Mamlakatimizda homilador ayollar, yangi tugʻilgan bolalar, reproduktiv yoshdagi aholi orasida ekstragenital, tugʻma va irsiy kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilishning yuqori texnologik amaliyotlarini joriy etish, bolalar oʻlimi va tugʻma nogironlikning oldini olish, sogʻlom oilani shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-296-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekistonning Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining chaqaloqlar tirik tugʻilishiga oid mezonlariga toʻliq oʻtishini tashkil etish, perinatal yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish hamda tugʻuruqqa koʻmaklashish sohasidagi tibbiyot muassasalarida onalar va chaqaloqlarga sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-296-son qaroriga muvofiq 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi, Respublika “Ona va bola skrining” markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz);
hududiy perinatal, aholi reproduktiv salomatligi hamda “Ona va bola skrining” markazlari negizida Markazning 14 ta hududiy filiallari tashkil etilgani;
b) Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) oʻrtasida 2024-yil 20-noyabrda “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yil muddatga jami 100 million AQSH dollari miqdorida qarz bitimi imzolangani;
Loyihaning umumiy qiymati 134,09 million AQSH dollariga teng texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilgani va vakolatli davlat organlarida ekspertizadan oʻtkazilgani, bunda 34,09 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushini tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq va foizlar toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida tugʻuruqqa koʻmaklashish sohasidagi tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy jihozlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Sogʻliqni saqlash vazirligi Loyihaning sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi hamda OTBning qarzidan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
OTB ajratgan qarzni qaytarish, shu jumladan, qarz boʻyicha foiz va komissiyalarni toʻlash, boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Sogʻliqni saqlash vazirligiga Loyiha doirasida keltirilgan tovarlarni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjetidan vazirlik uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirishga ruxsat beriladi;
Loyihani boshqarish funksiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi OTB loyihalarini amalga oshirish guruhi zimmasiga yuklanadi, uning taʼminoti Loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlarida koʻrsatilgan OTB mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasining ulushi hisobidan amalga oshiriladi;
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Xaridlar markazi” davlat muassasasi Loyiha doirasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha kontragent vazifasini bajaradi;
Loyiha doirasida xarid qilinadigan tibbiy jihozlar tanlov savdolari eʼlon qilingunga qadar mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda tibbiyot muassasalarini jihozlash meʼyorlari asosida har bir muassasa kesimida tahlil qilinadi.
Bunda tahlillar natijasiga koʻra Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xarid qilinadigan tibbiy jihozlarning roʻyxati, miqdori va texnik tavsiflariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
4. Sogʻliqni saqlash vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga quyidagilarni taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin:
Loyiha doirasida xarid qilinishi nazarda tutilgan tibbiy jihozlarni yetkazib berishdan oldin obyektlarda jihozlash uchun tegishli xonalarni tayyorlash;
OTB tartibotlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, zarur hisobot va hujjatlarning vakolatli vazirlik va idoralarga oʻz vaqtida taqdim etilishini tashkil etish;
Loyihani amalga oshirish davrida unda ishtirok etadigan muassasalar ishlarini samarali tashkil etish;
Loyiha doirasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi kelgusi yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini shakllantirishda unga “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasining belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
6. Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va OTB oʻrtasida imzolangan qarz bitimi boʻyicha yuridik xulosa bersin.
7. Tashqi ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining viza talabnomalariga binoan Loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining talabnomalariga asosan Loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik viza rasmiylashtirilishi va uning muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
9. Quyidagilar:
sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov — mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga;
sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosarlari E.I. Basitxanova, F.M. Tashpulatov va O.M. Omonov — Loyihaning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy choralarni koʻrish, OTB qarzidan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash, Loyiha doirasida xarid qilinadigan tibbiy jihozlar tibbiyot muassasalarining ehtiyojlariga muvofiqligini taʼminlash, tibbiyot xodimlarining ulardan foydalanish boʻyicha oʻqitilishini tashkil etishga;
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika perinatal markazi rahbarlari — Loyiha doirasida xarid qilinadigan tibbiy jihozlardan foydalangan holda barcha tugʻuruqqa koʻmaklashish sohasidagi tibbiyot muassasalarida ixtisoslashtirilgan hamda yuqori texnologik diagnostika va davolash amaliyotlarini joriy etish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning yuqori texnologik tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini doimiy ravishda oshirib borishni tashkil etishga, tibbiy jihozlardan samarali foydalanish va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashga;
hududlar hamda tuman (shahar) darajasidagi tugʻuruqqa koʻmaklashish sohasidagi tibbiyot muassasalari rahbarlari — Loyiha doirasida tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mutaxassislar bilan taʼminlash, xarid qilinishi koʻzda tutilgan tibbiy jihozlardan samarali foydalanish, ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashga masʼul va shaxsiy javobgar etib belgilansin.
10. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-fevral,
PQ-69-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-69-son qaroriga1-ILOVA
Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasining asosiy
Izohlar:
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha oʻtkaziladigan tender savdolari natijalariga asosan aniqlanadi.
** Loyihani amalga oshirish doirasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan, shu jumladan, soliqlar va boshqa toʻlovlar shaklidagi xarajatlardan tashkil topgan.
*** Xalqaro va nodavlat tashkilotlar (YUNFPA, YUNISEF, JSST) grantlari hisobidan ushbu loyihada koʻzda tutilgan tibbiy uskunalar xarid qilinganda boʻshaydigan mablagʻlar taqsimlanmagan mablagʻlar hisobiga oʻtkaziladi.
**** Sogʻliqni saqlash vazirligiga loyiha doirasida taqsimlanmagan mablagʻlarni ehtiyojdan kelib chiqib, Osiyo taraqqiyot banki bilan kelishilgan holda qayta taqsimlash vakolati beriladi.
***** Loyihani amalga oshirish uchun, shu jumladan, xaridlar, monitoring, moliya, ekologiya va ijtimoiy masalalar boʻyicha konsultantlar jalb etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-69-son qaroriga2-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq va foizlar toʻlashning
Izohlar:
* Toʻlovlar summasi qarz mablagʻlarini haqiqatda oʻzlashtirish kuniga bogʻliq ravishda aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-69-son qaroriga3-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Perinatal xizmatlarni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida tugʻuruqqa koʻmaklashish sohasidagi tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun tibbiy jihozlar