Mamlakatimizda qulay inklyuziv taʼlim muhitini yaratish, oʻqitishning innovatsion uslublarini joriy etish va taʼlim muassasalarining kadrlar salohiyatini oshirish orqali maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
1. Quyidagilar “Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) Islom taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — ITB), Rivojlanish uchun islom birdamlik jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — RIBJ) va Taʼlim boʻyicha global hamkorlik (keyingi oʻrinlarda — TGH) tashkilotidan 200,25 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb qilish orqali Oʻzbekistonda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish;
(b) 2025 — 2029-yillar davomida zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab qurish va 72 mingtadan ziyod qoʻshimcha oʻquv oʻrinlarini yaratish orqali sohadagi navbatlilik koeffitsiyentini kamaytirish;
(v) kamida 500 nafar nogironligi bor oʻquvchilar uchun inklyuziv taʼlim sharoitlarini yaratish;
(g) davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, kompetensiyalarga asoslangan taʼlim tamoyillarini joriy etish, laboratoriya mashgʻulotlarini STEM standartlariga muvofiq tashkil qilish;
(d) xalqaro talablar va yondashuvlar asosida 36 ming nafar pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishini taʼminlash, malaka oshirishning “aralash oʻqitish” modelini joriy qilish.
II. Moliyaviy resurslar
2. Belgilansinki, Loyiha quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
(a) ITBning 1-bosqichda 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga ajratiladigan 55,94 mln AQSH dollari miqdoridagi va 2-bosqichda 4 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga ajratiladigan 94,06 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlari;
(b) RIBJning 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga ajratiladigan 10,0 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlari;
(v) ITBning 0,25 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari;
(g) TGHning 40,0 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari;
(d) Oʻzbekistonning soliq va bojxona imtiyozlari koʻrinishidagi 20,0 mln AQSH dollari ekvivalentidagi ulushi.
3. Quyidagilar:
(a) “Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
(b) “Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida ITB qarzidan foydalanish va uni qaytarish, qoʻshimcha haq (ustama) toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvallari 2a va 2b-ilovalarga muvofiq;
(v) “Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida RIBJ qarzidan foydalanish va uni qaytarish, qoʻshimcha haq (ustama) toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
III. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun yer uchastkalarini ajratish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda 4-ilovaga muvofiq infratuzilmaga ega boʻlgan yer uchastkalarini aniqlab, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy tizim tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) 4-ilovaga muvofiq yerlarni ajratishda quyidagi mezonlar asos qilib olinadi:
(i) ajratiladigan yer uchastkalari aholi zichligi hamda oʻquv oʻrniga boʻlgan talab yuqori boʻlgan hududda joylashishi;
(ii) ajratiladigan yer uchastkalari infratuzilmaga (elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz, yoʻl, oqova suv) ega boʻlishi;
(iii) ijtimoiy soha obyektlarini qurishga moʻljallangan yer maydoni hisobidan yer uchastkalari ajratilishi;
(b) umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hududidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini koʻchirish, shuningdek, ichimlik va oqova suv taʼminoti, elektr, gaz va aloqa tarmoqlarini tortib kelish tegishliligi boʻyicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻzbektelekom” AK tomonidan mahalliy budjetlarda ushbu maqsadlarga moʻljallangan mablagʻlar hamda ularning qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish
6. Belgilansinki:
(a) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB va RIBJ qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
(b) ITB va RIBJ qarzlarini qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, qoʻshimcha haq (ustama) Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
(v) Loyihani amalga oshirish uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida ITB qarzlari va TGHning grantlari hisobidan moliyalashtiriladigan Loyihani amalga oshirish guruhi (keyingi oʻrinlarda — LAOG) tashkil etiladi;
(g) Loyihani amalga oshirish davrida LAOG faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha yillik xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvali Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ITB va RIBJ bilan Loyihani amalga oshirish uchun hadli va agentlik kelishuvlari, qarz va texnik yordam grant bitimlarini imzolash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
8. Tashqi ishlar vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining talabnomalariga binoan Loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan chet ellik mutaxassislar uchun kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
9. Ichki ishlar vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi buyurtmasiga asosan Loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan chet ellik mutaxassislarga koʻp martalik viza muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova belgilansin.
11. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-aprel,
PQ-152-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PQ-152-son qaroriga1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasining asosiy
mln AQSH doll.T/rKomponentlarJamiITB ulushiRIBJ ulushiTGH ulushiOʻzbekiston Respublikasi hukumati ulushiITBning 1-bosqich qarziITBning 2-bosqich qarziITB grantiRIBJ qarziGrant(oʻzgarmas)Grant(oʻzgaruvchi)1.Loyihaning umumiy qiymati220,2555,9494,060,2510,028,012,020,02.Jami kapital qoʻyilmalar195,8752,9394,060,258,6628,011,140,83shu jumladan, komponentlar boʻyicha2.1.1-komponent: Oʻquvchilar uchun qulay, inklyuziv sharoitlarga ega boʻlgan muhitni taʼminlash156,7548,5486,68-8,22,510,83-2.2.2-komponent: Umumtaʼlim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish18,88-0,25-18,63--2.3.3-komponent: Maktabgacha taʼlim sifatini oshirish6,87---6,87--2.4.4-komponent: Moliyaviy audit xizmatlari0,1--0,1---2.5.5-komponent: Favqulodda vaziyatlarga keskin javob qaytarish (xarajatsiz)-------2.6.Koʻzda tutilmagan xarajatlar uchun budjet13,274,397,38-0,36-0,310,833.Soliqlar, bojxona va boshqa davlat toʻlovlari18,81-----18,814.Loyihani boshqarishdagi qoʻllab-quvvatlash xizmatlari5,573,01--1,34-0,860,365.Yangi barpo etilayotgan quvvat, maktablar soni586.Bandligi taʼminlanishi kutilayotgan aholi soni, kishi5 9407.Investitsion davrning davomiyligi, oy608.Moliyalashtirishni qaytarish muddati, yil202020Jumladan, asosiy qarzning imtiyozli davri, yil545
Izoh: soʻnggi qiymat koʻrsatkichlari tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro tender savdolari natijalariga asosan aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PQ-152-son qaroriga2a-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida ITB qarzidan foydalanish va uni qaytarish, qoʻshimcha haq (ustama) toʻlovlarini amalga oshirishning
Qarz miqdori — 55 938 570 AQSH dollariLoyihani amalga oshirish muddati — 5 yilJami foydalanish davri — 20 yil, shundan imtiyozli davr — 5 yilFoiz stavkalari — 2,15% + 10 yillik oʻrtacha SWAP qiymati*AQSH dollariToʻlov davriAsosiy qarzni toʻlash summasiMablagʻlarning ustama qiymatiMablagʻlarni qaytarish qiymati**55 938 57034 700 756,8430.12.2026145 635,00145 635,0030.06.2027145 635,00145 635,0030.12.2027378 651,00378 651,0030.06.2028378 651,00378 651,0030.12.2028838 559,08838 559,0830.06.2029838 559,08838 559,0830.12.20291 629 322,731 629 322,7330.06.20301 629 322,731 629 322,7330.12.20301 192 510,301 629 322,742 821 833,0430.06.20311 227 244,551 594 588,492 821 833,0430.12.20311 262 990,501 558 842,542 821 833,0430.06.20321 299 777,621 522 055,422 821 833,0430.12.20321 337 636,251 484 196,792 821 833,0430.06.20331 376 597,581 445 235,462 821 833,0430.12.20331 416 693,741 405 139,302 821 833,0430.06.20341 457 957,771 363 875,272 821 833,0430.12.20341 500 423,711 321 409,332 821 833,0430.06.20351 544 126,551 277 706,492 821 833,0430.12.20351 589 102,331 232 730,712 821 833,0430.06.20361 635 388,111 186 444,932 821 833,0430.12.20361 683 022,061 138 810,982 821 833,0430.06.20371 732 043,451 089 789,602 821 833,0430.12.20371 782 492,681 039 340,372 821 833,0430.06.20381 834 411,34987 421,702 821 833,0430.12.20381 887 842,24933 990,802 821 833,0430.06.20391 942 829,42879 003,622 821 833,0430.12.20391 999 418,21822 414,832 821 833,0430.06.20402 057 655,27764 177,772 821 833,0430.12.20402 117 588,59704 244,452 821 833,0430.06.20412 179 267,60642 565,442 821 833,0430.12.20412 242 743,13579 089,922 821 833,0430.06.20422 308 067,50513 765,542 821 833,0430.12.20422 375 294,59446 538,452 821 833,0430.06.20432 444 479,79377 353,252 821 833,0430.12.20432 515 680,16306 152,882 821 833,0430.06.20442 588 954,37232 878,672 821 833,0430.12.20442 664 362,85157 470,192 821 833,0430.06.20452 741 967,7579 865,302 821 833,04JAMI55 938 57034 700 756,8490 639 326,84
Izoh:
* 10 yillik oʻrtacha SWAP koʻrsatkichi qarz mablagʻlari haqiqatda oʻzlashtirilganidan keyin aniqlanadi.
