PQ-335-son Qaror · 23.09.2024

Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-335
  • Qabul qilingan sana:23.09.2024
  • Kuchga kirgan sana:25.09.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/335/0746

Mamlakatimizda tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi imkoniyatlaridan toʻliq hamda samarali foydalanish, tibbiy turizm klasterlari va mehmonxona tipidagi zamonaviy sanatoriylar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ushbu faoliyat turlari bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-9-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Turizm qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligining:

(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)

“Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi” (“Medical service hospitality”) dasturini amalga oshirish;

davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimini joriy qilish;

konsalting — diagnostika — davolash — turoperator — transport — tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda koʻrsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy qilish;

“Avitsenna” nomi ostida Oʻzbekiston Respublikasining tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendini ishlab chiqish va uni doimiy ravishda targʻib qilib borish;

toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularni sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish;

togʻli, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlari mavjud boʻlgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish;

2025-yil 1-aprelga qadar internet tarmogʻi orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalarini dastlabki olti oylik abonent toʻlovini toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

2. Quyidagilar:

Tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;

Zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish rejalashtirilgan tuman va shaharlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;

2025-2026-yillarda Andijon, Namangan, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturlari 2a — 2j-ilovalarga muvofiq;

Tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalarining shifokorlari tomonidan bepul tibbiy diagnostika xizmatlarini tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab beriladigan xorijiy mamlakatlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — xorijiy mamlakatlar) 3-ilovaga muvofiq;

2024 — 2027-yillarda tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Andijon, Namangan, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hokimliklari Turizm qoʻmitasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 2-ilovasida belgilangan sanatoriy-kurort zonalariga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish choralarini koʻrsin.

4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

Xalqaro qoʻshma komissiyadan (Joint Commission International) akkreditatsiyadan oʻtgan dastlabki 30 ta xususiy tibbiyot muassasasining akkreditatsiyadan oʻtish xarajatlarining 50 foizi Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Bunda imtiyozdan foydalangan xususiy tibbiyot muassasasi bilan affillangan shaxslarga mazkur imtiyoz taqdim etilmaydi;

shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlaridan tibbiyot muassasalari, sanatoriy va pansionatlar teng va umumiy tartibda foydalanadi.

5. Turizm qoʻmitasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining chegara bojxona postlari hududida oʻz mablagʻlari hisobidan xorijiy fuqarolar uchun respublikadagi tibbiyot, sogʻlomlashtirish muassasalari imkoniyatlari toʻgʻrisida targʻibot kampaniyalarini tashkil qilish;

davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sogʻlomlashtirish muassasalarining yagona reyestrini shakllantirish va uni doimiy ravishda yangilab borish;

toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylarni sertifikatlashtirilishini tashkil qilish;

maxsus tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi yoʻnalishlari (marshrutlari)ni ishlab chiqish.

6. Turizm qoʻmitasi 2025-yil 1-martga qadar:

tibbiyot muassasalari, sanatoriylar va tibbiy turizm yoʻnalishida xizmat koʻrsatuvchi turoperatorlarning xizmatlari sifati baholab borilishini nazarda tutuvchi reytingni (keyingi oʻrinlarda — reyting) shakllantirish uchun elektron platforma;

davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sogʻlomlashtirish muassasalarining yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) ishga tushirilishini taʼminlasin.

7. Belgilansinki:

a) 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

2028-yil 1-yanvarga qadar Yagona reyestrga kiritilgan tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalarining xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarda oʻz xizmatlari hamda mahsulotlari bilan ishtirok etish xarajatlari Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;

2027-yil 1-yanvarga qadar tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalarining shifokorlari tomonidan xorijiy mamlakatlarda bepul tibbiy diagnostika xizmatlarini tashkil qilish bilan bogʻliq transport va yashash xarajatlari Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplab beriladi;

b) xorijiy mamlakatlarda bepul tibbiy diagnostika xizmatlarini tashkil qiladigan tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalarining shifokorlari roʻyxati Yagona reyestrga kiritilgan muassasalar orasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi va Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda shakllantiriladi;

v) Yagona reyestrga kiritilgan tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalari, reytingda 70 va undan yuqori ball olgan tibbiyot muassasalari, sanatoriy va turoperatorlar xizmatlari hamda mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarda targʻib qilish uchun bosma va video mahsulotlarni tayyorlash Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

g) elektron platforma hamda Yagona reyestr Turizm qoʻmitasi buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi va Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

8. Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi imkoniyatlarini targʻib qilish sohasidagi vakolatli organ etib belgilansin.

