PQ-197-son Qaror · 30.05.2025

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-197
  • Qabul qilingan sana:30.05.2025
  • Kuchga kirgan sana:02.06.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/197/0487

Respublikada oʻrmon fondi resurslaridan samarali foydalanish, oʻrmon bilan qoplangan hududlarni kengaytirish va oʻrmon plantatsiyalarini barpo etishni yanada jadallashtirish hamda choʻllanishga qarshi kurashish choralarini takomillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda oʻrmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-90-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar oʻrmon fondi resurslaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:

(a) 2030-yilgacha 1,5 million gektarda oʻrmonlar barpo etish, ularni qayta tiklash hamda 3,8 ming gektar oʻrmon fondi yerlarida dorivor va oziq-ovqatbop hamda ziravor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etish;

(b) 2030-yilgacha 9,2 ming tonna daraxt va butalar urugʻlarini tayyorlash hamda 919 million dona nihol va koʻchatlarni yetishtirish;

(v) 2030-yilgacha 47,7 ming gektar oʻrmon fondi yerlarini oʻzlashtirish, 18,7 ming gektarda himoya oʻrmonzorlarini barpo etish hamda yiliga 31 ming tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish;

(g) 2025-2026-yillarda togʻ va togʻoldi hududlardagi 500 gektarda “terrasa” usulida daraxt va buta koʻchatlari ekish.

II. Oʻrmonlarni koʻpaytirish va ulardan oqilona foydalanish

2. Oʻrmon xoʻjaligi sohasini toʻliq raqamlashtirish, “aqlli” oʻrmon xoʻjaligi texnologiyalarini joriy etish maqsadida Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon agentligi) huzuridagi “Oʻrmontexnoservis” davlat unitar korxonasi negizida “Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.

3. Belgilansinki:

(a) Markaz quyidagilarni nazarda tutuvchi “Aqlli oʻrmon xoʻjaligi” (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatori hisoblanadi:

(i) oʻrmon resurslarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, ularning holatini real vaqt rejimida monitoring qilish;

(ii) oʻrmon xoʻjaligi sohasi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar, sunʼiy intellekt va integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali samarali boshqarishni taʼminlash;

(b) zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda Jizzax davlat oʻrmon xoʻjaligining Mirzachoʻl oʻrmon boʻlimi choʻllanishga qarshi kurashish va himoya oʻrmonzorlari barpo etishga ixtisoslashtiriladi;

(v) Saksonota davlat oʻrmon xoʻjaligi dorivor, ziravor, rezavor oʻsimliklar (xoʻjagʻat, maymunjon, qoragʻat, naʼmatak va boshqalar) hamda buta koʻchatlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi;

(g) ixtisoslashtiriladigan davlat oʻrmon xoʻjaliklarida ilm-fan-loyiha-amaliyot zanjirida ish faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

(d) Oʻrmon agentligi tizimidagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmalariga tushadigan tushumlarning tegishli qismi Ekologiya jamgʻarmasiga oʻtkaziladi hamda har bir oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti uchun daromadni taqsimlash maqsadida alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi;

(e) Oʻrmon agentligining markaziy apparati hamda Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;

(j) togʻ-kon sanoati va boshqa sanoat maqsadida olingan oʻrmon fondi yerlari foydalanishdan keyin oʻrmon xoʻjaligiga qaytarilganda u foydalanuvchilar hisobidan toʻliq rekultivatsiya qilinadi.

4. Oʻrmon agentligi 2025-yil 1-noyabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslarga oʻrmon fondi yerlari berilayotganda (oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berish bundan mustasno) quyidagi majburiyatlarni belgilashni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqsin:

(a) oʻrmon bilan qoplangan yerlar oʻrniga 2 baravar koeffitsiyent bilan boshqa yer uchastkalarida oʻrmon yaratib berish;

(b) oʻrmon bilan qoplanmagan yerlar oʻrniga 1,5 baravar koeffitsiyent bilan boshqa yer uchastkalarida oʻrmon yaratib berish.

5. Quyidagilar:

(a) “Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi” davlat muassasasining asosiy vazifalari va moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq;

(b) 2025 — 2030-yillarda oʻrmonlar barpo etish va ularni qayta tiklash boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq;

(v) 2025 — 2030-yillarda choʻl, togʻ va togʻoldi hududlarda choʻllanish va qum koʻchishi, suv va tuproq eroziyasining oldini olish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida himoya oʻrmonzorlari barpo etish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 2a-ilovaga muvofiq;

(g) 2025 — 2030-yillarda daraxt va butalar urugʻlarini tayyorlash boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq;

(d) 2025 — 2030-yillarda nihol va koʻchatlarni yetishtirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 4-ilovaga muvofiq;

(e) 2025 — 2030-yillarda oʻrmon fondi yerlarida dorivor, oziq-ovqatbop hamda ziravor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 5-ilovaga muvofiq;

(j) 2025 — 2030-yillarda oʻrmon fondi yerlarida dorivor va oziq-ovqatbop hamda ziravor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 5a-ilovaga muvofiq;

