[Koʻchirma]
Idoralararo kollegial organlar faoliyati samaradorligini oshirish va takomillashtirish, shuningdek, ularning faoliyati ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Rahbarlari qayta taqsimlanayotgan idoralararo kollegial organlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
2024-yil 1-noyabrdan boshlab tugatilayotgan idoralararo kollegial organlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
idoralararo kollegial organlar respublikada shakliga koʻra doimiy faoliyat yurituvchi (Respublika komissiyasi, kengash, qoʻmita) va vaqtincha faoliyat yurituvchi (ishchi guruh, ishchi komissiya) idoralararo kollegial organlar sifatida tashkil etiladi;
idoralararo kollegial organlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi hujjatlarda ularning faoliyatini tashkil etish va qarorlar ijrosini nazorat qilish boʻyicha ishchi organ belgilanadi;
vaqtincha faoliyat yurituvchi idoralararo kollegial organlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi hujjatlarda ularning faoliyat muddati, amalga oshiriladigan tadbirlar mexanizmi aniq koʻrsatiladi, muddat yakunlanganidan soʻng tegishli idoralararo kollegial organ tugatilgan hisoblanadi va bu boʻyicha alohida hujjat qabul qilinishi talab etilmaydi;
ishchi organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq, idoralararo kollegial organlarning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni (tadbirkorlik faoliyati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi masalalar) oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirish va yangilab borish yoʻli bilan ularning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish choralarini koʻradi;
Bunda idoralararo kollegial organlarning aʼzolari hisoblangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlariga idoralararo kollegial organlaridagi faoliyati uchun haq toʻlanishi taqiqlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
3. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklangan vazifalarning toʻliq hajmda va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida:
idoralararo kollegial organlar tarkibiga tegishli sohaga aloqador boʻlmagan aʼzolarni kiritish;
idoralararo kollegial organlar aʼzolariga ularning faoliyatiga bevosita bogʻliq boʻlmagan vazifalarni yuklash qatʼiyan taqiqlanadi.
4. Belgilansinki, Adliya vazirligi 2024-yil 1-noyabrdan boshlab respublika darajasida faoliyat yuritayotgan idoralararo kollegial organlarning reyestri “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi orqali yuritilishini yoʻlga qoʻyadi va mazkur reyestrni doimiy yangilab boradi hamda uning nazoratini taʼminlaydi.
5. Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlaridan tashqari boshqa budjet tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan darajalarga) ega boʻlgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan har oylik qoʻshimcha ustama miqdori fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan darajalarga) ega boʻlgan xodimlar uchun lavozim maoshining 5 foizi hamda fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan darajaga) ega boʻlgan xodimlar uchun lavozim maoshining 10 foizi miqdorida qayta belgilansin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda joylardagi idoralararo kollegial organlarni ushbu Farmonga 1 va 2-ilovalarga muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin.
9. Adliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-oktabr,
PF-168-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-son Farmoniga1-ILOVA
Rahbarlari qayta taqsimlanayotgan idoralararo kollegial organlar
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2026-y., 06/26/177/0904-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-son Farmoniga2-ILOVA
2024-yil 1-noyabrdan tugatilayotgan idoralararo kollegial organlar
T/rKollegial organ nomiKollegial organni tashkil etishga asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjat1.2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiya.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son Farmoni.2.Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya.3.Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya.4.Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya.5.Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya.6.Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya.7.Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha maxsus komissiya.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5005-son Farmoni.8.Soliq qonunchiligi va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha ishchi komissiya.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5116-son Farmoni.9.Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiya.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5185-son Farmoni.10.2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha komissiya.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentabrdagi “2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5544-son Farmoni.11.2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha Iqtisodiy kengash.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5614-son Farmoni.12.Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2016 — 2020-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 20-noyabrdagi “Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2016 — 2020-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2435-son qarori.13.2017 — 2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturi bajarilishining doimiy monitoringi olib borilishini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2724-son qarori.14.Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-son qarori.15.2020-yil Tokio (Yaponiya) shahrida oʻtkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini sifatli tayyorlashni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio (Yaponiya) shahrida boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-2821-son qarori.16.2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-2853-son qarori.17.Uyushmani tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va uning kelgusi faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3327-son qarori.18.2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash boʻyicha kompleks dastur bajarilishining doimiy monitoringini taʼminlashga oid ishchi guruh.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3422-son qarori.19.Uzumning texnik navlarini yetishtirish boʻyicha mavjud uzumzorlar inventarizatsiyasini oʻtkazish va vinochilik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlash boʻyicha maxsus komissiya.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3573-son qarori.20.Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3586-son qarori.21.Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi va Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish komissiyasi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3982-son qarori.22.Madaniyat obyektlari va muassasalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha ishchi guruh.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4095-son qarori.23.Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4297-son qarori.24.2019 — 2021-yillarda respublika hududlarida yengil konstruksiyali qurilish materiallaridan quriladigan yoki boʻsh turgan bino va inshootlar negizida tashkil etiladigan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan majmualardagi loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruhi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4341-son qarori.25.Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha ishchi guruh.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi “Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4709-son qarori.26.2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-avgustdagi “2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4798-son qarori.27.2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha respublika komissiyasi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-martdagi “2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi F-4421-son farmoyishi.28.Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga yoʻnaltirilgan takliflarni tanqidiy oʻrganish va tayyorlash boʻyicha ishchi komissiya.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi “Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tanqidiy oʻrganilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi F-5182-son farmoyishi.29.2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanini kompleks rivojlantirish dasturi parametrlari bajarilishini taʼminlash yuzasidan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi.Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-dekabrdagi “2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 400-son qarori.30.Respublika aholisi va budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh.Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi “Respublika aholisi va budjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 422-son qarori.31.2017 — 2021-yillarda Toshkent shahrining yoʻlovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha dastur va chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhiVazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-martdagi “Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 129-son qarori32.Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yoʻl-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlanishini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh.Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi “Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 978-son qarori.33.“Shovot” va “Gʻovuk koʻl” kichik turizm zonalarini tashkil etish va rivojlantirish loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga koʻmaklashuvchi respublika ishchi guruhi.Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-fevraldagi “2019-2020-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 119-son qarori.34.2018 — 2027-yillarda muzeylar faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlari dasturi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha respublika komissiyasi.Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-fevraldagi 119-F-son farmoyishi.35.2018 — 2022-yillarda respublika teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlari dasturi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha respublika komissiyasi.Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 464-F-son farmoyishi.36.Madaniyat va aholi dam olish markazlarini oʻrganish va ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha respublika ishchi guruhi.Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 469-F-son farmoyishi.