Orolboʻyi mintaqasida qulay tabiiy muhit yaratish, hududning noyob madaniyati va tarixiy merosini asrab-avaylash hamda keng ommalashtirish, ushbu yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar va ijodiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlik va muloqotni yanada kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2023-yil 22 — 24-mart kunlari Nyu-York shahrida (AQSH) boʻlib oʻtgan suv resurslariga bagʻishlangan konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Orol madaniyat sammiti loyihasini amalga oshirish tashabbusi ilgari surilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2025-yildan boshlab har oʻn sakkiz oyda — bahor yoki kuz fasllarida Orol madaniyat sammiti (keyingi oʻrinlarda — Sammit)ni oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyilsin.
3. Birinchi Orol madaniyat sammiti Samarqand iqlim forumi bilan uygʻun holda 2025-yil 4 — 6-aprel kunlari Samarqand va Nukus shaharlarida yuqori saviyada tashkil etilsin.
4. Quyidagilar Sammitning asosiy maqsad va yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) Orolboʻyida va dunyoning boshqa mintaqalarida yuzaga kelgan ekologik muammolarni muhokama qilish hamda oqilona yechimlarni taqdim etish uchun global platforma yaratish;
(b) Orolboʻyi muammolarini hal etishda fanlararo yondashuvni rivojlantirish;
(v) barqaror yechimlar va strategiyalar yaratishga qaratilgan taʼlim dasturi asosida Orol maktabini tashkil etish;
(g) zamonaviy texnologiyalar va anʼanaviy meʼmorchilik asosida “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻi, bogʻ hududida joylashgan bolalar kutubxonasini qayta barpo etish hamda ulardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
(d) yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda Orolboʻyi mintaqasida suv va tuproq tadqiqotlari olib borish;
(e) Orolboʻyi hududining tuproq va iqlim sharoitiga mos boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻrganishga ixtisoslashgan laboratoriya platformasini yaratish hamda uni mazkur yoʻnalishda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlarning oʻquv-amaliyot maydoniga aylantirish;
(j) Orolboʻyi mintaqasida asrlar davomida shakllangan noyob madaniyat va anʼanalarni saqlash, himoya qilish va keng ommalashtirish;
(z) xalqaro miqyosda doimiy muloqotlar, amaliyotlar, seminarlar, tadqiqot dasturlarini tashkil etish.
5. Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) 1-ilovadagi tarkibga muvofiq tuzilsin.
6. Tashkiliy qoʻmita (A.N. Aripov):
(a) ushbu qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
(b) Sammitga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda yuzaga keladigan tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etsin;
(v) Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarning texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
(g) Sammit bilan bogʻliq tadbirlar va chet ellik mehmonlarning sayohatini tashkillashtirsin;
(d) Sammitda qatnashuvchilarning Oʻzbekistonga kelib-ketishi, ularga viza rasmiylashtirilishi, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish masalalarini muvofiqlashtirsin;
(e) Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini hamda obyektlar va mehmonxona fondining tayyorligini taʼminlasin;
(j) zarur hollarda, Sammitni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq tezkor qarorlar qabul qilsin.
7. Belgilansinki:
(a) Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi;
(b) Vazirlar Mahkamasi tomonidan Sammitning moliyalashtirish manbalari belgilanadi hamda xarajatlar smetasi tasdiqlanadi.
8. Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Ichki ishlar vazirligi:
(a) Milliy gvardiya bilan birgalikda Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarda, shu jumladan, ishtirokchi va mehmonlar toʻplanadigan joylarda, mehmonxonalarda hamda ularning atrofida jamoat tartibini saqlash;
(b) Sammitga tashrif buyuradigan delegatsiya aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati qoidalariga muvofiq hamrohlik qilish choralarini koʻrsin.
10. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan hududlardagi obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etsin.
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam brigadalari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash, shuningdek, sogʻliqni saqlash hamda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilinishi boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
12. Raqamli texnologiyalar vazirligi Jamgʻarmaning murojaatiga asosan Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini belgilangan tartibda zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va internet tarmogʻi bilan taʼminlasin.
