Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning startap va biznes loyihalari, gʻoya va tashabbuslarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xizmatlar koʻrsatish faoliyatini ragʻbatlantirish, shuningdek, yoshlarga qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratishga yoʻnaltirilgan tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali ularning bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) huzurida davlat muassasasi shaklida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasining asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq;
Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash instrumentlari (keyingi oʻrinlarda – qoʻllab-quvvatlash instrumentlari) roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan 100 million AQSH dollari ekvivalentiga teng summaga yetkaziladi:
Davlat budjetidan 2025-yilda ajratiladigan 200 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar;
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlari hamda ushbu jamgʻarma hisobidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha olinadigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) biznes loyihalarni saralash va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga tavsiya qilish hamda Jamgʻarma faoliyatini samarali tashkil etish uchun oʻz sohasida yuqori natijalarga erishgan hamda samarali faoliyat yuritib kelayotgan 20 nafar tadbirkordan va ekspertlardan iborat tarkibda jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi kengash (keyingi oʻrinlarda – Kengash) tuziladi.
(4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Bunda Kengash aʼzolari tarkibining kamida 30 foizi yosh tadbirkorlar orasidan shakllantiriladi hamda Kengashga Agentlik direktori raislik qiladi;
b) Kengash aʼzolarining kamida 50 foizidan koʻproq ovozini toʻplagan biznes loyihalar (shu jumladan, ijaraga olingan obyektda faoliyat yuritayotgan) saralab olingan hisoblanadi va Jamgʻarma resurslari hisobidan qoʻllab-quvvatlanadi (bundan 3-ilovadagi roʻyxatning 6-bandida nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash instrumenti mustasno);
v) Jamgʻarma faoliyati belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan Kengash aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi bilan har yili tasdiqlanadigan Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari hamda mablagʻlarning qoʻllab-quvvatlash instrumentlari kesimida yoʻnaltirilishini nazarda tutuvchi moliyaviy reja asosida tashkil etiladi. Bunda:
zaruratga koʻra mazkur yillik moliyaviy rejaga Kengash aʼzolarining xuddi shunday koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadigan qarori asosida belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritilishi mumkin;
moliyaviy yil yakuni boʻyicha Jamgʻarma direktori tomonidan Kengashga batafsil hisobot taqdim etiladi;
g) Jamgʻarma resurslari hisobidan qarorlar, bayonnomalar, topshiriq xati va boshqa hujjatlar asosida tadbirkorlik subyektlari, nodavlat tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar loyihalarini toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
d) Jamgʻarma resurslari hisobidan ajratilgan mablagʻlar yuzasidan hisobotlar, shu jumladan, qoʻllab-quvvatlash instrumentlari va loyihalar kesimida ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Jamgʻarma tomonidan Yoshlar ishlari agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi;
e) mazkur qaror qabul qilingunga qadar tuzilgan va amalda boʻlgan Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish bilan bogʻliq shartnomalar boʻyicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining huquq va majburiyatlari Jamgʻarmaga oʻtkaziladi.