** Asosiy qarzni qaytarish summasi, foizlar, ustamalar va boshqa toʻlovlar, shuningdek, qarz mablagʻlarini qaytarish sanasi qarz mablagʻlari yechilgan kundan boshlab aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PQ-152-son qaroriga2b-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida ITB qarzidan foydalanish va uni qaytarish, qoʻshimcha haq (ustama) toʻlovlarini amalga oshirishning
Qarz miqdori — 94 061 430 AQSH dollariLoyihani amalga oshirish muddati — 5 yilJami foydalanish davri — 20 yil, shundan imtiyozli davr — 4 yilFoiz stavkalari — 2,15% + 10 yillik oʻrtacha SWAP qiymati*AQSH dollariToʻlov davriAsosiy qarzni toʻlash summasiMablagʻlarning ustama qiymatiMablagʻlarni qaytarish qiymati**94 061 430,0062 188 306,3815.03.2027145 635,00145 635,0015.09.2027145 635,00145 635,0015.03.2028582 540,00582 540,0015.09.2028582 540,00582 540,0015.03.20291 893 255,001 893 255,0015.09.20291 893 255,001 893 255,0015.03.20302 739 727,272 739 727,2730.06.20302 387 030,492 387 030,4930.12.20301 819 026,452 739 727,264 558 753,7130.06.20311 872 009,232 686 744,484 558 753,7130.12.20311 926 535,242 632 218,464 558 753,7130.06.20321 982 649,442 576 104,274 558 753,7130.12.20322 040 398,072 518 355,644 558 753,7130.06.20332 099 828,742 458 924,974 558 753,7130.12.20332 160 990,452 397 763,264 558 753,7130.06.20342 223 933,622 334 820,094 558 753,7130.12.20342 288 710,132 270 043,574 558 753,7130.06.20352 355 373,392 203 380,314 558 753,7130.12.20352 423 978,352 134 775,354 558 753,7130.06.20362 494 581,572 064 172,134 558 753,7130.12.20362 567 241,251 991 512,464 558 753,7130.06.20372 642 017,281 916 736,424 558 753,7130.12.20372 718 971,321 839 782,394 558 753,7130.06.20382 798 166,801 760 586,914 558 753,7130.12.20382 879 669,001 679 084,704 558 753,7130.06.20392 963 545,121 595 208,594 558 753,7130.12.20393 049 864,301 508 889,414 558 753,7130.06.20403 138 697,701 420 056,014 558 753,7130.12.20403 230 118,541 328 635,164 558 753,7130.06.20413 324 202,211 234 551,504 558 753,7130.12.20413 421 026,241 137 727,464 558 753,7130.06.20423 520 670,471 038 083,234 558 753,7130.12.20423 623 217,04935 536,664 558 753,7130.06.20433 728 750,49830 003,224 558 753,7130.12.20433 837 357,80721 395,914 558 753,7130.06.20443 949 128,52609 625,194 558 753,7130.12.20444 064 154,79494 598,924 558 753,7130.06.20454 182 531,42376 222,284 558 753,7130.12.20454 304 356,01254 397,694 558 753,7130.06.20464 429 728,99129 024,724 558 753,71JAMI94 061 430,0062 188 306,38156 249 736,38
Izoh:
* 10 yillik oʻrtacha SWAP koʻrsatkichi qarz mablagʻlari haqiqatda oʻzlashtirilganidan keyin aniqlanadi.