9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq tibbiyot muassasalarining ishlamayotgan binolari negizida tibbiyot klinikalari faoliyatini tashkil qilish maqsadida xatlov oʻtkazsin va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilansin.

(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 23-sentabr,

PQ-335-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-335-son qaroriga 1-ILOVA

Tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-335-son qaroriga 2-ILOVA

Zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish rejalashtirilgan tuman va shaharlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-335-son qaroriga 2a-ILOVA

2025-2026-yillarda Andijon viloyati Xonobod shahrida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish boʻyicha

T/r Chora-tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmlari Moliyalashtirish manbai Amalga oshirish muddati Masʼul vazirlik va idoralar 1. Xonobod shahrida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini (keyingi oʻrinlarda — kurort zona) tashkil etish boʻyicha hududni belgilash. 1. Shahar imkoniyatlarini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijasiga asosan kurort zona tashkil etiladigan imkoniyatlar yuqori boʻlgan hududni belgilash. 3. Tegishli tashkilotlar bilan belgilangan hududda sanatoriy-kurort zonasini tashkil qilish yuzasidan kelishish. - 2024-yil dekabr Andijon viloyati hokimligi, Xonobod shahri hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Kurort zonada tashkil qilinadigan xizmat koʻrsatish obyektlari loyihasi (master rejasi)ni ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil fevral Andijon viloyati hokimligi 3. Xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilgan holda zamonaviy sogʻlomlashtirish maskanlarini ishga tushirish. Amaliy chora-tadbirlar. Investorlar mablagʻlari 2025-2026-yillar davomida Andijon viloyati hokimligi 4. Xonobod shahrida kurort zona, sogʻlomlashtirish markazlari va tibbiy turizm tashkilotlarini ishga tushirish. 1. Xonobod shahrida sanatoriy-kurort, sogʻlomlashtirish, tibbiy turizm xizmatlarini tashkil qilish maqsadida boʻsh turgan bino-inshoot va yer maydonlarini aniqlash. 2. Aniqlangan boʻsh turgan bino-inshoot va yer maydonlarini oʻrnatilgan tartibda savdoga chiqarish va investorlarni jalb qilish. Ijrochi va tadbirkorlik subyektlarining mablagʻlari 2024-2025-yillar davomida Andijon viloyati hokimligi 5. Xonobod shahrida Hindiston, Koreya Respublikasi kabi davlatlarning klinika va davolash markazlarini tashkil qilish. Amaliy chora-tadbirlar. Investorlar mablagʻlari 2025-2026-yillar davomida Andijon viloyati hokimligi 6. Kurort zona hududini obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash, infratuzilmasini yaxshilash. Infratuzilma va kommunikatsiya bilan bogʻliq masalalarni mahalliy hamda respublika darajasidagi dasturlarga kiritish. Mahalliy va Respublika budjeti mablagʻlari 2024-2025-yillar davomida Andijon viloyati hokimligi 7. Xonobod shahrida ochiq va yopiq suzish havzalari, sauna, fitnes sport maydonlari (basketbol, tennis va voleybol) va bolalar maydonchalari tashkil qilish. Amaliy chora-tadbirlar. Ijrochilar mablagʻlari 2025-2026-yillar Andijon viloyati hokimligi 8. Qirgʻiz Respublikasi chegara hududlaridagi mahalla faollari/raislari va kasaba uyushmalari uchun tibbiy sogʻlomlashtirish maskanlariga tanishtiruv sayohat dasturlarini tashkil qilish. Amaliy chora-tadbirlar Ijrochilar mablagʻlari 2024-2026-yillar Andijon viloyati hokimligi 9. “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida tibbiy turizm koʻrgazma pavilyonini tashkil qilish hamda viloyatdagi mavjud sanatoriy-kurort zonalari, sogʻlomlashtirish va tibbiy turizm tashkilotlari ishtirokini taʼminlash. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab har yili noyabr-dekabr Andijon viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi 10. Andijon davlat tibbiyot institutining Xonobod shahridagi amaliyot markazi qoshida sogʻlomlashtirish maskanini tashkil etish. Amaliy chora-tadbirlar Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil dekabr Andijon viloyati hokimligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-335-son qaroriga 2b-ILOVA

