PQ-148-son Qaror · 08.08.2005

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-148
  • Qabul qilingan sana:08.08.2005
  • Kuchga kirgan sana:08.08.2005

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi PQ-133-sonli qarorini ijro etish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasini uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tartibga keltirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasiga qoʻshimcha iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy parametrlar va moliya-valyuta balansi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasida Industriyani rivojlantirish, tarkibiy va investitsiya siyosati bosh boshqarmasi tugatilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasiga vazirning iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va investitsiya dasturlari masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining cheklangan soni 158 shtat birligidan (xizmat koʻrsatish xodimlaridan tashqari) iborat yangilangan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasi oʻzgarganligini eʼtiborga olgan holda uni joriy taʼminlashga davlat budjeti mablagʻlari hisobiga zarur sarf-xarajatlarni nazarda tutsin.

6. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 58-sonli qaroriga 2 va 4-bandlar hamda mazkur qarorning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 8-avgust,

PQ-148-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2005-yil 8-avgustdagi PQ-148-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati tuzilmasi

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.