[Koʻchirma]
2025-yil 7-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiy faolligini oshirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. 2025-yilda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
(a) 2 million nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlash;
(b) 250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish;
(v) 250 ming nafar xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish;
(g) 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sogʻlomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha motivatsion seminarlar tashkil etish.
II. Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash
2. Belgilansinki, “HAMROH” tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida 2025-yil 1-maydan boshlab:
(a) xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million soʻmgacha grant ajratish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda grant mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-385-son qarorining 8-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan ajratiladi;
(b) ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan xotin-qizlarga 100 mln soʻmgacha garovsiz kredit ajratiladi;
(v) ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yoʻlga qoʻyiladi.
3. AT “Xalq banki” Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “Loyihalar fabrikasi” platformasi negizida quyidagi imkoniyatlarga ega “Tadbirkor ayollar” platformasini 2025-yil 1-iyulga qadar ishga tushirsin:
(a) ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga koʻmaklashish;
(b) oʻzaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish;
(v) zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish;
(g) loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish.
4. AT “Xalq banki” uch oy muddatda “Tadbirkor ayollar” platformasi orqali tijorat banklari, Soliq qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan oʻzaro axborot almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
5. Savdo-sanoat palatasi 2025-yil 1-maydan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Hamkor tadbirkor” dasturini yoʻlga qoʻysin:
(a) oʻz biznesini tashkil etmoqchi boʻlgan xotin-qizlarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish;
(b) kooperatsiya asosida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
(v) mahalliy va xalqaro elektron platformalarda xotin-qizlarga oʻz mahsulotlarini joylashtirish va sotishga koʻmaklashish.
6. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida moliyaviy xizmatlar koʻrsatish strategiyasini tasdiqlasin. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
(a) tijorat banklarida xotin-qizlar uchun yangicha yondashuvlar asosida zamonaviy moliyaviy xizmatlarni yoʻlga qoʻyish;
(b) homiladorlik va tugʻish taʼtilini olgan ayollar uchun bank kreditlari boʻyicha toʻlovlar muddatini 10 oygacha uzaytirish.
7. Savdo-sanoat palatasining 1-ilovaga muvofiq tarkibda quyidagi vazifalarni amalga oshiruvchi yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
(a) muntazam ravishda hududlarga chiqib, tadbirkor xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(b) tadbirkor ayollarning ilgʻor tajribalarini boshqa hududlarda ommalashtirishga koʻmaklashish;
(v) avval tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlab, ularning muammolarini hal qilish va biznes gʻoyalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
(g) tizimli muammolarni hal qilish yuzasidan Hukumat va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga takliflar kiritib borish.
8. Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yaxlit tizimi joriy etilsin:
(a) “Biznesga ilk qadam” yoʻnalishida — Savdo-sanoat palatasi (N. Shotursunova) tomonidan biznes koʻnikmasiga ega boʻlmagan tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash va ularni tadbirkorlik asoslariga oʻqitish;
(b) “Biznesni yoʻlga qoʻyish” yoʻnalishida — AT “Xalq banki” (G. Rashidova) va boshqa tijorat banklari tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlarga kichik tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish;
(v) “Biznesni kengaytirish” yoʻnalishida — “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati (D. Nurmatova) tomonidan biznes-rejalar ishlab chiqish, moliyalashtirish va bozor topish koʻnikmalariga oʻrgatish orqali kichik korxonalar faoliyatini kengaytirish;
(g) “Biznesni yuksaltirish” yoʻnalishida — Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) tomonidan “Chempion tadbirkorlar” dasturi doirasida 50 nafar eng faol ayol tadbirkorlar bilan manzilli ishlab, ularning yillik aylanmasini kamida 100 milliard soʻmgacha olib chiqishga koʻmaklashish.
9. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov ikki hafta muddatda hududlar va tijorat banklari kesimida 2025-yilda xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni tasdiqlasin.
III. Xotin-qizlarni ijtimoiy va iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash
10. Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi (Q. Rafikov, Z. Maxkamova) har yili “Ayollar daftari”ga kiritilgan va ehtiyojmand xotin-qizlarning 50 ming nafarini Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlariga yuborib, ularga psixologik yordam koʻrsatish va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha motivatsion seminarlar tashkil etsin.
Vazirlar Mahkamasi homiylik mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ushbu tadbirlarni moliyalashtirish choralarini koʻrib borsin.
11. Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar aholining uy-joyga ehtiyoji boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
12. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida raqamlashtirish, kasbiy taʼlim sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish hamda innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etilsin.
13. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bir oy muddatda vazirlik faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya yechimlarini joriy qilish, aholini, shu jumladan, ayollarni zamonaviy kasblarga oʻqitish hamda yuqori daromadli mehnatga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
14. 2025-yilda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
15. Mazkur qarorning maqsadlariga erishish doirasida quyidagilar masʼul etib belgilansin:
(a) Markaziy bank (T. Ishmetov) va tijorat banklari 1 million 300 ming nafar xotin-qizlar bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb etishga;
(b) Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi (Q. Rafikov) 636 ming nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan taʼminlashga;
(v) Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Z. Maxkamova) xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida 100 ming nafar xotin-qizlarni oʻqitish, ish bilan taʼminlash va ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun koʻmaklashishga;
(g) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) 250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitishga.
16. Mazkur qaror doirasida xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha ishlarning natijadorligi ustidan nazorat Bosh prokuror oʻrinbosari D.S. Kasimovga yuklansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* 4-ilova berilmaydi.
18. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-mart,
PQ-103-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qaroriga1-ILOVA
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkor ayollar kengashining
1.Davletova Nozimaxon Eldarovna—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy taʼminlash boshqarmasi boshligʻi, Kengash raisi2.Shotursunova Nodira Nosirovna —Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari3.Nurmatova Dilfuza—“Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Kengash raisi oʻrinbosari4.Simerman Alina Vladimirovna—“Test Center Baho” MCHJ taʼsischisi5.Tashmuxamedova Dilnoza Ravshanovna—“Kids Plate Distrubition” MCHJ taʼsischisi6.Goziyeva Dilnoza Axmadjanovna—“Orient Group Management” MCHJ taʼsischisi7.Vaxidova Nodira—“Business-Woman” tadbirkor ayollar maktabi taʼsischisi 8.Muminova Zeboxon Rixsibayevna—“Nova school” xususiy maktabi taʼsischisi9.Kasimbayeva Madina Anvarovna—hunarmand10.Axmadaliyeva Nodira Qaxramonovna—“GOLD GROWN PHARMA” MCHJ taʼsischisi11.Burxanova Sabina Faxritdinovna—hunarmand12.Xaytbayeva Dildora Bahramovna—“KAMRON GOLD MEDIYA” MCHJ taʼsischisi13.Niyazova Maryam Kadirovna—“KUMUSN TOLA” XK taʼsischisi14.Ibragimova Robiya Shavkatovna—“RS SUCCESS AGRO” MCHJ taʼsischisi15.Aminova Nargiza Tolibovna—“NARIMTEKS” MCHJ taʼsischisi16.Xoliqova Guliraʼno Yulchiboy qizi—“Xoliqov Yoʻlchiboy” fermer xoʻjaligi rahbari17.Bekmuratova Nargiza Ulugʻbekovna—“ARTATEX” MCHJ direktori18.Qurbonova Nodira Abduxalimovna—“YARATOV ILXOM ALXAMOVICN” fermer xoʻjaligi taʼsischisi19.Karimova Shaxnoza Yandashovna—“BARAKA NON NAVOIY” MCHJ taʼsischisi20.Xusanova Latofat Nurullayevna—“CHADOS-2009” MCHJ taʼsischisi21.Dobrix Anna Konstantinovna—“Iftihor Kiyim Sanoat” MCHJ direktori22.Xolikova Feruza—“FERUZA HUNAR MARKAZI” MCHJ taʼsischisi23.Yakubova Marxabo Umarjanovna—“JIZZAX BEK-STAR” MCHJ taʼsischisi24.Kurbonova Tamilla—moliyaviy maslahatchi, trener25.Rashidova Gulzoda Ataxanovna—AT “Xalq banki” boshqaruvi raisi oʻrinbosari, Kengash eksperti26.Ibragimova Shaxlo Alimbayevna—ATB “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi oʻrinbosari, Kengash eksperti27.Normaxmatova Guzal Fayzullayevna—Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshligʻi, Kengash kotibi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qaroriga2-ILOVA
2025-yilda aholini, shu jumladan xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan taʼminlashning
T/rHudud nomi/jami bandligi taʼminlanadiganlar sonishundan xotin-qizlarShu jumladan sohalar kesimida:Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiMarkaziy bank, tijorat banklariOʻzbekiston fermerlari kengashiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligijamishundan xotin-qizlarjamishundan xotin-qizlarjamishundan xotin-qizlarjamishundan xotin-qizlarJAMI5 196 8462 050 934289 75863 8163 570 0001 299 2641 168 555678 260168 5339 5941.Qoraqalpogʻiston Respublikasi125 83146 8229 8922 07786 38331 30123 93113 1625 6252812.Andijon viloyati305 040116 41026 3406 058209 42076 74658 89732 98210 3836233.Buxoro viloyati214 61183 93114 5713 351147 33954 60244 57625 4088 1255694.Jizzax viloyati168 12061 93717 2853 630115 42342 06127 46215 9287 9503185.Qashqadaryo viloyati400 000206 85514 2502 99382 07630 544292 639172 65711 0356626.Navoiy viloyati140 00054 6269 2202 02896 11634 43229 69717 8184 9673487.Namangan viloyati323 447112 07633 9797 136210 00076 29049 35527 14530 1131 5068.Samarqand viloyati320 000122 39923 8045 475221 31080 19264 26535 98810 6217439.Surxondaryo viloyati375 000162 29114 6943 233210 00077 620142 31381 1187 99332010.Sirdaryo viloyati148 70259 32716 3473 43390 00033 40038 37122 2553 98423911.Toshkent viloyati412 260194 66222 4555 165150 00055 125226 127133 41513 67895712.Fargʻona viloyati446 846177 36743 9549 670270 00099 675111 59666 95821 2961 06513.Xorazm viloyati265 000101 59415 7163 300181 93365 17556 34232 67811 00944014.Toshkent shahri1 551 989550 63727 2516 2681 500 000542 1002 98474621 7541 523
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qaroriga3-ILOVA
Tijorat banklari tomonidan 2025-yilda xotin-qizlar bandligini taʼminlashning
T/rBanklar nomiAholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash prognozishundan xotin-qizlar*JAMI3 570 0001 299 2641.“Oʻzmilliybank” AJ548 829200 1632.“Agrobank” ATB393 794143 6213.“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB445 139162 3474.AT “Xalq banki”410 240149 6205.“Mikrokreditbank” ATB296 188108 0176.“Biznesni rivojlantirish banki” ATB257 93694 0707.“Asakabank” AJ225 74682 2498.“Turon bank” ATB204 53374 5779.AT “Aloqabank”159 76758 22810.Boshqa banklar627 828226 372
* “Mikrokreditbank” ATB parrandachilik (160 ming nafar), “Turonbank” ATB limonchilik (150 ming nafar), AT “Aloqabank” asalarichilik (17,5 ming nafar) yoʻnalishlarida jami 327,5 ming nafar ayollarni daromadli mehnat bilan band qiladi.