Bunda Surxondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi loyihalarni moliyalashtirish Jamgʻarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-400-son qarorida belgilangan tartibda hamda uning 1-bandida koʻzda tutilgan mablagʻlarning moliyalashtirilmagan qismi doirasida amalga oshiriladi;
j) 3-ilovadagi qoʻllab-quvvatlash instrumentlari boʻyicha aniqlashtiruvchi qoʻshimcha shartlar va qoidalar Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida belgilanishi mumkin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, 3-ilovadagi qoʻllab-quvvatlash instrumentlari roʻyxatining 6-bandida nazarda tutilgan instrument asosida Jamgʻarma tomonidan qarz ajratish 2025–2026-yillarda tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi va moliyalashtirish uchun 30 milliard soʻm yoʻnaltiriladi. Bunda:
a) mazkur qoʻllab-quvvatlash instrumenti boʻyicha loyihalar alohida hisobvaraq orqali moliyalashtirilib, qaytgan mablagʻlar oʻrnatilgan tartibda yangi loyihalarga yoʻnaltiriladi;
b) belgilangan talablarga muvofiq keladigan va Kengash aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi bilan saralab olingan biznes loyihalar (shu jumladan, ijaraga olingan obyektda faoliyat yuritayotgan loyihalar) mazkur qoʻllab-quvvatlash instrumenti orqali moliyalashtiriladi;
v) Jamgʻarma tomonidan ushbu qoʻllab-quvvatlash instrumenti orqali ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi doimiy monitoring qilib boriladi hamda ajratilgan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha zaruriy choralar koʻriladi;
g) Agentlik tomonidan har chorakda mazkur qoʻllab-quvvatlash instrumenti boʻyicha loyihalarga ajratilgan qarz mablagʻlarining oʻz vaqtida qaytarilishi oʻrganib boriladi va natijalariga koʻra quyidagilarni toʻxtatish masalasi koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritiladi:
ajratilgan mablagʻlarning qaytarilmasligi xatarlari yuqori boʻlgan taqdirda ushbu instrument boʻyicha yangi loyihalarni moliyalashtirish;
tegishli biznes loyiha uchun ajratilgan qarz mablagʻlarining qaytarilmasligi xavfi yuqori boʻlgan hollarda mazkur loyihani moliyalashtirish.
6. Belgilansinki:
a) Jamgʻarma koʻmagida kamida 50 ming nafar yoshlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish uning faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichi hisoblanadi;
b) Jamgʻarma boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 12 nafardan iborat boʻladi;
v) Jamgʻarma direktori Kengash aʼzolari orasidan umumiy ovozlari sonining kamida toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi bilan aniqlanadi va Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi;
g) Jamgʻarma xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari Agentlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan razryadlardan bir pogʻona past miqdorda qoʻllanadi. Bunda:
Jamgʻarma xodimlari mehnatiga haq toʻlashning boshqa shartlari boʻyicha Agentlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan shartlar tatbiq etiladi;
Jamgʻarma faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qonunchilik hujjatlari bilan unga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
7. Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 4-ilovadagi roʻyxatga muvofiq daryo, kanal va sohil boʻylarida xizmat koʻrsatish, koʻngilochar va dam olish maskanlarini tashkil etish boʻyicha biznes loyihalarni joylashtirish uchun oʻrnatilgan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali yer uchastkalarini ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Bunda ushbu roʻyxatda koʻzda tutilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ularning yer fondi toifasi qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirilgandan soʻng ajratilishi inobatga olinsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Agentlik bilan birgalikda uch oy muddatda 4-ilovadagi roʻyxatda nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan tegishli yer uchastkalarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
8. Jamgʻarma 2025-yilda 3-ilovadagi qoʻllab-quvvatlash instrumentlari orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida magistral, ichki yoʻllar boʻyi va jamoat joylarida (shu jumladan, sayilgohlar, turistik maskanlar, gastronomik va ijod koʻchalarida) kamida 1 mingta savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Bunda savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, shu jumladan, koʻchma savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini (nuqtalarini) tashkil etish uchun yer uchastkalari belgilangan tartibda onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Soliq qoʻmitasi, Turizm qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, shu jumladan, koʻchma savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini (nuqtalarini) joylashtirish sxemasini ishlab chiqsin;
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (K. Kuranbayev) bilan birgalikda mazkur bandga muvofiq 1 mingta savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, shu jumladan, koʻchma savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini (nuqtalarini) joylashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlari kesimida tegishli yer maydonlari onlayn auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.
9. Belgilab qoʻyilsinki:
a) dastlabki bosqichda 5-ilovaga muvofiq tumanlarda, kelgusida boshqa hududlarda qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmat koʻrsatuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlari ushbu qarorda nazarda tutilgan instrumentlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi;
b) Jamgʻarma tomonidan Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda xorijiy tillarni oʻzlashtirgan yoshlar kelgusida ularni qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlar mahsulotlarini eksport qilish jarayoniga keng jalb etish maqsadida qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-153-son qaroriga muvofiq ijaraga berilgan yer maydonlarida yuqori daromad keltiruvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirib, kamida 100 million soʻm miqdorida daromad olgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi tartib joriy etiladi:
2022 — 2024-yillarda aholiga dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlari toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi va samarasiz foydalanish natijasida oʻrnatilgan tartibda tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan boʻsh yer maydonlari dehqonchilik qilish uchun qonunchilikka muvofiq onlayn auksion savdolari orqali ajratiladi;
ijaraga berilgan yer maydonlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, qadoqlash boʻyicha biznes loyihalar tijorat banklari orqali moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi;
mahsulotlar hosildorligini oshirish, yangi navlarni yaratish, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish va mahsulotlarni sotish uchun mutaxassislarni jalb qilishga koʻmaklashiladi.