2025-2026-yillarda Namangan viloyatining Chortoq, Kosonsoy va Toʻraqoʻrgʻon tumanlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish boʻyicha

T/r Chora-tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmlari Moliyalashtirish manbai Amalga oshirish muddati Masʼul vazirlik va idoralar 1. Chortoq, Kosonsoy va Toʻraqoʻrgʻon tumanlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini (keyingi oʻrinlarda — kurort zona) tashkil etish boʻyicha hududni belgilash. 1. Tumanlar imkoniyatlarini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijasiga asosan kurort zona tashkil etiladigan imkoniyatlar yuqori boʻlgan hududni belgilash. 3. Tegishli tashkilotlar bilan belgilangan hududda sanatoriy-kurort zonasini tashkil qilish yuzasidan kelishish. - 2024-yil dekabr Namangan viloyati hokimligi, Chortoq, Kosonsoy va Toʻraqoʻrgʻon tumanlari hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Chortoq, Kosonsoy va Toʻraqoʻrgʻon tumanlari hududida mavjud yerosti mineral va termal suvlar tarkibini ilmiy oʻrganish. 1. Hududdagi yerosti mineral va termal suvlarni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni jalb qilish. 2. Suvlar tarkibi toʻgʻrisida rus va ingliz tillarida qoʻllanmalar ishlab chiqish. - 2024-yil dekabr Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi 3. Suvlardan sanatoriy-kurort zonalaridagi tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalarining foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratish. 2025-2026-yillar Namangan viloyati hokimligi 3. Chexiya, Rossiya, Gruziya, Latviya, Turkiya va boshqa tibbiy turizm rivojlangan davlatlarning tajribasi asosida kurort zonada tashkil qilinadigan xizmat koʻrsatish obyektlari loyihalari (master rejalari)ni ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar 2025-yil yanvar — may Namangan viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 4. Master rejalarga asosan kurort zonalar hududidagi yer maydonlarini belgilangan tartibda “E-auksion” platformasiga joylashtirish. Amaliy chora-tadbirlar. - 2025-yil yanvar — iyul Namangan viloyati hokimligi 5. Sanatoriy-kurort zonalar tashkil etiladigan hududni zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash. Infratuzilma va kommunikatsiya bilan bogʻliq masalalarni mahalliy hamda respublika darajasidagi dasturlarga kiritish. Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab har yili Namangan viloyati hokimligi 6. Kurortologiya yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan xorijiy va mahalliy yirik tibbiy-kurort muassasalari, tadbirkorlik subyektlari va investorlar orasida sanatoriy-kurort zonasi toʻgʻrisida targʻibot ishlarini olib borish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi 7. Xorijiy hamda mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda kurort zonalar xodimlari malakasini oshirish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil yanvardan doimiy Namangan viloyati hokimligi 8. Sanatoriy, sanatoriy tipidagi mehmonxonalar va sogʻlomlashtirish markazlarida bosqichma-bosqich ochiq va yopiq suzish havzalari, sauna, fitnes sport maydonlari (basketbol, tennis va voleybol) va bolalar maydonchalarini tashkil qilish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari, investorlar mablagʻlari 2025-2026-yillar Namangan viloyati hokimligi 9. “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida tibbiy turizm koʻrgazma pavilyonini tashkil qilish hamda viloyatdagi mavjud sanatoriy-kurort zonalari, sogʻlomlashtirish va tibbiy turizm tashkilotlari ishtirokini taʼminlash. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab har yili noyabr-dekabr Namangan viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi 10. Tojikiston va Qirgʻiz Respublikalarida targʻibot ishlarini olib borish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari Doimiy Namangan viloyati hokimligi 11. Tashkil etilgan kurort zonaning imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berish uchun xorijiy va mahalliy OAV vakillari va blogerlar uchun infoturlar tashkil etish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari Doimiy Namangan viloyati hokimligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-335-son qaroriga 2v-ILOVA