(z) 2025 — 2030-yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 6-ilovaga muvofiq;

(i) 2025 — 2030-yillarda xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda asalarichilikni rivojlantirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar 7-ilovaga muvofiq;

(k) 2025 — 2030-yillarda foydalanishga kiritiladigan oʻrmon fondi yerlarining prognoz koʻrsatkichlari 8-ilovaga muvofiq;

(l) Koʻchat yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan davlat oʻrmon xoʻjaliklari roʻyxati 9-ilovaga muvofiq;

(m) 2025 — 2026-yillarda “terrasa” usulida daraxt-buta koʻchatlari ekiladigan togʻ va togʻoldi hududlari roʻyxati 10-ilovaga muvofiq;

(n) “In-vitro” laboratoriyalari tashkil etiladigan ilmiy-tajriba stansiyalari va davlat oʻrmon xoʻjaligi roʻyxati 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻrmon agentligi direktori:

(a) Oʻrmon agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlash hamda ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, mol-mulklarini qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida samarali boshqarishni amalga oshiradi;

(b) xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlardan grant va qarz mablagʻlari jalb qilinishini tashkil etadi hamda ularning samarali oʻzlashtirilishini muvofiqlashtiradi;

(v) budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan xorijiy konsultant va ekspertlarni belgilangan tartibda jalb qiladi.

7. Oʻrmon agentligining davlat oʻrmon xoʻjaliklarida ekologik mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi va xizmatlar turini kengaytirishni nazarda tutuvchi quyidagi takliflari maʼqullansin:

(a) Andijon, Namangan va Samarqand davlat oʻrmon xoʻjaliklarida yogʻoch materiallari qoldiqlaridan (qurigan shox-shabbalar, ildizlar, qipiq, somon, poxol) pillet bioyoqilgʻisini ishlab chiqarish;

(b) Qoʻqon va Andijon davlat oʻrmon xoʻjaliklarida yogʻoch materiallari qoldigʻidan suvenir mahsulotlar tayyorlash;

(v) Boʻstonliq, Kosonsoy, Kitob davlat oʻrmon xoʻjaliklarida asal ishlab chiqarish va qadoqlash;

(g) Pop, Yakkabogʻ, Baxmal, Hisor, Shahrisabz, Urgut, Gʻallaorol, Qorakoʻl, Quyi Chirchiq davlat oʻrmon xoʻjaliklarida dorivor va rezavor oʻsimliklar yetishtirish;

(d) Bobotogʻ, Gʻallaorol, Saroyqoʻrgʻon, Kattaqoʻrgʻon, Qamashi, Baxmal davlat oʻrmon xoʻjaliklarida pista va bodom yetishtirish;

(e) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklarida ov va ekoturizmni rivojlantirish uchun noyob hayvonlar (qirgʻovul, tuvaloq va boshqalar) pitomniklarini tashkil etish;

(j) Ohangaron, Saksonota, Urgut, Burchmulla, Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Boysun, Uzun, Andijon davlat oʻrmon xoʻjaliklarida ekoturizm xizmatlarini yoʻlga qoʻyish;

(z) yogʻochni qayta ishlash uchun xomashyo zaxirasini yaratish maqsadida:

(i) Andijon, Jomboy, Namangan, Qamashi davlat oʻrmon xoʻjaliklarida terak, pavlovniya va shumtol;

(ii) Uzun, Toshkent davlat oʻrmon xoʻjaliklarida chinor, Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligida qayrogʻoch, tut, jiyda va aylant daraxt turlaridan plantatsiyalar tashkil etish;

(i) Kitob, Baxmal, Boysun davlat oʻrmon xoʻjaliklarida sanoat va mebelbop daraxt turlaridan plantatsiyalar tashkil etish.

III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

8. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻrmon agentligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ekspertlar va jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda, oʻrmonchilik sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmuni va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlasin.

9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.

10. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 30-may,

PQ-197-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga1-ILOVA

“Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi” davlat muassasasining asosiy vazifalari va moliyalashtirish manbalari

1. Markazning asosiy vazifalari:

a) oʻrmonchilik sohasini raqamlashtirish va “Aqlli oʻrmon xoʻjaligi” axborot platformasini joriy etish;

b) oʻrmonchilik sohasida oʻzaro idoralararo elektron hamkorlikni joriy etish, yagona elektron reyestrlar va maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va takomillashtirish;

v) Oʻrmon agentligi elektron tizimining markazlashtirilgan elektron arxivini yaratish va doimiyligi taʼminlash;

g) oʻrmonchilik sohasida yetishtirilayotgan oʻrmon mahsulotlarini sotish jarayoniga elektron tijorat amaliyotini joriy etish;

d) oʻrmonchilik sohasida axborot xavfsizligini taʼminlab beruvchi texnik va dasturiy vositalarni joriy etish;

e) oʻrmon fondi yer maydonlarini uchuvchisiz aviatsiya tizimlari (UAT) orqali monitoring qilish.

2. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari:

a) xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;

b) oʻrmon fondining yaylov yerlarida chorva mollarini oʻtlatish va pichan oʻrish uchun onlayn bilet (ruxsatnoma) berishdan undiriladigan toʻlovlarning 1 foizi;

v) bank va boshqa kreditorlarning mablagʻlari;

g) qimmatli qogʻozlardan olinadigan daromadlar;

d) uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish orqali oʻrmon fondi yerlarini monitoring qilish va noqonuniy holatlarni aniqlash orqali tushadigan tushumlar;

e) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

j) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga2-ILOVA

2025 — 2030-yillarda oʻrmonlar barpo etish va ularni qayta tiklash boʻyicha

gektarT/rHudud nomiJami 2025 — 2030-yillardaYillar kesimida2025-yil2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yil1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi685 730114 270114 270114 280114 290114 310114 3102.Andijon viloyati650801001101201201203.Buxoro viloyati349 64058 23058 25058 26058 28058 31058 3104.Jizzax viloyati4 9807008008408608809005.Qashqadaryo viloyati4 2606506607007207507806.Navoiy viloyati370 69061 75061 76061 77061 79061 81061 8107.Namangan viloyati2 0452253203403604004008.Samarqand viloyati2 4603803904004104304509.Surxondaryo viloyati8 5101 4001 4001 4101 4201 4401 44010.Sirdaryo viloyati520708085909510011.Toshkent viloyati2 50039040041042043045012.Fargʻona viloyati1 24016020021522022022513.Xorazm viloyati91 23015 20515 20515 20515 20515 20515 205Jami:1 524 455253 510253 835254 025254 185254 400254 500

Izoh.

Ushbu koʻrsatkichlar taqsimot asosida Ekologiya vazirligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga2a-ILOVA

2025 — 2030-yillarda choʻl, togʻ va togʻoldi hududlarda choʻllanish va qum koʻchishi, suv va tuproq eroziyasining oldini olish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida himoya oʻrmonzorlari barpo etish boʻyicha

gektarT/rHudud nomiJami 2025 — 2030-yillardaYillar kesimida2025-yil2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yil1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi1 6702602602702803003002.Andijon viloyati1 5302002202502603003003.Buxoro viloyati1 5202102302402602902904.Jizzax viloyati1 4202002002302502702705.Qashqadaryo viloyati1 5402102102502703003006.Navoiy viloyati1 3702102102202302502507.Namangan viloyati1 5202002202402603003008.Samarqand viloyati1 3702102102202302502509.Surxondaryo viloyati1 43022022023024026026010.Toshkent viloyati1 44018022023025028028011.Sirdaryo viloyati1 27020020021022022022012.Fargʻona viloyati1 37020020021024026026013.Xorazm viloyati1 250200200200210220220Jami:18 7002 7002 8003 0003 2003 5003 500

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga3-ILOVA

2025 — 2030-yillarda daraxt va butalar urugʻlarini tayyorlash boʻyicha

tonnaT/rHudud nomiJami 2025 — 2030-yillardaYillar kesimida2025-yil2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yil1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi3 226530,0535,0538,0540,0541,0542,02.Andijon viloyati62,310,010,110,310,410,511,03.Buxoro viloyati1 879310,0312,0313,0314,0315,0315,04.Jizzax viloyati24238,039,040,041,042,042,05.Qashqadaryo viloyati35354,055,057,060,062,065,06.Navoiy viloyati2 006330,0331,0332,0335,0338,0340,07.Namangan viloyati16925,026,028,029,030,031,08.Samarqand viloyati26140,042,043,044,046,046,09.Surxondaryo viloyati24439,039,040,041,042,043,010.Sirdaryo viloyati32,24,05,05,25,56,06,511.Toshkent viloyati23040,036,037,038,039,040,012.Fargʻona viloyati8511,012,013,014,015,020,013.Xorazm viloyati43870,071,072,073,074,078,0Jami:9 227,61 5011 513,11 528,51 5451 560,51 579,5

Izoh.

Ushbu koʻrsatkichlar taqsimot asosida Ekologiya vazirligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga4-ILOVA

2025 — 2030-yillarda nihol va koʻchatlarni yetishtirish boʻyicha

ming donaT/rHududlar nomiJami 2025 — 2030-yillardaYillar kesimida2025-yil2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yil1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi117 80017 80018 20018 80019 50021 00022 5002.Andijon viloyati32 2503 5004 0004 5005 3006 8508 1003.Buxoro viloyati111 10016 50016 60017 20018 30020 50022 0004.Jizzax viloyati73 30010 10010 80011 00011 80013 50016 1005.Qashqadaryo viloyati94 50013 50013 80014 40015 50017 90019 4006.Navoiy viloyati62 6007 7008 1008 80010 30012 30015 4007.Namangan viloyati61 0008 1008 4009 00010 10011 90013 5008.Samarqand viloyati89 60013 00013 20013 90014 80016 20018 5009.Surxondaryo viloyati81 10010 50010 90011 60013 50015 90018 70010.Sirdaryo viloyati28 7002 5003 1004 0005 1006 1007 90011.Toshkent viloyati89 10012 00012 70013 40014 30017 50019 20012.Fargʻona viloyati45 8005 0005 6006 7008 2009 10011 20013.Xorazm viloyati32 0503 0003 8004 8005 5007 1507 800Jami:918 900123 200129 200138 100152 200175 900200 300

Izoh.

