligi vaziri A. Abduxakimov — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri N. Saydullayev — Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari A. Rafiqov — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi X. Mustafayev — iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari D. Vaxabov — Savdo sanoat palatasi raisi A. Sanginov — “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi B. Xadjixanov — Vazirlar Mahkamasining boʻlim boshligʻi, Respublika komissiyasi kotibi
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekgidroenergo” AJ tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3540-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Oʻzbekgidroenergo” AJ va uning ulushi mavjud boʻlgan korxonalar (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekgidroenergo” AJ tashkilotlari) ekvivalentining umumiy miqdori 60 million AQSh dollari boʻlgan gidroenergetikani yanada rivojlantirish va yangi yuqori voltlik elektr uzatish liniyalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini sifatli va oʻz vaqtida bajarish uchun zamonaviy ixtisoslashtirilgan va texnologik uskunalar, asboblar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar, litsenziyali dasturiy mahsulotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni xarid qilish orqali tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yangilash va mustahkamlash hamda investitsiya loyihalarini, shu jumladan tizimdagi korxonalar bazasida gidroagregatlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish loyihasini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-57-son qaroriga 1-ilovaning 21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qaroriga 1-ilovaning 215, 216 va 218-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi “Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Gidroenergetika quvvatlarini yanada koʻpaytirish maqsadida Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻzbekgidroenergo” AJning (keyingi oʻrinlarda — Jamiyat) 2028-yil yakuniga qadar gidroelektr stansiyalari umumiy quvvatini 5 507,8 MVtga yetkazish, shu jumladan umumiy quvvati 1600 MVt boʻlgan gidrotoʻplash elektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish hisobiga qoʻshimcha 3 279,8 MVt quvvatlarni yaratish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin”;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Kichik gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanishda zarur boʻlgan hamda 2023 — 2025-yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-son qarori talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi “Gidroenergetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-252-son qaroriga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan loyihalarga tatbiq etiladi”;
g) 4-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
d) 1, 2, 3 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
e) 7-ilovaning 1-bandidagi “4 999 MVt” soʻzlari “5 507,8 MVt” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-avgustdagi “Chorvoq GESining faoliyati xavfsizligini oshirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 706-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun davlat kafolati ostida ajratilgan zayom mablagʻlari boʻyicha “Oʻzbekgidroenergo” AJ hisobidan haqiqatda qoplab berilgan barcha komissiya toʻlovlari, “Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari qiymati bilan birga, loyiha qiymatini shakllantirishda inobatga olinadi”.