2025-2026-yillarda Jizzax viloyati Baxmal va Zomin tumanlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish boʻyicha

T/r Chora-tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmlari Moliyalashtirish manbai Amalga oshirish muddati Masʼul vazirlik va idoralar 1. Baxmal va Zomin tumanlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonasi (keyingi oʻrinlarda — kurort zona)ni tashkil etish boʻyicha hududni belgilash. 1. Baxmal va Zomin tumanlari hududi imkoniyatlarini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijasiga asosan kurort zona tashkil etiladigan imkoniyatlar yuqori hududni belgilash. 3. Tegishli tashkilotlar bilan belgilangan hududda kurort zonani tashkil qilish yuzasidan kelishish. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil fevral Jizzax viloyati hokimligi 2. Kurort zona tashkil etiladigan hududning zaruratga koʻra yer maydoni toifasini oʻzgartirish. Yer maydoni toifasini oʻzgartirish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda Hukumat komissiyasiga taklif kiritish. - 2025-yil yanvar Jizzax viloyati hokimligi 3. Kurort zonada tashkil qilinadigan xizmat koʻrsatish obyektlari loyihasi (master rejasi)ni ishlab chiqish va investorlarga taqdim qilish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil fevral Jizzax viloyati hokimligi 4. Baxmal va Zomin tumanlarida master rejaga asosan tanlab olingan obyekt yer maydonini belgilangan tartibda “E-auksion” platformasiga joylashtirish. Amaliy chora-tadbirlar. - 2025-yil aprel-may Jizzax viloyati hokimligi 5. Kurort zonalar hududlarini zarur infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash. Infratuzilma va kommunikatsiya bilan bogʻliq masalalarni mahalliy hamda respublika darajasidagi dasturlarga kiritish. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan doimiy Jizzax viloyati hokimligi 6. Tibbiy turizm xizmatlarini kengaytirish yoʻnalishida mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-2026-yillar davomida Jizzax viloyati hokimligi 7. Baxmal va Zomin tumanlarida master rejaga asosan tanlab olingan obyekt tashabbuskorlariga qoʻshimcha imtiyozlar taqdim qilish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. - 2024-yil dekabr Jizzax viloyati hokimligi 8. Sanatoriy, sanatoriy tipidagi mehmonxonalar va sogʻlomlashtirish markazlarida bosqichma-bosqich ochiq va yopiq suzish havzalari, sauna, fitnes sport maydonlari (basketbol, tennis va voleybol) va bolalar maydonchalari tashkil qilish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari, Investor mablagʻlari 2025-2026-yillar davomida Jizzax viloyati hokimligi 9. “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida tibbiy turizm koʻrgazma pavilyonini tashkil qilish hamda viloyatdagi mavjud kurort zonalar, sogʻlomlashtirish va tibbiy turizm tashkilotlari ishtirokini taʼminlash. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab, har yili noyabr-dekabr Jizzax viloyati hokimligi 10. Tojikiston va Qozogʻiston davlatlarida targʻibot ishlarini olib borish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab doimiy Jizzax viloyati hokimligi 11. Tashkil etilgan sanatoriy-kurort zonasida xorijiy va mahalliy OAV vakillari va blogerlar uchun infoturlar tashkil etish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab doimiy Jizzax viloyati hokimligi 12. Qoʻshimcha xizmat koʻrsatishga qaratilgan kurort zonalarida faoliyat yuritayotgan shifokor hamda hamshiralar tajribasini xorijiy mamlakatlarda oshirib borish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab doimiy Jizzax viloyati hokimligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-335-son qaroriga 2g-ILOVA

2025-2026-yillarda Surxondaryo viloyati Boysun va Oltinsoy tumanlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish boʻyicha