Ushbu koʻrsatkichlar taqsimot asosida Ekologiya vazirligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga5-ILOVA

2025 — 2030-yillarda oʻrmon fondi yerlarida dorivor, oziq-ovqatbop hamda ziravor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha

tonnaT/rHudud nomiYillarJamiShu jumladan:achchiq bodomdalachoymalinamoychechaknaʼmataktopinamburtirnoqgultogʻrayhonkovulqizil doʻlanaboshqa turdagi dorivor va oziq-ovqatbop hamda ziravor oʻsimliklar1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi2025954,3-----1,5----952,820261 002,0-----1,6----1000,420271 054,4-----1,7----1052,720281107-----1,7----1105,320291162,4-----1,8----1160,620301 259,7----61,11,9----1196,72.Andijon viloyati202594,6---0,415,0-0,2---79,0202698,6---0,418,0-0,2---80,02027105,1--0,50,421,0-0,2---83,02028110,5--0,90,424,0-0,2---85,02029116--1,30,436,0-0,2---78,02030122,5--1,80,449,0-0,3---71,03.Buxoro viloyati2025250,1---1,65,0-----243,52026263,4---1,65,0-----256,82027277,4---1,75,0-----270,72028279,3---1,817,7---13,5-246,32029303---1,931,3---18,5-251,32030315---2,045,5---21,9-245,64.Jizzax viloyati2025215,3----2,14,5----208,72026231,2--0,3-3,14,7-3,9--219,22027243,9-0,80,6-17,65,0-4,178,3-137,52028256,7-0,90,9-29,75,2-4,482,8-132,82029264,53,51,00,9-41,85,5-4,785,0-122,12030283,37,31,11,2-53,85,7-5,088,3-120,95.Qashqadaryo viloyati2025455,9---1,911,3-2,72,2--437,82026478,9---2,011,3-2,82,9--459,92027505,3-2,31,32,111,3-3,03,1--482,22028535,8-2,51,72,235,9-3,13,2--487,12029557,45,32,72,92,361,9-3,33,4-6,8468,82030585,910,33,34,02,489,1-3,43,5-13,5456,46.Navoiy viloyati2025182,8---0,7--0,6---181,52026192,5-0,8-0,7--0,60,6--189,82027202,4-0,8-0,8--0,70,6--199,52028212,5-0,8-0,89,5-0,70,7--200,02029223,3-0,9-0,919,6-0,70,7-2,3198,22030234,4-0,9-0,929,3-0,80,7-4,5197,37.Namangan viloyati2025138,9---1,120,01,50,8---115,52026145,7---1,120,01,60,80,83,3-118,12027153,7--0,91,220,01,70,90,811,4-116,82028171,4--1,81,230,01,70,90,912,1-122,82029170,10,5-2,81,338,61,81,00,912,61,7108,92030178,61,1-3,71,349,91,91,01,013,22,0103,58.Samarqand viloyati2025276,4---0,922,35,33,9---244,02026286,2-0,2-0,922,35,54,10,2--253,02027301,1-0,20,61,022,35,84,30,4--266,52028316-0,21,21,041,16,14,50,6--261,32029332,31,50,21,81,158,36,44,70,8-4,5253,02030349,51,70,22,51,178,36,75,01,0-7,9245,19.Surxondaryo viloyati2025260,1---0,923,31,51,8---232,62026273,2---0,923,31,61,91,8--243,72027288,3-0,5-1,023,31,72,01,9--257,92028302,3-0,5-1,038,01,72,12,0--257,02029317,71,50,5-1,149,41,82,22,1-4,5254,62030333,73,30,5-1,162,81,92,32,2-9,3250,310.Sirdaryo viloyati202526,7---0,2-1,50,2---24,8202628---0,2-1,60,2---26,0202729,8---0,2-1,70,2---27,7202831,1---0,21,51,70,2---27,5202932,7---0,23,11,80,2---27,4203034,5---0,34,81,90,3---27,211.Toshkent viloyati2025238,5---0,527,64,51,2---204,72026250,1---0,627,64,71,32,4--213,52027264-1,00,90,627,65,01,32,5--225,12028277,1-1,11,80,642,55,21,42,7--221,82029291,70,51,12,80,658,05,51,52,8-3,0215,920303061,01,23,70,774,45,71,52,9-6,2208,712.Fargʻona viloyati2025110,4--4,00,725,01,50,4---78,82026115,7--4,00,725,01,60,4---84,02027122,6--4,00,825,01,70,4---90,72028128,6--1,20,832,51,70,5---91,92029136,8--2,60,940,41,80,5---90,62030143,6--3,20,948,71,90,5---88,413.Xorazm viloyati2025138,8----0,21,20,2---137,22026145,7----0,21,30,2---144,02027153,2----0,21,30,2---151,52028160,9--0,2-2,31,40,2---156,82029169,4--0,3-4,51,50,2---162,92030177,9--0,6-6,81,50,3---168,7Jami:20253 342,63342,6-4,08,7151,823,012,02,2--3140,920263 511,23511,20,94,39,1155,824,112,612,73,3-3288,420273 700,63700,65,48,89,6173,325,313,213,589,7-3361,820283 909,53909,55,99,810,1324,926,613,914,4108,3-3395,620294 117,44117,46,315,410,6483,327,914,615,4116,122,73392,320304 324,44324,47,120,611,1653,529,315,316,4123,343,43379,7

