PF-14-son Farmon · 12.06.1990

Oʻzbekiston SSJ Tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqa davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-14
  • Qabul qilingan sana:12.06.1990
  • Kuchga kirgan sana:12.06.1990
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 25-27

Oʻzbekiston SSJning suveren huquqlarini taʼminlash hamda jumhuriyatning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, savdo-sotiq, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarini yanada rivojlantirishga oid ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston SSJ Tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqa davlat qoʻmitasi tashkil etishni zarur deb hisoblayman.

Ushbu qoʻmita zimmasiga xorijiy mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, bozor sharoitini oʻrganish, jumhuriyat hududida tashqi aloqalar qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va manfaatlarini taʼminlash, mahsulot yetkazib berishning belgilangan rejalari va bitimlar bajarilishini nazorat qilish, xorijiy sheriklar ishtirokida qoʻshma korxonalar, uyushmalar, savdo uylari, aksionerlik jamiyatlari tashkil etishda, shuningdek oʻzaro manfaatli shartlarda madaniy, sport, turistik va boshqa xil aloqalarni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish vazifasi topshirilsin.

Jumhuriyat Vazirlar Kengashi mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1990-yil 12-iyun,

PF-14-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.