T/r Chora-tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmlari Moliyalashtirish manbai Amalga oshirish muddati Masʼul vazirlik va idoralar 1. Boysun va Oltinsoy tumanlarda tumanlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini (keyingi oʻrinlarda — kurort zona) tashkil etish boʻyicha hududni belgilash. 1. Viloyati darajasida tegishli tashkilotlardan iborat ishchi guruh tashkil qilish. 2. Ishchi guruh tomonidan tumanlardagi hududlar imkoniyatlarini oʻrganish. 3. Oʻrganish natijasiga asosan kurort zona tashkil etiladigan imkoniyatlar yuqori hududni belgilash. 4. Tegishli tashkilotlar bilan belgilangan hududda kurort zonani tashkil qilish yuzasidan kelishish. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil fevral Surxondaryo viloyati hokimligi, Boysun va Oltinsoy tumanlari hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Kurort zona tashkil etiladigan hududning zaruratga koʻra yer maydoni toifasini oʻzgartirish. Yer maydoni toifasini oʻzgartirish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda Hukumat komissiyasiga taklif kiritish. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil yanvar Surxondaryo viloyati hokimligi 3. Kurort zonalarda tashkil qilinadigan xizmat koʻrsatish obyektlari loyihasi (master rejasi)ni ishlab chiqish. Amaliy chora tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil fevral Surxondaryo viloyati hokimligi 4. Boysun va Oltinsoy tumanlarida sanatoriy-kurort zonasi hududida qoʻshimcha xizmat turlari obyektlarini tashkil etish. Amaliy chora tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yildan boshlab doimiy Surxondaryo viloyati hokimligi 5. Boysun va Oltinsoy tumanlarida master rejaga asosan tanlab olingan obyekt yer maydonini belgilangan tartibda “E-auksion” platformasiga joylashtirish. Amaliy chora tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil may Surxondaryo viloyati hokimligi 6. Kurort zonalar tashkil etiladigan hududni zarur infratuzilma va kommunikatsiya bilan taʼminlash. Amaliy chora tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab doimiy Surxondaryo viloyati hokimligi 8. Xorijiy hamda mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda kurort zonalar xodimlari malakasini oshirish. Amaliy chora tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yildan boshlab doimiy Surxondaryo viloyati hokimligi 9. Sanatoriy, sanatoriy tipidagi mehmonxonalar va sogʻlomlashtirish markazlarida bosqichma-bosqich ochiq va yopiq suzish havzalari, sauna, fitnes sport maydonlari (basketbol, tennis va voleybol) va bolalar maydonchalari tashkil qilish. Amaliy chora tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil dekabr Surxondaryo viloyati hokimligi 10. “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida tibbiy turizm koʻrgazma pavilyonini tashkil qilish hamda viloyatdagi mavjud kurort zonalar, sogʻlomlashtirish va tibbiy turizm tashkilotlari ishtirokini taʼminlash. Amaliy chora tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab har yili noyabr-dekabr Surxondaryo viloyati hokimligi 11. Tojikiston va Turkmaniston Respublikalarida targʻibot ishlarini olib borish. Amaliy chora tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil yanvardan doimiy Surxondaryo viloyati hokimligi 12. Tashkil etilgan sanatoriy-kurort zonasida xorijiy va mahalliy OAV vakillari va blogerlar uchun infoturlar tashkil etish. Amaliy chora-tadbir. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil yanvardan doimiy Surxondaryo viloyati hokimligi 13. Viloyatda tibbiyot forumini oʻtkazish. 1. Forum ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirib, dasturni tasdiqlash. 2. Ushbu forumlarni viloyatning eng mashhur tabiiy shifo maskanlarida tashkil etish. 3. Mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoritish. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil aprel Surxondaryo viloyati hokimligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-335-son qaroriga 2d-ILOVA

2025-2026-yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri, Kitob va Shahrisabz tumanlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish boʻyicha