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga5a-ILOVA

2025 — 2030-yillarda oʻrmon fondi yerlarida dorivor va oziq-ovqatbop hamda ziravor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etish boʻyicha

gektarT/rHudud nomiYillarJamiShu jumladan:achchiq bodomdalachoymalinamoychechaknaʼmataktopinamburtirnoqgultogʻrayhonkovulqizil doʻlanaboshqa turdagi dorivor va oziq-ovqatbop hamda ziravor oʻsimliklar1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi2025858,7----21,28,5----829,02026901,6----22,38,9----870,42027946,7----23,49,4----913,92028994,0----24,69,8----959,620291 043,7----25,810,3----1 007,620301 095,9----27,110,8----1 058,02.Andijon viloyati202532,0--1,51,011,0-0,5---18,0202633,6--1,61,111,6-0,5---18,9202735,3--1,71,112,2-0,6---19,8202837,1--1,71,212,8-0,6---20,8202938,9--1,81,213,4-0,6---21,9203040,9--1,91,314,1-0,6---23,03.Buxoro viloyati2025167,5---4,212,7---5,5-145,12026174,3---4,413,3---5,8-150,72027181,9---4,614,0---6,1-157,22028189,9---4,914,7---6,4-164,02029198,3---5,115,4---6,7-171,12030207,2---5,416,2---7,0-178,64.Jizzax viloyati2025113,64,02,51,0-11,53,0-10,931,52,047,22026119,24,22,61,1-12,03,2-11,433,12,149,62027125,04,42,81,1-12,53,3-12,034,72,252,02028132,24,62,91,2-14,03,5-12,636,52,354,62029138,74,93,01,2-14,53,6-13,238,32,457,42030146,45,13,21,3-16,13,8-13,940,22,660,25.Qashqadaryo viloyati2025462,813,55,53,54,425,7-4,57,0-6,0392,72026488,814,26,74,75,627,0-4,77,4-6,3412,32027514,114,97,84,95,928,3-5,07,7-6,6433,02028540,615,69,05,26,229,8-5,28,1-6,9454,62029568,316,410,15,46,531,2-5,58,5-7,3477,32030597,417,211,35,76,832,8-5,78,9-7,7501,26.Navoiy viloyati2025272,6-2,5-2,09,5-1,51,5-1,5254,12026286,2-2,6-2,110,0-1,61,6-1,6266,82027300,5-2,8-2,210,5-1,71,7-1,7280,12028315,6-2,9-2,311,0-1,71,7-1,7294,22029331,3-3,0-2,411,5-1,81,8-1,8308,92030347,9-3,2-2,612,1-1,91,9-1,9324,37.Namangan viloyati202558,01,0-3,03,010,01,01,52,04,51,031,0202660,91,1-3,23,210,51,11,62,14,71,132,6202763,91,1-3,33,311,01,11,72,25,01,134,2202867,11,2-3,53,511,61,21,72,35,21,235,9202970,51,2-3,63,612,21,21,82,45,51,237,7203074,01,3-3,83,812,81,31,92,65,71,339,68.Samarqand viloyati2025141,82,00,52,02,519,23,57,50,5-3,0101,12026148,92,10,52,12,620,23,77,90,5-3,2106,22027156,32,20,62,22,721,23,98,30,6-3,3111,52028164,12,30,62,32,822,34,18,70,6-3,5117,02029172,32,40,62,43,023,44,39,10,6-3,6122,92030180,92,60,62,63,124,54,59,60,6-3,8129,09.Surxondaryo viloyati2025622,13,01,5-2,511,61,04,54,7-3,0590,32026653,93,22,1-2,612,21,14,75,1-3,2619,82027687,33,32,7-2,812,81,15,05,5-3,3650,82028722,23,53,3-2,913,41,25,26,0-3,5683,32029758,93,63,9-3,014,11,25,56,4-3,6717,52030797,43,84,5-3,214,81,35,76,9-3,8753,410.Sirdaryo viloyati202515,0---0,51,51,00,5---11,5202615,8---0,51,61,10,5---12,1202716,5---0,61,71,10,6---12,7202817,4---0,61,71,20,6---13,3202918,2---0,61,81,20,6---14,0203019,1---0,61,91,30,6---14,711.Toshkent viloyati2025117,32,01,03,01,514,83,03,06,2-2,080,82026123,12,11,13,21,615,53,23,26,5-2,184,82027129,32,21,13,31,716,33,33,36,8-2,289,12028135,72,31,23,51,717,13,53,57,1-2,393,52029142,52,41,23,61,818,03,63,67,5-2,498,22030149,62,61,33,81,918,93,83,87,8-2,6103,112.Fargʻona viloyati202547,9--4,02,07,51,01,0---32,4202650,3--4,22,17,91,11,1---34,0202752,8--4,42,28,31,11,1---35,7202855,5--4,62,38,71,21,2---37,5202958,2--4,92,49,11,21,2---39,4203061,1--5,12,69,61,31,3---41,413.Xorazm viloyati202577,1--0,5-2,10,80,5---73,2202677,5--0,7-2,20,80,5---73,2202777,8--0,9-2,30,90,6---73,2202878,2--1,1-2,40,90,6---73,2202978,6--1,3-2,61,00,6---73,2203079,0--1,5-2,71,00,6---73,2Jami:20252 986,425,513,518,523,6158,422,825,032,841,518,52606,420263 134,026,815,620,625,7166,223,926,334,643,619,42731,420273 287,528,117,721,827,0174,425,127,636,545,820,42863,320283 449,629,519,823,028,4184,026,428,938,448,021,43001,720293 618,731,021,924,329,8193,127,730,440,550,422,53147,020303 797,132,524,125,731,3203,629,131,942,753,023,63299,7