10. Agentlikning Jamgʻarmaga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan Jamgʻarma huzurida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida ustav fondi 10 million AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtiradigan venchur jamgʻarma (keyingi oʻrinlarda – venchur jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
11. Belgilansinki:
a) inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan yoki startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkazilgan nufuzli tanlovlarda gʻolib (sovrindor) boʻlgan yoxud boshqa venchur jamgʻarmalaridan investitsiya jalb qilgan startap loyihalarga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha venchur jamgʻarma tomonidan 5 milliard soʻmgacha investitsiya ajratiladi:
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan namunaviy modelni (MVP) ishlab chiqish jarayonidagi startap loyihaga — 500 million soʻmgacha;
Oʻzbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan startap loyihaga — 2 milliard soʻmgacha;
xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan startap loyihaga — 5 milliard soʻmgacha;
b) Jamgʻarma tomonidan quyidagi xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi:
istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyaning namunaviy modelini (MVP) yaratish darajasiga olib chiqish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlar, mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 100 million soʻmdan oshmagan miqdorda;
startap loyihalar boʻyicha oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan yoʻnalishlardagi oʻquv kurslarida oʻqish va sertifikat olish hamda nufuzli akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha boʻlgan, biroq 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda;
patentlash hamda intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
12. Kengashga aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi bilan qabul qilinadigan qaroriga muvofiq quyidagi vakolatlar berilsin:
biznes loyihalarning samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan hollarda tegishli qoʻllab-quvvatlash instrumentlari boʻyicha moliyalashtirishni toʻxtatish;
xalqaro yuridik, auditorlik, investitsiya maslahatchilari, konsalting kompaniyalari, yuqori malakali mahalliy va xorijiy ekspertlar (konsultantlar)ni hamda mutaxassislarni shartnoma asosida Jamgʻarma faoliyatiga jalb etish;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
yoshlar oʻrtasida tadbirkorlikni ommalashtirish, yoshlar tadbirkorligi uchun qulay muhit yaratish bilan bogʻliq tadqiqotlarni oʻtkazish uchun ilmiy-tadqiqot muassasalariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida buyurtma berish.
13. Quyidagilar:
a) Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Jamgʻarma tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan biznes loyihalarning rivojlanishiga koʻmaklashish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin;
har chorakda yuqori qoʻshilgan qiymat yaratuvchi biznes loyihalarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga takliflar kiritib borsin;
b) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur qarorning 4-bandi “d” kichik bandiga muvofiq Jamgʻarma resurslari hisobidan ajratilgan mablagʻlar yuzasidan hisobotlar Agentlikning rasmiy veb-saytida oʻz vaqtida hamda toʻliq eʼlon qilib borilishini nazorat qilsin.