T/r Chora-tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmlari Moliyalashtirish manbai Amalga oshirish muddati Masʼul vazirlik va idoralar 1. Qarshi shahri, Kitob va Shahrisabz tumanlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini (keyingi oʻrinlarda — kurort zona) tashkil etish boʻyicha hududni belgilash. 1. Shahar va tumanlar imkoniyatlarini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijasiga asosan kurort zona tashkil etiladigan imkoniyatlar yuqori boʻlgan hududni belgilash. 3. Tegishli tashkilotlar bilan belgilangan hududda sanatoriy-kurort zonasini tashkil qilish yuzasidan kelishish. - 2024-yil dekabr Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qarshi shahri hokimligi, Kitob va Shahrisabz tumanlari hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Kurort zona tashkil etiladigan hududning zaruratdan kelib chiqib, yer maydoni toifasini oʻzgartirish. Yer maydoni toifasini oʻzgartirish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda Hukumat komissiyasiga taklif kiritish. - 2025-yil yanvar Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qarshi shahri hokimligi, Kitob va Shahrisabz tumanlari hokimliklari 3. Kurort zonalar hududida tashkil qilinadigan xizmat koʻrsatish obyektlari loyihasi (master rejasi)ni ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar 2025-yil yanvar — may Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 4. Qarshi shahri, Kitob va Shahrisabz tumanlarida master rejaga asosan tanlab olingan obyekt yer maydonini belgilangan tartibda “E-auksion” platformasiga joylashtirish. Amaliy chora-tadbirlar. - 2025-yil aprel Qashqadaryo viloyati hokimligi 5. Kurort zonalar imkoniyatlari toʻgʻrisida “roud-shou”larni tashkil qilish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar 2025-yil davomida Qashqadaryo viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 6. Shahrisabz tumani “Shahrisabz” turistik markazi hududiga xorijiy investorlarni jalb qilgan holda zamonaviy sogʻlomlashtirish maskanlarini ishga tushirish. Amaliy chora-tadbirlar. Investorlar mablagʻlari 2025-2026-yillar davomida Qashqadaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 7. Kitob tumani “Qaynar” MFY hududida sogʻlomlashtirish va giyohlar bilan davolovchi tibbiyot turizmi kompleks xizmatlarini tashkil etish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari 2025-2026-yillar davomida Qashqadaryo viloyati hokimligi 8. Kurort zonalar tashkil etiladigan hududni zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash. Infratuzilma va kommunikatsiya bilan bogʻliq masalalarni mahalliy hamda respublika darajasidagi dasturlarga kiritish. Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab har yili Qashqadaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 9. Sanatoriy, sanatoriy tipidagi mehmonxonalar va sogʻlomlashtirish markazlarida bosqichma-bosqich ochiq va yopiq suzish havzalari, sauna, fitnes sport maydonlari (basketbol, tennis va voleybol) va bolalar maydonchalarini tashkil qilish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet va investorlar mablagʻlari 2025-2026-yillar davomida Qashqadaryo viloyati hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 10. Xorijiy hamda mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda kurort zonalardagi sanatoriylar xodimlari malakasini oshirish. Amaliy chora tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-2026-yillar davomida Qashqadaryo viloyati hokimligi 11. Tibbiy turizm yoʻnalishida Turkmaniston va Tojikiston Respublikalarida targʻibot ishlarini olib borish. Amaliy chora tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab doimiy Qashqadaryo viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi 12. “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida tibbiy turizm koʻrgazma pavilyonini tashkil qilish hamda viloyatdagi mavjud kurort zonalar, sogʻlomlashtirish va tibbiy turizm tashkilotlari ishtirokini taʼminlash. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab har yili noyabr-dekabr Qashqadaryo viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi 13. Tashkil etilgan sanatoriy-kurort zonasida xorijiy va mahalliy OAV vakillari va blogerlar uchun infoturlar tashkil etish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan boshlab doimiy Qashqadaryo viloyati hokimligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-335-son qaroriga 2e-ILOVA

2025-2026-yillarda Fargʻona viloyati Oltiariq va Fargʻona tumanlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-335-son qaroriga 2j-ILOVA

2025-2026-yillarda Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini tashkil qilish boʻyicha