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga6-ILOVA

2025 — 2030-yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha

T/rHudud nomiYillarQishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishShu jumladan:don va dukkakli ekinlarsabzavot-poliz ekinlari va kartoshkatexnik va moyli ekinlarozuqa ekinlarimevali bogʻlar va yongʻoq mevalilarumumiy maydon(ga)yetishtirish hajmi(tonna)umumiy maydon(ga)yetishtirish hajmi(tonna)umumiy maydon(ga)yetishtirish hajmi(tonna)umumiy maydon(ga)yetishtirish hajmi(tonna)umumiy maydon(ga)yetishtirish hajmi(tonna)umumiy maydon(ga)yetishtirish hajmi(tonna)1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi20252172 26546127478073952771 24783220262212 28947130488244054771 24593620272232 31048134488244054781 26293620282272 34848134498414155791 278104020292312 37449137508594256791 278114420302362 41450139518754358801 29312492.Andijon viloyati20256401 928193442777480645121338733920266461 966203643795482647131458834320276522 000213844804483650151618934720286572 021224044814486653151659034920296602 041234145823486654161729035120306642 06224434583248865516177913553.Buxoro viloyati20252091 653742072031057771 0013312820262121 671742072031768781 0083413120272151 704752092133269791 0213413320282201 7427521022348710801 0343614020292241 7607621223353812801 0393714420302281 7857721623364912811 047381464.Jizzax viloyati20251 7564 3534701 316152786486759751 1321 69820261 7614 3894711 318162966587769881 1331 70020271 7654 4194721 320173156588779951 1341 70120281 7674 4374721 322173226689771 0011 1351 70320291 7734 4654731 323183386790781 0081 1371 70620301 7764 4814741 327183446891781 0131 1381 7065.Qashqadaryo viloyati20259675 3154421 105731 3519121231 5993201 24820269705 3324431 106731 35110131241 6123201 25020279745 3604441 109741 36011151251 6253201 25120289785 3874441 110741 36912161271 6383211 25420299815 4094451 111751 37813171271 6453211 25820309855 4324461 115751 38814181271 6513231 2606.Navoiy viloyati20253411 73219835618332162284924259820263461 760199358193421723859362610120273501 787200360193521824869462710520283541 807201362203611826879522810620293571 826202364203702027879562810920303621 85420336521379212888969291137.Namangan viloyati20253931 7421731162969125,0573461 34720263961 76317321730610136,0613461 35120273991 78818331732010136,0673481 35520284021 80619341832910147,0743481 35520294041 81920351833410157,0773491 35820304081 84021371934211168,0863491 3598.Samarqand viloyati20252 6571 847225407284441926778802 3089020262 6611 865225405254552027828882 3099020272 6651 883226406254632128838952 3109020282 6681 909227408264792230839022 3109020292 6721 919228410264812331849072 3119020302 6751 937229412274922432849112 311909.Surxondaryo viloyati202521 5272 1591612901935212161291 41921 20683202621 5312 1861622922037013171301 42521 20683202721 5342 2041632932137914191301 43021 20683202821 5382 2221642952138915201311 43621 20783202921 5402 2391652972239815201311 44121 20883203021 5442 2571662992240716221321 44721 2088310.Sirdaryo viloyati20255371 22843,077,025,04634636226,066,0––20265391 24444,078,025,04724636227,072,0––20275411 26144,079,026,04814646247,077,0 20285431 28145,080,026,04944646248,083,0––20295451 29345,081,027,05004656248,088,0––20305481 32046,082,028,05184656269,094,0––11.Toshkent viloyati20258593 4411252258,01482838896576092 37320268633 4631262279,01572939896636102 37720278673 4881272299,01673040916736102 37920288713 51012823010,01763142916796112 38320298743 53112923110,01853243916856122 38720308773 55012923211,01943344916916132 38912.Fargʻona viloyati20254902 2259617334,06299116663451 34620264942 2599717535,06489127773461 34720274992 2979817636,066610138893471 35320285042 3329917837,068511159993481 35520295092 36810018038,07031216101103491 35920305132 40310118239,07221317111213491 36113.Xorazm viloyati202510938227498,01486081777727202611240028509,01576081783829202711642528509,016762839948312028119445295210,017662859999332029123465305410,01856486101059352030127486315611,01946589101101037Jami:202530 70130 2711 9434 3973536 3351 2131 6297669 10126 4268 809202630 75030 5871 9534 4143596 4901 2241 6437809 20326 4358 837202730 79930 9251 9644 4363666 6311 2341 6607949 33526 4428 863202830 84731 2471 9734 4553746 7831 2451 6798039 44026 4538 890202930 89331 5091 9854 4773826 9071 2571 6918089 51126 4628 923203030 94331 8221 9974 5063907 0511 2701 7088159 61026 4718 947