14. Agentlik:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
har yili yil yakunlari boʻyicha bozor talabidan kelib chiqqan holda Jamgʻarma tomonidan biznes loyihalarni moliyalashtirish miqdorlari va shartlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda boshqa qoʻllab-quvvatlash instrumentlarini joriy qilish yuzasidan takliflar kiritib borsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul vazirlik va idoralar hamda tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-fevral,
PQ-60-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-son qaroriga1-ILOVA
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasining asosiy vazifalari
Quyidagilar Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalar, shuningdek, yoshlar ishtirokidagi va qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmat koʻrsatuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlari loyihalarini (keyingi oʻrinlarda – biznes loyihalar) qoʻllab-quvvatlash;
ichki va tashqi bozorlarda talab koʻp boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi biznes loyihalarni moliyalashtirish;
kooperatsiya aloqalari asosida yoshlar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni (xizmatlar koʻrsatishni) rivojlantirish orqali biznes loyihalarga koʻmaklashish;
startap, raqamli, innovatsion, yashil va resurs tejamkor tamoyillar hamda yondashuvlarga asoslangan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash;
yoshlar ishtirokida shakllanib kelayotgan milliy brendlarni yanada rivojlantirishga koʻmaklashish;
biznes loyihalarni tijorat va xizmat koʻrsatish binolari (maydonlari) bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlash;
inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan hamda startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkazilgan nufuzli tanlovlarda gʻolib (sovrindor) boʻlgan startap loyihalarni moliyalashtirish;
yoshlarning istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyalarining namunaviy modelini (MVP) yaratish, xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini tizimli rivojlantirish, ularni yirik biznes darajasigacha olib chiqish, milliy brendlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish maqsadida “BIZCOMBINATOR” loyihasini amalga oshirish.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-son qaroriga2-ILOVA
Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha
T/rChora-tadbir nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilar1.Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini tashkil etish.1. Jamgʻarma faoliyatini yoʻlga qoʻyish, jumladan tuzilmasi va ustavini tasdiqlash.2. Jamgʻarmani zamonaviy talablarni inobatga olgan holda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshiradigan va professional darajada bajaradigan malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrish.2025-yil fevral-Yoshlar ishlari agentligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini Jamgʻarma hisobiga oʻtkazish.Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi2.Jamgʻarma kengashi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.Biznes loyihalarni saralash va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga tavsiya qilish hamda ularning samaradorligini baholashni tashkil etish uchun yuqori natijalarga erishgan hamda samarali faoliyat yuritib kelayotgan 20 nafar tadbirkordan iborat tarkibda jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Jamgʻarma kengashini (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tuzish.Bunda:Kengash aʼzolari tarkibini, shu jumladan ular sonining kamida 30 foizini yosh tadbirkorlar orasidan shakllantirish;shakllantirilgan Kengash aʼzolari tarkibini Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan tasdiqlash;Kengash aʼzolari orasidan Jamgʻarma direktorini ularning umumiy ovozlari sonining kamida toʻrtdan uch qismidan iborat malakali koʻpchilik ovozi bilan aniqlash hamda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlash.2025-yil fevral-Yoshlar ishlari agentligi,Davlat xavfsizlik xizmati,Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi3.Jamgʻarma faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.1. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tartibga soluvchi, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi;Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi.2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda kelishish.2025-yil mart-Yoshlar ishlari agentligi,Jamgʻarma,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Adliya vazirligi3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil aprel4.Yoshlar tadbirkorligini va ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlashning Jamgʻarma tomonidan qarz ajratish hamda startap loyihalar xarajatlarini qoplab berish instrumentlari boʻyicha tartibni belgilash.1. Yoshlar tadbirkorligini va ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash instrumentlaridan Jamgʻarma tomonidan uning resurslari hisobidan tadbirkorlik faoliyati uchun tanlangan bino va inshootlarni qurish, ularni taʼmirlash va jihozlash uchun qarz ajratish hamda startap loyihalar xarajatlarini qoplab berish instrumentlari boʻyicha, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:tovar, ish va xizmatlar yetkazib berish (xizmat koʻrsatilganligi) uchun qarz mablagʻlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida oʻtkazish tartibi;qarz mablagʻlarini ajratish bilan shugʻullanuvchi professional tashkilotlar (banklar kabi) tajribasini oʻrgangan holda qarz mablagʻlari ajratilishi mumkin boʻlgan hamda qarz mablagʻlari ajratilmaydigan (shu jumladan, affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud boʻlgan) holatlarni belgilash;ajratilgan qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi holatini monitoring qilib borish;loyihalarga ajratilgan qarz mablagʻlarining oʻz vaqtida qaytarilishini oʻrganib borish;moliyalashtirilgan loyihalar boʻyicha mablagʻlarning qaytarilmasligi xatarlari yuqori deb topiladigan holatlarni belgilash, bunday holatlarda ushbu instrument boʻyicha yangi loyihalarni moliyalashtirishni toʻxtatish;tegishli biznes loyiha uchun ajratilgan qarz mablagʻlarining qaytarilmasligi xavfi yuqori deb topiladigan holatlarni belgilash, bunday holatlarda moliyalashtirishni toʻxtatish;startap loyihalar xarajatlarini qoplab berish.2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda kelishish.2025-yil mart-Yoshlar ishlari agentligi,Jamgʻarma,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Adliya vazirligi3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil aprel5.Yoshlar tadbirkorligi loyihalarining samarali amalga oshirilishi hamda rivojlanishiga koʻmaklashish.1. Yuqori qoʻshilgan qiymat yaratuvchi yoshlar tadbirkorligi loyihalarini moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga takliflar kiritib borish.2. Jamgʻarma tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari qoʻllanilgan biznes loyihalar amalga oshirilishi va rivojlanishiga koʻmaklashish.Doimiy-Savdo-sanoat palatasi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi6.Qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmat koʻrsatuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.1. Dastlabki bosqichda belgilangan 26 ta tumanda qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmat koʻrsatuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlarini aniqlash.2025-yil mart-Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi2. Qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmat koʻrsatuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlarini belgilangan instrumentlar asosida qoʻllab-quvvatlash.DoimiyJamgʻarmaQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan meva-sabzavot eksportiga keng jalb etish maqsadida xorijiy tillarni oʻzlashtirgan yoshlarni eksport amaliyoti boʻyicha qisqa muddatli kurslarda oʻqitish.Yoshlar ishlari agentligi,Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi4. Meva-sabzavot eksporti amaliyoti boʻyicha oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarni toʻlov asosida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligida tuzilgan markaziy eksport shtabi va eksportchi korxonalar faoliyatiga jalb qilish, zaruratga koʻra ularning respublika hududlari va xorijga chiqish hamda yashash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlariOʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi7.Magistral, ichki yoʻllar boʻyida va jamoat joylarida (shu jumladan, sayilgohlar, turistik maskanlar, gastronomik va ijod koʻchalarida) kamida 1 mingta savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini tashkil etish.1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida magistral, ichki yoʻllar boʻyida va jamoat joylarida (shu jumladan, sayilgohlar, turistik maskanlar, gastronomik va ijod koʻchalarida) kamida 1 mingta savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni aniqlash.2025-yil davomidaJamgʻarmaYoshlar ishlari agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2. Savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini joylashtirish sxemasini ishlab chiqish.2025-yil fevral-Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariSoliq qoʻmitasi,Turizm qoʻmitasi,Kadastr agentligi,Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi3. Magistral, ichki yoʻllar boʻyida va jamoat joylarida 1 mingta savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, shu jumladan koʻchma savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish uchun yer maydonlarini onlayn auksion savdolariga chiqarish.2025-yil mart-4. Elektron onlayn auksion savdolari orqali magistral va ichki yoʻllar boʻyidan, jamoat joylari va koʻchalardan talabgorlarga savdo va xizmat koʻrsatish uchun yer maydonlarini ajratish.2025-yil davomida-5. Belgilangan qoʻllab-quvvatlash instrumentlari orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida magistral, ichki yoʻllar boʻyida va jamoat joylarida (shu jumladan, sayilgohlar, turistik maskanlar, gastronomik va ijod koʻchalarida) tashkil etiladigan savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.JamgʻarmaYoshlar ishlari agentligi,Savdo-sanoat palatasiQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari8.Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan, boʻsh turgan yer maydonlarida, shu jumladan, sohil va kanallar boʻyida tadbirkorlarning biznes loyihalarini joylashtirish orqali xizmat koʻrsatish, savdo-koʻngilochar va dam olish maskanlarini tashkil etish.1. Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan, boʻsh turgan yer maydonlarida, shu jumladan, sohil va kanallar boʻyida zarur infratuzilmani yaratish.2025-yil davomida-Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2. Ushbu hududlarda tadbirkorlarning biznes loyihalarini joylashtirish orqali xizmat koʻrsatish, savdo-koʻngilochar va dam olish maskanlarini tashkil etishga koʻmaklashish.-3. Tadbirkorlik subyektlarini belgilangan tartibga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻllab-quvvatlash.JamgʻarmaYoshlar ishlari agentligi,Savdo-sanoat palatasi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi9.Jamgʻarma resurslari hisobidan ajratilgan mablagʻlar yuzasidan hisobotlarni eʼlon qilib borish.1. Jamgʻarma resurslari hisobidan ajratilgan mablagʻlar yuzasidan hisobotlar, shu jumladan qoʻllab-quvvatlash instrumentlari va loyihalar kesimida ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yoshlar ishlari agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish.Har chorakda-Jamgʻarma,Yoshlar ishlari agentligi2. Agentlikning rasmiy veb-saytida Jamgʻarma tomonidan moliyaviy hisobotlar oʻz vaqtida hamda toʻliq eʼlon qilib borilishini nazorat qilish.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi10.Ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribalarini oʻrgangan holda zamonaviy kasblar dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish.1. Ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribalarini oʻrgangan holda zamonaviy kasblar roʻyxatini shakllantirish.2025-yil fevral-Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi2. Ushbu roʻyxatdagi kasblarning oʻquv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish choralarini koʻrish.Reja-grafikka muvofiq11.Yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.1. Yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish markazini tashkil etish istagida boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash.2. Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish.2025-yil may-Yoshlar ishlari agentligi,Savdo-sanoat palatasi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari12.Yoshlar tadbirkorligini va ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash instrumentlarini takomillashtirish.1. Yoshlar tadbirkorligini va ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash instrumentlari asosida moliyalashtirish samaradorligini tahlil qilish.2. Tahlillar natijalari yuzasidan qoʻllab-quvvatlash instrumentlarini takomillashtirish, shu jumladan mavjudlarini qayta koʻrib chiqish va yangi instrumentlarni joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.2025-yil dekabr-Yoshlar ishlari agentligi,Jamgʻarma,Iqtisodiyot va moliya vazirligi13.Jamgʻarmaga yer maydonlari ajratish orqali davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish.Jamgʻarmaga doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydonlarini ajratish orqali kelgusida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.2025-yil aprel-Yoshlar ishlari agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari14.Yosh tadbirkorlar muammolarini oʻrganishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish.Yosh tadbirkorlar muammolarini oʻrganishga qaratilgan sotsiologik va ilmiy-amaliy tadqiqot oʻtkazish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va toʻsiqlarni bartaraf etish hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha Jamgʻarmaga takliflar kiritib borish.2025-yil davomida-Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti15.Venchur jamgʻarma tomonidan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtirish tartibini belgilash.1. Venchur jamgʻarma tomonidan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtirishning, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarini tan olish mezonlarini belgilash;startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun oʻtkazilgan nufuzli tanlovlarni aniqlash tartibi.2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda kelishish.2025-yil mart-Yoshlar ishlari agentligi,Jamgʻarma,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Adliya vazirligi3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil aprel16.Istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori boʻlgan startap gʻoyani realizatsiya qilish uchun gʻoya egalari va salohiyatli investor tadbirkorlarni oʻzaro birlashtiruvchi dasturni amalga oshirish.Dastur ishtirokchilarini roʻyxatga olish, yangiliklarni yoritib borish, moliyaviy koʻmak olish uchun murojaat qilish (ariza yuborish), startap gʻoya egalariga salohiyatli investor tadbirkorlarni topish hamda ushbu dastur faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni joylashtirishga moʻljallangan maxsus platformani ishga tushirish.2025-yil dekabrJamgʻarmaJamgʻarma,Yoshlar ishlari agentligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-son qaroriga3-ILOVA
Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash instrumentlari
Izoh:
* 1 — 4-bandlardagi instrumentlar boʻyicha ajratilgan kredit mablagʻlari maqsadsiz ishlatilganligi aniqlanganda ushbu mablagʻlarga nisbatan tijoriy foiz stavkalari tatbiq etiladi va tijorat banki tomonidan muddatidan oldin tadbirkorlik subyektidan undirish choralari koʻriladi. Bunda mazkur shartlar kredit shartnomasida nazarda tutiladi va kredit boʻyicha foiz toʻlovlari toʻlanganligi holatidan qatʼi nazar tijoriy foiz stavkalari asosida qayta hisob-kitob qilinadi.