** Asosiy qarzni qaytarish summasi, foizlar, ustamalar va boshqa toʻlovlar, shuningdek, qarz mablagʻlarini qaytarish sanasi qarz mablagʻlari olingan kundan boshlab belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PQ-152-son qaroriga3-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida RIBJ qarzidan foydalanish va uni qaytarish, qoʻshimcha haq (ustama) toʻlovlarini amalga oshirishning
Qarz miqdori — 10 000 000 AQSH dollariLoyihani amalga oshirish muddati — 5 yilJami foydalanish davri — 20 yil, shundan imtiyozli davr — 5 yilXizmat koʻrsatish haqi — 552 813,75 AQSH dollariAQSH dollariToʻlov davriXizmat koʻrsatish haqiAsosiy qarzni toʻlash summasiMablagʻlarni qaytarish qiymati552 813,7510 000 000,0030.06.202522 112,5522 112,5531.12.202524 569,5024 569,5030.06.202624 569,5024 569,5031.12.202624 569,5024 569,5030.06.202724 569,5024 569,5031.12.202724 569,5024 569,5030.06.202824 569,5024 569,5031.12.202824 569,5024 569,5030.06.202924 569,5024 569,5031.12.202924 569,5024 569,5030.06.203030 957,5730 957,5731.12.203030 957,57333 333,33364 290,9030.06.203130 957,57333 333,33364 290,9031.12.203130 957,57333 333,33364 290,9030.06.203230 957,57333 333,33364 290,9031.12.203230 957,57333 333,33364 290,9030.06.203330 957,57333 333,33364 290,9031.12.203330 957,57333 333,33364 290,9030.06.203430 957,57333 333,33364 290,9031.12.203430 957,57333 333,33364 290,9030.06.2035333 333,33333 333,3331.12.2035333 333,33333 333,3330.06.2036333 333,33333 333,3331.12.2036333 333,33333 333,3330.06.2037333 333,33333 333,3331.12.2037333 333,33333 333,3330.06.2038333 333,33333 333,3331.12.2038333 333,33333 333,3330.06.2039333 333,33333 333,3331.12.2039333 333,33333 333,3330.06.2040333 333,33333 333,3331.12.2040333 333,33333 333,3330.06.2041333 333,33333 333,3331.12.2041333 333,33333 333,3330.06.2042333 333,33333 333,3331.12.2042333 333,33333 333,3330.06.2043333 333,33333 333,3331.12.2043333 333,33333 333,3330.06.2044333 333,33333 333,3331.12.2044333 333,33333 333,3330.06.2045333 333,33333 333,33JAMI552 813,7510 000 000,0010 552 813,75
Izoh: asosiy qarzni qaytarish summasi, foizlar, ustamalar va boshqa toʻlovlar, shuningdek, qarz mablagʻlarini qaytarish sanasi qarz mablagʻlari yechilgan kundan boshlab aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PQ-152-son qaroriga4-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida hududlarda yangidan qurilishi koʻzda tutilgan umumtaʼlim maktablari soni va quvvati
T/rViloyatlar/shaharlarMaktablar soni*Jumladan, maktablar quvvati boʻyicha330 oʻrinli660 oʻrinli990 oʻrinli1 650 oʻrinli1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi3122.Andijon viloyati82423.Buxoro viloyati114.Jizzax viloyati335.Qashqadaryo viloyati8176.Navoiy viloyati227.Namangan viloyati3128.Samarqand viloyati7619.Surxondaryo viloyati513110.Toshkent viloyati4411.Fargʻona viloyati711512.Xorazm viloyati31213.Toshkent shahri44Jami581111630
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari taklifiga asosan yangi maktablar qurilishi soniga va quvvatiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.