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga7-ILOVA

2025 — 2030-yillarda xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda asalarichilikni rivojlantirish boʻyicha

T/rHudud nomi2025-yil jamishundan:2026-yil jamishundan:2027-yil jamishundan:2028-yil jamishundan:2029-yil jamishundan:2030-yil jamishundan:xoʻjalikxususiy sektorxoʻjalikxususiy sektorxoʻjalikxususiy sektorxoʻjalikxususiy sektorxoʻjalikxususiy sektorxoʻjalikxususiy sektor1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi16 89299215 90017 1001 10016 00017 6501 20016 45018 4001 30017 10018 9001 40017 50020 0001 50018 5002.Andijon viloyati7 995957 9008 1201208 0008 2501508 1008 4002008 2008 4802308 2508 6502508 4003.Buxoro viloyati21 462146220 00024 5001 50023 00026 5501 55025 00027 9001 60026 30028 1501 65026 50030 2501 75028 5004.Jizzax viloyati17 16956916 60017 60060017 00018 45065017 80018 95070018 2501925075018 50020 30080019 5005.Qashqadaryo viloyati21 880188020 00022 000200020 00023 670212021 55024 600220022 40026 300230024 00027 9002 40025 5006.Navoiy viloyati11 07627610 80011 61031011 30011 96036011 60012 40040012 00012 53043012 10013 45045013 0007.Namangan viloyati18 3001 20017 10019 2501 25018 00019 5001 30018 20019 8001 40018 40020 6001 45019 15022 500150021 0008.Samarqand viloyati21 3601 26020 10022 5501 35021 20023 3001 40021 90024 9501 45023 50026 0001 50024 50027 1001 60025 5009.Surxondaryo viloyati37 2801 28036 00039 5001 35038 15041 4501 45040 00043 5501 55042 00045 1701 67043 50047 7501 75046 00010.Sirdaryo viloyati4 034344 0004 040404 0004 250504 2004 360604 3005 070705 0006 580806 50011.Fargʻona viloyati15 43043015 00015 50050015 00015 56056015 00016 10060015 50017 15065016 50018 20070017 50012.Toshkent viloyati41 1503 15038 00042 2003 20039 00043 2503 25040 00044 3003 30041 00045 3503 35042 00048 5003 50045 00013.Xorazm viloyati6 032326 0006 050506 0006 160606 1006 290656 2257 070707 0008 830808 750Jami:240 06012 660227 400250 02013 370236 650260 00014 100245 900270 00014 825255 175280 02015 520264 500300 01016 360283 650

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga8-ILOVA

2025 — 2030-yillarda foydalanishga kiritiladigan oʻrmon fondi yerlarining

gektarT/rHududlar nomiJami 2025 — 2030-yillardaYillar kesimida2025-yil2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yil1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi6 2809159851 0051 0501 0751 2502.Andijon viloyati1 020971111251371513993.Buxoro viloyati4 1203554706057208701 1004.Jizzax viloyati6 3506408101 0101 1801 3401 3705.Qashqadaryo viloyati3 4863724695666637007166.Navoiy viloyati8 7419361 0711 2341 3491 5332 6187.Namangan viloyati3 6553594074795347511 1258.Samarqand viloyati5 8415367208951 0941 2971 2999.Surxondaryo viloyati4 32042556567485090090610.Sirdaryo viloyati1 33916620022023024028311.Toshkent viloyati1 62220025026028030033212.Fargʻona viloyati76062908414417420613.Xorazm viloyati171101520253566Jami:47 7055 0736 1637 1778 2569 36611 670