** Tadbirkorlik loyihasi — sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash, shuningdek, zamonaviy savdo markazlari hamda ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari (angar va sexlar)ni qurish yoʻnalishlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish (modernizatsiya qilish).
*** Jamgʻarma tomonidan uning resurslari hisobidan qarz ajratish 2025-2026-yillarda tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi hamda uni moliyalashtirish uchun 30 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi. Mazkur instrument orqali loyihalarni moliyalashtirish alohida hisob-varaq orqali amalga oshirilib, undan qaytgan mablagʻlar belgilangan tartibga muvofiq yangi loyihalarga ajratiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-son qaroriga4-ILOVA
Daryo, kanal va sohil boʻylarida xizmat koʻrsatish, koʻngilochar va dam olish maskanlarini tashkil etish boʻyicha biznes loyihalarni joylashtirish uchun oʻrnatilgan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali ajratilishi nazarda tutilgan yer uchastkalari
T/rHudud nomiYer uchastkasi joylashgan tuman (shahar) nomiObyekt nomiYer uchastkasi maydoni(gektar)1.Qoraqalpogʻiston RespublikasiNukus shahri“Doʻstlik” kanali boʻyi23,52.Andijon viloyatiAndijon shahri“Nodirabegim” istirohat bogʻi koʻli boʻyi8,13.Buxoro viloyatiJondor tumaniZarafshon daryosi boʻyi4,24.Jizzax viloyatiJizzax shahriSangzor kanali boʻyi5,55.Qashqadaryo viloyatiQarshi shahriAyrum kanali boʻyi0,56.Navoiy viloyatiNavbahor tumaniZarafshon kanali boʻyi10,07.Namangan viloyatiChortoq tumaniKatta Namangan kanali boʻyi1,08.Samarqand viloyatiUrgut tumaniOʻramas kanali boʻyi23,0Narpay tumaniNarpay kanali boʻyi1,69.Sirdaryo viloyatiGuliston shahri“Doʻstlik” kanali boʻyi2,010.Surxondaryo viloyatiDenov tumaniQizilsuv daryosi boʻyi14,011.Toshkent viloyatiQibray tumaniYoshlar sayilgohi0,612.Fargʻona viloyatiFargʻona shahriYangi Oʻzbekiston massividagi ekoshahar hududi0,1513.Xorazm viloyatiUrganch shahriShovot kanali boʻyi4,8
Izoh: ushbu roʻyxatga tegishli hududdagi aholi qiziqishi va tadbirkorlarning talablaridan kelib chiqqan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari hamda Yoshlar ishlari agentligi takliflariga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-son qaroriga5-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmat koʻrsatuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlari faoliyat yuritadigan tumanlar
T/rHudud nomiTuman nomi1.Qoraqalpogʻiston RespublikasiKegeyli tumaniAmudaryo tumani2.Andijon viloyatiAsaka tumaniBaliqchi tumani3.Buxoro viloyatiGʻijduvon tumaniJondor tumani4.Jizzax viloyatiSharof Rashidov tumaniZarbdor tumani5.Qashqadaryo viloyatiQarshi tumaniGʻuzor tumani6.Navoiy viloyatiNavbahor tumaniQiziltepa tumani7.Namangan viloyatiYangiqoʻrgʻon tumaniNorin tumani8.Samarqand viloyatiJomboy tumaniUrgut tumani9.Sirdaryo viloyatiSayxunobod tumaniSardoba tumani10.Surxondaryo viloyatiOltinsoy tumaniAngor tumani11.Toshkent viloyatiQuyi Chirchiq tumaniBoʻka tumani12.Fargʻona viloyatiFargʻona tumaniYozyovon tumani13.Xorazm viloyatiBogʻot tumaniGurlan tumani
Izoh: ushbu roʻyxatga yoshlar va tadbirkorlik subyektlari talablari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi takliflariga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.