T/r Chora-tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmlari Moliyalashtirish manbai Amalga oshirish muddati Masʼul vazirlik va idoralar 1. Zangiota va Toshkent tumanlarida zamonaviy talablar asosida sanatoriy-kurort zonalarini (keyingi oʻrinlarda — kurort zona) tashkil etish boʻyicha hududni belgilash. 1. Tumanlar imkoniyatlarini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijasiga asosan kurort zona tashkil etiladigan imkoniyatlar yuqori boʻlgan hududni belgilash. 3. Tegishli tashkilotlar bilan belgilangan hududda sanatoriy-kurort zonasini tashkil qilish yuzasidan kelishish. - 2024-yil dekabr Toshkent viloyati hokimligi, Zangiota va Toshkent tumanlari hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Kurort zona tashkil etiladigan hududning zaruratga koʻra yer maydoni toifasini oʻzgartirish. Yer maydoni toifasini oʻzgartirish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda Hukumat komissiyasiga taklif kiritish. - 2025-yil yanvar Toshkent viloyati hokimligi, Zangiota va Toshkent tumanlari hokimliklari 3. Kurort zonalar hududida tashkil qilinadigan xizmat koʻrsatish obyektlari loyihasi (master rejasi)ni ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar 2025-yil yanvar — may Toshkent viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 4. Kurort zonalar imkoniyatlari toʻgʻrisida “roud-shou”larni tashkil qilish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar 2025-yil davomida Toshkent viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 5. Zangiota va Toshkent tumanlarida kurort zonalarni tashkil etish. 1. Kurort zonalar tashkil etiladigan imkoniyatlar yuqori hududlarni belgilash. 2. Tegishli tashkilotlar bilan belgilangan hududda kurort zonalarni tashkil qilish yuzasidan kelishish. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil davomida Toshkent viloyati hokimligi 6. Kurort zonada tashkil qilinadigan xizmat koʻrsatish obyektlari loyihasini ishlab chiqish va investorlarga taqdim qilish. Amaliy chora tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari 2025-yil davomida Toshkent viloyati hokimligi 7. Zangiota va Toshkent tumanlarida master rejaga asosan tanlab olingan obyekt yer maydonini belgilangan tartibda “E-auksion” platformasiga joylashtirish. Amaliy chora tadbirlar. - 2025-yil yanvar — avgust Toshkent viloyati hokimligi 8. Sanatoriy-kurort zonalar tashkil etiladigan hududni zarur infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash. Infratuzilma va kommunikatsiya bilan bogʻliq masalalarni mahalliy hamda respublika darajasidagi dasturlarga kiritish. Mahalliy budjet mablagʻlari 2024-yildan doimiy Toshkent viloyati hokimligi 9. Zangiota va Toshkent tumanlaridagi sanatoriy, sanatoriy tipidagi mehmonxonalar va sogʻlomlashtirish markazlarida bosqichma-bosqich ochiq va yopiq suzish havzalari, sauna, fitnes sport maydonlari (basketbol, tennis va voleybol) va bolalar maydonchalarini tashkil qilish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet va investorlar mablagʻlari 2025-2026-yil davomida Toshkent viloyati hokimligi 10. Qozogʻiston va Tojikiston Respublikalarida targʻibot ishlarini olib borish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari Doimiy Toshkent viloyati hokimligi 11. Tashkil etilgan kurort zonalar imkoniyatlarini keng targʻib qilish uchun xorijiy va mahalliy OAV vakillari va blogerlar uchun infoturlar tashkil etish. Amaliy chora-tadbirlar. Mahalliy budjet mablagʻlari Doimiy Toshkent viloyati hokimligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-335-son qaroriga 3-ILOVA

Tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalarining shifokorlari tomonidan bepul tibbiy diagnostika xizmatlarini tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab beriladigan xorijiy mamlakatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-335-son qaroriga 4-ILOVA

2024 — 2027-yillarda tibbiyot va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha

Koʻrsatkichlar 2024-yil 2025-yil 2026-yil 2027-yil Davolanish maqsadida tashrif buyuruvchilar soni (nafar) 120 000 230 000 350 000 480 000 Tibbiy turizm eksporti soni (mln AQSH dollarida) 130,9 220,5 360,4 495,0

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.