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga9-ILOVA

Koʻchat yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan davlat oʻrmon xoʻjaliklari

ming donaT/rHududlar nomiDavlat oʻrmon xoʻjaliklari nomiYillarJamishu jumladan:yaproqbarglilarignabarglilarmevalilarbutalar1.Qoraqalpogʻiston RespublikasiXoʻjayli davlat oʻrmon xoʻjaligi2025260130269113202628014028981420272901452910114202830015030105152029320160321121620303501753512318jami:180090018063090Nukus maxsus davlat oʻrmon xoʻjaligi2025200100207010202622011022771120272501252588122028260130269113202927013527941420303001503010515jami:1500750150525752.Buxoro viloyatiGʻijduvon davlat oʻrmon xoʻjaligi20252701352795142026290145291011520273001503010515202832016032112162029350175351221820303701853713019jami:190095019066595Jondor davlat oʻrmon xoʻjaligi2025260130269113202628014028981420272901452910115202830015030105152029320160321121620303501753512317jami:1800900180630903.Jizzax viloyatiJizzax davlat oʻrmon xoʻjaligi20252801402898142026305152311071520273151583111016202835017535122182029400200401402020304502254515822jami:210010502107351054.Qashqadaryo viloyatiShoʻrtan davlat oʻrmon xoʻjaligi2025200100207010202622011022771120272511252588132028260130269113202928014028981420303401703411917jami:155177515554378Kitob davlat oʻrmon xoʻjaligi20252701352794142026300150301051520273101553110915202834017034119172029380190381331920304002004014020jami:200010002007001005.Navoiy viloyatiNavoiy davlat oʻrmon xoʻjaligi20252801402898142026300150301051520273201603211216202834017034119172029370185371291920303901953913719jami:20001000200700100Navbahor davlat oʻrmon xoʻjaligi2025200100207010202622011022771120272501252587132028260130269113202927013527951320303001503010515jami:1500750150525756.Namangan viloyatiNamangan davlat oʻrmon xoʻjaligi20252801402898142026305152311071520273151583111016202835017535122182029400200401402020304502254515822jami:21001050210735105Oʻrtaorol davlat oʻrmon xoʻjaligi20252801402898142026305153311071520273151573211016202835017534123182029400200401402020304502254515722jami:210010502107351057.Samarqand viloyatiSamarqand davlat oʻrmon xoʻjaligi202521001000200800100202628014028981420272901452910214202830015030105152029320160321121620303501753512218jami:364017703541339177Dargʻom davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi2025180901863920262001002070102027240120248412202825012525881220292601302691132030270135279414jami:1400700140490708.Surxondaryo viloyatiSurxondaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi20252801402898142026300150301051520273201603211216202834017034119172029370185371291920303901953913719jami:20001000200700100Uzun davlat oʻrmon xoʻjaligi202540020040140202026450225451572320275002505017525202855027555193272029600300602103020306503256522733jami:3150157531511021589.Toshkent viloyatiOhangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi202538019038133192026420210421472120275002505017525202855027555193272029600300602103020306503256522733jami:310015503101085155Toshkent davlat oʻrmon xoʻjaligi202538019038133192026400200401402020274202104214721202855027555192282029600300602103020306503256522832jami:30001500300105015010.Fargʻona viloyatiFargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi20252701352794142026290145291011520273001503010515202832016032112162029350175351231720303701853713018 jami:190095019066595HAMMASI:38 54019 2203 84413 5541 922

Izoh.

Yaproqbarglilar — shumtol, qayragʻoch, zarang, katalpa, yapon saforasi, terak, tol, eman, kashtan, akatsiya.

Ignabarglilar — sharq tuyasi, kompakt tuya, virgin archasi, eldor qaragʻayi, qrim qaragʻayi.

Mevalilar — olma, oʻrik, gilos, bodom, yongʻoq.

Butalar — forzitsiya, amorfa, shamshod, siren, Suriya atirguli kabi asosiy va ularga turdosh boshqa daraxt-butalar koʻchatlarini yetishtirish nazarda tutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga10-ILOVA

2025-2026-yillarda “terrasa” usulida daraxt va buta koʻchatlari ekiladigan togʻ va togʻoldi hududlari

T/rHududlar nomiTuman nomiKoʻchat ekiladigan maydon(gektar)1.Jizzax viloyatiZomin40Baxmal36Gʻallaorol10Forish102.Qashqadaryo viloyatiKitob48Shahrisabz20Yakkabogʻ20Qamashi56Dehqonobod403.Namangan viloyatiPop324.Samarqand viloyatiUrgut28Qoʻshrabot285.Surxondaryo viloyatiUzun24Sariosiyo48Boysun60Jami:15500

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PQ-197-son qaroriga11-ILOVA

“In-vitro” laboratoriyalari tashkil etiladigan ilmiy-tajriba stansiyalari va davlat oʻrmon xoʻjaligi

T/rHudud nomiTashkil etiladigan zamonaviy “in-vitro” laboratoriyalari nomiTashkil etish muddati1.Qoraqalpogʻiston RespublikasiQoraqalpogʻiston ilmiy-tajriba stansiyasi2029-yil2.Buxoro viloyatiBuxoro ilmiy-tajriba stansiyasi2026-yil3.Jizzax viloyatiPistachilik ilmiy-tajriba stansiyasi2027-yil4.Fargʻona viloyatiQoʻqon ilmiy-tajriba stansiyasi2028-yil5.Toshkent viloyatiDarxon ilmiy-tajriba stansiyasi2025-yil6.Surxondaryo viloyatiUzun davlat oʻrmon xoʻjaligi2030-yil

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.