13. Jamgʻarmaning talabnomasiga asosan quyidagilarga:
(a) “Uzbekistan Airways” AJga chet ellik ishtirokchilar uchun xalqaro va mahalliy reyslarga aviachiptalarning band qilinishini taʼminlash;
(b) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga chet ellik ishtirokchilar uchun qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga temir yoʻl chiptalari zaxirasini yaratish va rasmiylashtirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
14. Tashqi ishlar vazirligi Jamgʻarmaning viza talabnomalariga binoan, Sammitda ishtirok etadigan xorijiy ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarni undirmasdan, zarur hollarda, Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
15. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Jamgʻarma bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan Sammit matbuot markazi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻysin, shuningdek, tadbirni yuqori saviyada xalqaro miqyosda keng yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi G.O. Umerova hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-mart,
PQ-130-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-130-son qaroriga1-ILOVA
Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
1.A.N. Aripov —Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi 2.S.Sh. Mirziyoyeva—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari3.A.T. Orinbayev—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi4.G.O. Umerova—Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi5.B.O. Saidov—tashqi ishlar vaziri6.I.R. Maxkamov—transport vaziri7.A.A. Xudayarov—sogʻliqni saqlash vaziri8.A.A. Toshpulatov—ichki ishlar vaziri9.Sh.S. Xidoyatov—qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri 10.U.R. Shadiyev—Turizm qoʻmitasi raisi11.B.G. Abdukarimov—Madaniy meros agentligi direktori12.A.A. Mannopov—Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi
Izohlar:
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Tashkiliy qoʻmita, zarur hollarda, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutaxassislarini Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari boʻyicha jalb qilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-130-son qaroriga2-ILOVA
Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMuddatiMasʼul ijrochilar1.Orol madaniyat sammitini (keyingi oʻrinlarda — Sammit) oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasini hamda Sammit doirasidagi barcha tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni tashkiliy va texnik jihatdan tayyorlash.1. “Oqqush” majmuasi maʼmuriyatining taklifiga muvofiq, ushbu majmuani Sammitni oʻtkazish uchun bepul ijaraga berish (kommunal toʻlovlar bundan mustasno).2. “Oqqush” majmuasi va uning hududi hamda Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.2025-yil mart-aprelQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Energetika vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi(keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)3. “Oʻzbektelekom” AK orqali sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini zarur texnika vositalari, telekommunikatsiyalar, uzluksiz elektr energiyasi, sinxron tarjima jihozlari va internet tarmogʻi bilan taʼminlash.Tadbir davomida2.Sammit doirasida tashkil etiladigan oʻrganishlar, izlanishlar va tadbirlar boʻyicha Nukus shahrida yashovchi aholi vakillari bilan ochiq muloqotlar oʻtkazish.1. Muloqotlarning maqsad va yoʻnalishlarini belgilash.2. Tadbirni tashkil etish va ishtirokchilarni jalb qilish.3. Muloqotlar natijalarini tahlil qilish va amaliy takliflarni shakllantirish.2025-yil mart-aprelQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Nukus shahri hokimligi,Jamgʻarma3.Sammitda ishtirok etish uchun barqaror rivojlanish, ekologiya, biodizayn sohalaridagi xorijiy va xalqaro tashkilotlar vakillari, mutaxassislar va faxriy mehmonlarni jalb etishda amaliy yordam koʻrsatish.1. Xalqaro hamkor tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatish va muvofiqlashtirish.2. Ishtirokchilarning tashrifini tashkil etish.3. Chet ellik mehmonlarning ishtiroki va hamkorlikni muvofiqlashtirish.Soʻrovga asosanTashqi ishlar vazirligi,Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Jamgʻarma4.Sammit va uning doirasidagi barcha tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda jamoat xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish.1. Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarda, shu jumladan, ishtirokchi va mehmonlar toʻplanadigan joylarda, mehmonxonalarda hamda ularning atrofida jamoat tartibini saqlash.2. Sammitga tashrif buyuradigan delegatsiya aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati qoidalariga muvofiq hamrohlik qilish choralarini koʻrish.3. Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan hududlardagi obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etish.Tadbir davomidaIchki ishlar vazirligi,Favqulodda vaziyatlar vazirligi,Milliy gvardiya5.Sammit ishtirokchilari uchun avia va temir yoʻl chiptalari hamda mehmonxonalarda joylarni bron qilish va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrish.1. Chet ellik ishtirokchilar va mehmonlar roʻyxatini shakllantirish hamda kelishish.2. Chet ellik ishtirokchilar va mehmonlar uchun xalqaro va mahalliy reyslarga aviachiptalar, temir yoʻl chiptalari hamda mehmonxonalarda joylarni band qilish choralarini koʻrish.3. Chet ellik ishtirokchilar va mehmonlar uchun aeroport va temir yoʻl vokzallarida yigʻimlar undirmasdan VIP va CIP xizmatlarini koʻrsatish.4. Chet ellik ishtirokchilar va mehmonlarni mehmonxonalarga joylashtirish.5. Sammit doirasida zarur asbob-uskunalarni Toshkent — Nukus — Toshkent yoʻnalishida bepul tashish.Soʻrovga asosanTransport vazirligi,Turizm qoʻmitasi,“Uzbekistan Airways” AJ,“Uzbekistan Airports” AJ,“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,Jamgʻarma6. Birinchi Sammit ishtirokchilarini chegirma narxlarda 2025-yil 4-aprel kuni Samarqand — Nukus hamda 2025-yil 5-aprel kuni Nukus — Toshkent yoʻnalishlarida tashish.2025-yil aprel6.Sammit ishtirokchilari uchun ekskursiya dasturini ishlab chiqish va tashkil etish.1. Ekskursiya yoʻnalishlarini belgilash va dastur ishlab chiqish.2. Ekskursiya tashkil qilish.3. Ekskursiya ishtirokchilarini malakali gidlar bilan taʼminlash.Tadbir davomidaTurizm qoʻmitasi,Jamgʻarma7.Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam koʻrsatish markazlari tashkil etilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazorat qilish.1. Sammit doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam brigadalari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash.2. Sogʻliqni saqlash hamda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilinishi boʻyicha zarur choralar koʻrish.Tadbir davomidaSogʻliqni saqlash vazirligi,Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi8.Sammit yoʻnalishlariga aloqador investitsiyalarni jalb qilish, tadbirlar uchun potensial homiylarini aniqlashda amaliy yordam koʻrsatish.1. Sammit doirasidagi yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro, xorijiy va mahalliy investorlarga loyiha takliflarini taqdim qilish.2. Investorlar va homiylar bilan hamkorlikda tashkiliy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatish.Tadbir davomidaInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Jamgʻarma9.Zamonaviy texnologiyalar va anʼanaviy meʼmorchilik asosida “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻi hamda bogʻ hududida joylashgan bolalar kutubxonasini qayta taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.1. Xalqaro, xorijiy va mahalliy investor va homiylarga loyiha takliflarini taqdim qilish.2025-yil aprel-mayVazirlar Mahkamasi(J. Xodjayev),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Jamgʻarma2. Potensial investor va homiylar bilan loyihani amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy masalalari yoki moliyalashtirishning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari boʻyicha aniq takliflar tayyorlash.2025-yil iyun3. “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻi hamda bolalar kutubxonasini qayta taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini belgilash.2025-yil iyun4. Moliyalashtirish manbalari belgilangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda aholi farovonligini taʼminlash uchun yangi imkoniyatlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-10-son Farmonida nazarda tutilgan zamonaviy istirohat bogʻini tashkil etishga oid Hukumat qarori loyihasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Moliyalashtirish manbalari belgilangandan soʻng bir oy muddatda10.Sammit doirasidagi tadbirlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.1. Sammitning asosiy yoʻnalishlari va tadbirlari boʻyicha axborot kampaniyasini rejalashtirish hamda maqsadli auditoriyani aniqlash.2. Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish, matbuot anjumanlari va mediasessiyalar tashkil etish.3. Sammit haqida press-relizlar, intervyular, foto va videomateriallar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻi orqali keng yoritish.Tadbir davomidaAxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi11.Birinchi sammit doirasida 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida oʻtkazilishining ahamiyati boʻyicha axborot-targʻibot ishlarini amalga oshirish.1. Ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻi orqali 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida oʻtkazilishining ahamiyati boʻyicha axborot-targʻibot ishlarini amalga oshirish.Tadbir davomidaJamgʻarma,Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya2. Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — Oʻzbekiston xalqaro mukofoti taʼsis etilganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi “2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarorida nazarda tutilgan “Samarqand — jahon tamaddunlari chorrahasida” kitob-albomining oʻrniga YUNESKO bilan hamkorlikda “UNESCO Courier” jurnalining Abu Rayhon Beruniyga bagʻishlangan maxsus sonini hamda bolalar uchun “Bizlarni inson qiluvchi fazilatlar” (“What Makes Us Human”) nomli kitobni chop etish.2025-yil noyabr12.Sammit doirasidagi tashabbuslar va qoʻshma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish.1. Sammit doirasidagi ilmiy tadqiqot loyihalari va tashabbuslarni belgilash hamda ularning ahamiyatini baholash.2. Loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro ilmiy tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.3. Tashabbuslar va qoʻshma loyihalarning bajarilishini monitoring qilish va natijasi boʻyicha hisobot tayyorlash.Tadbir davomidaOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi13.Suv taʼminoti va suvni tozalash, muqobil va toza energiya manbalarini yaratish, tuproqqa qayta ishlov berish va undan foydalanish kabi sohalarda xalqaro kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.1. Hamkor kompaniya va tashkilotlarni tanlash va kelishuvga erishish.2025-yil maySuv xoʻjaligi vazirligi,Energetika vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Jamgʻarma2. Ilmiy tadqiqotlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.2026-yil yanvar3. Natijasi boʻyicha texnologik yechimlarni amaliyotga joriy etish.2026-yil davomida